I. umumiy qoidalar 1-modda. Ta’riflar


Download 45.36 Kb.
bet1/4
Sana04.05.2020
Hajmi45.36 Kb.
#103155
  1   2   3   4
Bog'liq
Bank balansi


Bank balansi

Kreditorlar kim

Bank faoliyati nima bilan shug’ullanadi

661


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ta’riflar

Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:

yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;

to‘lovlarni amalga oshirish.

Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ-387-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining o‘ninchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-bandining ikkinchi xatboshisi.

Chet el banki — chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan sho‘ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning XII bobi.

2-modda. Bank faoliyatining subyektlari

O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining subyektlaridir.



3-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi

Banklar faoliyati ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.



4-modda. Bank operatsiyalari

Banklar o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 771-moddasi.

omonatlarni jalb etish;



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 759-moddasi.

kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish.

Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi:

mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;

chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;

pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;

uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasi.

uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 749-moddasi.

qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;

jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;

moliyaviy lizing;

Oldingi tahrirga qarang.

mikroqarz berish;



(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)

xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.



Oldingi tahrirga qarang.

Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emaslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi O‘RQ-206-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 176-modda)

5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash

Bank, shu jumladan chet el banki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 154-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning XIV bobi.

Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim.



6-modda. Firma nomi

“Bank” atamasi yoki mazkur atama qo‘shib yasalgan so‘z birikmalarini ushbu Qonunga muvofiq bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘z firma nomida yoki reklama maqsadlarida ishlatishlari mumkin.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1098 — 1101 moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 27-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ–51-sonli “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining uchinchi xatboshisi.

Ushbu talabni buzish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.



II. BANKLAR TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI TUGATISh TARTIBI

7-modda. Bank muassislari

Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning II bobi.

Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari bo‘lishi mumkin, basharti, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari bundan mustasno.



Oldingi tahrirga qarang.

Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko‘p ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi O‘RQ–370-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining uchinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan “Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.

Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yo‘l qo‘yilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va sho‘ba banklar tashkil etish hollari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.



(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-49-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 368-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshisi.

8-modda. Bank ustavi

Banklar o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatadilar.

Bank ustavida:

bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili);

bank operatsiyalarining ro‘yxati;

ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;

bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak.

Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning IV bobi, “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o‘zgartirish, ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat № 573, 19.11.1998-y.).

Download 45.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling