I. umumiy qoidalar 1-modda. Ta’riflar
III. BANK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh. BANKLARNING HUQUQ VA BURChLARI
Download 45.36 Kb.
|
Bank balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-modda. Davlat va banklarning mas’uliyati chegaralab qo‘yilishi
- 23-modda. Banklarning fondlari
- 25-modda. Banklarning umumiy iqtisodiy normativlarga rioya qilish sohasidagi burchlari
- 26-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish
- 27-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajarishi
- 28-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash huquqlari
- 29-modda. Banklarning hisobot va boshqa axborotni taqdim etish majburiyatlari
- 30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar
- 31-modda. Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar
- 32-modda. Banklararo operatsiyalar
- 33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi
III. BANK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh. BANKLARNING HUQUQ VA BURChLARI 20-modda. Banklarning mustaqilligi O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar. Bank xizmatchisi bank boshqaruvining roziligi bilan o‘rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari bank muassasalarida o‘rindoshlik asosida ishlashga haqli emaslar. 21-modda. Davlat va banklarning mas’uliyati chegaralab qo‘yilishi Banklar davlatning majburiyatlari bo‘yicha, davlat esa banklarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 22-modda. Bankning boshqaruv organlari Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi. Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat: omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish; bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish; bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish; bank siyosatini ishlab chiqish; qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash. Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin. Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisobdordir. 23-modda. Banklarning fondlari Banklar o‘z foydalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turli fondlar tashkil etishlari mumkin. 24-modda. Banklarning pul mablag‘larini zaxiralash sohasidagi burchi Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarini saqlashlari shart. Majburiy zaxiralar normativi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi nizom. 25-modda. Banklarning umumiy iqtisodiy normativlarga rioya qilish sohasidagi burchlari Banklarning barqarorligini ta’minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. LexUZ sharhi Qarang: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2693, 06.07.2015-y.). Banklar o‘z kapitali va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni tashkil etishlari, shuningdek zarar ko‘rish xavfini kamaytirish maqsadida o‘z aktivlari diversifikatsiyalanishini ta’minlashlari lozim. Banklar: amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga; ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga egalik qilishga; boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya etishlari lozim. Banklar: kapitalni taqsimlash natijasida o‘z kapitali talab qilinadigan eng kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo‘lsa, kapitalni taqsimlashga; aksiyalar shaklidagi o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga; oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o‘z aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar. Normativlar va ularni hisob-kitob qilish uslubiga bo‘lajak o‘zgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi. Ustav kapitalining eng kam miqdori o‘zgartirilishi to‘g‘risida Markaziy bank bunday o‘zgartish amalga kiritilishidan kamida uch oy oldin rasman xabar beradi.
Banklarning o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan yoki ular nomidan tuzadigan shartnomalari o‘ziga aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslansa, ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi. Markaziy bank bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, jumladan ularga kreditlar ajratish yuzasidan cheklovlar belgilaydi.
Quyidagi shaxslar: bankning mansabdor shaxsi, jumladan bank kengashining a’zosi, shu bankning boshqa xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismiga egalik qilib turgan bank aksiyadorlari; ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismiga egalik qilib turgan aksiyador yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
bank yuridik shaxslarning qatnashchisi bo‘lib, ularning ustav kapitalidagi ulushi o‘n foizdan ortiq bo‘lsa, mazkur yuridik shaxslar, ularning mansabdor shaxslari va bu shaxslarning yaqin qarindoshlari bank bilan aloqador shaxslar deb hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan shaxslarning biri bilan aloqador bo‘lgan shaxs ularning har biri bilan aloqador deb hisoblanadi. Bank bilan aloqador shaxsga kredit, shuningdek bank bilan aloqador shaxs uchun kafolatlar ushbu modda talablarini hisobga olgan holda bank kengashining qaroriga ko‘ra berilishi mumkin. 27-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajarishi Markaziy bankning topshirig‘iga ko‘ra banklar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajaradilar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”. 28-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash huquqlari Bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Davlat dasturlarini moliyalash uchun Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank ushbu banklar qarzdordan undirib oladigan foiz stavkalarining eng ko‘p miqdorini belgilashi mumkin, bunda markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va banklarning xarajatlari o‘rnini qoplash hisobga olinadi.
Banklar o‘z faoliyatlariga doir hisobot va boshqa axborotni Markaziy bankka o‘z vaqtida taqdim etishlari shart. Oldingi tahrirga qarang. 291-modda. Banklarning moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari bo‘yicha axborot taqdim etish majburiyati Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlari shart. Bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi, korxonaning to‘lanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, ko‘zda tutilmagan holatlarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan mablag‘lar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi. Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarda jamlangan mablag‘lar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning budjet va budjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini to‘lovlarning kalendar navbati bo‘yicha qoplash uchun yo‘llanadi. Korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiya korxona faoliyatini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran bu korxonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korxonaning o‘ziga yoki tugatish komissiyasiga o‘tadi. (291-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda) 30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar Oldingi tahrirga qarang. Banklar hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda o‘z idoraviy arxivlarida saqlashlari shart. (30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) LexUZ sharhi Qarang: Tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan hujjatlarni saqlash muddatlari ro‘yxatini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar (ro‘yxat № 951, 26.07.2000-y.). 31-modda. Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli. (31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda) Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya qilishlari shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.). Bankning barcha xizmatlari bank aksiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida ko‘rsatiladi. 32-modda. Banklararo operatsiyalar Banklar shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni bajarishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”. 33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko‘rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.). Download 45.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling