I. umumiy qoidalar 1-modda. Ta’riflar
-modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash
Download 45.36 Kb.
|
Bank balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-modda. Qarzdorlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish
- IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISh 36-modda. Vasiylikni tayinlash
- 37-modda. Vasiyning vakolatlari
- V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYa QILISh 38-modda. Bank siri
- 39-modda. Banklarning o‘z mijozlari oldidagi javobgarligi
- 40-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar
- VI. BANKLARDA HISOB YuRITISh VA HISOBOT. BANKLARNI NAZORAT QILISh 41-modda. Banklarda hisob yuritish va hisobot
- 42-modda. Banklarning moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishi
- 43-modda. Banklar auditi
- 44-modda. Banklarni nazorat qilish
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
34-modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘char va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744 — 748-moddalari. Banklar ta’minlanmagan kredit (e’timodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin. 35-modda. Qarzdorlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish Oldingi tahrirga qarang. Bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni bank to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so‘rab, iqtisodiy sudda da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega. (35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISh 36-modda. Vasiylikni tayinlash Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.
Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aksiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar ko‘rish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi. Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga qisman yoki to‘la to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilishi mumkin, bunda depozitlar va investitsiyalarning taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko‘rilishi shart. Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sog‘lomlashtirishning iloji yo‘qligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda bankni tugatadi. LexUZ sharhi Qarang: Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat № 626, 11.02.1999-y.). V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYa QILISh 38-modda. Bank siri Banklar o‘z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg‘armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobvaraqlari va jamg‘armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashlari shart. Yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar ana shu tashkilotlarning o‘ziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa surishtiruv va tergov organlariga beriladi. Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotnomalar mijozlarning o‘ziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo‘lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo‘yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi. Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ushbu hisobvaraqlar hamda omonatga doir ma’lumotnomalar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg‘armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga, chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa — chet el konsullik muassasalariga beriladi.
Banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi. (38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son) Xizmat burchi yuzasidan bank axborotidan xabardor bo‘lgan shaxslar xizmat sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadi. (38-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda) Oldingi tahrirga qarang. Banklar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida taqdim etadi. (38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini o‘rganish uchun bank hisobvaraqlari bo‘yicha davlat pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni va axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining so‘roviga binoan taqdim etadi. (38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son) 39-modda. Banklarning o‘z mijozlari oldidagi javobgarligi Banklar mablag‘larning saqlanishi hamda omonatchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi uchun, shu jumladan to‘lovlar bir bankdan boshqa bankka o‘z vaqtida o‘tishi hamda mablag‘larning korxonalar va tashkilotlar hisob-kitob varaqlariga kiritilishi uchun o‘z mijozlari va omonatchilari oldida javobgardirlar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasi. Bank tugatilganda uning jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilari bankni tugatishdan keladigan tushumlar hisobidan o‘z omonatlarini olishda imtiyozga egadirlar. Banklar depozit va kredit operatsiyalariga doir muddatlar va shartlar, shu jumladan Markaziy bank chiqargan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan yillik foiz stavkalari, mukofotlar va yig‘imlar to‘g‘risida o‘z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari shart.
Banklarning bank operatsiyalari bozorini monopoliyalash va bank ishida raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlarga erishish maqsadida o‘z ittifoqlari, uyushmalari va boshqa birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi. Monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya etilishi Markaziy bank tomonidan, shuningdek ushbu maqsadlarda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan boshqa organlar tomonidan nazorat qilinadi.
Banklarda buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 11.07.2008-y.). Buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi uchun bank rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi Qarang: Markaziy bank tomonidan bank va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat № 622, 05.02.1999-y.) 6.1-bandi. 42-modda. Banklarning moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishi Banklar o‘z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilaydigan shakl va muddatlarda, unda ko‘rsatilgan ma’lumotning to‘g‘riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat № 1419, 25.10.2004-y.) 43-modda. Banklar auditi Banklarning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshirishlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlar tomonidan har yili tekshirib turilishi lozim. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 78-sonli № 78-II sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining birinchi qismi. Audit, xususan, kapitalning yetarliligini baholash, ssudalarni tasniflash, ssudalar bo‘yicha zararlarni qoplash, tavakkalchilikni va likvidlikni o‘lchashni o‘z ichiga oladi. Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari ham shart.
Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib boradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 50 — 54-moddalari. Markaziy bank tijorat banklaridan axborot berishni talab qilishga va ushbu Qonunni bajarish maqsadida boshqa ishlarni amalga oshirishga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Toshkent sh., 1996-yil 25-aprel, 216-I-son (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 368-modda, 41-son, 405-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 15-son, 176-modda, 39-son, 423-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son) Download 45.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling