I umumiy qoidalar
V. MUSOBAQANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI
Download 165.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Nizom
V. MUSOBAQANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TARTIBI
12. Har bir musobaqa uning yo‘nalishlaridan biriga bag‘ishlangan va tegishli sohadagi muammolarni hal qilish uchun loyihalarni ishlab chiqishga imkon beradi. 13. Musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi: 13.1. Tashkilotchilar tomonidan belgilangan musobaqa boshlanish sanasidan bir oy oldin ishtirokchilarini musobaqa rasmiy vebsayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari boshlanadi. 13.2. Ishtirokchilar tomonidan tashkilotchilar tasdiqlagan shakllar asosida elektron ariza taqdim etiladi. Arizada familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami, shuningdek boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur. Ishtirokchilar ariza topshirayotgan paytda tashkilotchilar tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi. 13.3. Qabul qilish yakunlangandan so‘ng topshirilgan arizalar tashkilotchilar tomonidan qabul qilinmaydi. 14. Musobaqada ishtirok etadigan jamoalar ro‘yxati tashkilotchilar tomonidan tasdiqlanadi va musobaqa boshlanishidan yetti kalendar kundan kechiktirmay rasmiy saytga joylashtiriladi. Tashkilotchilar jamoadan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rashga haqli hisoblanadi. 15. Musobaqani o‘tkazish dasturida quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi: – ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish; – jamoani shakllantirish bo‘yicha seminar-trening. Jamoa shakllantirmagan ishtirokchilar uchun tashkilotchilar tomonidan jamoa shakllantirish; – musobaqaning ochilishi marosimi; – vazifani e’lon qilish; – kofe-breyk; – ishtirokchilarning g‘oyalari taqdimoti (uch daqiqadan ko‘p bo‘lmagan ma’ruzalar); – mutaxassislar ma’ruzasi; – jamoalar tomonidan loyiha ishlab chiqish jarayoni (48 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda); – jamoalar tomonidan loyiha taqdimoti; – musobaqa g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash. 16. Jamoalar musobaqa yakunida loyiha taqdimotini o‘tkazadilar. Unda musobaqa komissiyasiga jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan shakllarga asosan 5 slayddan oshmagan taqdimot va loyiha prototipini taqdim etadilar. 17. Musobaqa davomida tashkilotchilar tomonidan quyidagilar tashkil etib beriladi: – yuqori tezlikdagi internet; – ish joyi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling