I umumiy qoidalar
VI.MUSOBAQA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL
Download 165.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Nizom
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. MUSOBAQA GʻOLIBLARINI ANIQLASH 20.
VI.MUSOBAQA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL
ETISH TARTIBI 18. Musobaqa komissiyasi tarkibi musobaqa boshlanishidan 2 hafta oldin tashkilotchilarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Musobaqa komissiyasi o‘z yo‘nalishida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali (turli vazirlik, idoralar, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xususiy sektor vakillaridan ham kelishuv asosida jalb etilishi mumkin) kamida 7 nafar toq sonli a’zolardan iborat tarkibda tuziladi. Musobaqa komissiyasiga raislik qilish vazifasi vazir o‘rinbosari darajasidagi rahbarga yuklatiladi. Bunda musobaqa komissiyasi raisi, zarur hollarda tor ixtisoslashuvdagi mutaxassislarni (shu jumladan, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlar mutaxassislarini) qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqish jarayoniga jalb qilishi mumkin. 19. Musobaqa komissiyasi majlisi, unda musobaqa komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Musobaqa komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Musobaqa komissiyasi majlislari ochiq muhokama shaklida tashkil etiladi. Musobaqa komissiyasi ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni shaffoflik va oshkoralik tamoyillari asosida baholashga va g‘oliblarni tanlab olishga mas’ul etib belgilanadi. VII. MUSOBAQA GʻOLIBLARINI ANIQLASH 20. Musobaqa davomida jamoa ariza topshirishda tanlangan vazifa doirasida loyiha tayyorlashi va prototipini ishlab chiqishi kerak. 21. Ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha prototip va taqdimot musobaqa komissiyasiga xakatonning yakuniy kunida tashkilotchilar tomonidan musobaqa dasturiga muvofiq ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatilgan vaqtdan kechiktirmasdan taqdim etilishi zarur. 22. Musobaqa komissiyasi tomonidan baholash uchun taqdim etilgan loyihalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: – loyiha prototipining dastur kodining mavjudligi; – loyiha prototipi ariza berish paytida e’lon qilingan vazifaga mos kelishi kerak. 23. Loyiha prototipi taqdim etilgandan so‘ng, jamoa loyihani musobaqa komissiyasiga taqdim etish uchun taqdimot tayyorlaydi. Taqdimot tashkilotchilar tomonidan tasdiqlangan shakllar asosida tayyorlanadi. Taqdimot shakli musobaqa rasmi vebsaytiga joylashtiriladi. Taqdimotda quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim: – taqdimot sarlavhasi. Unda yo‘nalish va vazifa ko‘rsatiladi; – prototip hal qiladigan mavjud muammoning tavsifi; – prototip funksionalligini tavsifi va joriy etish samarasi; – prototipda ishlatiladigan texnologiyalar va dasturlash tillarining tavsifi; – ishlab chiqilgan prototipni tijoratlashtirishda daromad olish usulining tavsifi; – jamoa tarkibi va a’zolarning vazifalari. Download 165.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling