I. V. Chem yakova, fizika-matematika fanlari doktori, professor


Download 3.63 Mb.
Pdf просмотр
bet1/11
Sana10.01.2019
Hajmi3.63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

74.262.21
Y -8 3
7 -  s in fd a  g e o m e triy a :  0 ‘qituvchilar uchun  metodik qo'llanma / A . Azam ov,
B .  Haydarov,  E .  Sariqov va boshq. -  Toshkent: Yangiyul  poligraph service, 
2 0 0 9 . - 1 6 0   b.
I.  A za m o v, Abdulla  va  boshq. 
5 5 K  74.262.21
T a q r i z c h i l a r :
A  
Ya. Norm anov,
S. X . Saidaliyeva,
B .  Q.  Eshm am atov, 
I.  V.  Chem yakova,
fizika-matematika  fanlari  doktori,  professor, 
O'zbekiston  Milliy Universiteti  geometriya va   amaliy 
matematika  kafedrasi  mudiri; 
pedagogika fanlari nom zodi,  matematika va  uni 
o'qitish  metodikasi  kafedrasi  dotsenti; 
fizika-matematika fanlari  nom zodi, Toshkent shahar 
Ns6 ixtisoslashgan  maktab  direktori;
Toshkent shahar Na2  maktab  matematika 
o'qituvchisi.
“7- sinfda  geometriya"  o'qituvchilar  uchuri  uslubiy  qo'llanmada  o'rta 
umumiy  ta'lim  maktablarining  7-sirifida  geometriya  fanining  mazmuni, 
maqsadi,  vazifalari,  tashkiliy  asoslari  va  umumiy  uslubiyoti  masalalari 
yoritilgan.  Shu  bilan  bir qatorda,  davlat ta'lim  standarti  va  dasturi  asosi- 
da  yaratilgan  “Geometriya-7”  darsligi  bo'yicha  o'qitishning  uslubiy  yo‘1 
-yq'riqlari keltirilgan. O 'quv dasturiga  kiritilgan  barcha  mavzular bo'yicha 
dars ishlanmalari  berilgan.
Mazkur  qo'llanma  matematika  fani  bo'ylcha  dars  olib  borayotgan 
maktab  o'qituvchilari  va  bu  fanni  o'qitish  uslubiyoti  masalalari  bilan 
shug'ullanayotgan  barcha  mutaxassislar uchun  mo'ljallangan.
ISBN  978-9943-366-15-2
©  
“Yangiyul poligraph service” ,  2009

MUNDARIJA
K irish .......................................................................................................................... 4
I  B O B .  Um um iy o'rta ta'lim  maktablarlda geometrlya
1.1. 
Umumiy o'rta ta'lim  maktablarida  matematika  fanini  o'qitishning
tashkiliy  asoslari................................................................................................... 6
1.2. 
Maktabda  matematika fanini  o'qitishning maqsad va  vazifalari................ 6
1.3. 
Matemetika fani  bo'yicha  davlat ta'lim  standarti...........................................7
1.4. 
7 - sinfda  geometriya  fani  bo'yicha  o'quvchilar egallashlari  lozim
bo'lgan  bilim,  ko'nikma  va  malaka  me'yoriari.............................................10
1.5. 
Geometriya  fanidan  7 - sinf o'quv dasturi va  namunaviy soatlar
taqsimoti............................................................................................................... 11
II  B O B .  O'qitishnlng turll  uslublari
2.1. 
An'anavly  dars  berish  uslubi........................................................................... 14
2.2. 
Darsda  o'quvchilar faolligini  oshiradigan uslublar.......................................15
2.3. 
‘Aqliy  hujum’  usuli.............................................................................................16
2.4. 
‘ Kichik guruhlarda  ishlash*  usuli.................................................................... 17
2.5. 
Tadqiqot va  loyiha  usullari...............................................................................18
2.6. 
Geometrik o'yin  darslari................................................................................... 18
2.7. 
‘ Geometrik  domino’  o*yinl................................................................................ 19
2.8. 
‘ Zakovaf  o'yini  ko'rinishidagi  darslar...........................................................20
2.9. 
‘ Matematik b o zo f  o'yini................................................................................... 20
2.10.  Bahs-munozara va  musobaqa  usullari........................................................ 21
2.11.  Express-testlar................................................................................................... 22
III  B O B .  Namunaviy dars  ishlanmalari
3.1. 
Dars  ishlanmalarini tuzish  bo'yicha  uslubiy tavsiyalar..............................23
3.2. 
Namunaviy dars  ishlanmalari.................................................. 
 
25
IV. B O B .  Qobillyatli  o'quvchilar bilan  ishlashga do ir qo'shim cha 
materiallar
4.1.
 
Geometriya tarixiga  oid  qo'shimcha  materiallar________ ____________ 135
4.2.
 
Masala  kerakmi? -  Muammosiz!    ............................. ...........................145
4.3.
 
Geometriyadan  masalalar yechish  bo'yicha  umumiy
ko'rsatmalar................................................................ .......................... v ---------149
4.4.
 
Geometriya  fanidan  sinfdan  tashqari  ishlar uchun
mo'ljallangan  materiallar............................................................................... 151
4.5.
 
7 - sinfda  geometriya fani  bo'yicha dars  o'tishda  fbydalanish  uchun
tavsiya  etiladigan  adabiyotlar ro'yxati___________________ __________ 157

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra 
kuchii,  biiimli,  dono  va 
aibatta baxtli bo'lishlari shart 
I. A .  Karimov.
K   I  R   I  SH
Muhtaram  ustozlar!
Respublikamiz  mustaqillikni  qo'lga  kiritib,  bozor  iqtisodiyoti  asoslarini 
qurayotgan  bir  paytda,  malakali  mutaxassislarga  bo'lgan  ehtiyoj  tobora 
dolzarb muammo bo'tib bormoqda.  Hozirda vujudga kelgan iqtisodiy sharoit 
yangicha  tafakkurga  ega  bo'lgan,  dunyoga yangicha ko'z  bilan  qaraydigan, 
yangicha  fikrlaydigan  yangi  avlodning  ishtirokini  taqozo  etmoqda.  Bu  ish 
qanchalik  tez  amalga  oshirilsa,  mamlakatimizning  iqtisodiy  salohiyati 
shunchalik tez yuksaladi.  Bu  o'hnda  yoshlaming matematik tayyorgahigiga 
qo'yiladigan  talablar ham juda muhim  masala hisoblanadi.
Shu  bilan  birga,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ko'zda  tutilgan 
rejalar ta'limni sifat va mazmun jihatidan yangi darajaga  ko'tahsh  vazifasini 
keltihb  chiqardi.  Shu  bois,  vatanimizning  buyuk  kelajagini  yaratuvchi 
barkamol  avlodni,  yangi  zamon,  yangi  jamiyat  kishisini  tarbiyalashdek 
ota   mashaqqatli  va  ayni  zamonda  sharafli  ish  shu  kunning  eng  muhim 
vazifalaridan  biri bo'lib  qoldi.  Uni amalga  oshihsh  sizdek fidoyi  o'qituvchilar 
zimmasiga  yuklanadi.
Kadriar  tayyoriash  milliy  dastuhda  ko'zda  tutilgan  vazifalardan  kelib 
chiqib,  matematika  fanining  davlat  ta'lim  standartlari,  o'quv  dasturi  ishlab 
chiqildi.

 
‘‘Geometriya-7” deb  nomlangan  o'quv-metodik kompleks  7 - sinf darsligi 
va  o'qituvchilar uchun mo'ljallangan  qo'llanmadan  iborat.
Darslikda keltirilgan mavzular sodda,  tushunarii tilda,  hayotiy masalalar 
yordamida  qisqacha  yoritilgan  va  rasmlar  bilan  bezatilgan.  O'quvchi  turii 
xil  konkret  vaziyatlarga  bo'lgan  munosabatini  amaliy  mashg'ulotlar  orqali 
bildiradi.  Mashg'ulotlar har bir m avzu bo'yicha turii xil kichik savollar,  testlar, 
amaliy  mashqlar,  topshiriqlardan  tashkil  topgan  bo'lib,  ular  bir-biri  bilan 
uzviybog'liq  va  o'quvchidan ijodiy yondashuvni talab  qiladi.  Darslik asosida 
qay yo'sinda  dars  olib borish yo'l-yo'riqlari uslubiy qo'llanmada keltirilgan.
O 'quv  metodik  kompleksni  yaratishda  rivojlangan  mamlakatlarda 
to'plangan  ilg'or tajriba  namunalaridan  ham  foydalanilgan.  Shu  bilan  birga, 
yurtimizga  xos  sharqona  umrboqiy  qadriyatlarimizga  qo'llanmada  katta 
e'tibor  berilgan.  “Geometriya-7"  darsligi  oldingi  mavjud  darslik  va  o'quv 
qo'llanmalardan  mazmun,  tuzilishi,  materiallarning berilish  tartibi,  bezalishi,

metodik ta'minoti jihatidan  farq  qiladi.  Shu  bois,  bu  darslikdan  foydalanish, 
u  asosida  dars  berish  o'qituvchilarimizdan  qaysidir  ma'noda  metodik 
va  tashkiliy jihatdan  tayyorgariik  ko'rishni,  bu  fanni  o'qitish  masalalariga 
yangicha nazar bilan  qarashni taqozo  etadi.
7 -sin f  geometriya  kursini  yangi  tahrirdagi  davlat  ta'lim  standartlari 
talablaridan  kelib  chiqqan  holda  ‘ Geometriya-7"  darsligi  asosida  o'qitish 
bo'yicha  metodik  ko'rsatmalar,  har  bir  m avzu  bo'yicha  dars  ishlanmalari, 
ba'zi masalalarning yechimlari  va ko'rsatmalar,  mavzularni mustahkamlash 
uchun  qo'shimcha  masalalar  va  ulaming  yechimlari  berilgan.  Bundan 
tashqari  darslik  bo'yicha  tuzilgan  yillik  m avzuviy  rejalashtirish,  oraliq 
nazoratlar uchun yozm a  ish  variantlari,  har yarim yillikka mo'ljallangan  test 
topshiriqlari,  qobiliyatli  o'quvchilar  bilan  ishlash  va  sinfdan  tashqari  ishlar 
uchun materiallar berilgan.
Darslik  asosan  o'quvchiga  qaratilgan  bo'lib,  uning  imkoniyatlarini, 
yoshini,  individualligini,  mustaqil  fikriovchi,  o'z  qarash  va  tushunchalariga 
ega bo'lgan  erkin  shaxs  ekanligini hisobga olgan holda yozilgan.  Bu darslik 
asosida  o'qituvchi  darsda,  mashg'ulotlarda  o'quvchining  faol  ishtirokini 
ta'minlovchi,  o'quvchiga  qaratilgan  o'quv  uslublarini  (interfaol  usuli) 
keng 
qo'llash, jo riy qilishi mumkin.  Mavzular hayot va turmush bilan bog'liq holda 
korikret  masalalar,  amaliy  topshiriqlar  bilan  to'ldirilgan  va  o'quvchilaming 
darsda  va  darsdan  keyin  ham  o'quv  jarayonining  faol  ishtirokchisiga 
aylanishiga  xizmat  qiladi.  O'rni  kelganda  tarixiy  ma'lumotlar  ham  berilib, 
o'quvchilar  bu  fanning  abstrakt,  tushunarsiz,  qiyin  fan  emasligini,  balki 
insonlaming  ehtiyojlari,  sivilizatsiyaning  taraqqiyoti  sababli  bu  fanning 
paydo  bo'lgani  va  insoniyatga  xizmat  qilib  kelayotgani  haqida,  qolaversa 
bu  fanning  rivojiga  buyuk  vatandoshlarimizning  qo'shgan  bebaho,  ulkan 
hissalari to'g'risida zarur tushuncha  va ma'lumotlar berilgan.
Mazkur  darslik haqida  matematika  fani  bo'yicha  dars  olib  borayotgan 
barcha  maktab  o'qituvchilari  va  uni  o'qitish  uslubiyoti  masalalari  bilan 
shug'ullanayotgan  mutaxassislarga  mo'ljallangan  bo'lib,  unda  keltirilgan 
tavsiyalar  bu  fanni  o'qitishni  takomillashtirishda  yordam  beradi,  degan 
umiddamiz.
Mualliflar
5

U M U M IY O 'R T A   T A 'L IM   M A K T A B L A R ID A  
G E O M E T R IY A
1.1.  Umumiy oTta ta'lim  maktablarida matematika fanini 
o'qitishning  tashkiliy asoslari
Ma'lumki,  matematika  moddiy  dunyoning  obyektlarini  o'rganadi.  Lekin 
boshqa fanlardan farqli  o'laroq,  unda  miqdoriy  munosabatlar va fazoviy shakllar 
asosiy obyekt sifatida qaraladi.  Matematika o'sib  kelayotgan yosh avlodni kamol 
toptirishda  o'quv  fani  sifatida  keng  imkoniyatlarga  ega.  U   o'quvchi  tafakkurini 
rivojlantirib,  ulaming  aqlini  peshlaydi,  uni  tartibga  soladi,  o'quvchilarda 
maqsadga yo'nalganlik,  mantiqiy fikriash, topqiriik xislatlarini shakllantira  boradi. 
Shu  bilan  bir qatorda teoremalami  isbotlash jarayoni va  mulohazalaming to'g'ri, 
go'zal  tuzilganligi,  simmetriya  tushunchasining  shakllanishi  bilan  o'quvchilami 
didli,  go'zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.  Ulug'  allomalarimiz Al-Xorazmiy, 
Abu  Nosir  Farobiy,  Ahmad  Farg'oniy,  A bu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy, 
Abul  Vafo  Buzjoniy,  G'iyosiddin  al-Koshiy,  Um ar  Xayyom,  Nasriddin  at-Tusiy, 
Mirzo  Ulug'beklaming  matematikaga  qo'shgan  hissalarini  oTganish  jarayoni 
o'quvchilaming  dunyoqarashini  kengaytiradi, 
bilimdonligini  oshirib, 
ulami 
vatanparvariik,  milliy  iftixor  ruhida  tarbiyalaydi.  Respublikamizning  kelajagini 
barpo  qiluvchi  yosh  avlodga  hozirgi  zamon  fanining  yangiliklarini,  uning 
murakkab  qirralarini  oTgatish  bilan  bir qatorda  o'tmish  merosimizni  o'rganishga 
imkoniyat tug'dirilishi  lozim.
Davlatta'lim standartiga asosan geometriya fani o'rta maktab o'quv rejasiga 
7 -9 - sinflarda  haftasiga  2  soatdan,  yillik  o'quv  yuklamasi  68  soat  hajmda  klri- 
tilgan.
1.2.  Maktabda matematika fanini o'qitishning maqsad va vazifalari
Maktabda  o'quvchilarga  matematikani  o'qitishdan  ko'zda  tutilgan  asosiy 
maqsadlar quyidagilardan  iborat
■  o'quvchilaming  hayotiy  tasawuriari  bilan  amaliy  faoliyatlarini  umumlashtirib 
borib,  matematik  tushuncha  va  munosabatlami  ular  tomonidan  ongli 
o'zlashlirilishiga  hamda  hayotga tatbig  eta  olishiga  erishish;
■  o'quvchilarda  izchil  mantiqiy fikrlashni  shakllantirib  borish  natijasida  ulaming 
aql-zakovat  rivojiga,  tabiat  va  jamiyatdagi  muammolami  hal  etishning  qulay 
yo'llarini  topa  olishlariga  ko'maldashish;
■  insoniyat  kamoloti,  hayotning  rivoji,  texnika  va texnologiyaning  takomillashib 
borishi  asosida  fanlaming  o'qitilishiga  bo'lgan  talablarni  hisobga  olgan  holda 
maktab  matematika  kursini  ulaming zamonaviy  rivoji  bilan  uyg'unlashtirish;
■  matematika,  xususan  geometriya  rivojiga  qomusiy  olimlarimiz  qo'shgan 
ulkan  hissalaridan  o'quvchilami  xabardor  qilish  va  ularda  vatanparvarlik, 
milliy  g'urumi tarkib toptirish,  rivojlantirish;
■  jamiyat  taraqqiyotida  matematikaning  ahamiyatini  his  qilgan  holda  umumin- 
soniy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida  matematika  to'g'risidagi  tasav- 
vuriami  shakllantirish;
•  o'quvchilarda  ko'nikmalami  shakllantirish,  mustaqil  faoliyatlarini  rivojlantirish 
orqali  o'quv jarayonini  demokratiyalashtirish,  gumanitarlashtirishga  erishish.
6

Umumiy  o'rta  ta'lim  maktablarida  matematika  ta'limining  vazifalari:
■  son  haqidagi  tasawurlarini  rivojlantirish  va  hisoblashlarning  insoniyat  taj- 
ribasidagi  o'rni;
■  hisoblashlaming  amaliy  ko'nikmalarini  va  hisoblash  madaniyatini  shakllan- 
tirish;
■  algebraik amallarni  bajarish  ko'nikmalarini shakllantirish va ularni  matematika 
va  boshqa  sohadagi  masalalarni  yechishda  qo'llash;
•  elementar  funksiyalar  xossalari,  grafiklami  o'rganish  va  ulardan  tabiatdagi 
mavjud  munosabatlami tahlil  qilish  hamda  bayon  qilishda  foydalanish;
•  planimetriyaning  metodlari  va  asosiy  faktlarini  o'zlashtirish;
■  o'rganilayotgan  tushuncha  va  uslublar  hayotda  va  tabiatda  ro'y  berayotgan 
hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to'g'risida tasawurlarini 
shakllantirish.
Umumiy  o'rta  ta'limning  davlat  ta'lim  standarti  o'quvchilar  umumta'lim 
tayyorgariigiga,  saviyasiga  qo'yiladigan  majburiy  minimal  darajani,  ta'lim 
mazmuni,  shakllari,  vositalari,  usullarini,  uning  sifatini  baholash tartibini  belgilab 
beruvchi  hujjatdir.  Davlat  ta'lim  standarti  o'z  mohiyatiga  ko'ra  o'quv  dasturi, 
darsliklar,  qo'llanmalar  va  boshqa  me'yoriy  hujjatlami  yaratish  uchun  asos 
bo'lib  xizmat  qiladi.  Shunday  bo'lgach,  har  bir  fan  bo'yicha  yaratilgan  davlat 
ta'lim  standarti  va  o'quv  dasturlarini  sinchiklab  o'rganish  va  uni  joriy  etish  har 
bir  pedagog  uchun  kasbiy  burch  hisoblanadi.
Umumiy  o'rta  ta'limning  davlat  ta'lim  standartining  tayanch  o'quv  rejasi, 
ta'lim  sohalari  (o'quv  fanlari)  mazmuni,  maktab  bitiruvchilarining  akademik 
litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o'qishini  davom  ettirish  uchun  umumiy  ta'lim 
tayyorgariigiga  doir  minimal  majburiy  talablar  bayonini  ifoda  etadi.  Umumiy 
o'rta  ta'limning  davlat  ta'lim  standartida  ta'lim  sohalari  (o'quv  fanlari)  mazmuni 
qisqacha  taqdimot  tarzida  bayon  etilgan.  Bunga  ko'ra  har  bir  fan  bo'yicha 
standaitga  sharhlar  ishlab  chiqilgan.  O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta'limi 
vazirligining  axborotnomasi  bo'lmish  “Ta'lim   taraqqiyoti"  jumalining  maxsus 
sonlarida  kitob tarzida  1999  yilda  nashr ettirilgan.  Mazkur  nashming  2-m axsus 
sonida  matematika  bo'yicha  davlat ta'lim  standarti  va  unga  sharh  chop  etilgan. 
Standartga  berilgan  sharh  umumiy  o'rta  ta'limning  davlat  ta'lim  standarti 
tamoyillari  asosida  umumiy  o'rta  ta'lim  maktablarida  matematika  fani  bo'yicha 
davlat ta'lim  standartlari,  me'yoriy talab  darajalarini  sharhlab  berdi.
O'tgan  davr  ichida  mazkur  standart  takomillashtirilib  borildi.  2 0 0 3 -2 0 0 4 - 
yillarda  professor  N.  Ganixo'jayev  boshchiligidagi  mutaxassislar  tomonidan 
matematika  fanidan  yangi  tahrirdagi  davlat  ta'lim  standarti,  o'quv  reja  va 
mavzuviy  rejalashtirishning  sinov varianti  ishlab  chiqildi.  2 0 0 4 -2 0 0 8 -yillarda  u 
Respublikamizdagi tayanch  maktablarda tajriba-sinovlardan  o'tdi  va Xalq ta'limi 
vaziriigining  hay'at  majlisi. qarori  asosida  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  huzuridagi  maxsus  komissiya  tasdig'idan  o'tib  amaliyotga  joriy 
etildi.  Mualliflar  tomonidan  “Geometriya- 7"  darsligini  yaratishda  mazkur  hujjat 
asos  qilib  olindi.  Quyida  mazkur  hujjatni  keitirishni  lozim topdik
1.3.  Matematika fani  bo‘yicha davlat ta'lim  standarti
O'quvchilar  matematikaga  oid  quyidagi  bilim,  ko'nikma  va  malakalarni 
egallashlari  shart:
Algebra  kursi  bo'yicha:
•  natural,  butun,  ratsional  va  haqiqiy  sonlar  haqida tushunchaga  ega  bo'lish;
7

■  sonlami  taqqoslash  va  ularga  oid  hisoblashlarni  bajara  olish;
■  sonlarning  o'rta  arifmetigi  ifodalarini,  nisbat,  proporsiya  va  protsentlami 
bilish,  ularni  qo'llay  olish;
■  taqribiy  hisoblashlarga  oid  tushunchalami  egallash  va  ulami  amalda  qo'llay 
olish;
•  sonli  va  harfiy  ifodalar  haqida  tushunchalarga  ega  bo'lish,  matematikaning 
formal -   operativ  ekanligini anglash;
■  harfiy  ifodalami,  shakl  almashtirish  qoidalarini  bilish  va  ularhi  qo'llay  olish;
•  darajalar,  ko'phadlar va  algebraik  kasrlar  ustida  asosiy  amallami  bajarish  va 
shakl  almashtirishda  qoilay  olish;
■  ko'phadlami  standart  ko'rinishga  kettira  olish;
■  kvadrat ildiz qatnashgan sonli va harfii ifodalarda aynan shakl almashtirishlarni 
bajara  olish;
■  algebraik  ifodaning  son  qiymatini topa  olish;
■  qisqa  ko'paytirish  ayniyatlarini  bilish  va  qo'llay  olish;
•  tenglamalar -  masalalar yechish apparab' ekanligi haqida tasawurga ega bo'lish;
•  tenglama,  uning  ildizi tushunchalarining  ma'nosini  bilish;
•  chiziqli,  kvadrat va  ratsional tenglamalar hamda  chiziqli  ikki  noma'lumli teng- 
lamalar  sistemasini  yecha  olish;
■  bir  noma'lumli tengsizliklar va  ularning  sistemalarini  yecha  olish;
■  funksiya tushunchasiga  oid  atamalami  bilish va  amalda  qo'llay  olish;
■  funksiyaning jadval,  grafik,  formula  orqali  berilish  usullarini  bilish;
•  formula  bilan  berilgan  funksiyani  grafik  usulda tasvir eta  olish;
■  son  o'qida  va  koordinata tekisligida  nuqtani  ifodalay  olish;
■  sodda  diagrammalami  chiza  olish;
•  asosiy trigonometrik  ayniyatlarni  bilish  va  qo'llay  olish;
•  keltirish  formulalarini  bilish  va  misollarni  yechishga tatbiq  eta  olish;
•  ariftnetik  va  geometrik  progressiyalarni  bilish,  ularning  istalgan  hadini  va 
hadlari  yig'indisini  hisoblay  olish;
•  asosiy  geometrik shakllariga  oid tushuncha  va  atamalarni  bilish;
■  chizmada  berilgan  geometrik shakllarni  ko'rsata  olish;
•  masala  shartiga  mos  keluvchi  chizmani  chizish,  geometrik  shakllarni 
tekislikda tasvirlay  olish;
•  teoremalarni  isbotlash,  masala  va  misol  yechishda  mantlqiy  mulohaza 
yuritishni  bilish;
•  hisoblash  va  isbotlashga  oid  masalalarni  yechishda  asosiy  shaklni  tanlash, 
qo'shimcha  yasashlami  bajara  olish.
G eom etriya  kursi  bo'yicha:
■  yassi  geometrik  shakllar  va  geometrik  munosabatlar  haqidagi  ma'lumotga 
ega  bo'lish;
•  geometriya  kursidan  olingan  bilimlami hayotiy vaziyatlarda  qo'llay olish;
•  shakllami tasvirlash  uchun  burchak kattaligi va kesmalaming  uzunligini o'lchash- 
da geometrik asboblardan  foydalana  olish;
■  Fales va  Pifagor teoremalarini  bilish  va  ularni  masalalar yechishda  qo'llash;
•  uchburchakning  tenglik  alomatlarini  bilish  va  ulami  masalalar  yechishda 
qo'llay  olish;
•  yuz  haqida tushunchaga  ega  bo'lish  va  ularning  asosiy xossalarini  bilish;
•  ko'pburchaklaming  yuzlarini  hisoblash  formulalarini  bilish va  ularni  hisoblash;
■  o'xshash  shakllar haqida tushunchaga ega  bo'lish va  ulaming xossalarini  bilish;
8

■  aylana va  doira  haqida tushunchalarga  ega  bo'lish  hamda  ularning  element- 
larini  bilish;
•  aylana  uzunligi  va  doira  yuzini  hisoblay olish;
•  ko'pburchakka tashqi va  ichki chizilgan  aylanalar haqida  ma'lumotga ega  bo'lish;
•  muntazam  ko'pburchaklar,  ulaming  tomoni  bilan  ichki  va  tashqi  chizilgan 
aylanalar radiuslari orasidagi  bog'lanishni bilish;
•  vektor va vektor kattaiik haqida tushunchaga ega  bo'lish;
■  vektorlar ust'da  amallami  bajara olish;
■  vektorlaming  skalyar  ko'paytmasini  bilish  va  undan  masalalarni  yechishda 
foydalana  olish;
•  vektorlaming  koordinatalardagi ifodasini  bilish;
•  formulalar yordamida hisoblashlami bajara olish;
•  buyuk  allomalarimiz  va  ulaming  matematika,  xususan  geometriya  rivojiga 
qo'shgan  hissalari  haqida tasawurga  ega  bo'lish.
Davlat ta'lim standarti  matematikadan ta'lim  mazmunining  majburiy  hajmini; 
o'quvchilarning yosh xususiyatlari,  ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan  holda 
tanlanadigan o'quv yuklamasiniing yuqori miqdordagi hajmini;  asosiy yo'nalishlar 
bo'yicha o'quvchilarning  bilim,  ko'nikma va  malakalariga  qo'yiladigan talablar va 
ularni  baholash  me'yorlarini  belgilab  beradi.
Matematika  kursini  o'zlashtirishda  maktab  o'quvchilari  egallashlari  zarur 
bo'lgan  bilim,  ko'nikma  va  malakalarga  Davlat tomonidan  qo'yiladigan  talablar 
bayon  qilinadi.  Bunda  o'quvchilarga  har  bir  yo'nalish  doirasida  matematika 
ta'limining  imkoniyat va  me'yorlar  orasidagi  o'zaro  muvofiqlik va  mutanosiblikni 
ta'minlash  muhim  ahamiyatga  ega.
Ushbu  talablar  o'quvchilaming  matematikadan  umumiy  o'rta  ta'lim  kursini 
o'rganishga  intilishi  va  erisha  oladigan  natijalami  belgilab  beradi.  Bu  darajani 
shartli  ravishda  imkoniyatlar darajasi  deb  atash  mumkin.  Matematikadan  davlat 
ta'lim  standarti  belgilaydigan  majburiy  talablar  o'quvchilar  tayyorgariigiga  mos 
topshiriqlar  namunalari  bilan  oydinlashtiriladi,  shu  bilan  birga  o'quv jarayonida 
reyting tizimiga  asoslangan  yangi  pedagogik texnologiyani  qo'llash  imkoniyatini 
yaratadi.
Mazkur standartdagi matematik bilimlarga qo'yiladigan didaktik talablar milliy 
qadriyatlarni  tiklash  bilan  birga  ularda  ko'proq  e'tibor  va  diqqatni,  xalqimizning 
o'ziga xos  ma'naviyatini,  fikrlash,  muomala  va  munosabat  madaniyati,  tabiiy va 
madaniy,  iqtisodiy-ijtimoiy  sharoit  va  tarbiya,  ahloqiy  sifatlarini  hisobga  olishga 
qaratilgan.
Respublikamizning  kelajagini  barpo  qiluvchi  yosh  avlodga  hozirgi  zamon 
fanining  yangiliklarini,  uning  murakkab  qirralarini  o'rgatish  bilan  bir  qatorda 
o'tmish  merosimizni  o'rganishga  imkoniyat  tug'dirilishi  lozim.  Matematikadan 
Davlat ta'lim standartining  rpe'yor ko'rsatkichlari dinamik xarakterda  bo'lib, ta'lim 
jarayonining  takomillashuvi,  fan  va texnika  yutuqlarining  natijalari  bilan  to'ldirilib 
boriladi.  Dastur  va  darsliklarning  muhim  o'zgarishlari  va  matematik  ta'lim 
standartining  talablari  takomillashadi  va  o'quvchilaming  o'zaro  yaqin  aloqadagi 
fanlami  o'zlashtirish,  olgan  bilimlarini  amalda  qo'llashi  uchun  aniq  matematik 
bilimlar bilan  qurollantirib  boradi.
Matematik  ta'limning  Davlat  ta'lim  standartlari  umumiy  o'rta  ta'lim  mak- 
tablarining  5-9-sinflari  uchun  ishlab  chiqildi.  Bunda  belgilangan  talablar  ma- 
tematika  o'qitishning  quyidagi  metodik  yo'nalishlari  asosiga  qurilgan:  son 
va  hisoblashlar,  ifodalami  aynan  almashtirishlar,  tenglamalar  va  tengsizliklar, 
funksiyalar va  graflklar,  geometrik  shakllar va  kattaliklar.

1 . 4 . 7 -s in f d a   g e o m e triy a  fa n i  b o 'y ic h a   o ‘q u v c h ila r  e g a lla s h la ri 
io z im   boM gan  b ilim ,  k o 'n ik m a  v a   m a la k a   m e 'y o ria ri
O'quvchllar 7- sinfda geometriyani o'rganish  natijasida quyidagi  bilim 
va  ko'nikmalarni egallashlari  lozim:
Bilimlar:
♦ 
geometrik figuralar.  Geometrik  kattaliklarni  o'lchash;
♦ 
nuqta,  to'g'ri  chiziq,  tekislik  haqida tasaw urga  ega  bo'lish;
♦ 
kesmaning  xossalarini  bilish;
♦ 
burchak va  uning  turlarini  bilish;
♦ 
vertikal  va  qo'shni  burchaklaming  xossalarini  bilish;
♦ 
perpendikular va parallel to'g'ri chiziqlar haqida tushunchaga ega bo'lish;
♦ 
bissektrisa  haqida tushunchaga  ega  bo'lish va  uning xossasini  bilish;
♦ 
siniq  chiziq  va  ko'pburchak  haqida tushunchaga  ega  bo'lish;
♦ 
uchburchakning  asosiy  elementlarini  bilish;
♦ 
uchburchak va  ularning  turlarini  bilish;
♦ 
uchburchaklaming  tenglik  alomatlarini  bilish;
♦ 
kesma  o'rtasidan  o'tkazilgan  perpendikularning  xossasini  bilish;
♦ 
teng  yonli  uchburchak  bissektrisasining  xossasini  bilish;
♦ 
ikki to'g'ri  chiziqni  uchinchi to'g'ri  chiziq  kesganda  hosil  bo'ladigan 
burchaklami  farqlay  olish;
♦ 
ikki  parallel  to'g'ri  chiziqni  uchinchi  to'g'ri  chiziq  kesganda  hosil 
bo'ladigan  burchaklaming  xossalarini  bilish;
♦ 
mos tomonlari  o'zaro  parallel  va  perpendikular  burchaklar  haqidagi 
teoremalarni  bilish;
♦ 
uchburchak  burchaklarining  yig'indisi  haqidagi  teoremani  bilish;
♦ 
uchburchak tashqi  burchagining  xossasini  bilish;
♦ 
dastur doirasida  allomalarimizning  geometriyaning  rivojiga  qo'shgan 
hissalari  haqida  tasawurga  ega  bo'lish.
Ko'nikm alar:
♦ 
geometrik  figuralar.  Geometrik  kattaliklami  o'lchash;
♦ 
chizmada,  modelda  geometrik  figuralar (berilgan  nuqta,  kesma,  to'g'ri 
chiziq,  burchak turlari,  aylana,  uchburchakjni  ko'rsata  olish  va  ulami 
tasvir eta  olish;
♦ 
chizmada  ko'rsatilgan  figuralami  belgilay  olish  va  o'qiy  olish;
♦ 
teorema  va  masala  shartiga  mos  keluvchi  chizmani  chiza  olish;
♦ 
hisoblashga  va  isbotlashga  oid  masalalarni  yechishda  asosiy  figurani 
tanlash  hamda  standart  qo'shimcha  yasashlarni  bajara  olish;
♦ 
kesmalarning  uzunligini  topa  olish  va  ikki  nuqta  orasidagi  masofani 
bevosita  o'lchay  olish;
♦ 
berilgan  uzunlikdagi  kesmani  berilgan  nuqtadan  qo'ya  olish;
♦ 
sirkul  yordamida  ma'lum  radiusli  aylanani  yasay  olish;
♦ 
burchakni  tashkil  etuvchi  tomonlarni  va  uchini  aniqlay  olish;
♦ 
burchakni to'g'ri  o'qiy  olish  va  yoza  olish;
♦ 
transportirdan fbydalanib gradus o'lchovi berilgan  burchakni yasay olish;
♦ 
burchak va  uning  turlarini  tasvir  eta  olish  hamda  farqlay  bilish;
♦ 
chizmadan  vertikal  va  qo'shni  burchaklarni  topa  olish;
♦ 
vertikal  va  qo'shni  burchaklardan  birining  gradus  o'lchoviga  ko'ra 
qolganlarining  gradus  o'lchovlarini  topa  olish;
♦ 
berilgan  burchakning  bissektrisasini  yasay  olish;
♦ 
uchburchak va  uning turlarini  tasvir  eta  olish;
♦ 
teng  uchburchaklardan  mos  elementlarni  topa  olish;
10

♦ 
uchburchakning tenglik alomatlaridan  uchburchakning tengligini 
isbotlashda  qo'llay  olish;
♦ 
uchburchaklaming  tomonlari va  burchaklari  orasidagi  munosabatni 
masalalar yechishda  qo'llash  olish;
♦ 
sirkul va chizg'ich yordamida eng sodda geometrik yasashlami  bajara olish;
♦ 
figurani tasviriash  uchun  burchak kattaligini va  kesmalaming  uzunligini 
o'lchash,  geometrik asboblardan foydalanish  malakalarini  hosil  qilish;
♦ 
o'rganilgan xossa va  formulalarni  qo'llab,  geometrik kattaliklar (uzunlik, 
burchakjni topishga  oid  murakkab  bo'lmagan  masalalami  yechish.
1.5.  Geometriya fanidan 7-sinf o‘quv dasturi va 
namunaviy soatlar taqsimoti 
0 ‘quv dasturl  (haftasiga 2  soatdan, jami 68  soat)
1.  Pianimetriya.  Boshlang'ich  geometrik  ma'iumotlar (17  soat)
Geometriya  fani  va  predmeti.  Geometriya  fanining  vazifalari.  Eng  sodda 
geometrik  shakllar  (figuralar).  Nuqta.  Kesma.  Kesmalami  taqqoslash.  Nur. 
To'g'ri  chiziq.  Kesmalaming  uzunligi  va  unirig  xossalari.  Kesmani  o'lchash. 
Sirkul.  Aylana.  Aylana  yoyining  gradus  o'lchovi.
Burchak  Burchakni o'lchash.  Burchaklami taqqoslash. Transportir.  Burchak- 
larning turiari:  to'g'ri,  o‘tkir va  o'tmas  burchaklar.  Qo'shni va vertikal  burchaklar, 
ulaming  xossalari.  Perpendikular to'g'ri  chiziqlar.  Bissektrisa.
Masalalar yechish.
2.  Uchburchakiar (11  soat)
Siniq  chiziq.  Ko'pburchak.  Uchburchak.  Uchburchaklarning  turlari.  To'g'ri 
chiziqqa  tushirilgan  perpendikular.  Og'ma.  Uchburchaklaming  asosiy  elemerit- 
lari  (mediana,  balandlik  va  bissektrisasi).  Geometriyani  o'rganishda  fikrlar 
ketma-ketligi  va  bog'liqligi.  Uchburchaklar  tengligining  birinchi  va  ikkinchi  alo- 
matlari.  Uchburchaklaming  tomonlari  va  burchaklari  orasidagi  munosabatlar. 
Ba'zi  geometrik  figuralaming  uchburchaklar  tengligidan  kelib  chiqadigari  xos- 
salari:  kesma  o'rtasidan  o'tkazilgan  perpendikular  va  teng  yonli  uchburchak 
bissetrisasining xossalari.  Uchburchaklar tengligining  uchinchi  alomati.
3.  Yasashga  doir  masaiaiar (8  soat)
Uchburchakni  berilgan  uch  tomoniga  ko'ra  yasash.  Berilgari  burchakka 
teng  burchakni  yasash.  Burchak  bissektirisasini  yasash.  Kesmani  teng  ikkiga 
bo'lish.  Berilgan to'g'ri  chiziqqa  perpendikular to'g'ri  chiziq  yasash.
4.  Paraiiel  to*gri  chiziqiar  (20  soat)
Ikki to'g'ri chiziqni uchinchi to'g'ri chiziq kesganda hosil bo'ladigari burchaklar. 
T o g 'ri  chiziqlaming  parallelligi  va  ikki  parallel  to'g'ri  chiziqni  uchinchi  to'g'ri 
chiziq  kesganda  hosil  bo'ladigan  burchaklar.  Mos  tomonlari  o'zaro  parallel  va 
perpendikular  burchaklar  haqidagi  teoremalar.  Nuqtadan  to'g'ri  chiziqqacha  va 
parallel to'g'ri  chiziqlar orasidagi  masofa.  Uchburchak  burchaklarining  yig'indisi. 
Uchburchak  tashqi  burchagining  xossasi.  To'g'ri  burchakli  uchburchaklarning 
tenglik alomatlari.  Burchak bissektrisasining  xossasi.  Uchburchakning tomorilari 
va  burchaklari  orasidagi  munosabatlar.  Uchburchak tengsizligi.
5.  Geometriya  kursini  aksiomatik qurish  (3  soat)
Geometriya  kursini  aksiomatik  asosda  qurish.  Parallellik  aksiomasi.  Paral- 
lellik  aksiomasiga  teng  kuchli jumlalar.  Parallellik aksiomasining  tarixi  haqida.
6. Takroriash.  Masalalar yechish  ( 9  soat)
11

Namunaviy  mavzuiy  rejalashtirish 
(haftasiga 2  soatdan, jami 68  soat)
Dars
Mavzular
Ajratilgan soat
I bob. Planimetriya Boshlang'ich geometrik ma'lumotlar
1
Geometriya fani va predmeti.  Geometriya fanming vazifalari
1
2
Eng sodda geometrik shakllar: nuqta, to'g'ri chiziq va tekislik
1
3
Kesma va nur
1
4
Kesmalami taqqoslash
1
5
Kesmaning  uzunligi va uning xossalari.  Kesmalami o'lchash
1
6
Amaliy mashg'utot
1
7
Burchak.  Burchaklami taqqoslash.  Bissektrisa
1
8
Burchaklami o'lchash. Transportir
1
9
1-nazorat ishi
1
10
Burchakning turiari: to'g'ri,  otkir va otmas burchaklar
1
11
Qo'shni va vertikal burchaklar hamda  ulaming xossalari
1
12
Geometriyani o'rganishda fikriar ketma-ketligi va  bog'liqligi
1
13
Perpendikular to'g'ri chiziqlar
1
14
Teskarisini faraz qilib isbotlash  usuli
1
15
Amaliy mashg'ulot
1
16
Bilimingizni sinab ko'ring
1
17
2-nazorat ishi
1
II bob.  Uchburchaklar
18
Siniq  chiziq.  Ko'pburchak
1
19
Uchburchak.  Uchburchakning  turiari
1
20
Uchburchakning asosiy elementlari:  medianasi. balandligi va 
bissektrisasi
1
21
Uchburchaklar tengligining birinchi alomati
1
22
Teng  yonli uchburchakning  xossalari
1
23
Uchburchaklar tengligining  ikkinchi alomati
1
24
Uchburchaklar tengligining  uchinchi alomati
1
25
Kesma o'rta perpendikularining xossasi
1
26
Amaliy mashg'ulot
1
27
Bilimingizni sinab ko'ring
1
28
3- nazorat ishi
1
III bob.  Yasashga doir masalalar
29
Aylana
1
30
Sirkul va chizg'ich yordaimda yasashga doir masalalar
1
31
Berilgan burchakka teng  burchakni yasash
1
32
Burchak bissektrisasini yasash
1
12

33
Berilgan to'g'ri chiziqqa  perpendikular to'g'ri  chiziq yasash 
Kesmani teng  ikkiga bo'lish
1
34
Uchburchakni berilgan uch tomoniga  ko'ra yasash
1
35
Bilimingizni sinab  ko'ring
1
36
4- nazorat  ishi
1
IV bob.  Parallel to'g'ri chiziqlar
37
To'g'ri  chiziqlaming  parallelligi
1
38
Ikki to'g'ri  chiziq va  kesuvchi hosil qilgan burchaklar
1
39
Ikki to'g'ri chiziqrilng  parallellik alomatlari
1
40
Ikki to'g'ri chiziqning  parallellik alomatlan (davomi)
1
41
Teskari teorema
1
42
Ikki  parallel to'g'ri chiziq va  kesuvchi  hosil  qilgan burchaklar
1
43
Mos tomonlari o'zaro parallel bo'lgan  burchaklar
1
44
Mos tomonlari o'zaro perperidikular bo'lgan burchaklar
1
45
Biliminglzni slnab  ko'ring
1
46
5- nazorat  ishi
1
47
Uchburchak ichki burchaklarinirig yig'indisi haqidagi teorema
1
48
Uchburchak tashqi  burchagining  xossasi
1
49
Masalalar yechish
1
50
To'g'ri burchakli uchburchakning xossalari
1
51
To'g'ri burchakli uchburchaklaming tenglik alomatlari
1
52
Burchak bissektrisaslnirig  xossasi
53
Uchburchaknirig tomonlari va burchaklari orasidagi munosa- 
batlar
1
54
Uchburchak tengsizligi
1
55
Bilimingizni sinab  ko'ring
1
56
6-nazorat ishi
1
V bob. Geometriya  kursining aksiomatik qurilishi
57
Planimetriyaning  aksiomatik qurilishi
1
58
Parallellik aksiomasi tarixi va  unga teng  kuchli jumlalar
1
59
Parallellik aksiomasi tarixi va unga teng kuchli jumlalar (davomi)
1
VI bob.  Takrorlash  -
60
Geometrik masalalami yechish
1
61
Hisoblashga doir masalalar
1
62
Isbotlashga doir masalalar
1
63-64 Takrorlashga doir masalalar
2
65-66
Bllimingizni sinab  ko'ring
2
67-68
Yakuriiy  nazorat ishi
2
Jami
68
13

0 ‘Q ITIS H N IN G   TU R L I  U S U L L A R I
2.1.  A n 'a na viy  dars  berish  uslubi
An'anaviy darsning asosiy maqsadi —  dars mavzusining asosiy mazmunini, 
tushuncha  va  dalillarini  o'qituvchi  tomonidan  o'quvchilarga  yetkazish  va 
tushurrtirishdan  iborat  Dars  —  oldin  o'zlashtirilgan  bilimlar  bilan  o'zlashtirilishi 
lozim  bo'lgan  bilimlar o'rtasida  aloqa  o'matilishidan  boshlanadi.  Yangi  mavzuni 
yoritish,  turli  mashqlar  yordamida  mustahkamlash,  darsga  yakun  yasash, 
xulosalash,  baholash  va  uyga  vazifa  topshirish  bilan  yakunlanadi.  Odatda, 
an'anaviy dars berish —  passiv dars berish  usuli sifatida qaraladi.  Lekin,  darsda 
o'quvchilaming  faolligi  darsni  qanday  o'tishga  va  uni  rejalashtirishga  bog'liq. 
An'anaviy  darsning  samaradorligini va  darsda  o'quvchilarning  faolligini  oshirish 
uchun  yangi  materialni  mayda-mayda  bo'laklarga  bo'lib  o'tish  tavsiya  etiladi. 
Shuningdek, o'quvchilarning bu materialni qanday o'zlashtirib borayotganliklarini 
nazorat  qilib  borish  va  bu  maqsadda  turli  xil  mashq  va  topshiriqlarni  bajartirish 
maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Quyida  an'anaviy  dars  berishning  bosqichlari 
haqida  qisqacha to'xtalamiz.  Ma'lumki,  an'anaviy  darsning  quyidagi  bosqichlari 
mavjud:

Каталог: wp-content -> uploads -> 2017
2017 -> Comune di abbadia san salvatore
2017 -> Фамилия, Имя, Отчество. Сертификат номер
2017 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
2017 -> Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Tarix va arxeologiya kafedrasi
2017 -> Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi
2017 -> Bezirkshauptmannschaft krems fachgebiet Veterinärwesen
2017 -> O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
2017 -> O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
2017 -> 6-sinf I variant J. Kuk 1771-1775-yillarda Hind okeanida qanday tadqiqot ishlarini olib borgan?


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling