I yarim yillik Davlat va huquq asoslari fani -sinf nazoatar test


Download 31.5 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1149147
Bog'liq
I yarim yillik 9- sinf Nazorat testi

I yarim yillik Davlat va huquq asoslari fani 9-sinf 1 – nazoatar test


Savollar 35 ta
Variantlar 4 ta


  1. «Konstitutsiya» so’zining lug’aviy ma’nosini aniqlang. A) yunoncha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «belgilash», «tuzilish» B) lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «aniqlash», «ko’rinish» C) lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «belgilash», «tuzilish» D) nemischa «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «aniqlash», «ko’rinish»

  2. «Nega yer yuzida yovuzlik bu qadar ko‘p?» degan savolga kim quyidagicha javob bergan ? «Sababchisi siz-u biz. Bilmaslik yoki uquvsizlik sababli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida o‘zimiz ham yovuzlik keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz», A) Abu Nasr Farobiy B) Abu Ali ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Al-Farg’oniy

  3. Konsitutsiya jamiyat hayotining qaysi sohalariga ta’sir o‘tkazadi ? A) siyosiy va iqtisodiy B) ma’naviy-axloqiy va maishiy C) mehnat faoliyati va shaxsiy hayotga D) A, B, C

  4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutusiyasiga o’zgartirishlar qay tartibda amalga oshiriladi ? A) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari B) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan ovoz berilsa C) O‘zbekiston Respublikasi referendumi jarayonida D) B va C

  5. O’zbekiston Respublikasi asosiy huquq tarmoqlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) Ma’muriy huquq; 2) Ekologik huquq; 3) Yer huquqi; 4) Jinoyat huquqi; 5) Moliyaviy huquq; 6) Konstitutsiyaviy huquq; 7) Oila huquqi; 8) Fuqarolik huquqi; 9) Mehnat huquqi A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 B) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9

  6. Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif qancha muddat o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin. A) 6 oy B) 1 yil C) 1,5 yil D) 2 yil

  7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini yaratish qachondan boshlangan ? A) 1990-yil 24-martdan B) 1990-yil 20-iyundan C) 1991-yil 31-avgustdan D) 1992-yil 8-dekabrdan

  8. Preambula so’zi qaysi tildan olingan ? A) lotincha B) yunoncha C) fransuzcha D) inglizcha

  9. Konsitutsiyaning kirish qismi nima deb ataladi ? A) muqaddima B) preambula C) debyut D) A va B

  10. “Birorta ham qonun yoki boshqa normativhuquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” Ushbu jumla Konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab qo’yilgan ? A) 16-modda B) 13-modda C) 12-modda D) 15-modda

  11. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinining qaysi moddalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga taaluqli ? A) 76 – 88 - moddalar B) 89 – 97 - moddalar C) 99 – 105 - moddalar C) 70 – 75 – moddalar

  12. Suverenitet so’zining lug’aviy ma’nosini aniqlang. A) lotincha, barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi B) ) fransuzcha, davlatning o‘z ichki munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la mustaqilligi C) ) fransuzcha, davlatning tashqi munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la mustaqilligi D) fransuzcha, davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa bir davlatdan to‘la mustaqilligi

  13. Muqobil saylovlar deb nimaga aytiladi ? A) saylovda bevosita ishtirok etish B) saylovda bilvosita ishtirok etish C) saylovda faqat bitta nomzod ko’rsatilishi D) ikki yoki undan ortiq nomzodlardan saylanishi

  14. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan ? A) 1991-yil 18-noyabr B) 1992-yil 2-iyul C) 1992-yil 10-dekabr D) 1992-yil 8-dekabr

  15. Xalq nomidan kim ish olib borishga haqli ? A) Prezident B) Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari C) Oliy Majlis senat a’zolari D) barcha javoblar to’g’ri

  16. Tashqi siyosat prisplari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) suveren tenglik; 2) davlatning ichki ishlariga aralashmaslik; 3) kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik; 4) nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish; 5) chegaraning daxlsizligi; 6) ittifoqlar tuzish va ulardan ajralib chiqish; A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5

  17. Qanday davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish borasida mustaqil bo‘ladi ? A) etatik davlat B) huquqiy davlat C) mustaqil davlat D) davlatning oraliq turi

  18. O’zbekiston 1993-yilda a’zo bo’lgan tashkilotlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) BMT va MDH B) YUNESKO va YXHT C) UNISEF va SHHT D) OTB va IHT

  19. Taraqqiy etgan mamlakatlarning inson – erkak yoki ayol bir xildagi ijtimoiy huquqlar va imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof etuvchi konvensiya nima deb ataladi ? A) Genotsid B) Emansipatsiya C) Diskriminatsiya D) Gender tengligi

  20. Apatridlar deb kimlarga nisbatan aytiladi ? A) fuqaroligi bo’lmagan shaxslar B) xorijiy fuqarolar C) ikki davlat fuqaroligi bo’lgan shaxs D) to’g’ri javob yo’q

  21. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada qaysi moddalar shaxsiy huquq va erkinliklarga taaluqli ? A) 18 – 52 -moddalar B) 32 – 35 -moddalar C) 24 – 31 -moddalar D) 36 – 42 –moddalar

  22. Mehnat qilish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, faoliyat va kasb tanlash erkinligi fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi ? A) siyosiy B) shaxsiy C) madaniy D) ijtimoiy-iqtisodiy

  23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi farmoni qachondan kuchga kirgan ? A) 2007-yil 1-yanvarda B) 2005-yil 1-avgustda C) 2006-yil 1-aprelda D) 2008-yil 1-yanvarda

  24. “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega” deb konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab qo’yilgan ? A) 39-modda B) 37-modda C) 36-modda D) 38-modda

  25. “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar.” deb konsitutsiyaning qaysi moddasida belgilab qo’yilgan ? A) 35-modda B) 32-modda C) 30-modda D) 34-modda

  26. Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi qanday amalga oshiriladi ? A) bevosita B) saylanadigan vakillar orqali C) bevosita yoki saylanadigan vakillar orqali D) to’g’ri javob yo’q

  27. Fuqaro qay tariqa hokimiyatga va qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir o‘tkazadi ? A) miting orqali B) namoyishlar orqali C) mahalliy hokimliklar orqali D) fuqarolar har qanday saylab qo‘yiladigan organlarni saylash va saylanish huquqi orqali

  28. Davlat organlarining faoliyati ustidan nazoratini kimlar amalga oshiradi ? A) Oliy Majlis B) jamoatchilik C) Vazirlar Mahkamasi D) Sud hokimiyati

  29. Fuqarolar davlat organlariga qanday shakllarda murojaat qilishlari mumkin ? A) taklif B) ariza C) shikoyat D) A, B, C

  30. Fuqarolikka berilgan to’g’ri ta’rifni toping. A) insonning aniq bir davlat bilan huquqiy aloqasidir. B) insonning aniq bir davlat bilan siyosiy aloqasidir. C) insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqalaridir D) insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va iqtisodiy aloqalaridir

  31. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qanday huquqlarga ega emas ? 1) davlat organlariga o‘z vakillarini saylash; 2) davlat organlariga o’zi saylanish; 3) armiyada xizmat qilish; 4) partiyalar a’zosi bo’lish; 5) davlat organlarining rahbarlik lavozimida ishlash A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5

  32. Yangi biometrik xorijiy pasportlar necha yilga beriladi ? A) 5 yil B) 10 yil C) 15 yil D) umrbod

  33. Necha yoshgacha bo‘lgan fuqarolar otaonalari, vasiylari (boquvchilari) voyaga yetmagan o‘spirinning mustaqil chetga chiqishiga oid notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin ? A) 14 dan 17 yoshgacha B) 15 dan 18 yoshgacha C) 15 dan 16 yoshgacha D) 17 dan 18 yoshgacha

  34. Fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlarga nimalar kiradi ? A) tug’ilganlik haqidagi guvohnoma B) fuqarolik pasporti C) A va B D) to’g’ri javob yo’q

  35. Inson huquqlari himoyasi organlariga qaysi idoralar kiradi ? 1) sud; 2) prokuratura; 3) ichki ishlar vazirligi organlari; 4) advakatura; 5) jamoat birlashmalari; 6) kasaba uyushmalari A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 4,5 D) 1, 2, 3, 4, 5

Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling