Iat fani, sinf: 5 Mavzu


Download 37.27 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi37.27 Kb.
#1788363
1   2   3
Bog'liq
5-sinf 5-dars Rahmatova Sh

Dars bosqichlari

Qo‘llanilgan ta’limiy strategiyalar:

  • “Kichik guruhlarda ishlash ta’limiy strategiyasi”;

  • “Kartochka ta’limiy strategiyasi”;




Kirish qismi

Oʻqituvchi: Matn bilan ishlash deganda nimani tushunasiz?
O‘quvchilar: Erkin fikrlagan holda o‘zlarining javoblarini aytadi.
Oʻqituvchi: “Kartochka taʻlimiy strategiyasi”ni qo‘llagan holda matn bilan ishlash mavzusiga oid iboralar(buyruqlar(shift, enter, caps Lock, space, cut, backspace, paste, clipboard,copy))ni bilganingizni kartochkalarga qoldiring.
Oʻquvchilar: Javoblarni tarqatilgan kartochkalarga yozishadi.
(7 -10 daqiqa)

Darsning asosiy qismi

O‘qituvchi: Biror so‘z yoki jumla boshqa joyga yozib qo‘yilsa, matnni ko‘chirish imkoniyati qo‘l keladi. Buning uchun kerakli matnni belgilab, keyin sichqonchaning oʻng tugmasi bosiladi. Bunda menyu ochiladi. Sichqonchaning chap tugmasidan foydalanib, menyudagi Cut buyrug‘i tanlanadi. Natijada matn joyidan “kesib” olinadi. Ushbu hujjatda men kiritgan bir nechta matn bor. Matn bilan ishlash ko‘nikmalarim rivojlanyapti. Men yangi bilimlarni o‘rganyapman. Ushbu matn bu yerda qolishini xohlamayman. Uni hujjatning boshiga ko‘chirmoqchiman. Kesilgan matn Clipboardda saqlanadi. Bu matnni sahifaga qayta kiritish uchun sichqoncha kursori kerakli joyga qo‘yilib, sichqonchaning oʻng tugmasi bosiladi va avvalgi menyu ochiladi. Sichqonchaning chap tugmasi yordamida menyuning Paste bo‘limidagi birinchi buyruq tanlanadi. Shunda matn yangi joyda paydo boʻladi.
Bitta matnni hujjatning ikki qismiga joylash uchun Cut va Paste buyruqlari bilan bajarilgan amallar ketma-ketligiga rioya qilinadi. Faqat, nusxalashda menyudan Cut oʻrniga Copy buyrug‘i tanlanadi. Bu buyruq belgilangan matnni, sahifadan o‘chirmagan holda, Clipboardga nusxalaydi. Shundan so‘ng, Paste buyrug‘i bilan matnni sahifaning istalgan qismiga joylash mumkin

Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling