Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox al-Lavatiy attanjiy
Download 61.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Ibn Battuta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Tarixga nazar Ibn Battuta Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox al-Lavatiy attanjiy (1304.24.2, Tanja— 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil(120 ming km) masofani bosib o’tgan. Ibn Battuta 1325 yil yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qo’shilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida bo’lgan. Dastlab Misr, Shom(Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332 yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. So’ngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon(Astraxon) ga o’tib, Oltin O’rda xoni O’zbekxonning qabulida bo’lgan; keyin Xorazm poytaxti o’rganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Mo’lton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tug’loq saroyida qariyb8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan(Ibn Battuta. Sherozda ikki mazhab— molikiylar va shofi’iylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). So’ngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 yil Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan. Ibn Battuta o’rta asrdagi eng yirik sayohatchi bo’lib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yo’l qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar to’xtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geogrrafiyasi, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Ayniqsa, O’rta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qog’ozi xdqidagi yozganlari e’tiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan ba’zan elchilik vazifalarini ham bajargan. Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning«Tuxfat an-nuzzor fi g’aroyib al-amsor va ajoyib al-afsar» («Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo’lganlar uchun tuhfa») asari Yaqin Sharq va O’rta Osiyoreorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi bo’lib, o’z davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda «Sayohatnoma» deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati ustida o’zbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda o’zbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi. Manbaa: Ibragimov N., Ibn Battuta i yego puteshestviya po Sredney Azii, M, 1988. Document Outline
Download 61.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling