Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Aqchahonqala (Qozoqliyotganqala)


Download 0.62 Mb.
bet11/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


Aqchahonqala (Qozoqliyotganqala). Beruniy tuman Ozod fermer xojaligi hududida joylashgan yodgorlikda o'nga yaqin turli darajadagi qazishmalar amalga oshirilgan. Kvadratsimon shaklldagi maydon taxminan 56 ga. bo'lib, umumiy muhofaza devoriga ega bo'lgan kohna shahar yuqori va quyi qalalardan tashkil topgan.

Quyi qala kvadratsimon shaklli quyi qala 50 ga. dan iborat joylashishi dunyo tomonlariga mos keladi. Ikki qator muhofaza devorlariga (tashqisi-1,7m., ichkisi 2,1m., oq otish galereyasi 2,3 m.) Muhofaza devori tashqarisi bo'ylab kvadrat shaklli 11,6x11,6x4,8 o'lchamdagi, burchaklarida esa 6,6x6,6 m. o'lchamdagi burjlar barpo qilingan. Muhofaza devori 41-43x41-43x11-14 sm. Xom gishtlardan barpo etilgan. Devorda va burjlarda jangavor shinaklar bilan ta'minlangan. Muhofaza devori va 10 m. dan iborat xandak orasida “proteyhizm” yoki berma qoldirilgan. Qalaga kirish darvozasi shimoliy-sharqiy devor o'rtasida bo'lgan.

Quyi qa'laning shimoli-harbiy burchagida kvadrasimon shaklidagi 11 ga. maydonni egallagan yuqori qala joylashgan. Yuqori qala ham quyi qala qurilish usilida barpo etilga alohida muhofaza devoriga ega. Qalinligi pastdan 7,5-8,5 m. koridor, mudofaa burjlari va jangavor shinaklardan tashkil topgan muhofaza devori yuqorida keltirilgan kvadrat gishtlar va paxsa aralash terilgan.

Qalaning eng yuqori qismida alohida joylashgan tepalikdagi keng hovli (28x16 m.) tagkursi ustida xom gishtlardan (40-44x10-13 sm) barpo etilgan imoratga pandus orqali chiqilgan. Bu erdagi topilmalar orasida tosh ustun taglar muhim o'rin egallaydi. qalaning shimoliy qismidagi xom gishtdan barpo etilgan hovli (55x60 m.) dan ham tosh ustun taglari, loydan yasalib, ustiga alebastr yuritilgan haykalchalar topilgan.

Qalaning sharqiy qismidagi uchinchi bir imorat (100x80 m) xom gishtlardan ko'tarilgan alohida muhofaza devoriga ega. Aqchahonqala shimolida qalinligi 2,8 m. Qalinlikdagi devor qoldiqlari aniqlanib, 5 km. masofagacha kuzatilgan. Bu devor kichik xojalik vohasini muhofaza qilgan bo'lish mumkin.

Arxeologik qazishmalar jarayonida mil.avv. IV asr - milodiy IV asrlarga oid sopollar majmuasi, antropomorf va zoomorf shaklli haykalchalar bo'lib, budda, ehtimol bodhisatva haykalchalaridan iborat. Gishtlarda tamgalar uchraydi. Bu erdan qisman so'nggi arxaik davri sopollari uchraydi.

To'rt tomonida darvozalar o'rin olgan. Darvozalar adashtirma devor yo'l va qoshimcha devor bilan mustahkamlangan. Unda “Yuz ustunli ibodatxona”, undan janubroqda tomonlari 43x43 metrdan iborat shoh saroyining o'rni aniqlangan. Uning devorlariga chizilgan rasmlar orasida shohona kiyim, boshida toji bilan tasvirlangan shaxsning tasvirlari, yozuv namunalari ham ahamiyatlidir. Amalga oshirilgan tadqiqotlar manzilgohning qadimgi Xorazmning poytaxti, degan qarashlarni ilgari surmoqda.

Yirik shahar markazlaridan Tuproqqala Xorazmning madaniy-ma'muriy markazi bo'lgan. Manzilgohdan saroy ibodatxonalar va uy-joy imoratlarining o'rni ochib o'rganilgan. Loydan yasalgan haykalchalar, xususan Xorazmshohlar va ularning ajdodlari tasviri tushirib ishlangan haykalchalar va devorlardagi rang-tasvir namunalari Xorazmning qadimgi davr boy san'at namunalaridan darak beradi. Bu erda sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari bir tomondan qadimgi Xorazm Yozuvini ikkinchi tomondan esa xojalik xususiyatlarini o'rganishdagi muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Qurol-yarog yasash ustaxonasi esa davlatning kuchli harbiy qudratga ega ekanligidan dalolat beradi.



Qadimgi Choch. Qadimgi Choch-Chirchiq vohalaridan tashkil topgan hozirgi Toshkent viloyati hududidan iborat o'lka. Choch tarixiga oid aniq ma'lumotlar qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida uchraydti. Tarixchi Strobonning “Geografiya” asarida keltirilgan ma'lumotlarda mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida Yaksart (Sirdaryo) ortidagi erlarda jangavor ko'chmanchi sak qabilalari istigomat qilganligi keltiriladi. Boshqa bir mullif Dionisiy Periegit asarida Selevkiylar sarkardasi Demodam daryo ortiga (Yaksart) yurish qilib, qala shaharga asos solganligi togrisidagi ma'lumot mavjud. Bu voqea kamida mil.avv. III asr boshlarida sodir bo'lgan. Bu shahar akademik Yu.F.Buryakovning fikriga ko'ra hozirgi Qanqa yodgorligining dastlabki o'rnida (maydoni 6,5 gektar) bo'lgan. Bu yodgorlikning eng qadimgi o'rni aniq reja asosida, ya'ni togri to'rtburchak shaklda ellinlar o'lchamidagi kvadrat gishtlardan barpo qilingan. Shaharning bir qismida ark joylashgan. Shahar uch tomondan mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Mudofaa devorlarida togri to'rtburchak minoralar, galareya va ularda joylashgan shinaklar o'rganilgan. Devor tashqarisida suv to'ldirilgan chuqur va keng xandak joylashgan. Devor bilan xandak o'rtasida “berma” yoki “proteyhizm” qoldirilgan (“berma” yoki “proteyhizm”-dushmanning Qarshiligini sindirish maqsadida mudofaa devordan xandakga tomon biroz bo'rtib chiqqan joy). Ark bilan shahar o'rtasida ham xandak qazilgan. Shahar arkiga shimoli-sharqiy tomondan pandus orqali kirilgan. Shahar darvozasi janubi-garbda joylashgan. Darvozaning ikki tomonida soqchilar turadigan burjlar (minora)o'rin olgan. Xandakdan ko'tarma ko'prik orqali o'tilgan.

Keyingi davr tarixi bilan bogliq voqealar tavsiloti bilan Xitoy manbalari orqali tanishish mumkin. Chjan Szyan (mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi) keltirgan ma'lumotlarda o'lka Yuni nomi bilan tilga olinib, uning Qanguylar davlati tarkibiga kirganligi ta'kidlanadi. Keyingi davr xitoy manbalarida Shi, Chjeshi (Chjesi) shaklida keltirilgan.

O'lkada dastlabki shahar (Kanka) yuqorida ta'kidlanganligi kabi mil.avv. III asr boshlarida shakllanadi. Mil.avv. III asr ortalarida vohaga Sirdaryoning quyi oqimi hududidan ilgari shaharsozlik an'analari bilan tanish bo'lgan qabilalarning ko'chib kelib joylashishi kuzatiladi. Bu erda mahalliy Burgulik, ko'chmanchi sak qabilalari va Jetiosar madaniyati qisman o'lkaga ellin madaniyati an'analarining kirib kelishi bilan antik davrida o'ziga xos madaniyat shakllanadi.

Arxeologik jihatdan vohaning antik davri dastlabki o'rganilgan yodgorlikga nisbatan Qovunchi madaniyati nomi bilan yuritiladi. Qovunchi 1 (mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi-milodning boshiga qadar) Qovunchi 2 (milodning I asridan-IV asrlar boshi). Vohada antik davriga oid 13 ta yodgorlikni Yu.F. Buryakovning taxminlariga ko'ra qadimgi shahar sirasiga kiradi. Ulardan Qovunchitepa, Kindiktepa, Shohruhiya, Kavardan, Honobodtepa, Quloqchintepa, Kugaiytepa, Mingo'rik, Shoshtepa va boshqalarni qayd etish mumkin.

Vohaning dastlabki shahar xarobasi Ohangaron vohasida mil.avv. IV asrning oxirlari Kanka kohna shahri paydo bo'ladi. Devor ellinlar qurilishi an'anasi asosida barpo qilinib, kvadrat gishtlardan barpo qilingan muhofaza devorining o'rtasida soqchilar usun maxsus yo'lakcha (galareya) qoldirilgan va burjlar bilan kuchaytirilgan. Devor tashqarisida chuqur va keng xandak qazilgan. Taxminan mil.avv. II-I asrlarga kelib, Kanguylar davlatining ma'muriy markaziga aylangandan so'ng shahar maydoni ancha kengayib uning umumiy maydoni 150 ga etadi. Ushbu maydondagi manzilgoh, togri to'rtburchak shaklidagi xom gishtdan qurilgan mudofaa devorlari bilan o'ra olinadi. Devorning taxminan har 40-50 metrida yarim aylana shaklidagi mudofaa burjlari barpo qilinadi. Mazkur maydonni egallagan shahar eftalitlar davriga qadar rivojlanadi. Undan keyin shahar O'rta Osiyoning boshqa ba'zi shaharlarida kuzatilganligi kabi maydoni ancha qisqaradi.

Sirdaryoning chap soxilida joylashgan Shohruhiya xarobasidir. Uning qadimgi davrdagi tomonlari 600x600 metrdan iborat bo'lib, hozirgi paytda ko'pgina qismini daryo yuvib ketgan va uchburchak shaklida saqlanib qolgan.

Shoshtepa manzilgohi ibodatxona shaklidagi qurilish majmuasi bo'lib, Jetiosar diniy inshootlari bilan umumiy aloqadorligi mavjud. Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingo'rik manzilgohining shakllanishi kuzatiladi. Manzilgoh 35 gektardan iborat maydonni egallagan. Shahar umumiy mudofaa devoriga ega. Ark va shahriston qismlari ajralib turadi. Arkda saroy, harbiy zahira uchun mo'ljallangan imorat va boshqalarning o'rni aniqlangan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir namunalari bilan bezatildgan.

Voha antik davri madaniyat bosqichlarini o'rganishda kulolchilik buyumlari muhim ahamiyatga ega. Dastlabki bosqichga oid sopol buyumlar asosan qolda yasalgan. Qovunchi 2 bosqchidan boshlab kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar soni ko'payadi va shakli o'zgaradi. Bandida avval qoy keyingi bosqichda esa buqaning boshi tasvirlangan sopol buyumlari paydo bo'ladi. Ular aholining xojalik faoliyati va goyaviy qarashlari bilan an'analardan iborat bo'lgan. Voha shaharlarida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar davomida old tomonida Choch hukmdorlarining tasviri va aks tomonida tamga tushirilib, atrofiga Sugd yozuvi berib zarb qilingan bir necha minglab nusxadagi tangalarning guvohlik berishicha o'lkada savdo-ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi nigoyatda yuqori bo'lganligini ko'rsatadi. Umuman Toshkent vohasi Fargona, Sugd va Xorazmning Jettiosar madaniyatlari bilan madaniy aloqada bo'lib umumiy va o'ziga xos tomonlari mavjud.



Fargona vodiysi antik davrida. Antik davri yunon-rum yozma manbalaridagi qayd qilingan ayrim xalqlar keltirilgan mavhum xabarlarni orqali Fargonaning antik davri togrisida mulohaza yuritish qiyin. Geradotda keltirilgan parikaniylarni Fargonaga joylashtishga qarama-Qarshi fikrlar mavjud. Xitoy manbalarida keltirilgan Davan (Da-Yuan) uning ma'lumotlarida Davan davlati qo'shni Qanguy davlati bilan bir qatorda Xitoy qo'shinlari Qarshiligiga tura oladigan qudratli davlatlardan biri sifatida e'tirof etilgan. Yozma manbalarda davlat poytaxti Ershi shahridan tashqari yuzlab shaharlar mavjud bo'lganligi ta'kidlangan. Bu ma'lumot birinchidan, xitoyliklarning shahar tushunchasidan kelib chiqqan holat bo'lsa, ikkinchidan, Fargona vodiysida ushbu davrga oid manzilgohlar sonining ko'pligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, ushbu manbalarida Davanning afsonaviy uchar otlari-argamaqlar togrisida qimmatli ma'lumotlar keltiriladi. Hatto, xitoyliklar otlarni qolga kiritish maqsadida o'lkaga harbiy yurish uyushtirib, mahalliy hokimiyat ma'lum muddat ularga Qarshi tura olganligi manbalardan ma'lum.

Fargona vodiysining antik davri arxeologiyasini ilmiy jihatan o'rganish XX asrning 30-yillaridan B.A.Latinin olib borgan tadqiqot ishlari bilan boshlangan. Fargona kanalini qurilish munosabati bilan arxeologik tadqiqot ishlari ko'lami kengayadi. Yu.A.Zadneprovskiy, T.G.Obolduyeva, Ya.G.Gulomov, V.D.Jukov, M.Е.Masson kabi arxeologlar tomonidan tadqiqot ishlari rivojlantiriladi. O'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot yodgorliklarni o'rganishning yangi bosqichi bo'lib, mazkur davrning boy tarixi va madaniyatidan darak beruvchi moddiy manbalarga ega bo'lgan arxeologik yodgorliklar o'rganildi. Ularni o'rganishda Yu.A.Zadneprovskiy, Baruzdin Yu.D., N.G.Gorbunova, D.F.Brikina, B.Abulgaziyeva, keyinchalik esa A.Anorboev, B.Matboboev, F.Maqsudovlar qoshilishadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar tadqiqot ko'lamining kengayishi bilan birga mavjud ma'lumotlarni yangi metodologik yondashishga asoslangan.

Antik davriga oid yodgorlik majmualarni Yu.A.Zadneprovskiy Sho'rabashat (mil.avv. IV-I asrlar-Sho'rabashat va Qoratepa bosqichlar) va Marhamat (I-IV asrlar Ho'jambog va Marhamat bosqichlari) davrlariga ajratadi.

N.G.Gorbunova esa Eylaton o'rnida vujudga kelgan yangi arxeologik kompleksni Ko'gay-Qorabuloq madaniyati (mil.avv. II-VII asrlar) taraqqiyot ekanligini ta'kidlaydi. Bu davrlashtirishga muvofiq uning dastlabki ikki bosqichi (ilk-mil.avv. II - milodiy I, ikkinchi bosqichi I-IV) antik davri bilan bogliq.

Sho'rabashat bosqichiga oid yodgorliikning eng yirigi va yaxshi o'rganilgani shu nomdagi manzilgoh hisoblanib, u Yassi daryosi bo'yida joylashgan. Umumiy maydoni 70 ga. dan iborat. Daryodan tashqari barcha tomonlari tuproq uyumidan iborat devorlar (val) bilan o'ralgan sitadel manzilgohning sharqida joylashgan. Bundan tashqari Qoradaryo manzilgohida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Uning maydoni 10 ga. dan iborat. Moddiy madaniyat namunalaridan kulolchilik buyumlari, yoruguchoq, toshoroq, urchuqbosh va boshqalar topilgan. Kulolchilik buyumlari qolda va charxda yasalgan. Ularning sirti naqshlar bilan bezatilgan.

Marhamat davriga kelib, vodiyning barcha hududlari aholi tomonidan o'zlashtiriladi. Bu davrda shaharlar soni ko'payib, turli shakldagi qishloqlar paydo bo'ladi. Marhamat manzilgohi 40 ga iborat. U mil.avv. III-II asrlarda shakllanib, I-III asrlarda o'zining rivojlangan bosqichiga etadi. Qurililishda paxsa xom gishtlardan foydalangan. Bu bosqichga oid sopol buyumlari kulolchilik charxida yupqa qilib yasalgan bo'lib, ularning sirtiga qizil angob berilgan. Bu davrda Fargona vodiysining barcha hududlari dehqonchilik bilan shugullanuvchi aholi tomonidan egallanib, bu vodiyda sugorma dehqonchilik va irrigatsiya tizimining yanada rivojlanishi bilan bogliqdir.



Ustrushona. Ustrushona o'lkasi togrisida qadimgi yozma manbalarda ma'lumolar uchramaydi. Faqat antik davri mualliflari asarlarida Aleksandr Makedonskiyning Yaksart (Sirdaryo) bo'yiga yurish qilib, bu erdagi Eron shohi Kir tomonidan asos solingan Kiropol shahrini vayron qilgach uning o'rnida barpo ettirgan mustahkam qalani Aleksandriya EShata nomi bilan ataganligi togrisidagi ma'lumotlar saqlangan. O'lkaning antik davri manzilgohlari nisbatan yaxshi o'rganilmagan. Bu davrda Ho'jand kohna shahri, O'ratepa (Mugtepa), Munchoqtepa va Shirin kabi shahar turidagi manzilgohlar faoliyat yuritgan.

Xo'jand kohna shahrida aniqlangan madaniy qatlamlarga ko'ra hayot milodning boshlariga qadar davom etgan. Shirin manzilgohining quyi qatlami sopollari mil.avv. IV asrlarga oid bo'lib, tadqiqotchi olimlarning taxminlariga ko'ra milodning birinchi asrlarida shaharga aylangan. Umumiy maydoni 10 ga. ni tashkil etgan. Mug (O'ratepa) manzilgohi ham taxminan mana shu davrda shakllangan. Sirdaryo bo'yida joylashgan Munchoqtepa manzilgohi nisbatan yaxshi saqlangan. U togri to'rtburchak shaklli 4 ga. dan iborat manzilgohni bo'lib, daryo suvi muntazam yuvib turganligi tufayli maydon qisqarib ketgan. Shimoliy-sharqida nisbatan baland joyda joylashgan 70x40 m. Qismi ko'rinishidan kohna shaharning ark bo'lgan. Manzilgoh xom gishtlar bilan terilgan devorlari bilan muhofaza qilingan. Shirin va Mugtepa (O'ratepa) manzilgohlari o'rnida ham milodning birinchi asrlarigacha hayot davom etgan.



Tortinchi bolim. O'RTA ASRLAR DAVRI
I.Bob. Ik o'rta asrlar
O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlar davri umumiy tavsifi. O'rta Osiyo hududida ilk o'rta asrlar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarida muhim o'zgarishlar jarayoni kechadi. Antik davrining yirik kushonlar imperiyasi ichki ziddiyatlar va tashqi ta'sirlar mamlakatni oxir oqibat inqiroziga olib keladi. Shimoliy o'lkalarni o'z ta'sirida ushlab turgan Qanguylar davlatining ham bu davrda qudrati susayib, tarkibidagi kichik ma'muriy bo'linmalar o'rnida mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi bilan yakunlanadi.

Umuman olganda O'rta Osiyoning III-V asrlar davomida uzluksiz davom etgan siyosiy inqirozlar va toboro kuchayib borayotgan er egaligi munosabatlari mintaqada feodal tarqoqlik jarayoni kuchayib, alohida mulkliklar egalarining mustaqil boshqarishga harakati natijasida kichik davlatlar vujudga kelishiga zamin yaratilib, keyingi asrlarda aniq namoyon bo'ladi. Yozma manbalarda O'rta Osiyo hududida V-VI asr boshlarida 15 ta, VI asr o'rtalarida esa 21 ta davlatlar togrisidagi ma'lumotlar keltirilib o'tilgan.

Bunday oqibatlar shahar madaniyati taraqqiyotiga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Ayrim shahar markazlarida hayot butunlay to'htagan bo'lsa, boshqa bir yirik markazlarning faoliyati susayib, hududi keskin qisqarib ketadi. Bunday holatni O'rta Osiyoning ayrim yirik shahar (Marv, Afrosiyob, Qanqa va b.) markazlari kuzatish mumkin.

Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kechayotgan jarayonlar moddiy madaniyat qiyofasida ham muhim o'zgarishlar yasalishiga sabab bo'ladi. Bu birinchi navbatda aholi yashaydigan manzilgohlarda; ularning tuzilishi qurilish shakllari, usullari va ayrim texnologik o'zgarishlarida namoyon bo'ladi. Bunday o'zgarishlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo'layotgan tub o'zgarishlari aniqrogi toboro kuchayib borayotgan er egaligi munosabatlarning qaror topayotganligidan dalolat beradi. Jamiyatning yangi a'zolari manfatlari talablariga toliq javob beradigan yashash manzillari: mustahkam muhofazaga ega qala-qorgonlar, qorgonchalar va ko'shklar paydo boladi. Ular bir tomondan jamiyatda o'sib kelayotgan yangi mulkdor tabaqa vakillari bo'lgan er egalarining qarorgohi bo'lsa, ikkinchi tomondan yirik er egasiga tegishli kichik bir mikrovohani tashqi dushmandan himoya qiladigan tayanch nuqtasi vazifasini bajargan.

O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik vohalariga muntazam kirib kelib joylashgan ko'chmanchi chorvador qabilalari (kidariylar, xioniylar, eftaliylar) o'lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Ayniqsa, eftalitlar davrida ma'lum markazlashgan davlatning qaror topishi O'rta Osiyoda susayib qolgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning tiklanishi va taraqqiyotiga olib keladi.

Birinchi ming yillikning o'rtalariga kelib mintaqada Turk xoqonligi ta'sirining kuchayishi bilan Uzoq Sharqdan Vizantiyagacha bo'lgan juda katta hududda tashqi savdo aloqalarning yuksalishiga olib keladi. Buyuk Ipak yo'lida xalqaro savdo aloqalarining qaytadan kuchayishi o'z navbatida hunarmandchilik ishlab chiqarish taraqqiyotining yuksalishi sabab bo'ladi. Natijada yirik shaharlarning iqtisodiy ishlab chiqarish markaz sifatidagi ahamiyati ortib boradi. Hunarmandchilik taraqqiyoti tog-kon ishlarining jadallashishi, metallar qazib olish ko'lamining kengayishiga olib keladi. Bu sohada Choch va Iloq vohalari Chotqol-Qurama tog-kon ishlab chiqarish tumanlarida foydali qazilmalarni o'zlashtirish ishlari nisbatan yaxshi rivojlanadi. Agar ilk o'rta asrning dastlabki bosqichlarida metallurgiya ishlab chiqarishi kon qazib olinadigan hududlar yaqinida to'plangan bo'lsa, keyinchalik yirik shahar markazlarida jamlanadi.

Antik davrining oxirlaridan boshlab xalqaro savdosida Sugdlik savdogarlar mavqiening ortib borishi bilan Еttisuvda va Xitoyda ko'plab savdo faktoriyalariga ega bo'la boshlaydilar. O'rta Osiyoda Turk xoqonligi ta'sirining kuchayishi Uzoq Sharqdan Vizantiyagacha bo'lgan Buyuk Ipak yo'lidagi xalqaro savdo nazorati turk hukmdorlari tasarrufiga o'tishi tashqi savdo munosabatlarining barqarorlashuvini ta'minlaydi.

O'rta asrlar davriga oid Xitoy yozma manba (Syuyan Szyan va Tanshu) ma'lumotlarida O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik vohalarining har birida bir necha o'nlab shaharlar va bir necha yuzlab qishloqlar togrisidagi xabarlar keltiriladi. Yozma manba mualliflari tushunchasida shahar tushunchasi muhofaza devorlariga ega bo'lgan manzilgohlarga nisbatan belgilangan.

Bu davrda irrigatsiya tizimi takomillashib, yangi erlar o'zlashtiriladi. O'rta Osiyoning tog oldi hududlari ham mana shu davrdan boshlab muntazam o'zlashtirila boshlaydi. Qishloq xojaligi taraqqiyoti o'zining yuqori cho'qqisiga ko'tariladi. Bogdorchilik xojaligi jadal rivojlanadi.

Ilk o'rta asrlar davri feodal davlatlari avvaliga eftalitlar, keyin Turk xoqonligiga rasman tobe bo'lsada, markaziy hokimiyatga soliq to'lash bilan cheklanib, amalda mustaqil siyosat yuritgan. O'rta Osiyo erlari VIII asrlarga kelib arablar tomonidan zabt etilib xalifaliga tobe bo'lib qoladi.

V-VII asrlarda uzluksiz olib borilgan harbiy yurishlarga qaramasdan mahalliy erlik aholisining yaratuvchilik faoliyatini davom ettirib, yuksak darajadagi madaniy taraqqiyotga erishishadi. Otroq dehqonchilik vohalarida yangi shaharlar ko'payib, ularning maydoni muntazam kengayib boradi. Bu davr shaharlarning bir qismi antik davri shaharlarining davomi sifatida faoliyat yuritgan bo'lsa, boshqa bir qismi ilk o'rta asrlarda qaror topadi. Shaharlar madaniy-iqtisodiy markaz sifatida barcha turdagi ixtisoslashgan hunarmandchilik va savdo munosabatlari rivojlanadi.

Bir tomondan er egaligi munosabatlarining chuqurlashuvi, ikkinchi tomondan esa aholi sonining ko'payib borishi bilan aholi manzilgohlari manzarasining keskin o'zgarashiga olib keladi. Dehqon jamoasining oddiy qishloqlaridan tortib, alohida qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan qishloqlar, saroylar, qasrlar, qorgonlar, qorgonchalar va ko'shklar barpo etila boshlaydi. Yangi turdagi aholi manzillarining sun'iy qurilgan maxsus tag kursi (3-5 m. balandlikda) ustida joylashgan asosiy qismi odatda mudofaa devori bilan muhofazalanib, burjlar va shinaklar bilan kuchaytirilgan. Yirik er egalari o'zlashtirilgan ekin erlari hududlarida sugorish inshootlari suvni nazorat qilib turish maqsadida ularning boshida qorgon va qasrlarini barpo etishga kirishishadi. Yozma manba ma'lumotlarida otroq dehqonchilik vohalaridagi, ayniqsa markaziy shahar yaqin atrofida bir necha yuzlab shunday aholi manzillari togrisidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Mulkiy munosabatlarining kuchayib borishi moddiy madaniyat sohalarilariga ham o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatib, muhim o'zgarishlar yasalishiga sabab bo'ladi. Bu holat qurilish va me'morilikda koproq namoyon bo'lib, aholi manzillari manzarasidagi o'zgarishlar bilan birgalikda ularning imoratlar qurilish usullari, ayrim me'moriy echimlarida namayon bo'ladi. Kichik xonalar va tor koridor sifat xonalarning tomini yopishda gumbaz usuli keng qollanila boshlaydi. Eshiklarning ustki qismini birlashtirishda ham bu usulidan foydalaniladi. Imoratlarni qurishda xom gishtlardan keng foydalanilgan. Bu davrda pishgan gishtlardan esa uylar sathiga to'shashda foydalanilgan. Mahobatli imoratlar, davlatmand kiShilarning uy-joylari devorlarini dunyoviy, diniy va afsonaviy mazmundagi rang-tasvir namunalari, ganch va yogoch o'ymakorlik bezaklari bilan jihozlash ommaviylashadi. Xonalarning ustunlari va ravoqlar turli geometrik naqshlar, o'simlik va ularning mevalarining shakllarini o'yib bezash usuli kengayadi. Shuningdek, ganchkorlikda o'simlik va ularning mevalari, baliq, qushlar shakllarini foydalaniladi.

O'rta Osiyoning VIII asrlar davri tarixi arablar bosqini va ularga Qarshi mahalliy aholi harakatlari bilan bogliq. O'lkaning arablar tomonidan bosib olinishi bilan sodir bo'lgan siyosiy jarayonlar mahalliy madaniyat an'analarining inqirozi va ma'lum muddatli susayishga sabab bo'ladi. Keyingi davr madaniyat taraqqiyoti islom dini mafkurasi talablariga mos holda tashkillashtiriladi.

Umuman, O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlar davri tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ashyoviy dalillar mintaqaning barcha tarixiy-madaniy o'lkalarida aniqlangan turli arxeologik yodgorliklarda o'z aksini topgan. Arxeologik yodgorliklari me'moriy-rejaviy echimiga ko'ra quyidagi shakllari ajralib turadi.

1. Uch qismdan iborat yirik shaharlar (ark, shahriston va shahar atrofi - Samarqand, Marv, Buxoro, Еrqorgon, Qanqa va b.)

2. O'rta va kichik shaharlar (ark va shahriston ayrimlarida shahar atrofi qismlari - Termiz, Poykent Panjikent, Varaxsha, Kofirqal'a va b.)

3. Aylana yoki kvadrat shakldagi ko'shklar. Ular ham mudofaa devorlari, burjlar va shinaklarga ega bo'lgan.

4. Togri to'rtburchak yoki kvadrat shakldagi saroylar. Ular ayrim hollarda ikki qavatdan iborat bo'lib, uy-joy, mehmonxona va xojalik xonalaridan tashkil topgan. Mehmonxonalar devorlariga mazmunan boy bo'lgan turli mavzudagi rang-tasvir bezaklari chizilgan.

5. Dehqon jamoasi uy-joylaridan tashkil topgan qishloqlar.

6. Davlatmand kiShilarga tegishli mustahkam muhofazalangan uy-qorgon-lari.

7. Diniy maqsadlarda foydalanilgan inshootlar.

Qadimgi shaharlargina emas balki, o'rta asrlar davri kohna shahari va shahar turidagi yodgorliklarini o'rganish dolzarb masala sanaladi. Chunki, jamiyatning etaklovchi kuchi sifatida uning barcha jarayonlarni o'zida mujassam etadi. Shuning uchun ham asosiy etibor ularni o'rganishga qaratilgan.

Qayd etilgan birinchi qisman ikkinchi guruhdagi shaharlar feodal davlatlar yoki tarixiy-madaniy viloyatlarning ma'muriy, madaniy-iqtisodiy markazi, ikkinchi guruhdagi shaharlarning asosiy qismi esa, kichik dehqonchilik vohalarining markazi bo'lgan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling