Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Ibtidoiy davr tasviriy san'ati


Download 0.62 Mb.
bet3/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


Ibtidoiy davr tasviriy san'ati. Tasviriy san'at insoniyat tafakkurining mahsuli bo'lib, u kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlaridan shakllanna boshlagan. Aql idrokli odamlarning paydo bo'lishi bilan san'at insoniyat oliy tafakkuri mahsuliga aylanadi. Bu davrga oid chizma-tasvir va haykaltoshlik kabi amaliy san'atining kam sonli namunalari bizgacha etib kelgan. Bunday san'at namunalari o'z davri kishilarining xojalik, ijtimoiy hayoti va goyaviy-dunyoqarash qarashlaridan darak beradi.

Ibtidoiy davr chizma-tasvirlarning dastlabki namunalarini bundan sal kam 150 yil ilgari (1879 yil) ispaniyalik arxeolog olim M.Sautol Ispaniyadagi Altamir gorida aniqlagan. Undagi tasvirlar gorning shift qismida joylashgan.

1895 yili ibtidoiy kishilar tomonidan chizilgan tasvirlar Fransiyadagi Lya Mut goridan aniqlangan. 1901 yilda esa A.Breyl Fransiyaning Vezer vohasida joylashgan Le Kombarell goridan mamont, bizon, bugi, ot, ayiq tasvirlaridan tashkil topgan taxminan 300 ta tasvirlarni aniqlagan. Tasvirlar orasida qisman odamlarniki ham uchraydi, ularning kopchlik qismi niqob kiygan holda berilgan.

O'sha yilining o'zida mazkur goridan uzoq bo'lmagan Fon de Gom goridan arxeolog Peyroni tomonidan turli hayvonlar tasvirlarini o'rganishga muvoffaq bo'ladi. Tasvirlarning ko'pchiligi ot, keyin mamont va qisman bugilarga tegishli bo'lgan. Tasvirlar oxra va boshqa boyoqlar bilan chizilgan.

Shu yili arxeolog olimlar E.Kartalyak va A.Breyllar Altamir gorini o'rganadilar. Gorning uzunligi 280 metrdan iborat bo'lib, uning shifti va devorlpriga chizilgan 150 hayvon tasvirlari kishi diqqatini o'ziga tortadi. 1959 yili zoolog olim A.V.Ryumin Rossiyaning Ural togida joylashgan Kapova gorida so'nggi paleolit davriga oid tasvirlarni aniqlashga erishadi.

Dastlab 7 ta mamont, 2 ta ot va 2 ta nasorglardan iborat jami 11 ta tasvir aniqlangan bo'lib, ularning barchasi tosh bo'lakchalari bilan chizilgan tasvirlarga qizil bo'yoqlar berib ishlangan. Ular qaysi davrga tegishli, degan savolga tasvirlarning mazmun mohiyati qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Gorda tasvirlari keltirilgan hayvonlar allaqachonlar qirilib ketgan. Radikarbon ularning dastlabkilari 30 ming yillik qadimiylikga, so'ngilari esa taxminan 12 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan.

So'nggi paleolit davri tasviriy san'atining boshqa bir turi ayol jinsiga tegishli haykalchalardan iborat. Ular odatda yolongoch yoki kam hollarda kiyim-boshi bilan ishlangan. 12-15 sm.dan iborat bu haykalchalar ohaktosh yoki ohakgil (mergel) kabi yumshoq turlardagi toshlardan va qisman hayvon suyaklaridan yasalgan.

Paleolit davri zuxrosi nomi bilan mashhur bo'lgan bir turli haykalchalar Еvropaning ko'plab davlatlari-Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Chehiya, Ukraina va nisbatan ko'proq Rossiyadagi arxeologik yodgorliklaridan topib o'rganilgan.



II. Bob. Mezolit
Mezolit davri xronologiyasi masalalari. Mezolit davri (yun. mezos-o'rta, litos-tosh) - o'rta tosh davri bo'lib, ilk bor Allen Braun tomonidan (1883) paleolit va neolit davrlari oraligi tosh qurollari majmuasini belgilash maqsadida qollanilgan. Rossiya arxeologiyasida dastlab M.Ya.Roginskiy tomonidan (1928) ishlatilgan. Hozirgi paytda ushbu atamaning ekvivalenti epipaleolit va golosen davri paleoliti kabi atamalar ham ayrim horijiy mamlakatlar arxeologiyasida qollanilib kelinadi.

Еvrosiyo hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari yutuqlari hozirgi paytda mezolitning davri va sanalini aniqlashga asos bo'lib xizmat qilgan. Shunga ko'ra mezolitning nisbiy (makonlar stratigrafiyasi-madaniy qatlam) va mutloq davrlashtirish asosida mil.avv. XII-VII/VI ming yilliklar doirasida belgilangan. Bu sana bevosita Old Osiyo, xususan, O'rta Osiyo hududilari uchun mos keladi. Еr yuzining boshqa hududlarida, xususan, Еvrosiyoning shimoliy ayrim janubiy (Osiyo) mintaqalarida mezolit davri an'analari mil.avv. V/IV ming yilliklarga qadar ham davom etganligi ma'lum.



Mezolit davri tabiat o'zgarishlari. So'nggi paleolit davrining oxirgi bosqichlarida er yuzi tabiiy sharoitida boshlangan muhim o'zgarishlar mezolit davriga kelib muzlik erib, issiq iqlim sharoitining qaror topishi bilan yakun topadi. Muste davrining oxirgi bosqichi va so'nggi paleolit davrlarida er sharining shimoliy qismini qoplagan so'nggi vyurm (valday) muzligi erib, er yuzida global isish boshlanadi va pleystosen golosen bilan almashadi. Zamonaviy qadimgi iqlimshunoslik fani ilmiy yutuqlariga asosan muzlik erishining boshlanishi mil.avv. 14 ming yillikdan boshlanib, mil.avv. 8300 yillarda batamom erib tugaydi.

Muzlik davri tugab ob-havo isishi bilan er yuzining flora va faunasida keskin o'zgarishlar sodir bo'ladi. Muzlikdan tozalangan hududlar landshaftlari manzarasi keskin o'zgarib, muzliklar o'rnida daryolar va ko'llar paydo bo'ladi.

Muzlik oldi hududlarida yashovchi sovuq iqlim sharoitiga moslashgan mamont, karkidon, qoybuqa kabi hayvonlar so'nggi paleolit davrining oxirlaridayoq yashash sharoitlari ogirlashib, muzlik ortidan chekka shimolga chekinishga majbur bo'lishgan va keyinchalik ularning kopchiligi tur sifatida qirilib ketgan. Hayvonot olamidagi o'zgarishlar, ya'ni yirik hayvonlarning o'rniga tez chopar, ziyrak va kichik tuyoqli hayvonlar turining ko'payishi paleolit davri ovchilik an'analarini qiyinlashtiradi. Natijada bu turdagi hayvonlarga ov qilish uchun yangi vositalarni ixtiro qilishga zarurat tuqiladi. Bu albatta mezolit davrining buyuk ixtirosi o'q-yoydan foydalanishning boshlanishi edi. Bu esa butun paleolit davrida yirik hayvonlarni butun jamoa a'zolari hamkorlikda qamal usulidagi ov qilishga barham berib, nisbatan kichik va tez harakatlanuvchi hayvonlarni yakka holda ovlash usuliga o'tishga olib keladi.

Bu darda muzlikdan bo'shagan hududlarda va janubiy mintaqalarning togli hududlarida ot, ho'kiz, sayga, yovvoyi eshak o'rmon hududlarida esa los, bugu, cho'chqa, bo'ri, tulki va boshqalar yashashgan. Muzlik va muzlik oldi shimoliy hududlarida sodir bo'lgan tabiiy o'zgarishlar er yuzining janubiy mintaqalarida unchalik sezilmaydi. Bu erning flora va faunada ham tub o'zgarishlar kuzatilmagan.

So'nggi paleolit davri takomillashgan tosh qurollari mezolit davri qurollarining paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Еvrosiyoning janubiy mintaqalarida hajmi 1-2 santimetrdan iborat geometrik shaklli tosh qurollardan foydalanila boshlaydi. Sigment, trapesiya va uchburchak shaklli choqmoq tosh qurollari hajmi jihatdan ancha kichik bo'lib, ular arxeologiya fanida mikrolitlar (yun. mikros-kichik, litos-tosh), deb nomlanadi. Bunday tosh bo'lakchalaridan odatda qadama sifatida qollanilgan. Mikrolitlar odat biror vosita, yogoch yoki suyakga qotirilib, kamon o'qi uchi, boshoqli o'simliklarni o'rish uchun o'roq sifatida foydalanilgan. Shuningdek, teriga ishlov berish kabi nozik ishlarini bajarishda qurol sifatida ham ishlatish mumkin bo'lgan. Mikrolit texnikasiga asoslangan tosh qurollar dastlab janubiy o'lkalar aholisi orasida tarqala boshlagan bo'lsa, shimoliy mintaqalarda so'nggi paleolit davri an'anasiga ega bo'lgan plastikasimon (yapaloq shakldagi) tosh qurollardan foydalanish davom etgan. Bu hududlarda mikrolitlar nisbatan keyinroq vujudga keladi. Bu davrda mikrolitlar bilan birgalikda makrolit (yun. makros-katta, litos-tosh)) qurollari, xususan tosh boltalar ham paydo bo'ladi. Bunday qurollarning ahamiyati o'rmon mintaqalari va togli hududlarda yuqori bo'lgan. Tosh boltalar yirik toshlarni tekis yorish va sirtini silliqlash asosida amalga oshirilgan.

Mezolit davri tabiiy-geogafik o'zgarishlari ibtidoiy davr kishilarining turmush tarzini keskin o'zgarishiga olib keladi. Jamoa a'zolari mahalliy hududlarda tarqagan fauna va florasi xususiyatlaridan kelib chiqib o'zlashtiruvchi xojalik shakllarini tashkil etishib, bu sohada ma'lum ixtisoslashishni keltirib chihargan. Natijada ibtidoiy ajdodlarimiz ovchilik, baliqcilik va termachilik yoki ularning ikki turi bilan shugullanib kun kechirishgan.

Dukkakli o'simliklarni termachlashga asoslangan qabilalar boshoqli o'simliklarni madanishlashtirish, ovchi qabilalar esa yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirib, oxir oqibat ilk ishlab chiqarish-dehqonchilik va chorvachilik shakllarining vujudga kelishiga zamin yaratishgan. Bu jarayon nisbatan ilgariroq mezolit davrining o'rtalarida Yaqin, O'rta Sharq va Kichik Osiyo hududlarida sodir bo'lgan.

Old Osiyo pleystosen davri muzligidan ancha uzoq bo'lib, iqlim sharoiti nisbatan issiq va namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan. Bunday sharoit esa hududda boy flora va faunasining qaror topishi uchun imkoniyat yaratgan. Bu o'z navbatida mezolit davri ilgor xojalik shakllari va madaniy an'analarining vujudga kelishini ta'minlashi tabiiy edi. Shuningdek, bunday qulay sharoit hududda mezolit an'analarining uzoq davom etmaganligiga sabab bo'lgan. Yaqin va O'rta Sharq hududlarida mezolit davri qisqa muddat davom etib, ishlab chiharuvchi xojalik shakllariga juda erta o'tishgan.



O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Hozirgi paytda O'rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorliklar aniqlanib, ular madaniy qatlamga ega makonlar va terma moddiy manbalarga ega manzillardan iborat. Ular gor, ochiq joy makonlar va mavsumiy manzillardan iborat bo'lib, pasttekisliklardan tortib baland tog tizmalariga qadar bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Ularning davriy sanasi nisbatan yaxshi o'rganilgan Yaqin Sharq hududi yodgorliklariga solishtirish va radiokarbon usulidagi tekshirishlar asosida mil avv. XII-VII\VI ming yilliklar doirasida sanaladi. Bu erda mezolit davriga oid barcha turdagi yodgorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olimlar ularni madaniyatlar, madaniyat majmualari (komplekslar) va variantlarga ajratib o'rganishga harakat qilishgan. Arxeolog olima G.F.Korobkova Kaspiy dengizining sharqiy hududlaridagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarini tosh qurollariga ishlov berishning turli usullariga asoslanib, Balxanbo'yi va Zarzi alomatlariga ega bo'lgan Sharqiy Kaspiybo'yi guruhlarini ajratib ko'rsatadi. Shuningdek, olima Markaziy Fargona hududi yodgorliklarini ham ikki guruhga: tekislik (Fargona) va gor-makon (Obishir) variantlari yoki madaniy majmualariga ajratgan. Gor-makon variantini Obishir varianti nomi bilan ilk bosqichiga, tekislikdagi yodgorliklarni esa Fargona varianti nomi bilan rivojlangan bosqichiga ajratgan. Akademik O'.I.Islomov esa ularni umumiy Obishir madaniyati, nomi bilan yuritish kerakligini taklif etadi. Shuningdek, arxeolog olim Qo'shilish va Machay gor makonlarida amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari natijalariga asoslanib, Toshkent va Surxondaryo hududlarini ham alohida arxeologik majmualar sifatida qayd etadi.

Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan mezolit davri arxeologik yodgorliklarida uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib borgan arxeologik olim V.A.Ranov tekislikda Vaxsh, Pomir togi hududida Markansuv madaniyatlari tarqalganligi togrisidagi fikrni ilgari suradi. Tekislikdagi yodgorliklar toshga ishlov berish usullariga ko'ra to'rtta (1-4) madaniy majmua, togdagi yodgorliklar Markasuv va Istiq majmualariga ajratilgan.

Bulardan tashqari Markaziy Qizilqumda Varobeva tomonidan Lavlakon, Samarqand vohasida M.Jo'raqulov tomonidan mezolitning so'nggi bosqichiga oid Sazagon madaniyatlarining faoliyat yuritganligi togrisidagi fikrlar ilgari surilgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'rta Osiyoning mezolit davriga oid ayrim yodgorliklarini alohida madaniyatlar, madaniy komplekslar va variantlarga ajratish hamda ularning davrni belgilashda qollanilgan sanalar masalasiga G.F.Korobkova tanqidiy yondashadi. Olimaning fikrlariga ko'ra birinchidan, stratigrafik jihatdan o'rganilgan yodgorliklar soni kamchilikni tashkil etishi va arxeologik qazishma ishlari olib borilgan yodgorliklarning ko'pchiligida radiokarbon tekshirishlarining amalga oshirilmaganligi ular mezolit davri bosqichlari va sanasi bilan bogliq masalalarni toliq hal etish imkoniyatini bermasligi togrisidagi fikrni ilgari suradi.



Sharqiy Kaspiybo'yi (mil.avv. X-VIII ming yilliklar) ning mezolit davri yodgorliklari Krasnovodsk yarim oroli, Balxanbo'yi, Qorabo'giz va quyi O'zboy hududlarida tarqalgan. Bu erda Jebel, Kaylu va Damdamchashma I, II kabi stratigrafik jihatdan yaxshi o'rganilgan to'rtta gor-makon va 30 dan ortiq ochiq turdagi joy makonlar ma'lum. Ulardan mashhuri Defichiganoq, Ho'jasuv va Korailmlardir. Ularning quyi qatlamida hayot mezolit davrining ilk bosqichlaridan boshlanib, neolit davrida, ayrimlarida bronza davriga qadar hayot davom etgan. Mazkur hududdagi yodgorliklarning mezolit davriga oid tosh qurollari tahlili va qiyosiy tavsifiga ko'ra Balxanbo'yi (ilk, o'rta va so'nggi bosqichlari) va Sharqiy Kaspiybo'yi (ilk va so'nggi bosqichlari) dan iborat ikki madaniy majmua yoki guruhga ajratilgan. Ularning har ikkalasi uchun tosh kurollari yasashda o'zakdan ko'chirib olingan plastinkasimon uchirindilar xos bo'lib, ikkinchi guruhdagilarida mikrolidlashish (kichiklashish) jarayoni kechadi.

Bu hududda yashagan aholi ovchilik, baliqcilik va termachiliklardan iborat o'zlashtiruvchi xojalik shakllari bilan kun kechirishgan. Qazishma ishlari davomida yovvoyi qoy, echki, qulon va baliq (Damdamchashma II), Qoramol, jayron, mushuk (Jebelning quyi katlami) suyaklari aniqlangan. Termachilikda yovvoyi boshoqli o'simliklar bilan birgalikda dengiz molyuskalarini terishgan. Mikrolit toshlardan kamon o'qining, yirikroqlaridan nayza uchii sifatida foydalanilgan. Mezolit davrining so'nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlarida (Damdamchashma) xonakilashtirilgan ko'y, echkilarga tegishli suyak topilmalari mavjud. Ularning ijtimoiy hayotlarida teri, suyak va yogochlarga ishlov berish, chiganoq va toshlardan taqinchoqlar yasash, ishlov berilgan terilardan kiyim-kechak tikish kabi uy ishlari muhim o'rin tutgan.

Bu erdagi yodgorliklarning mezolit davri so'nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlaridan qoy va echki kabi xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topib o'rganilishi yangi xojalik-ishlab chiqarishning chorvachilik shakliga o'tayotgan-ligidan dalolat beradi. Mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi madaniyati Turkmanistonning neolit davrida ishlab chiharuvchi xojalik shakliga asoslangan Jebel (chorvachilik) va Joytun (dehqonchilik) madaniyatlarining shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bu turdagi madaniyatga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridagi topib o'rganilgan tosh qurollari yasalish usullariga ko'ra Sharqiy Kaspiybo'yidagi yodgorliklarning yuqori qatlami va Janubiy Turkmanistondagi neolit davriga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topib o'rganilgan tosh qurollari bilan bir xilligi kuzatilgan. Bu holat ishlab chiharuvchi xojalik shakliga asoslangan neolit davri Jebel va Joytun madaniyatlari Sharqiy Kaspiybo'yi hududi mezolit davri madaniyati negzida shakllangan, degan xulosaga olib kelish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyoga ishlab chiharuvchi xojalik shakllari Old Osiyodan kirib kelgan, degan qarashlarni inkor etuvchi muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

Ustyurt (mil.avv. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20 dan ortiq manzilgohlar o'rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlar atrofida guruh-guruh holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, qisqa muddatli va vaqtincha yoki mavsumiy makonlardan iborat. Yodgorliklarning ma'lum hududda to'p bo'lib joylashishiga ko'ra ustyurtliklar aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bogliq bo'lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoadan iborat bo'lgan. Arxeolog Е.B.Bijanovning ilmiy farazlariga ko'ra Ustyurt manzilgohlari mahalliy sharoitda Sharqiy Kaspiybo'yi va Janubiy Ural hududlarining mezolit davri madaniyatlarning ma'lum ta'sirida shakllangan. Bu erda olib borilgan tadqiqot ishlarini natijasida o'rganilgan topilmalar xususiyatlariga ko'ra quyidagi xronologik guruhlarga ajratilgan: ilk (rivojlangan mezolit) - mil.avv.VIII-VII ming yilliklar va so'nggi (so'nggi mezolit va ilk neolit) mil.avv.VII-VI ming yilliklar. Aholi ovchilik va baliqcilikga asoslangan o'zlashtiruvchi xojalik shakli bilan shugullanishgan. Shuningdek, uy sharoitida suyak va yogochlarga ishlov berish ishlari ham asosiy mashgulotlaridan sanalgan.



Qo'shilish. Toshkent vohasining mezolit davri arxeologik yodgorliklari orasida Qoshilish makoni (mil.avv. X-IX ming yilliklar) alohida o'rin tutadi. Toshkent shahrining garbida qadimgi Bo'zsuv angorining chap soxilida jarlik atrofida joylashgan. Makon 1967 yili arxeolog olim O'.I.Islomov tomonidan o'rganilgan. Makon madaniy qatlamiining bir qismi jarlik hosil bo'lish jarayonida buzilib ketgan. Saqlanib qolgan madaniy qatlamlaridan 200 dan ortiq chaqmoqtoshdan yasalgan plastinka va mikroplastinkalardan iborat mehnat qurollari majmuasi aniqlangan. Ular kam sonli nukleuslar, mayda parakchalar, qirgichlar, pichoqlar, boshqa turdagi silliqlangan qurollar va uchrindilardan iborat.

Yodgorlikning unchalik qalin bo'lmagan madaniy qatlamlaridan qora mol, qoy va echki suyaklari uchraydi. Ulardan birini tadqiqotchi xonakilashtirilgan yosh qoramolga tegishli, deb hisoblaydi. Lekin, bu davr uchun mintaqada hayvonlarni xonakilashtirish xos bo'lmagan jarayon bo'lish bilan birgalikda birgina nushadagi topilma bilan yakuniy xulosa chiqarish maqsadga muvoffiq emas. Moddiy topilmalarga ko'ra Qoshilish makonida istiqomat qilgan jamoa a'zolari xojalikning ovchilik va termachilik shakllari bilan kun kechirishgan.



Obishir madaniyati. Fargona vodiysi hududida mezolit davriga oid 40 dan ortiq gor va ochiq joy makonlar aniqlangan. Ularning kopchlik qismi Sirdaryo bo'ylaridagi qadimgi ko'llar yoqasida joylashgan ochiq joy makonlar va kamchillik qismi esa bir va bir necha madaniy qatlamlarga ega bo'lgan (Obishir 1-5 va Toshko'mir) gor-makondan iborat yodgorliklarni tashkil etadi. Gor-makonlar Fargona vodiysidagi So'x daryosining yuqori qismida joylashgan. Ulardan Obishir I,V va Toshko'mir gor-makonlari yaxshi o'rganilgan. Ularning madaniy qatlamlaridan tosh qurollari (mikrolit, qirgich, qadama, oroq-randa, nukleus va boshqalar), suyakdan yasalgan qurollar, chiganoq, tosh va suyaklardan yasalgan taqinchoqlar va turli yovvoyi hayvonlarga tegishli suyaklar topib o'rganilgan. Toshko'mir makoni tosh qurollari Obishirnikiga ancha o'xshash bo'lsada, chaqmoqtoshdan ancha qopol qilib ishlangan qurollar ham uchraydi.

Fargona vodiysi tekisliklarida esa mezolit-neolit davrlariga oid sal kam yuzga yaqin joy-makonlari o'rganilgan. Ularning bir qismi markaziy tekisliklarda qadimgi ko'llar bo'ylarida joylashgan ibtidoiy makonlardan Ashiko'l 1 2, 3, 16, Yangiqadam 1, Toyloq 3,5,7 va boshqa yodgorliklar muhim ahamiyatga ega.

Makonlarning ustiki qismidan terib olingan ashyoviy manbalar majmuasi chaqmoqtosh, slanes va qayroqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini tashkil etadi. Tosh qurollari katta-kichik nukleuslar, qirgichlar, qadamalar va har xil uchrindilardan iborat.

Arxeolog olim O'.I.Islomov butun Fargona vodiysining mezolit davriga oid barcha yodgorliklarini umumiy Obishir (IX-VIII) madaniyatiga kiritib, ularni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (gor-makon) ilk va Fargona (tekislik) so'nggi bosqichlardan iborat bo'lgan, deb hisoblaydi. Ularning har ikkalasi uchun ham plastinkasimon shaklda yasalgan tosh qurollar xos bo'lgan. Ilk bosqichida kishilar gorlarda yashab xojalikning ovchilik va termachilik turi bilan shugullangan bo'lsalar, keyingi bosqichda tekislikga kelib joylashib, termachilik va baliqcilik bilan kun kechira boshlashgan.

Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, Fargona vodiysida mezolit davrida shakllangan ibtidoiy kishilar madaniy an'analari keyingi davrlarda ham uzliksiz davom etadi. Shunga ko'ra umumiy Obishir madaniyatining davrini mil.avv. IX-VI ming yilliklar doirasida belgilab, uning birinchi bosqichi IX-VIII, ikkinchi bosqichi esa VII-VI ming yilliklar doirasida rivojlanganligi togrisidagi xulosaga kelish mumkin.

Machay gor makoni (mil.avv. VII-VI ming yilliklar) Surxondaryo viloyati Boysun togining janubiy-garbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (Sherabod daryoning yuqori oqimi) ning o'ng soxilila joylashgan. Yodgorlikda 1930 va 1950 yillarda G.V.Parfiyenov, M.V.Vorones, A.P.Okladnikovlar o'rgangan. 1970-1971 yillarda esa O'.Islomov qazish ishlarini davom ettirgan. Yodgorlikda ikkita madaniy qatlamlar aniqlangan.

Undandan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o'rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar, geometrik shakldagi (trapesiya, sigment) mikrolit qurollar, nayza o'qi uchlar va boshqalardan iborat.

Odam suyaklari yodgorlikning ikkinchi madaniy qatlamidan topib o'rganilgan. Odam suyaklarining biri erkak, ikkinchisi ayol va qolgan ikkitasi esa yosh bolalarga tegishli bo'lib, suyaklar antropolog olimlar V.Ya.Zezenkova va T.K.Xodjayovlarning xulosalariga ko'ra evropioid irqining Sharqiy O'rta er guruhiga xos uzunbosh kishilar vakillariga tegishli bo'lgan.

Yodgorlikdan topib o'rganilgan hayvon suyaklarining ko'pchillikni sibir echkisi, osiyo mufloni, kichik tuyoqli hayvonlarniki tashkil etadi. Shuningdek, kam sonli xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli suyaklar ham uchraydi. Ulardan qoy tegishlilari ko'pchillikni tashkil etadi, shuningdek chochqa, it va qora molga tegishli kamsonli topilmalar ham mavjud. Machay gorida yashagan ibtidoiy odamlarning asosiy mashguloti mahalliy tog sharoitida yashovchi hayvonlarga ov qilishdan iborat bo'lgan. Termachilik esa machayliklar xojaligining ikkinchi tarmogi hisoblangan. Machayliklar ko'rinishdan yovvoyi hayvonlarni qolga o'rgata boshlab, dastlabki chorvachilik ho'jaliga asos sola boshlaganliklaridan dalolat beradi.



Janubiy Tojikiston. Vaxsh, Kofirnigon, Panj vodiylari, hatto Pomir togining baland hududlariga qadar tarqalgan. Bu erdagi mezolit davriga oid 30 ga yaqin yodgorliklar mil.avv. XI-VIII ming yilliklar doirasida chegaralanib, alohida guruhlar va majmualarni tashkil etadi. Asosiy yodgorliklaridan Tutqovul III, Chilichorchashma, Daraisho'r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar. Janubiy Tojikistonning togoldi hududi aholisi asosan termachilik, ovchilik va baliqcilik bilan kun kechirishgan. Janubiy Tojikistonning mezolit davri madaniyatlari va majmualari xojaligi, moddiy madaniyati, xususan, tosh qurollariga ko'ra umumiy va o'ziga xos jihatlariga ega.

Vaxsh, Kofirnigon va Panj vodiylarida mezoliti. Bu erda mezolit davriga oid 20 ta yodgorlik ochilgan va tadqiq qilingan. Kopchlik joy-makonlarning madaniy qatlamlari buzilib ketgan. Bu hududda mezolit rivojlanishi ikki yo'nalishda borgan: togoldi va tekislikda. Turli davrlarga va madaniyatlarga bo'linadigan to'rtta yodgorliklar majmuasi ajralib turadi. Bu mintaqada mezolit davri mil.avv. XI-VIII ming yilliklar bilan sanalangan.

Birinchi majmua: Tutqovul 3, Chilchorchashma va boshqa yodgorliklardan iborat guruh shartli ravishda Tutqovul madaniyati nomi bilan atalib, mil.avv. XI/X-VIII ming yilliklar doirasida sanalanadi.

Ikkinchi majmua: Daraisho'r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami mil.avv. VIII-VII m. yilliklar bilan sanaladi. Vaxsh daryosining o'rta oqimi hududi mezolit davri Vaxsh madaniyatiga oid, deb taxmin qilinadi. Bu madaniyat an'anasi keyinchalik Tojikistonning togli hududi ibtidoiy kishilarining neolit davri Hisor madaniyati paydo bo'lishida muhim o'rin egallaydi.

Uchinchi majmua: Quyi Bulyon va Obi Kiyik (obi kiyik majmuasi). Bu makonlar uchun faqat chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar va plastinkasimon qurollar xos bo'lib, mil.avv. VIII-VII ming yillikla bilan sanalanadi.

Tortinchi majmua: Shugnau makonining 0 gorizonti (Shugnou majmuasi) mil.avv. X ming yilliklar (XI ming yilliklar ham bo'lishi mumkin) bu makonning paydo bo'lishi togridan-togri o'zining yuqori paleolit davri bilan boglangan.

Bu hududdagi madaniyat sohiblari ham o'zlashtiruvchi xojalikning ovchilik, baliqcilik va termachilik shakllari bilan kun kechirishgan. Ovchilik va baliqcilikda nayza, oq va yoydan foydalanganlar. Hayvonlardan qoy va echkilarning suyaklari topilgan. Ovchi va baliqchilar vaqtinchalik yashash uchun chaylalardan foydalanganlar yoki ochiq havoda yashashgan. Tojikistonning mezolit davri makonlarida bir vaqtda yoyilgan shimoliy Afgoniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning boshqa hududlaridagi manzilgohlar bilan o'xshash belgilari seziladi. Bu esa Yaqin Sharq qabilalari bilan uzoq genetik yaqinlikdan darak berishi mumkin.

Sharqiy Pomir mezoliti. Bu mezolit davri yodgorliklari Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki aniqrogi Issiq majmuasidan (Issiq gor-makoni) iborat. Pomirda mezolit davri mil.avv. VII ming yilliklarga togri keladi. Markansuv madaniyati Pomirdan tashqarida shakllangan. Uning kelib chiqish ildizi aniqlanmagan bo'lsada, tosh qurollariga ishlov berish xususiyatlari mahalliy tabiiy sharoitga bogliqligi seziladi.

Oshxona makonida bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Yirik dagal ishlangan mehnat qurollari va kichik nafis mehnat qurollari ajralib turadi. Bu erda silliq toshdan yasalgan ikkita ochoq joylashgan bo'lib, uning atrofida yashash maydonchasi aniqlangan. Bu yashash maydonchasi engil turdagi chaylasimon uylarning qoldiqi bo'lishi mumkin.

Issiq gor-makonining madaniy qatlami bir yarim metr. U erdan kichik va o'rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan ochoq topilgan.

Markansuv makoni mavsumiy foydalaniladigan joy bo'lib, undan ov o'lja izlab chiqqan vaqtda yashash uchun foydalanilgan bo'lsa kerak. Markasuvliklar ovchilik bilan birgalikda terimchilik bilan kun kechirishgan.

O'rta Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va majmualari o'ziga xosligi va turli xiligi bilan ajralib turadi. O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlarining shakllanishida avvalambor so'nggi paleolit davri mahalliy madaniyat an'analarining davom etishdan bo'lsada, tosh asrining yirik madaniy markazi hisoblangan Yaqin Sharq qabilalarining ham sezilarli ta'siri bo'lgan, degan fikrlarni quvvatlaydigan tadqiqotchilar mavjud. Lekin, bu davr sezilarli ta'sir etish quvvatiga ega bo'lgan qabilalar tolqining siljishi haqiqatdan yiroq bo'lishi, tabiiy. Tosh qurollarga ishlov berish usullarining o'xshashligi asoslanib, bunday xulosalarga kelish togri emas. Zamonaviy arxeologlar O'rta Osiyo hududida mezolit davrida xojaligi va madaniy xususiyatlari jihatdan o'zaro ajralib turadigan bir qancha qabilalar yashab, ularning izlari aniqlangan yodgorliklarda o'zining aksini topgan.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling