Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Mezolit davri tasviriy san'ati


Download 0.62 Mb.
bet4/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


Mezolit davri tasviriy san'ati. O'rta Osiyodagi mezolit davri tasviriy san'at namunalarining eng qadimgisi davrining oxirlariga oid bo'lib, ularning noyob namunalari Zarautkamar (Surxondaryo) va Shaxta (Sharqiy Pomir) goya toshlari chizgilarida saqlanib qolgan. Zarautkamar suratlari 1939 yili I.F.Lamayev aniqlab, u haqda Termiz o'lkashunoslik muzeyi direktori G.V.Parfenovga ma'lumot beradi. U o'tgan asrning 40-yillari birinchi yarmida bir necha bor tekshish natijasida qazil boyoqlarda chizilgan 200 dan ortiq tasvirlarni aniqlaydi. Yodgorlikgaga uyushtirilgan tekshir ishlarida moskvalik mussavir A.Yu.Roginskaya hamkorligida teskhirilgan tasvirlarni paleolit davriga tegishli, degan xulosaga keladi. Lekin, o'tgan asrning 60-70 yillarida dastlab A.A.Formozov, keyinchalik esa A.P.Okladnikov, A.Kabirov, Ya.A.Sherlar tomonidan rasmlarni o'rganishib, ularning eng qadimgisi mezolit davrining oxirlariga, qolganlari esa keyingi davrlarga oid, degan xulosaga kelishadi.

Zarautkamar Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan taxminan 30 km. shimoliy-garbda Kohitang togining janubi-sharqiy yonbagirida Zarutsoy soyi bo'yida joylashgan. Kamarda madaniy qatlamlar uchramaydi. Tasviriy san'at na'munalari qoya shiftlari va yon devorlarida joylashgan. Tasvirlar qizil boyoqlarda chizilib, mezolitning so'ngi bosqichi va neolitning ilk davriga oid. Ulardan uchta ov manzarasi tasvirlangan uchta kompozisiyasi diqqatga sazovor. Birinchi tasvir 19 nafar kishidan iborat ovchilarning yovvoyi buqalarlarni xalqa bo'lib ov qilayotgani tasvirlangan. Ulardan ikkitasi qochishga urinmoqda. Ikkinchi tasvirda ovchilar oldida jayronlarning qochayotgan va ulardan jarohatlangan holati tasvirlangan. Uchinchi tasvirda esa yovvoyi echkilarga qilinayotgan ov manzarasi aks ettirilgan. Bu erda mezolit davri jamoasining real hayoti tasvirlangan bo'lib, ularning asosida goyaviy qarashlar o'z aksini topgan. goyadagi kishilar ayrimlari boshiga niqob kiygan holatda chizilgan bo'lsa, ayrimlari sxematik tarzda berilgan. Kamarda madaniy qatlamning uchramasligiga ko'ra mezolit davri kishilarining ov oldi goyaviy qarashlari, ya'ni ov kulti o'z aksini topganligini ko'rish mumkin.



Shaxta tasvirlari Zarautkamar tasvirlaridan keskin farq qilib, unda yirtkich hayvonlar, xususan, ayiq tasvirlari berilgan. Yodgorlikda madaniy qatlam mavjud bo'lib, undan aniqlangan moddiy ashyolar mezolit davriga tegishli.

Bu tasvirlar o'z davri faunasi va xojalik xususiyatlari togrisida qimmatli ma'lumotlar taqdim etishdan tashqari ibtidoiy ajodlarimizning o'z davri diniy-dunyoviy mafkurasi togrisida muhim va o'z navbatida o'z davri dunyoqarash tushunchalari yashiringan.



III. Bob. Neolit
Neolit davri xususiyatlari. Neolit - (yun. neos-yangi, litos-tosh, yangi tosh asri) o'zoq davom tosh asrining so'nggi bosqichi. Neolit atamasi 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok taklifi bilan arxeologiya faniga kiritilgan. Neolit davrda kishilar jamoasi er yuzining nisbatan kengroq hududlarni egallashib, turli geografik sharoitlarga mos xojalik shakllari bilan kun kechirishlariga togri kelgan. Bu esa xojaligi va moddiy madaniyatiga ko'ra o'zaro farq qiladigan madaniyatlarning qaror topishiga olib kelgan. Neolit davrida tabiiy sharoiti qulay bo'lgan Old Osiyo hududida mezolit davrining oxirlaridayoq namoyon bo'la boshlagan ishlab chiharuvchi xojalik shakllari vujudga kelgan bo'lsa, nisbatan sovuq o'lkalar aholisi xojaligining o'zlashtiruvchi shaklllari saqlanib qoladi. Xojalik shakllari esa o'z navbatida ularning moddiy madaniyatida ham ma'lum tafavvutlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Еr yuzining barcha hududlaridagi xojalik sohasidagi keskin tafovvutlar neolit davri madaniyatlarini belgilashda ayrim noqulayliklarni keltirib chiharadi.

Neolit davrini belgilashda qanday xususiyatlar asosiy omil bo'lib xizmat qilish togrisidagi masala tadqiqotchi arxeolog olimlarning munozaralariga sabab bo'lgan. Ayrim tadqiqotchilarlar neolit davrini belgilashda xojalik va madaniy xususiyatlaridan kelib chiqishni taklif qilishsalar, boshqalar esa mazkur davr uchun xos bo'lgan barcha xususiyatlarni e'tibor olgan holda tadrijiylik asosiy o'rin egallashini ta'kidlashadi. Shu nuqtai nazardan neolit davri xronologik chegarasini er yuzining barcha hududlari uchun ma'lum sanalarni qollab bo'lmaydi. Tabiiy sharoiti qulay bo'lgan janubiy o'lkalarda ishlab chiqaruvchi xo'jalik shakllari, neolit davri xususiyatlari mil.avv.VIII-VII ming yilliklarda, boshqa hududlarda esa kechroq namoyon bo'lib, mil.avv. III/II ming yilliklarga qadar davom etganligini kuzatish mumkin.

Neolit davrida toshga ishlov berish yanada takomillashgan va mukammal usullari vujudga kelib, ularning turi va soni yanada ko'payadi. Bu asosan chaqmoqtosh keng tarqalgan Еvrosiyoning shimoli-garbiy hududlarida koproq namoyon bo'ladi. Chaqmoqtosh kam uchraydigan janubiy o'lkalar, xususan, O'rta Osiyoning ayrim hududlarida tosh qurollariga ishlov berishning arxaik shakli saqlanib qoladi. Janubiy o'lkalarda mikrolit texnikasi takomillashgan bo'lsa, shimolda toshga ishlov berishning so'nggi paleolit davridan ma'lum bo'lgan “plastinkasimon” usuli saqlanib qoladi. Shimolning o'rmon dashtlarida makrolit tosh boltalar keng tarqaladi. Yogoch va suyaklarning turli mehnat qurollari va qurol-yaroglar tayyorlashdagi muhim xom ashyo sifatidagi ahamiyati yanada ortadi.

Sopol buyumlarining paydo bo'lishi neolit davrining muhim kashfiyotlaridan biri bo'lib, bu ixtiro dehqon jamoalari tomonidan qilingan. Dastlabki sopol buyumlari mahalliy hudud xususiyatlaridan kelib chiqib mato goliblarda yoki tasmasimon va arqonsimon usullarda yasalgan. Birinchi holatda tuproq yoki qum solingan mato atrofi loy bilan suvalib yasalgangan buyumning ichki tomonida matoning izlari qolgan. Ikkinchi holatda tasma shakliga keltirilgan loy biriktirilib idish hosil qilinadi. Uchinchi holatda arqon shakliga keltirilgan loy aylantirib, idish shakli hosil qilinib, ichki va tashqi tomonlaridan silliqlanadi. Sopol buyumlari quritilgandan so'ng sirtiga naqshlar berilgan va pishirilgan. Neolit davrda sopol buyumlarini ochiq olovda pishirishgan. Otroq dehqon jamoalarining sopol buyumlar odatda tabiiy boyoqlarda berilgan turli naqshlardan iborat bo'lgan. Shimoliy hudud aholisi ko'p hollarda tasmasimon va arqonsimon usulda yasalgan sopol buyumlari sirtiga o'yma yoki chizma naqshlar berish an'anasi ustun bo'lgan. Ko'pincha eshma arqon shaklida ishlangan dumoloq tagli sopol buyumlar erga botirib qoyish uchun qulay bo'lgan. Sopol buyumlarning eng qadimgi namunalari Yaponiyadagi mil.avv. IX-VIII ming yilliklarga oid yodgorlik madaniy qatlamlarida uchraydi.

Neolit davrida turli o'simliklarning poyalaridan to'r toqish paydo bo'lib, chuchuk suvli ko'llarga boy bo'lgan baliqcilik rivojlangan hududlarda ulardan keng foydalanilgan. Hayvon junlaridan matolar tayyorlash, terilarni oshlash va ulardan ustki kiyim tayyorlash dehqon-charvador aholisining qo'shimcha mashguloti sanalgan.

Xo'jalikning ishlab chiharuvchi shakliga o'tish Еvrosiyoning janubiy o'lkalarida iqlim sharoiti nisbatan ancha qulay bo'lgan mintaqalarda, aniqroqi garbiy Osiyo hududida sodir bo'lishi mumkin edi. Hozirgi payda ishlab chiharuvchi xojalik shakllari erta qaror topgan ilk markazlar Yaqin, O'rta Sharq va Kichik Osiyolardan iborat bo'lib, bu hudud arxeologiya fani tili bilan serunum yarimoy hududi, deb ataladi.



O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari. Paleonologik ma'lumotlarga ko'ra mil.avv VIII-VII ming ming yilliklardan “Lavlakon namgarchiligi”, davri boshlangan. Bu davrda issiq va namchil iqlim sharoiti hukmron bo'lib, yillik yogingarchilik miqdori 250 dan 450 sm. oraligida bo'lgan. Hozirgi Qizilqum cho'li hududlari keng yaproqli o'rmonzordan tashkil topgan bo'lib, ko'llarga boy bo'lgan. Bu esa o'z navbatida hayvonat dunyosining ko'payishi uchun qulay sharoit yaratgan.

Kopetdag togining shimoliy yonbagirlarida ham shunga oxshash tabiiy-iqlim sharoiti mavjud bo'lib, hozirgiga nisbatan ancha sersuv bo'lgan. Bu esa dehqonchilik xojaligini rivojlanishi uchun qulaylik yaratgan.

Ishlab chiharuvchi xojalik nisbatan erta shakllangan boshqa bir hudud shubhasiz O'rta Osiyo hisoblanadi. Janubiy Turkmaniston hududida mil.avv. VII ming yillikning oxirlarida mahalliy Sharqiy Kaspiybo'yi mezolit davri madaniyati asosida ishlab chiharuvchi xojaligi paydo bo'ladi. Bu erda chorvachilikga asoslangan Jebel, dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyatlari shakllanadi. Bir tomondan Turkmanistonning issiq haroratli tabiiy-geogarafik sharoitning mavjudligi mezolit davri mahalliy aholisining ishlab chiharuvchi xojalik shakliga o'tishlari uchun asos bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan ilk dehqonchilik markazlariga yaqinligi sababli ularning ma'lum ta'siri mazkur jarayonning tezlashishiga ta'sirini o'tkazgan bo'lishi mumkin. Joytun madaniyatiga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topilgan tosh qurollari ishlanish usuli mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi yodgorliklarining yuqori qatlamlaridan topilgan qurollar bilan aynan bir xil. Demak, Sharqiy Kaspiy bo'yining mezolit davri ovchiligi negizida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati va termachiligi asosida esa dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanganligi shubhasiz.

O'rta Osiyoning shimoliy hududlari va nisbatan tog va tog oldi hududlarida xojalikning ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi shakliga ega bo'lgan madaniyatlar rivojlanib, ushbu xojalik shakli uzoq muddat saqlanib qoladi. Bu o'z navbatida mazkur hududlarda tabiiy sharoitning qulayligi ishlab chiharuvchi xojalik shakliga o'tish uchun zarurat qoldirmaganligidan dalolat beradi. Mazkur jarayon zamonaviy paleoiqlimshunoslik fanida taxminan mil.avv. VIII-III ming yilliklarda Lavlakon namgarchiligi nomi bilan yuritilgan qulay tabiiy sharoit davriga togri keladi. Bu davrda Amudaryoning quyi oqimi, Orolbo'yi, Qizilqum, Qoraqum hududlarida neolit davri terib termachilik va baliqcilik xojaliklariga asoslangan Kaltaminor doirasidagi madaniyat, Zarafshonning o'rta oqimida ovchi va terib termachilikga asoslangan Sazagon madaniyati, Fargona vodiysida terib termachilik va baliqchi asoslangan neolit davri jamoalari madaniyatirivojlanishi va O'zbekiston va Tojikistonning janubiy tog va tog oldi hududlarida termachilik va ovchilikga asoslangan Hisor madaniyatlarining rivojlanishi kuzatiladi.



Joytun madaniyati (mil.avv. VII-VI ming yillik birinchi yarmi) Janubiy Turkmanistonda neolit davriga ko'plab manzilgohlar aniqlangan bo'lib, ulardan dastlab o'rganilgani va mashhuri Joytun (ikkinchi nomi Chaqmoqlidepa) manzilgohi hisoblanadi. Ashgabat shahridan 30 km. shimolda qum barhanlarida joylashgan Joytun keyinchalik Janubiy Turkmanistonning butun neolit davri ishlab chiharuvchi xojalik shaklidagi madaniyati bilan fanga kiritildi. Manzilgoh o'tgan asning 30-yillarida ashgabadlik arxeolog A.A.Marushenko tamonidan aniqlangan. Yodgorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning keyingi bosqichi ikkinchi jahon urushidan so'ng tashkil etilgan Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) faoliyati bilan bogliq bo'lib, 50-yillarda B.A.Kuftin tomonidan qisman qazishma ishlari olib borilgan. 1955-1963 yillarda V.M.Masson rahbarligida amalga oshirilgan qazishmalar davomida yodgorlik toliq o'rganiladi. Turkmanistonning janubida Kopetdag tizmalari yonbagrida shakllangan bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham tarqalgan. Joytun madaniyati taraqqiyoti ilk, rivojlangan va so'nggi bosqichlardan iborat.

Joytun ilk bosqichiga oid manzilgoh 5,5 metr balandlikdagi tepalikdan iborat, 2,5 metr qalinlikda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Manzilgohda kvadrat shaklidagi 30 ta uylar o'rganilgan. Uylar hajmi 60-70 sm. Hajmdagi gishtlar va paxsadan barpo qilingan. Xom gisht va paxsaga samon qoshilgan. Uylarning sathi va devorlari loysuvoq qilingan va oxra bilan bo'yalgan. Betartib qurilgan uylar yagona rejaga asoslangan: kichkina xona, o'rtasida ochoq joylashgan, xona atrofida xojalik xonalari va kichkina hovli mavjud. Uylarning hajmi 13-39 kv.m. ni tashkil etadi. Arxeolog olim V.M.Massoning taxminlariga ko'ra ularning har birida 5-6 nafar a'zolardan tashkil topgan oila istigomat qilgan. Hovlida joylashgan o'ralarda galla saqlangan.

Topilmalar tosh va suyakdan yasalgan qurollar, sopol buyumlari va taqinchoq va boshqalardan iborat. Toshdan oroq qadamalari, kamon oqlari, boltalar, yorguchoq suyakdan igna, pardozlagich yasalgan. Sopol buyumlar qolda tasmasimon shaklda dagal, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning bir qismining yuqorisi obdon silliqlangan. Ayrim sopollarga naqshlar solingan. Naqshlar jigar va kashtan rangli boyoqlar tolqinsimon va qavssimon shakllardan iborat bo'lib, idishlarni pishirish jarayonida turli belgilar paydo bo'lgan. Rangsiz sopol buyumlar: pastki qismi qirra xumchalar va kosalar. Shuningdek, loydan hayvon va odam tasvirlaridan iborat haykalchalar ham yasalgan. Ulardan biri shahmat donasini eslatadi. Haykalchalar pishirilmagan ularning birontasining bosh qismi saqlanmagan. Ko'rinishdan bu qurbonlik keltirishga taqlid bo'lishi mumkin. Tosh va suyaklardan munchoqlar yasalgan, shuningdek chiganoqlardan ham munchoq sifatida foydalanganlar. Tosh munchoqlar odam, hayvon va togri to'rtburchak shaklida yasalgan.

Joytun xo'jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, baliqcilik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etgan. Dehqonchilik liman usulida bo'lib, bugdoy va arpa etishtirilgan. Dehqonchilikda ketmonchadan foydalanilgan. Don xumcha va xojalik oralarida saqlangan. Ko'rinishdan boshoqli o'simliklar donidan non pishirilmagan, maydalab bo'tqa sifatida iste'mol qilishgan. Joytun madaniyatining ilk davrlarida go'sht mahsulotlari etishtirishning asosini tashkil etuvchi ovchilikning mavqei baland bo'lgan. Qoy va echki xonakilashtirilgan. Chorvachilik yaylov (qaydama) shaklida bo'lib o'rganilgan qoton va molxonalarning o'rni fikrimizni toliq tasdiqlaydi. Ovchilikda jayron, yovvoyi chochqa, tulki ovlashgan. Asosiy ov qurollari oq-yoy, shuningdek, palohmondan ham foydalanilgan.

Joytun madaniyatining ikkinchi bosqichiga oid Qadimtepa manzilgohida 1000 metr kv. joy ochib o'rganilgan. Umumiy hovlida togri burchakli uylarida ochoqlar o'rin olgan va xojalik xonalari joylashgan. Uy devorlari paxsadan barpo qilinib, xonalar sathlari ohaklangan, ayrimlari qollarda ganch suvoq qilingan.

Joytun madaniyatining rivojlangan bosqichiga oid qadimtepa yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari davomida paxsadan qurilgan togri to'rtburchak uylar va xojalik maqsadlarida foydalanilgan yordamchi xonalarning o'rni ochib o'rganilgan. Uylarning har birida xojalik maqsadida foydalanilgan ochoq bo'lgan. Uylari ichki tomondan sathi ganch bilan suvoq qilinib, sirti ohaklangan va unda qizil oxra izlari ham uchraydi.

Joytun madaniyatining so'nggi bosqichiga oid Chagiltepa manzilgohi (mil.avv. V ming yillikka oid) arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikning 13 ta madaniy qatlamlari 6,5 metrni tashkil etadi. Manzilgohda 12 ta uyning o'rni ochib o'rganilgan. Imoratlar to'rtburchak gishtlardan barpo qilinib, uylarda kvadrat va to'rtburcha ochoqlar o'rin olgan. Uylarning sathi loysuvoq qilinib, ayrimlari bo'yalgan, ba'zan bo'yra to'shalgan. Umumiy hovlida xojalik xonalari va o'ralar ajralib turadi. Manzilgohning markaziy qismida nisbatan kattaroq o'lchamdagi imoratning o'rni aniqlangan. Uy qurilishi hiyla murakkab. Uy ichida joylashgan ochoq qarshisidagi devorda oqsuvoq ustiga qora va qizil boyoqlarda geometrik bezaklar, qoplon va boshqa bir o'tlovchi hayvon va darah tasvirlari chizilgan. Unda uy-ro'zgor buyumlari uchramaydi, aksincha, ko'plab loydan yasalgan antropomorf va zoomorf haykalchalari, kam sonli ayol haykalchalari topilgan. Tadqiqotchi olimlarning hisobariga ko'ra imorat manzilgohda yashagan barcha a'zolarni sigdirishi mumkin ekan. Bu imorat shubhasiz qadimgi dehqon jamoasining ibodatxonasi bo'lgan. Unda shuningdek, echki tasviridagi haykalchalar, tosh va suyak, chiganoqlar, xususan, hind okeanida uchraydiganlaridan ishlangan munchoq ham topilgan.

Chagiltepaning mehnat qurollari turli shakldagi paloxmon uchun mo'ljallangan yadrolar, turli geometrik shaklli tosh qurollaridan iborat. Ular oroq qadamalari, kamon oqi uchlari, boltalar suyakdan ishlangan igna, pardozlagichlardan iborat.

Joytun madaniyatining tosh qurollari Kaspiy bo'yi manzilgohlaridagi so'nggi mezolit davri tosh qurollari bilan aynan oxshash. Shu va boshqa jihatlarga ko'ra Joytun madaniyati mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi o'zlashtiruvchi xojalik shaklidagi qabilalarning otroqlashuvining natijasi, degan xulosani keltirib chiharadi.

Sopol buyumlari qolda (tasmasimon shaklda) dagal, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning yuqori qismi obdon pardozlangan (ba'zilari silliqlanmagan). Ular naqshli va naqshsiz guruhlarga bo'linadi. Naqshlari jigar va kashtan rangli boyoqlarda chizilgan va pishirish jarayonida doglar hosil qilgan.

Topilgan zeb-ziynat buyumlari tosh va suyaklardan yasalgan munchoqlar va turli taqinchoqlardan iborat. Ayrim hollarda chiganoqlardan ham munchoq sifatida foydalanishgan. Toshdan yasalgan munchoqlar odam, hayvon va togri to'rtburchak shakliga ega. Bular tumor sifatida taqilgan bo'lishi mumkin.

Toshdan yasalgan qurollar pichoq, oroq, randa va yorguchoqlardan iborat. Naqshli sopol buyumlar an'anaviy bezaklar saqlanishi bilan birgalikda ular mazmunan boyiydi. Ular turli chiziqlar, daraxt va o'simlik tasvirlaridan iborat.

Qayd etilgan yodgorliklardan tashqari Bomi, Tog‘aloqtepa, Monjuqlitepa, Chopontepa, Pomajtepa va boshqalar ham Joytun madaniyatining turli bosqichlariga oid qishloqlarni tashkil etgan.

Umuman olganda ishlab chiharuvchi xojalikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanishining ilk bosqichlaridan, dehqonchilik va chorvachilik paydo bo'lgan bo'lsada, o'zlashtiruvchi xojalik shakllarining mavqei baland bo'lgan. Keyingi bosqichlarda dehqonchilik va chorvachilikning ahamiyati ortib, iqtisodning muhim tarmogini tashkil etgan.

Uy sharoitida mehnat qurollari tayyorlash, teriga ishlov berish va charmdan buyumlar tayyorlash, yogochga ishlov berish, sopol buyumlar tayyorlash, taqinchoqlar yasash joytunliklarning kundalik mashgulotlaridan biri sanalgan. Jamoa a'zolari ona urugiga asoslangan juft oilalardan tashkil topib, ular umumjamoa ishlarini ya'ni, erga ishlov berish, hosilni yigishtirish, ovchilikni tashkillashtirish, jaoatchilik qurilish ishlarini bajarishda yoki tashqi havf paydo bo'lgan kezlarda yagona jamoaga birlashganlar.

Shunday qilib taxminan mil.avv. VII ming yillikning oxirlariga kelib Turkmanistonning janubida Kopetdog tizmalari yonbagrida qadimgi dehqonchi-lik madaniyati ochoqlaridan biri Joytun madaniyati vujudga keladi. Bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyilgan.



Jebel madaniyati Turkmaniston Respublikasining janubiy-garbida Sharqiy Kaspiybo'yi va Balxanbo'yi hududlarida mezolit davri o'zlashtiruvchi xojalik shaklidagi madaniyatning davomida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati vujudga keladi. Bu madaniyat nisbatan yaxshi o'rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu erdagi mezolit davriga oid Jebel, Damdamchashma 1,2, Qaylu, Defichiganoq va boshqa shu turdagi yodgorliklarning yuqori madaniy qatlamlari neolit davriga oid. Bu madaniyat mil.avv. VII-IV ming yilliklar bilan sanalib gorlarda hayot bronza davriga qadar saqlanib qoladi. Tosh qurollariga ishlov berish texnikasi yuqori cho'qqisiga chiqadi. Tekis tomonlarga ega prizma nukleuslari va mikrolitlar xos. Shuningdek, yorguchoqlar ham topib o'rganilgan. qoy va echkiga tegishli suyak topilmalarining aksariyati xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli. Ular xojalikning asosini chorvachilik shakli tashkil etgan. Yodgorliklardan yassi tagli sopol buyumlarlarning bo'laklari topilgan. Bu madaniyat vakillari joytunliklar bilan bir davrda yashagan va ularning chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollarida oxshashliklar mavjud. Joytun va Jebel ko'rinishdan bitta madaniyatning ikki tarmogi bo'lib, Joytunda xojalikning asosini dehqonchilik, Jebelda esa chorvachilik tashkil etgan. Jebelliklar hayotida o'zlashtiruvchi xojalik shakllari o'z ahamiyatini yoqotmagan. Yodgorliklarning neolit davriga oid madaniy qatlamlaridan yavvoy hayvon suyaklaridan tashqari chuchuk suvda yashovchi baliqlarning ko'plab suyaklari uchraydi. Ma'lumki, bu davr O'rta Osiyo hududida namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan davr bo'lib, Qoraqumning janubi-garbiy etaklarida sersuv ko'llarga boy bo'lgan. Demak, aholi chorvachilik bilan birgalikda baliqcilik oziq-ovqat manbaining ikkinchi tarmogi bo'lgan. Namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan joyning florasi boy bo'lishi, tabiiy. Bunday holatda terib-termachilik xojalik shaklli o'z ahamiyatini saqlab qoladi.

Kaltaminor madaniyati majmuasi (mil.avv.VII ming yillik oxiri-III ming yilliklar) dastlab 1939 yili S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi oqimidagi qadimiy Oqchadaryo o'zani hududi Jonbos-4 yodgorligini o'rganish bilan mazkur madaniyat aniqlangan. Keyinchalik quyi Amudaryoning kengroq hududlari, xususan, so'l soxilidagi O'zboy o'zani, Sariqamish, shimoli-sharqiy Orolbo'yi hududlarda A.V.Vinogradov, Mamedovlar amalga oshirgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida mazkur madaniyatga oid ko'plab yodgorliklar o'rganiladi. Shuningdek, Zarafshonning quyi oqimidagi qadimiy o'zanlari va uning ichkarisida Lavlakon hududlarida ham neolit davriga oid o'zlashtiruvchi xojalik shakllari bilan kun kechirishgan jamoa a'zolariga tegishla arxeologik yodgorliklar aniqlangan. To'da yashovchi hayvonlar - jayron, qulon, saygoq va qushlar to'dasiga ov qilish hamda baliqcilik kabi ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi xojalik xususiyatlari va moddiy madaniyatidagi yaqinlik umumiy Kaltaminor madaniyati majmuasidan dalolat beradi.

Bu madaniyatga oid yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan hudud quyi Amudaryoning qadimgi Oqchadaryo o'zanida quyi oqimi hisoblanib, bu erdan 100 dan ortiq neolit davri makonlari aniqlangan va ularning ayrimlarida qazishma ishlari amalga oshirilgan. Yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri Jonbos IV makonida ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Asosiy moddiy topilmalar quyi madaniy qatlamda aniqlangan.

Unda umumiy maydoni 290 m. kv. Hajmli (24 x17) turar joyning o'rni ochib o'rganilgan. Jamoaning chayla shaklidagi ushbu makonining asosini yogochlar tashkil etib, erdagi chuqurcha izlari saqlanib kolgan. Ustunlar orasiga ko'ndalang chuqurchalar tashlanib, ustidan qamish bilan yopilgan. Uning atrofida kuyib kulga aylangan yogoch va kamish qoldiqlari mavjud. Chayla o'rtasida katta markaziy ochoq, uning atrofida esa yuzga yaqin kichik ochoqlarning o'rni mavjud. Bu uy-joy neolit davri urug jamoasi istiqomat qilgan. Markaziy o'chokning tag qismi 50 sm. kuygan. Atrofida xojalik buyumlari uchramaydi. Demak, unda doimiy olov yonib turgan va umumjamoaning diniy e'tigodlari uchun xizmat qilgan. Boshqa ochoqlar atrofida esa sopol parchalari va hayvon suyaklari mavjud.

Zarafshonning quyi oqimi hududlarida neolit davriga oid ko'plab makonlar topib o'rganilgan. Bular ichida Darvozaqir I, II, Kichik Tuzkon, Daraisho'r makonlari ajralib turadi.

Darvozaqir I makoni. Bu makonning yuqori qismi buzilib ketgan, pastki qismidan 3 ta madaniy qatlam ochib o'rganilgan. Bu erdan 81 m. kv. (7x11,6) hajmgi togri to'rtburchak shaklidagi uyning o'rni saqlanib qolgan bo'lib, uning har joy-har joyida chuqurchalar uchraydi. Bu chuqurchalar yogoch ustunlarning o'rni bo'lib ustunlar ustiga yogoch tashlanib qamish bilan yopilgan bo'lgan. Chaylada ochoq izlari topilmagan, lekin madaniy qatlamda kul qoldiqlari uchraydi.

Mehnat qurollari: tosh bolta, qirgich, teshgich, oroq-randa, parma, sopol buyumlarning bo'laklari mavjud.

Darvozaqir II makoni. Mehnat qurollari: tosh qirgichlar, pichoqlar, parraklar, oroq-randalar, nukleuslar, parma, teshgich, oroq qadamalari, yorgichoq, qayroqtosh, tosh boltalardan iborat. Qurollari: nayza uchlari, paykonlar, oq uchlari. Bulardan tashqari tosh munchoqlar va taqinchoqlar ham mavjud. Suyakdan yasalgan qurollar uchramaydi.

Sopol buyumlar: rangli va rangsiz, ogzi keng, tag tomoni esa pastga qarab dumaloq. Kichik Tuzkon topilmalari: qirgich, teshgich, oroq qadamalari, nukleuslar, parrakchalar. Sopol buyumlari qolda rangli va rangsiz qilib yasalgan. Quyi Zarafshonda yashagan aholi ovchilik va baliqcilik bilan kun kechirganlar.

Sazagon madaniyati (mil.avv. VII-IV ming yillik.) O'rta Zarafshon vohasida Zarafshon tog tizmasining garbiy qismida Qoratepa togi shimoliy yonbagirlari hududlarida mezolit-neolit davri ibtidoiy qabilalar madaniyati. Bu madaniyatga tegishli dastlabki yodgorlik Samarqand shahridan 27 km. janubda Sazogonsoyning yuqorisida Qoratepa massivining shimoliy yonbagrida 1966 yili arxeolog olim O.Ibragimov tomonidan aniqlanib, shu yili D.N.Lev boshchiligida arxeologik tekshirish ishlar boshlab yuboriladi. Keyinchalik M.J.Joraqulov tadqiqot ishlarini davom ettirib, hozirga qadar uning rahbarligidagi Samarqand Davlat universiteti arxeologlari ilmiy jamoasi tomonida Sazagonsoy va Egrikulchasoylarning tog oldi qismlaridan kech mezolit-neolit davrlariga tegishli 20 dan ortiq yodgorliklarni aniqlangan. Ulardan Sazogon 1-9, Jangal 1,2 va Tepaqul 1-5, Ko'ktepa kabi madaniy qatlamli yodgorliklar muhim o'rin egallaydi. Sazagon 1,2, Jangal 1 va Tepaqul 3,4,5 yodgorliklarida arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilgan bo'lsa, qolganlaridan terma moddiy ashyolar aniqlangan.

Sazagon 1 yodgorligi madaniy qatlamidan olingan hayvon suyaklari-echki, qoy, tur, jayron, ot, eshaklarga tegishli bo'lib, ularda xonakilashtirish belgilari kuzatilmagan. Aksincha, Sazagon 2 yodgorligi madaniy qatlamlaridan aniqlangan suyaklarning aksariyatini esa xonakilishtirilgan hayvonlarga tegishli bo'lib, etakchi o'rinni kichik tuyoqli (echki va qoy) va yirik tuyoqli (qora mol, ot, eshak), tuya va it kabi hayvonlar tegishli.

Agar mezolit davrining oxirgi bosqichlarida shakllangan mazkur madaniyat sohiblari dastlabki bosqichlarda xojalikning ovchilik va terib termachilik shakllari bilan kun kechirishgan bo'lsalar, madaniyatning keyingi bosqichida ovchilik asosida ilk chorvachilik qaror topadi. Ovchilik esa kundalik tirikchilikning yordamchi tarmogi sifatida o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Asosiy ov vositasi jayron, qisman qulon va buxoro bugilaridan iborat bo'lgan. Shuningdek, aniqlangan bo'ri va tulki kabi yirtqich hayvonlarning ham suyaklari uchraydiki, ularni ibtidoiy kishilar muynasidan foydalanish maqsadida ov qilishgan bo'lsalar kerak.

Ma'lumki, Sazagon madaniyati faoliyat yuritgan davr mazkur hududda tabiiy sharoit nihoyatda qulay, fauna va florasi nisbatan boy bo'lgan “Lavlakon namgarchiligi” davrida togri kelib, ibtidoiy ajdodlarimiz kun kechirishlari uchun ancha qulay bo'lgan.

Amalga oshirilgan qazishmalar natijalari aniqlangan ma'lumotlarni o'rgangan tadqiqotchining ilmiy xulosalariga ko'ra bu erda mezolit davrining oxirlaridayoq yovvoyi hayvonlarni qolga o'rgata boshlagan qadimgi jamoa a'zolari neolit davrida chorvachilikga asos solishgan. Ovchilik va termachilik ahamiyatini saqlab qolgan. Tosh qurollarining asosiy qismini mikrolitlar tashkil etadi. Sazogonliklar qolda qopol ishlangan sopol buyumlarining sirtiga sodda naqshlar berishgan.

Umuman, olganda neolit davri aholisi mahalliy tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqib xojalik shakllarini yuritishgan. Bu esa o'z navbatida mahalliy sharoittga xos moddiy madaniyaning shakllanishida asos bo'lishini ta'minlaganligi tabiiy.



Hisor madaniyati (mil.avv. V ming yillik oxiri - III/II ming yillik) O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlaridan biri Hisor madaniyati hisoblanadi. Bu Tojikistonning garbiy tog oldi hududlarida tarkalgan madaniyat. A.P.Okladnikov va V.A.Ranovlar tomonidan 100 dan ortiq makonlar aniqlanib, ularning aksariyatida tadqiqot ishlari olib borilgan. Ular qisqa mudatli, mavsumiy va doimiy yashash uchun xizmat qilgan yashash makonlaridan iborat. Qisqa muddatli yodgorliklar tog oldi hududlarida joylashgan jamoa a'zolarining ov mavsumida yashagan kulbalaridan tashkil topgan makonlar bo'lgan. Doimiy yashash makonlari Kofirnahar, Vaxsh va ularning irmoqlari vodiylarida joylashgan.

Norak shahri yaqinida Tutqovul, Danhara atrofidagi Quyi Bulyon va shimoliy-garbiy Tojikiston hududidagi Oqtangi makonlarida madaniyatiga oid moddiy madaniyat namunalari nisbatan yaxshi o'rganilgan. Hisor madaniyatining ilk bosqichiga Tutqovul, o'rta bosqichiga Qoyibulyon, so'nggi bosqichiga esa Goziyontepa yodgorliklari mansub.

Hisor madaniyati jamoasi daryo toshlarini bir tomonlama urib uchirib mehnat kuroli yasash an'anasiga ega bo'lishgan. Paleolit davri chopper shaklidagi tosh kurollari an'anasi saqlanib qoladi. Shuningdek, Hisor madaniyati uchun yirik uchrindilar va qo'pol plastinkalar ham xos. Qisman chaqmoqtoshdan ishlangan tosh kurollar ham uchraydi. Ikki tomonlama urib ishlov berilgan kamon oqi, silliqlangan tosh bolta, keli sopi va suyakdan yasalgan bigizlar ham topilgan. Hisor madaniyati sohiblari dastlab xojalikning o'zlashtiruvchi shakli, ovchilik va terib termachilik bilan kun kechirishgan bo'lsalar, keyingi bosqichda mato kolipda sopol idishlar tayyorlashni o'rganishadi. Sopol idishlarning tagi cho'zik, ustki tomondan pardoz qilingan. Hisor madaniyatining xojaligi togrisidagi masalalar o'z echimini topmagan. A.P.Okladnikov bu madaniyat a'zolari ovchilik va dehqonilik bilan shugullangan, degan fikrni bildiradi. Lekin, hisorliklarning dehqonchilik bilan shugullanganligi togrisidagi ashyoviy dalillar uchramaydi. Shunga ko'ra hisorliklar daydi ovchilik bilan shugullanishib, so'nggi bosqichlarida chorvachilikka o'ta boshlashganliklari, tabiiy. Ularning xojaligida to'kimachilik rivojlanganligini sopol idishlarda saqlanib qolgan izlaridan bilish mumkin. Bu madaniyatning oxirida janubiy Tojikiston hududida dehqonchilik madaniyatining shakllanishi Quyibulyon makonidagi qazishmalarda kuzatiladi. Manzilgoh aholisining sun'iy qurilgan uylari aniqlangan.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling