Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Download 0.62 Mb.
bet5/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


Ikkinchi bo'lim. PЕLЕOMЕTALL DAVRI
I. Bob. Eneolit
Insoniyatning qadimgi metall davrini qamrab olgan bosqichidan iborat bo'lib, dastlabki mis va bronzadan foydalana boshlagan davrlardan tashkil tophan. Eneolit (lot. “aeneus” - mis, yun. “litos”-tosh) - mis-tosh, degan ma'noni anglatib, halkolit (halko-mis) atamasi muqobil atama sifatida ham ishlatiladi.

Eneolit (mil.avv. VI ming yillik oxiri - III ming yillikning boshlari) Bu davrning katta yutuqi kishilarning dastlabki metal bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan ham foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo'lsada, misdan kuchli va ogir qurollar yasab bo'lmagan. Shuning uchun misdan yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lmadi, tosh qurollar o'z ahamiyatini saqlab qoldi. Bu davrda kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'lib, tub burilish davri yasalishiga sabab bo'ladi.

Mis sof holda tabiatda kam uchraydigan ma'dan bo'lib, insoniyat samoviy meteoritlar tarkibida bo'lgan namunalar orqali tanishishgan. Kishilar misga ishlov berish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki paytlarda go'yo toshni ishlash usuli kabi muomalada bo'lishib, uni sindirishga harakat qilishgan. Umuman, qadimgi ma'dan - misdan foydalanishning to'rt bosqichda ajralib turadi. Ilk bosqichda urib shakl berish orqali, keyin esa olovda toblab shakl berish ko'nikmasi egallangan. Natijada uchinchi bosqichda eritish malakasi egallanib, rudalarni keng o'zlashtirish ishlari rivojlanadi. Bu bosqich malakasi asta-sekin bronza quyish tehnologiyasini o'zlashtirish bilan yakun topadi.

Eneolit davri umumiy tavsifi. Eneolit ( mil.avv. V-III ming yilliklar) - bu dastlabki metal (yunon. eneus - «mis», litos - lot. «tosh») davri bo'lib, mis-tosh va halkolit kabi atamalalar ham qollaniladi. Bu davrning muhim jihati dastlabki metallardan keng foydalana boshlanishidir. Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishicha Janubi-sharqiy Anatoliyada bundan 9-10 ming yillar burun dastlabki misdan ishlangan buyumlarning namunalari aniqlangan. Bu erdagi Chayonyu depesi yodgorligining neolit davri sopol buyumlar paydo bo'lgunga qadar madaniy qatlamlaridag tosh imoratlar xarobalaridan yuzlab mis bo'laklari va bir necha malahit (tarkibida mis minerali bo'lgan yashil rangli tosh) bo'laklarini aniqlangan. Ushbu topilmalarning ayrimlar munchoq sifatida ishlangan. Markaziy Anatoliya hududidagi mil.avv. 8 ming yilliklar bilan sanalgan Ashikli Guyuk yodgorligidan ham bir qancha misdan ishlangan taqinchoqlar aniqlanadi. Mis va qorgoshin Shimoliy Mesopotamiyadagi Yarimtepa 1,2 va Tellmazgaliya yodgorliklaridan ham aniqlangan. Mis buyumlaridan Chatal Guyuk topilmalari muhim o'rin egallaydi. Bu yodgorlik qadimiy imoratlari va ibodatxonalar xarobalaridan ko'plab mis va qorgoshin nushalari aniqlangan.

Ma'lumki, Old Osiyo tabiiy mineral resurs zahiralariga boy bolib, dastlab metall buyumlarining namunalari mazkur hududagi arxeologik yodgorliklardan topib aniqlangan. Lekin, mazkur keyingi taraqqiyot bosqichida matallarga ishlov berish ixtisoslashgan ishlab chiqarish darajasiga o'sib chiqmaydi.

Arxeologik ma'lumotlarning guvohlik berishiga ko'ra metallurgiya ishlab chiqarish ilk sivilizatsiyalardan tashqarida Bolqon yarim orolidan shimolda va Karpat havzasida shakllanadi. Arxeologik tadqiqot ishlari natijasida Bolgariyada Varnen “oltin mozori” va mamlakat janubidagi Oybunar mis konini ochib o'rganiladi. Varnen “oltin mozori”da oltindan ishlangan zeb-ziynat buyumlari bilan birgalikda mis ishlangan qurol yaroglar va zaruriy mehnat qurollari: bolta, tesha, iskana va boshqalar topib o'rganiladi. Bu topilmalar mil.avv. V ming yilliklarda ixtisoslashgan hunarmand ustalar tomonidan yasalgan bo'lib, ixtisoslashgan ishlab chiqarish malakasiga ega bo'lgan hunarmandchilik sohasining paydo bo'lishi natijasi edi.

Bundan ko'rinib turibdiki, metallsozlikga asoslangan ixtisoslashgan hunarmandchilik ilk ishlab chiqarish markazlaridan tashqarida vujudga kelgan ekan. Shunday qilib, mil.avv. V ming yillikda Pont (Qora dengiz) viloyatida (Shimoliy Bolqon va Karpat havzasida) mahalliy kon manbalariga asoslangan ixtisoslashgan metallarga ishlov berish hunarmandchilik ishlab chiqarishi vujudga keladi.

Umuman, insoniyat misdan faydalana boshlasada, bu metall ijtimoiy hayotdan chuqur joy ololmaydi. Mis ishlangan qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo'lsada, undan kuchli va ogir qurollar yasab bo'lmas edi. Shuning uchun mis yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy hayotida yuqori mavqega ega bo'lmadi, tosh qurollar o'z ahamiyatini saqlab qoldi.

Dehqonchilik va chorvachilik xojalik shakllariga o'tish Old Osiyoning bir joylarida nisbatan tog va tog oldi hududlarida sodir bo'ladi. Ammo mazkur hududlar keyingi davr taraqqiyoti asosiy markazlariga aylanmadi. Bu hududlarda hosildorlik yuqori va barqaror bo'lmagan. Qadimgi dehqonlar Osiyo va Afrikaning serhosil va subtropik daryo vohalariga o'tish bilan ishlab chiharuvchi kuchlarning tezlik bilan va jamiyatning sivilizatsiya ostonasida bo'lgan keyingi taraqqiyot bosqichiga o'sib o'tishiga olib keldi. Yogingarchilik miqdori etarli bo'lmagan yangi iqlim sharoiti kishilarning agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sugorma dehqonchilikga o'tishlariga turtki bo'ldi. Sugorish inshootlaridan foydalanishning boshlanishi natijasida yiliga ikki marotaba hosil olish imkoniyati vujudga keladi. Sun'iy sugorishga asoslangan dehqonchilik nafaqat barqaror hosil olish imkoniyatini yaratdi, balki, boshoqli ekinlarning hosildor navlarini vujudga kelishiga sabab bo'ladi.

Natijada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining bir necha barobarga osishga olib kelib, mu'lum ishchi kuchi qolining bo'shab qolishiga olib keladi va natijasida holat yangi jamiyat a'zolarining toboro oshib borayotgan iste'mol manfaatlarini qondiriladigan hunarmandchilik ishlab chiqarishning turli sohalari bo'yicha ixtisoslashishning kuchayishini tezlashtirdi. Aholi orasida toboro ajralib borayotgan davlatmand va nufuzli tabaqa vakillarining manfaatlariga mos keladigan badiiy san'at shakllandi. Otroq dehqonchilik qishloqlari har tomonlama taraqqiy etib borishi bilan birga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va goyaviy sohalaridagi tub o'zgarishlar mazkur aholi manzillarining yirik markazlarga aylaninib borishi bilan bilan birga sodir bo'ldi. Bu jarayonlar nisbatan qadimgi Sharq mamlakatlarida dastlabki shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan yakunlanadi.

O'rta Osiyoning janubiy hududlarida esa eneolit davrining dastlabki bosqichlarida ilk ishlab chiharuvchi xojalik shaklidagi otroq dehqonchilik madaniyati taraqqiy etib, kengroq hududlarga tarqala boshlagan. Lekin, bu jarayon Markaziy Osiyoning barcha hududlarida bir xilda kechmagan. Tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqqan shimoliy hududlarda yashovchi aholi xojaligida ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi shaklida hayot kechirish tarzini saqlab qoladi. Mazkur davrda mintaqada xojalik yuritish sohasi bo'yichi bir-birilaridan farq qiladigan qabilalar madaniyati ajralib turgan. Mintaqaning janubiy hududlarida neolit davri ilk otroq dehqonchilik ishlab chiqarish xojaligi negzida sugorma dehqonchilikga asoslangan madaniyat taraqqiyotining murakkablashib borishi bilan Turkmanistonning janubida mamlakatni ko'ndalangiga meridiana bo'ylab joylashgan Kopetdag tizmasining shimoliy yogbagirlarining Qoraqum cho'li bilan oraligda togdan ochib tushadigan bir necha kichik daryolar va soylardan iborat tor vodiydan tashkil topgan. Hozirgi paytda bu er yogingarchilik miqdori ancha past bo'lgan mo'tadil iqlim sharoitiga ega. Bunday tabiiy sharoit vohada sun'iy sugorishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishiga asos bo'lgan. Bu erda Dushak , Loinsuv, Archinyansuv, Miansoy va Chachasoy kabi mikrovohalar joylashgan. Hozirgi payda qurgoqchil hudud sanaladigan bu joylarda o'z davrida yogingarchilik miqdori ancha yuqori, daryo o'zanlar sersuv bo'lib, fauna va florasi ham boy, otroq dehqonchilik xojaligini yuritish uchun qulay bo'lgan. Bunday holat ularning o'rta oqimi hududlarida eneolit davri otroq dehqon jamoalari xojalik-madaniy taraqqiyotini ta'minlay oladigan qulay sharoit hisoblanardi. Bu esa o'lkada ilk dehqonchilik negzida vujudga kelgan sugorma dehqonchilikning yanada rivojlanishi bilan qadimgi dehqon jamoalari manzilgohlarining soni toboro ko'payib, me'moriy-rejaviy echimlari murakkablashib borishini ta'minlashga asos bo'lgan. Janubiy Turkmanistonning Kopetdag tizmalari shimoliy yoni tekisliklarida eneolit davrining yuksak taraqqiyotini o'zida mujassam etgan qadimiy aholi manzillarining o'rni saqlanib qolgan.

Bu yodgorliklarini o'rganish ishlari XIX asrning oxirlarida chor Rossiyasi ofiseri A.V.Kamarov tomonidan amalga oshirilgan havaskorlik mazmunidagi qazishma (Kamarov 1888) harakatlari bilan bogliq. Keng ko'lamli qazishmalar ishlari 1904 yilda amerikalik geolog olim R.Pampelli va nemis arxeologi G.Shmidtlar Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalarini olib borib, yodgorlikning to'rt bosqichda (Anov 1-4) faoliyat yuritganligini qayd etadi. Undan keyin o'tgan asrning 30-40 yillarida A.A.Morushenko amalga oshirgan ilmiy izlanishlari arxeologik bu erdagi arxeologik yodgorliklarni qayd etish bilan bogliq tadqiqotlardan iborat bo'lgan.

O'tgan asrning o'rtalarida Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng o'lka arxeologiyasini o'rganish ishlari jonlanib, ilmiy izlanishlar ko'lamli juda kengayadi va arxeologik qazishma ishlari metodologiyasi yangi pogonaga ko'tariladi. 50-yillarining birini yarmida B.A.Kuftin, M.Е.Masson va Еrshov kabi olimlar tomonidan keng qamrovli qazishma ishlari olib borilgan. B.A.Kuftinning Nomozggohdepadagi qazishmalari Janubiy Turkmanistonning otroq dehqonchilik manzilgohlarining Pampeli va Shimitlardan keyingi tadrijiy taraqqiyotini belgilashga asos bo'lgan. Arxeolog olim Nomozgohning oltita, shundan uchta eneolit davri madaniy bosqichda (Nomozgoh 1-3) taraqqiy etganligini belgilab bergan. Ayniqsa, 50-yillarning ikkichi yarmi va 60-yillar davomida mazkur ekspedisiya va Leningrad (hozirgi Sankt-Piterburg) arxeologiya instituti arxeolog olimlari V.M.Masson rahbarligi va I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi va ashgabodlik arxeolog O.K.Berdiyevlar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik taqiqotlar davomida eneolit davriga oid taxminan 30 ta arxeologik yodgorliklar aniqlanib, taxminan ularning yigirmatasida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan va V.M.Massonning yuqorida keltirilgan olimlarning eneolit davri bosqichlari togrisidagi takliflariga qo'shimchalar kiritadi (u Anov 1 ning ikki bosqichini ajraib ko'rsatadi). Shuningdek, mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsinaning o'lka tabiiy-geografik sharoiti va paleoiqtisod masalalarini o'rganishdagi ilmiy izlanishlarining ahamiyati kattadir.

Qadimgi otroq dehqonchilik qishloqlari va keyichalik ularning ayrimlarida qadimgi Sharq sivilizatsiyaga xos markazlariga aylangan Anovdepa, Nomozgohdepa, Altindepa, Dashlijidepa, Qoradepa, Yalangochdepa, Mo'lalidepa, Chaqmoqlidepa, Monjuqlidepa, Ovadandepa, Gavachdepa Kaushatdagi depa, Geoksyur guruhidagi tepalar va boshqalardan iborat arxeologik yodgorliklar eneolit davri dehqon jamoasining qadimgi qishloqlarini tashkil etgan. Ularning saqlanib qolgan maydoniga ko'ra arxeologik jihatdan uch guruhi ajralib turadi. Birinchi guruh 0,1 - 2 ga., ikkinchi guruh 4-10 ga., uchinchi guruh 12 - 20 ga.dan iborat.

Yuqorida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri yodgorliklarining tadqiqotchi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan arxeologik majmualari ustuni va ularning nisbiy davrlari taqdim etilib, ma'lum o'zgarishlar kiritilib borilganlig togrisidagi ma'lumot berilgan edi. quyidagi jadvallarda taklif etilgan arxeologik majmualar va ularning zamonaviy arxeologik tadqiqot natijalarining qiyosiy-tahliliy asoslarda shartli ravishda ishlab chiqilgan davriy sanalari taklif etiladi.

Pompelli-Shmitlar Anov yodgorligi madaniy qatlamlari madaniy majmualari ketma-ketligini quyidagicha belgilashgan:

1. Anov 1 - ilk eneolit,

2. Anov 2 - rivojlangan eneolit,

3.Anov 3 - bronza

4. Anov 4 - ilk temir davrlari.

Keyinchalik Nomozgohdepa yodgorligida arxeologik qazishma ishlari olib borgan B.A.Kuftin yodgorlikning oltita majmuasini (Nomozgoh 1-6) ishlab chiqadi. Shulardan Nomozgoh (davomida NMZ) 1-3 bosqichlarini eneolit davrlari bilan belgilagan. V.M.Masson esa bu erdagi boshqa manzilgohlarda amalga oshirgan arxeologik qazishma ishlari natijalariga asoslanib, Anov majmuasi ikki (Anov 1A va, 1B) bosqichda rivojlanganligini qayd etib, ulardan birinchisi ilk eneolitning birinchi yarmida, keyingisi esa ikkinchi yarmida NMZ 1 bosqichi bilan bir davrda faoliyat yuritganligi togrisidagi ma'lumot bilan to'ldiradi.




Tt/r

Davr bosqichlari

Arxeologik majmualar

Davriy sanasi

11

Ilk eneolit

Anov 1 A

Mil.avv. 4900-4400

Anov 1 B yoki Nomozgoh 1

Mil.avv. 4400-4000

22

Rivojlangan eneolit

Anov 2, Nomozgoh 2

Mil.avv. 3900-3500

33

So'nggi eneolit

Nomozgoh 3

Mil.avv. 3400-3000

Lekin, shuni unitmaslik zarurki, har bir majmua bir necha yuz yillardan, hatto besh yuz yildan ortiq davrni o'zida qamrab oladiki, ularning har birida bir necha, hatto o'nlab avlodlar hayotidan darak beradi. Bunday uzoq davr mobaynida kishilik jamiyatining barcha sohalarida juda muhim o'zgarishlar, madaniy yangiliklar va tehnologik yutuqlarga erishiladi.



Ilk eneolit. Bu davr uchun uchta arxeologik kompleks xos bo'lib, ulardan dastlabkisi hisoblangan Anov 1A Joytun madaniyatining so'nggi bosqichlarida garbidan bir guruh otroq dehqon jamoasining mahalliy hududga kelib joylashishi natijasida paydo bo'lgan. Joytun madaniyatining vorisi sanalgan Nomozgoh 1 majmuasini Anov 1A ning 3-4 metrdan iborat madaniy qatlamlar qoplab olgan.

Bu davr arxeologik yodgorliklari hududiy jihatdan moddiy madaniyati ayrim alomatlari, xususan, sopollarining sirtiga solingan naqshlarining turlariga ko'ra sezilarli darajada farq qiluvi garbiy va sharqiy guruhlari ajratib ko'rsatilgan. Garbiy guruhdagi sopollarining sirti qizil tag ustiga toq va qora rangdagi naqshlar solingan bo'lsa, sharqiy guruh sopollari sirtiga esa, shu rangdagi naqshlar qizgish sariq yoki yorqin tag ustiga solingan ekan. Sopol idishlari mayda qum qoshilgan loydan yasalib, sirtiga angob surtilgan va bir tekis pishirilgan. Sopol buyumlar sirti ayrim hollarda pardoz qilingan.

Nomozgoh 1 bosqichi yodgorliklari esa garbiy markaziy va sharqiy guruhlarga bo'linadi. Yodgorliklarning madaniy qatlamlari yodgorliklarda 3 metr (Geoksur), 5 metr (Oltindepa) dan iborat.

Ilk eneolitning (Anov 1A) birinchi bosqichida aholi uy-joylari neolit davri Joytun imoratlari qurilish an'anasining davomida ayrim qo'shimchalar bilan boyitilgan tartibsiz joylashgan imoratlardan iborat bo'lgan. Bu bosqichga oid uy-joy imroatlarining o'rni Monjuqlidepa yodgorligida yaxshi o'rganilgan. Manzilgohning o'rtasidan kesib o'tgan markaziy ko'cha bo'ylab uy-joy imoratlari tartibsiz joylashgan. Imoratlar togri to'rt burchak gishtlardan barpo etilgan bo'lib, asosiy qismini yashash xonalari tashkil etadi. Yashash uchun mo'ljallangan uylarning bir tomonida xojalik ochogi joylashgan.

Manzilgohning keyingi (Anov 1A) qurilish davridan ko'p xonali uy-joy imoratlari barpo etila boshlaydi. Imoratlar odatda uy-joy va xojalik maqsadlarida foydalanilgan xonalardan tashkil topgan. Ayrim yashash xonalarining devorlari ichki tomondan qora va qizil boyoqlarida solingan geometrik naqshlar aniqlangan.

Ilk eneolit (Anov 1A) davrida misdan keng foydalanila boshlanadi. Misdan yasalgan buyumlardan sanchqi bigizlar koproq uchraydi. Ikki tomonlama tigga ega bo'lgan pichoq nusxasi muhim o'rin tutadi. Keyingi (Anov 1A) bosqichida esa misdan yasalgan nayza uchi paydo bo'ladi. Loydan yasalgan zoomorf va antropomorf, xususan ayollar haykalchalari, terrakotik urchuqboshlar ko'plab uchraydi. Hayvon tasvirli haykalchalar va o'ynash uchun mo'ljallanganin soqqalari neolit davri an'analari davomi sifatida bosqichning ilk davrlari uchun xos bo'lgan.

Tosh qurollaridan ko'pincha qadama sifatida ishlatilgan geometrik shaklidagi chaqmoqtoshli mikrolitlar tashkil etadi. Shuningdek, toshlardan narsalarni, xususan, boshoq donlarini tuyish, ezish va yanchish uchun yorguchoq, keli tosh, motiga uchi va bosh qurollar sifatida foydalanilgan.

Anov 1B yoki NMZ 1 bosqichida otroq dehqon jamoalari yangi erlarni o'zlashtirishib, otroq dehqonchilik hududi kengayib boradi. Ushbu bosqichning oxirlaridan boshlab aholi Geoksur vohasi tomon siljib borib manzilgohlariga asos solishadi. Bu davr uchun birinchi turdagi kichik manzilgohlar faoliyat yuritib, ular maydonining kengayib borishi bilan bosqichning oxirlarida ikkinchi guruhdagilari shakllanadi. Mazkur davrga oid taxminan 30 dan ortiq arxeologik yodgorliklar qayd qilingan.

Aholi yashash uy-joy imoratlarining xonalari soni ko'payib boradi. Ular kichik oilaga tegishli bir xonali uylardan tortib, katta patriarhal oila yashaydigan ko'p xonali uy-joy majmualaridan iborat.

Sopollari loyiga samon aralashtirilib, qalin qilib yasalgan buyumlardan iborat. Ular qizil yoki ko'kimtir oqish taglik ustiga qoramtir-jigar rangda berilgan geometrik shaklli monoxrom naqshlardan iborat. Buyumlar tuvaksimon chuqur tovoq, shokosa, kosa va kichik kosa yoki piyollardan iborat.



Rivojlangan eneolit. Rivojlangan eneolit davriga kelib manzilgohlar maydoni kengayib, ayrimlarilari ancha (Nomozgohdepa, Oltindepa, Qoradepa) yirik ko'rinish oladi. Bu davrda kelib otroq dehqonchilik jamoalari yangi erlarni o'zlashtirishi natijasida ko'p sonli yangi manzilgohlar paydo bo'ladi. Ba'zi bir manzilgohlar atrofida alohida qirqim ko'rinishidagi aylanma devorlarga barpo etiladi (Geoksyur vohasi).

Rivojlangan eneolit davri uchun muntazam va rejali qishloqlar barpo etish xos bo'lib, ularning ayrimlarining atrofi devorlar bilan o'ralgan (Mullalidepa, Yassidepa). Bu davrda ko'p xonali uylar soni ko'payadi. Ko'chalar bo'ylab joylashgan katta jamoa uylari oldindan o'ylangan aniq reja asosida tartib bilan qurish an'anasiga amal qilina boshlaydi. To'rtburchak va aylana shakldagi alohida hovlilardan iborat bo'lgan uylar 12-15 xonadan tashkil topgan. Uylarning xonalarida kvadrat va xalqa shaklida ochoqlar bo'lgan. Ularning yonida don saqlanadigan alohida xonalar va molxonalar joylashgan (Geoksyurtepa).

Ayrim yodgorliklarda (Yassitepa va Dashlijitepa) o'rganilgan yirik hajmdagi alohida imoratlarda doimiy olov yonib turgan ochoqlar joylashgan. Bunday imoratlar umumjamoa ibodatxona vazifasini bajargan. qadimgi sharq, xususan, Mesopotamiyaning janubidagi Sxumerning mazkur davrga oid Ubeyd davri yodgorliklarida asosiy toat ob'ekti olov sanalgan alohida ibodatxonalar paydo bo'ladi.

Bu bosqichda sun'iy sugorish inshootlari: ariqlar va kichik suv togonlari barpo etish dehqonchilikda sun'iy qazilgan suv inshootlaridan foydalanish keng tarqaydi. Geoksyur vohasidan qadimgi ariqlarning o'rni aniqlangan. Dehqonchilik-dan tashqari qoy va qisman chochqa boqishgan.

Misga ishlov berish mukammallashadi. Misdan yasalgan arra va boltacha topilgan. Sopol idishlari yarimsferik va konussimon kosalalar va hurmachalardan iborat. Oltin va kumushdan zeb-ziynat buyumlari tayyorlana boshlanadi. Tosh kurollari miqdori kamayadi. Undan kamon oqlari, oroq-qadamalari va yorguchoqlar tayyorlashgan. Suyaklardan bigiz sifatida foydalanilgan.

Loydan ishlangangan haykalchalari ayollarning qisman hayvon tasvirlaridan iborat. Murdalar yonbosh holatida ko'milgan. Bu davr qabrlari kuzatuv buyumlari miqdori va sifati jihatdan oldingi bosqichga nisbatan farq qiladi. Ochib o'rganilgan boy qabrlardan oltin, kumush va lazuritdan ishlangan zeb-ziynat buyumlari uchraydi.



So'nggi eneolit. Bu davrda manzilgohlarning uchala shakli keng tarqaladi. Maydoni 20 ga. bo'lgan yirik (Nomozgohdepa, Oltindepa, Qoradepa) markazlardan tashkil topgan manzilgohlar qaror topadi. 20 tagacha xonalardan tashkil topgan katta oila jamoasiga tegishli uylar quriladi.

So'nggi eneolit davri manzilgohlarning (Geoksyur 1) ko'p xonali uylarida ochoq joylashgan alohida xonalarning mavjudligi xos. Ba'zan bunday uylarda tutatqi solinadigan idish va odam kuygan suyaklari uchraydi. Bu xonalar ko'rinishdan katta patriarhal oilaga tegishli kichik ibodatxona bo'lgan.

Dehqonchilikda ilgari qadam tashlanadi. Geoksyur vohasidan kichik suv omborning o'rni aniqlangan. Uning chuqurligi 3 metrdan iborat bo'lib, taxminiy hisobga ko'ra 1100 metr kub suv saqlangan bo'lishi mumkin. Bu esa yil davomida ikki marta hosil olish imkoniyatini berar edi.

Metallurgiyada ham ma'lum yutiglarga erishiladi. Metalni yopiq holda eritish tehnologiyasiga erishiladi. Misdan yasalgan oyna, tognagich, bilakuzik easalgan. Shuningdek misdan yasalgan qilich topilgan. Misga va ishlov berish va zargarlik umumjamoa hunariga aylanadi.

Sopol idishlari shokosa, kosa, piyolalardan iborat. Bundan tashqari marmarsimon ohaksimondan idishlar yasalgan. Kulolchilik yangi yutuqlarga erishiladi. Sopollar pishiriladigan xumdonlardan foydalanila boshlandi.

Toshdan yasalgan muhrlar hususiy mulkning shakllanganligidan dalolat. Ohaktoshdan yorguchoq, keli, havvonchalar yasalgan.

Ayol haykalchalari saqlanib qolgan holda soqolli erkak haykalchalari ham paydo bo'ladi.

Manzilgohlarda xom gishtdan alohida joylashgan kvadrat (Qoratepa) yoki cho'ziq (Geoksyur 1) shakldagi jamoa saganalari paydo bo'ladi. Ularning usti xom gishtdan aylana qilib yopilgan. Qabrlardan chaqmoqtosh qurollar, sopol idishlar mis buyumlar va toshdan ishlangan marjonlar, haykalchalar topilgan. Shuningdek jamoaviy qabrlar ham uchraydi. Ulardagi kuzatuv buyumlar juda kambagal. Asosan sopol idishlari, savatlar va kam sonli zeb-ziynatlardan iborat.

Eneolit davri manzilgohlardan haykalchalarning ko'plab topilishi uning ommaviy tayyorlanganligidan dalolat beradi. Ulardan hayvon (yovvoyi va xonaki) haykalchalari (neolit davri an'analarining davom etishi) kopchlikni tashkil etadi. Ammo ayol haykalchalari muhim o'rin tutadi. Haykalchalarda hosildorlik va ona ma'budalarining qiyofalari yorqin tasvirlangan. Ilk va qisman o'rta eneolit uchun tik turgan nufuzli ayol haykalchalarining tasvirlanishi xosdir. Haykalcha bo'ynidagi rangli munchoqlar va tanasidagi ramziy shakllari uning tabiat bilan hamnafas ekanligini ko'rsatib turibdi. So'nggi eneolit davriga kelib ayollarning o'tirgan holatdagi nafis haykalchalari keng tarqalib, boyoqlar o'rniga o'yma hamda yopishtirilgan naqshlar bilan bezatiladi. Erkaklarning tik va o'tirgan holatda ishlangan haykalchalari ham paydo bo'ladi. Erkaklar haykalchalarida soqol-mo'ylovi hamda bosh kiyimi aniq tasvirlangan. Erkaklar haykalchalari ma'budaning ilohiy sherigi yoki uning turmush o'rtogi yoki ilohiy qahramon sifatida izohlanadi.

Eneolit davrida devoriy naqshlar paydo bo'ladi. Yassitepa ibodatxonasining naqshlari geometrik shaklda bo'lib, ularga qora va qizil boyoqlar berilgan. Naqshlarning motivi ancha sodda va naqshli sopol idishlarnikiga o'hshaydi: to'r shaklidagi kvadrat va uchburchaklardan iborat. Lekin, shuni alohida ta'kidlash kerakki, eneolit davrida bir necha ming yillardan so'ng O'rta Osiyo me'morchiligida muhim o'rin tutgan geometrik shakllar bilan bezash usuli vujudga keladi.

Eneolit davri kulolchilik sohasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Ma'lum issiqlikni saqlaydigan xumdonlar paydo bo'ladi, xom ashyo sifati oshadi, kulolchilik buyumlarining ko'pligida bir rangli va ko'p rangli bezaklar bilan bezatila boshlaydi. Asosan kosalar va xumchalar naqshlar bilan bezatiladi. Asosan ikki xil boyoqlar: qizil va qora-jigar ranglar ishlatiladi. Dastlab idishlarning yuqori qismi uchburchak va parallel chiziqlar bilan naqshlangan. Asta-sekin idishlar o'zgacha ko'rkka ega bo'lib, bezaklkari ko'payib boradi. Idish atrofidagi aylana chiziqlar, uchburchak shakllarning orasi goh chiziq, goh kvadrat shakldagi xoch, goh tolqinsimon chiziqlar bilan to'ldirilgan. Keng tarqalgan motivlaridan biri xoch shakli bo'lib, ko'p sonli shakllarni vujudga keltiradi. Ma'lum uslubga solingan va aniq geometrik shaklga keltirilgan hayvon va qush tasvirlari paydo bo'ladi. Ular echkilar, mushuk zotiga oxshash olachipor hayvon (qoplon bo'lishi mumkin), yirik qanotli burgut va kichik qushlardan iborat. Odamlar tasvirlari kamchillikni tashkil qiladi. Masalan, sopol idish bo'lakchalaridan birida qarama-qarshi holatda turgan kishilar tasvirlanib, ular o'rtasida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri manzilgohlarda uchraydigan ayol haykalchasiga oxshash ayol ma'budasi tasvirlangan. Ko'rinishdan musavvir ayol ma'budasiga siginish harakatini tasvirlagan. Kishilarning obrazi va hayvonlar tasviri ba'zan ramziy belgi bilan uygunlashgan. Agar ilgari hayvonlar tasviri totemizm bilan bogliq bo'lgan bo'lsa, keyinchalik qadimgi dehqonchilik aholisi afsonaviy tafakkurdan chiqib, ular mazmunan boshqa bir ma'noli tasvirlarni aks ettira topa boradi.

Eneolit davri manzilgohlarda ko'p sonli tosh qurollari topilgan. Bular asosan dehqonchilik mehnat qurollari: yorgunchoq, hovoncha, oroq, dasta, kelidasta, tagkurs va boshqalar. Marmarsimon ohaktoshdan sirti qat-qat burma qilib ishlangan idish ko'rkam qilib yasalgan. Tosh va gipsdan zeb-ziynat buyumlari, asosan munchoqlar yasalgan. So'nggi eneolit davriga kelib bo'yinga osish uchun mo'ljallangan xoch yoki bir necha tishli xoch ilk bor paydo bo'ladi. (Qoratepa, Geoksyur 1). Ular yumshoq navli toshlardan yo'nib ishlangan. Suyakdan bigiz, sanchqi yasalgan. Keyingi davrida misdan yasalgan qurollar uchraydi. Ular pichoq, sanchqi, toqnogich, aylana shakldagi dastasiz oyna.



Sarazm madaniyati. Bu madaniyat Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarida eneolit va bronza davrlarida tarqalgan bo'lib, o'z nomini Samarqand shahridan 30 km. Sharqda joylashgan manzilgoh nomidan olgan. Manzilgohning umumiy maydoni 90 ga. bo'lib, o'nta kichik tepaliklardan iborat. Yodgorlik dastlab 1977-1986-yillarda arxeolog olim A.Isakov, keyinchalik uning shogirdi Bobomulloevlar tomonidan o'rganilgan. Arxeologik tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan yodgorlikning tadrijiy ketma-ketlikda rivojlangan to'rta bosqichini qayd qilib, ularning dastlabki ikki bosqichi (Sarazm 1-2) eneolit va keyingi ikkitasi esa (Sarazm 3-4) bronza davrlari bilan sanalgan. Tadqiqotchi olim yodgorlikning quyi qatlamidan topib o'rganilgan sopol buyumlarning ishlanish usuli va ularning sirtiga solingan naqshlarining Geoksur vohasidagi rivojlangan eneolit davriga oid yodgorliklar madaniy qatlamlarida o'rin olgan sopol buyumlari bilan bir xilligiga asosan Sarazm qishloqiga Janubiy Turkmaniston kelgan bir guruh dehqonlar asos solgan, degan fikrga keladi. Qadimgi jamoalari a'zolari ekin ekish va mol boqish orqali kun kechirishdan tashqari ijtimoiy hayot faoliyatini tashkil etish vositalari uchun zarur bo'lgan xom ashyo, ayniqsa, mis zahiralarini topish tashvishlari ularning zimmasidagi vazifa bo'lgan. Zarafshonning yuqori oqimida Turkiston tog tizmalarida esa ma'dan zahiralariga boy. Sarazm manzilgohi eneolit davrining rivojlangan bosqichida Geosur vohasidan metall izlab kelib joylashgan qadimgi dehqon jamoalari tomonidan asos solingan. Dastlabki tadqiqot natijalarida yodgorlikni mil.avv. IV ming yillikning oxiri (3150 yil) bilan sanalashgan. Keyinchalik yodgorlikda arxeologik qazishma ishlari davom ettirilib, amalga oshirilgan bir necha radiokarbon tekshirishlari quyidagi xronologik davriy sanalardan iborat natijalarni ko'rsatganligi qayd qilinadi:


t/r

Arxeologik majmua

Tarixiy bosqichi

Davri

1

Sarazm 1

Rivojlangan eneolit

mil.avv. 3900-3300 yy.

2

Sarazm 2

So'nggi eneolit

mil.avv. 3300-3000 yy.

3

Sarazm 3

Ilk bronza

mil.avv. 3000-2300 yy.

4

Sarazm 4

Rivojlangan bronza

mil.avv. 2300-1800 yy.

Sarazmning quyi qatlami sopol buyumlari (Sarazm 1) yuqorida qayd etilganidek, Janubiy Turkmanistonning Geoksur vohasining Anov 2 bosqichiga oid sopollari bilan bir xil bo'lib, qolda yasalgan sopollarining sirtiga qizil va qora rangdagi boyoqlarda geometrik naqshlar berilgan. Bu bosqich qatlamlarida misdan yasalgan buyumlar ham topilgan. qurilish inshootlaridan ko'p xonali imoratlarning o'rni ochib, ular ikki va uch xonadan iborat kichik oilalar uchun mo'ljallangan alohida hovlilardan tashkil topgan. Tarkibida oshxona va xojalik maqsadlarida foydalanilgan qo'shimcha xonalar ham bo'lgan hovlinining atrofi yupqa devor bilan o'rab olingan. Yashash xonalari ichkarisida aylana shakldagi ochoqlar joylashgan. Bunday ochoqlar Geoksur vohasidagi yodgorliklarning Anov 2 bosqichi oid qatlamlarida ham ko'plab uchraydi. Imoratlar guvala va paxsadan barpo qilingan. Moddiy topilmalarilari Geoksur vohasi yodgorliklarida uchraydigan ashyoviy manbalari bilan umumiylik kuzatilish bilan birgalikda, Eron, Afgoniston hamda Kaltaminor madaniyati yodgorliklar topilmalari bilan ham oxshashliklarni kuzatish mumkin. Bu holat eneolit davri jamoalari o'rtasidagi ma'lum darajadagi madaniy aloqalarning mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.



Sarazm 2 bosqichi davrida manzilgoh keng o'zlashtirilib, uy-joy imratlari kengayadi. Amalga oshirilgan qazishmalar natijasida 8 ta mahalladan tashkil topgan 36 ta uy-joy imoratlarining o'rni aniqlangan. Alohida oilalarga tegishli hovlilar yashash, xojalik va e'tigod masadlarida foydalanilgan xonalardan tashkil topgan bo'lib, o'zaro ko'chalar orqali ajralib turgan. Qurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda togri burchak xom gishtlardan foydalanilgan. Devorlarning sirti samonsuvoq qilingan. Ba'zi xonalarda toat-ibodat maqsadlarida foydalanilgan aylana shakldagi ochoqlar bo'lgan. Qazishma ishlari jarayonida uy devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi aniqlangan. Qolda yasalgan sopol buyumlarining sirtiga qizil va qora rang boyoqlarda naqshlar solish an'anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz qilingan sargish rangli tag ustida solingan naqshli sopol buyumlari bilan birgalikda nashsizlari ham keng tarqaladi. Tag kismi uchli qilib, o'rtasida tortilgan chiziqlar bo'lab romb shakllari tushirilgan sopol buyumlari ham ajralib turadi. Bu turdagi sopollar Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklarda uchraydi. Toshdan xojalik maqsadlarida foydalanilgan buyumlar: urchuqbosh, kelitosh va boshqalar aniqlangan. Bu bosqichda misdan yasalgan buyumlar soni nisbatan ko'payadi.

Markaziy Osiyoning o'zlashtiruvchi xojalik shakllarini saqlab qolgan jamoa a'zolariga tegishli madaniyatlar faoliyat yuritadi. Ularda mahalliy hududning tabiiy-geografik sharoitlaridan kelib chiqib, o'zlashtiruvchi xojalik shaklining ovchilik, terib-termachilik va baliqcilik shakllari bilan kun kechirishgan. Bu turdagi madaniyat egalari neolit davrining oxirgi bosqichlarida ishlab chiqaruvchi xojalik shakllariga o'ta boshlaydilar.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling