Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Download 0.62 Mb.
bet6/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


II.Bob. Bronza
Bronza davri umumiy tavsifi. Bu davr metallurgiya taraqqiyotining to'rtinchi bosqichi-misni eritib, boshqa bir metall bilan eritishsh asosi bronza ko'tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O'rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo'lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yaroglarining paydo bo'lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarhal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo'lishi, qabilalar o'rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi.

Ammo, jamiyat taraqqiyoti O'rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar, xususan, cho'l hududlari ancha orqada qolib ketgan. Xojalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shugullanuvchi aholi to'plangan hududlar paydo bo'ladi. Buning natijasida bir-biridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shugullanuv-chi aholi yashasa, shimoliy va sharqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo'lgan chorvador qabilalar yashab, ular xojalik va madaniyat shakllariga ko'ra bir-birlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo'lishgan.

Shunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sugorish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o'rnini hayvonlarga omoch qoshilgan qaydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mamahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish, kulolchilik, toshni qayta ishlash, toqimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental memorchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e'tibor kuchayadi.

O'rta Osiyoning bronza davri mil.avv. III ming yillikning ikkinchi choragida mil.avv. II ming yillikning oxirlarga qadar bo'lgan davr doirasida davrlashtirib kelingan. Lekin, o'tgan asrning oxirlaridan boshlab O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik markazlaridagi arxeologik yodgorliklarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida amalga oshirlgan ko'plab radiokarbon tekshiruv natijalari mintaqada bronza davrining sanasi biroz qadimiylikdan iborat bo'lganligini ko'rsatmoqda. Shunga ko'ra olingan kalibrli tekshiruv natijalariga asoslanib O'rta Osiyoning janubiy o’troq dehqonchilik hududining bronza davri arxeologik majmualarining quyidagi xronologiyasi taklif etiladi.




T/r

Bronza davri bosqichlari

Arxeologik majmualar

Davri

1

Ilk bronza

Nomozgoh 4

mil.avv. 2900-2400 yy.

2

Rivojlangan

Nomozgoh 5

mil.avv. 2300-1900 yy.

3

So'nggi

Nomozgoh 6

mil.avv. 1900-1400 yy.

Markaziy Osiyo mintaqasida bronza davri quruq va issiq iqlim sharoiti qaror topadi. Bu dasht hududlarida, ayniqsa shimoliy o'lkalarda chorvachilik xojalik shaklining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratsa, ayrim o’troq dehqonchilik o'lkalarida rivojlangan madaniyatlarning inqirozga uchrashishiga olib kelgan. Natijada butun davr mobaynida madaniy-xojalik shakliga ko'ra keskin farq qiladigan ikki mintaqa qaror topadi. Tabiiy-geografik jihatdan qulay bo'lgan janubiy o'lkalarda eneolit davridayoq vujudga kelgan ilk shaharlar ixtisoslashgan hunarmandchilik, savdo, madaniyat rivojlangan markazlari sifatidagi ahamiyati o'sadi. Shimoliy o'lkalarda esa o'zlashtiruvchi xojalik shakli (ovchilik) asosida chorvachilik shaklining vujudga kelishi, mazkur davrning keyingi bosqichlarida sodda dehqonchilining paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi.

Bronza davri metallurgiya taraqqiyotining to'rtinchi-mis asosida metallarga quyish asosida ishlov berish usulidan foydalanishning boshlanishiga togri keladi. Yuqori haroratdagi issiqlikni saqlaydigan moslamalar (xumdon, metall eritish pechlari) va kulolchilik charxidan foydalanishning boshlanishi hunarmadchilik taraqqiyotiga sezilarli ta'sir qildi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi va oxir oqibatda ijtimoiy mehnat taqsimoti sifatida ajralib chiqishi bilan yakunlanadi. Bu esa ayrboshlash asosidagi ichki savdo munosabatlarining vujudga kelishiga olib keladi. Jamiyatda shakllanayotgan aholining turli qatlamlari ehtiyoji talablariga javob beradigan zargarlik san'ati takomillashib boradi. Bular qadimgi sharqning sivilizatsiya dastlab shakllangan o'lkalarida chuqur kechayotgan jarayon bo'lib, ular bilan birgalikda yirik shahar markazlari rivojlanib boradi. Markaziy Osiyoda bu jarayon nisbatan ilgariroq sodir bo'lgan hudud Turkmanistonning janubiy qismida Kopetdag va qizilqum o'rtasidagi kichik daryo va soylardan tashkil topgan tor vohalar hisoblanadi. Bu hududda neolit davrida shakllangan otroq dehqonchilik madaniyat eneolit davri davomida takomillashib, bronza davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga xos madaniyatning vujudga keklishi bilan yakunlanadi.

Janubiy-garbi Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi. Janubiy Turkmaniston bronza boshqa davrlar kabi 1904 yilda R.Pampelli va G.Shmidtlarning Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalaridan ma'lum bo'lib, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining tashkil etilishi arxeologik tadqiqot ishlari, xususan bronza davrini o'rganish ko'lami kengayadi. Turli yillarda rossiyalik olimlardan B.A.Kuftin, V.M.Masson, I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi, A.F.Ganiyalin, turkmanistonlik arxeologiklardan D.D.Durdiyev, Е.Atagariyev O.K.Berdiyevlar tamonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida bronza davriga oid qatlamlar qisman yoki toliq o'rganilgan. Mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsina va peleozoolog N.M.Еrmolovalarning ham tadqiqotlarini ta'kidlab o'tish zarur.

Janubi-garbiy Turkmanistonning ilk va rivojlangan bronza davri V.M.Massonning 80-yillarga qadar amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari asosida quyidagi (Anov 3) bosqichlar doirasida belgilangan:

1. Ilk bosqichi (Nomozgoh 4) - mil. av. 2750-2250 yillar

2. Rivojlangan bosqichi (Nomozgoh 5) - mil. av. 2250-1850 yillar

Nomozgoh 4 bosqichi madaniy qatlamlari yodgorliklarda 4-9 metrni tashkil etadi. Bu bosqich sirtiga monoxrom geometrik naqshlar yoki hayvon (echki), qisman qushlar va quyosh belgilari tasviri berib, ishlangan sopol idishlar an'anasi urf bo'lgan. Bosqich oxirlarida kulolchilik charxidan foydalanish boshlanadi. Nomozgoh 5 bosqichi madaniy qatlamlari 2,5 metrni tashkil etadi. Sopol buyumlari kulolchilik charxida ishlanib, sirtiga qizgish-oq, sariq yoki qisman pushti rangdagi angob berib ishlangan sopol idishlar paydo bo'ladi. Bu bosqichda Nomozgoh 4 davri naqshli sopollari asta-sekin muomaladan chiqib boradi.

Bu davr manzilgohlarining ikki shakli: 10 va undan ortiq ga. maydonni egallagan “markaz” manzilgohlar va 0,25-1 ga. maydondan iborat qishloqlardan iborat yodgorliklar ajralib turadi. Yirik maydonni egallagan manzilgohlar sirasiga Oltindepa, Nomozgohdepa, Dushakdagi Uluqdepa, Kaushutdagi Qoradepa va Tajang va Murgob daryolari oraligidagi Hapavuzdepa yodgorliklarini kiritish mumkin.

Qishloq turidagi yodgorliklardan Ashgabad yaqinidagi Oqdepa, Shordepa, Anov yodgorligining janubiy tepaligi va boshqalar shu kabi yodgorliklari toliq yoki qisman bronza davri dehqon jamoalari hayotidan darak beradi.

Markaziy manzilgohlardan Nomozgohdepa va Oltindepa kabi yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Nomozgohdepaning umumiy maydoni 70 ga. ni tashkil etadi. Yodgorlikda qazishma ishlari qisman olib borilgan. Ilk bosqichga oid madaniy qatlamining qalinligi 4-7 metrdan iborat. Qazishmalar davomida tor ko'chalar bilan ajratilgan ko'p xonali uylarning o'rni va kulolchilik xumdonlar ochilgan.

Yirik manzilgohlardan biri hisoblanadigan Oltindepa yodgorligi nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikda V.M.Masson boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan qazishma ishlari olib borilgan. Yodgorlikning quyi qatlami moddiy ashyolari NMZ 1 bosqichiga oid bo'lib, manzilgoh eneolit davrining boshlarida shakllangan. Bir necha alohida tepaliklardan tashkil topgan manzilgohning umumiy maydoni 26 ga. dan iborat. Eneolit davrining oxirlariga kelib har tomonlama rivojlanish bosqichini boshlagan manzilgoh bronza davrida qadimgi sharq markazlariga xos taraqqiyot yo'lidan boradi.

Manzilgoh tashqi tomonidan muhofaza devorlari barpo etilib, ichki tomondan alohida qismlardan iborat mahallalar tarkib topadi. Arxeologik qazish ishlari natijasida manzilgohning atrofini o'rab olgan qalin mudofaa devorining qoldiqlari o'rganilgan. Muhofaza devori faoliyati davomida uch marta qurilish ishlari amalga oshirilgan aniqlangan. Dastlab barpo etilgan devorning qalinligi 2 m., keyinchalik 4,8 m., rivojlangan bosqichida esa 6 m. dan iborat bo'lgan. Devor tashqi tomondan yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Mazilgohning janubiy tomonida joylashgan asosiy darvozasi tomonlarida bino qilingan 6,2x3 m. o'lchamdagi minoralar tik tushirilgan me'moriy bezak- “plyastr” bilan boyitilgan. Eniga 15 m. keladigan darvoza arava va piyodalar uchun alohida yo'laklari ajralib turgan. Bu inshootlar manzilgohning rivojlanish cho'qqisiga chiqqan davrda barpo qilingan. Manzilgohga umumiy darvozadan boshlanadiga yo'l orqali kirilib, unga tutashgan yo'lakchalar mahallalarga ajratib turgan. Asosiy yo'laklar 4-5 m. unga tutashgan yo'lakchalar esa 1,5-2 m. dan iborat bo'lib, asosiy ko'chalarga sopol buyumlari siniqlari yotqizib chiqilgan.

Manzilgohda aholining kasbiga va jamiyatdagi mavqeaga ko'ra alohida mahallalarga bo'lingan. Arxeologik jihatdan hunarmandlar-(kulollar, misgarlar) davlatmand shaharliklar, zodogonlar va diniy markazlardan tashkil topgan qismlarga bo'linadi. Arxeologik jihatdan ma'lumki, har birida aholining zichligi, uy-joy imoratlarining maydoni hamda ularda aniqlangan ashyoviy buyumlar miqdori va sifati jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Hunarmandlar mahallasi bir xonadan tashkil topgan o'rtacha 27 kv.m. pastham uylardan iborat bo'lsa, davlatmand aholi qatlamlari uylari bir necha xonali hovlilardan iborat bo'lgan. Zodagon tabaqa vakillariga tegishli mahallada uylarninig umumiy maydoni 100 kv. m., hatto 180 kv. m. ni tashkil etgan.

Oltindepaning sharqiy qismidagi tepalikda o'tgan asr 60-yillari oxiri 70-yillar boshlarida V.M.Masson rahbarligidagi arxeologlar guruhi amalga oshirgan qazish ishlarida o'ziga xos diniy imoratning xarobalarini ochib o'rganishga muvoffaq bo'lishgan. Bu inshoot tashqi tomondan zinasimon shaklda barpo qilingan bo'lib, faoliyati davomida uch marotaba qayta qurilish ishlari olib borilgan. Natijada ustidagi minorasi baland va yirik ko'rinish olgan. Uning ikkinchi zinasi uch tabahali “plyastr”-me'moriy bezak shaklida barpo qilingan. Ibodatxona sajda majmuasi, xojalik va yashash uy-joy qismlaridan tashkil topgan. Sajda majmuasida kohinlar jamoasi saganasi o'rin olgan, undagi xonalarning biri bevosita sajda uchun mo'ljallangan. Undan topilgan “ko'tarma-uchoq” devoriga tutashtirib qurilgan “olov-mehrobi”ning joylashishi muhim hodisa hisoblanadi. Ibodatxona majmuasidan buqaning oltindan yasalgan haykalchasi topilgan. Uni ishlashda kumush (shohi), lazurit (ko'zi) lardan ham foydalanilgan. Bu erda ham yulduz belgilari uchraydi. Mesopotamiyadagi Ur davri zikkuratlarini eslatadi. Old Osiyoning turli hududlaridagi ibodatxonalardan aniqlangan buqa shaklidagi haykalchalar tadqiqotchi olimlarni oy hudosiga bagishlangan ibodatxona, sifatida e'tirof etishlariga sabab bo'lgan. Ma'lumki, sxumerliklar mifologiyasiga ko'ra buqa guyoki oydan tushib, uning sharafiga ibodatxonalar barpo etilgan.

Bu yodgorlikning bir qismida 2 ga. maydondagi hududda kulollar mahallasi joylashgan. Bu erdan 60 dan ortiq kulolchilik xumdonlarning qoldiqlari ochib o'rganilgan. Ular odatda ochoq va xumxona qismlaridan iborat ikki tabaqali yoki qavatdan iborat qurilmani tashkil etgan.

Uy-joylari yuqorida qayd etilganligi kabi aholining jamiyatda tutgan mavqeiga ko'ra bir va ko'p xonali uylardan tashkil topgan. Murdalar uylar atrofida marxumlarning mavqeiga ko'ra kuzatuv buyumlari buyumlari bilan qo'shib ko'milgan.

Kulolchilikka nisbatan metalchilik taraqqiyoti ancha orqada edi. Ammo, turli xil buyumlar yasashga ixtisoslashgan mis quyish ustaxonalari mavjud bo'lgan. Chaqmoqtoshga ishlov berishning ba'zi bir ko'rinishlari saqlanib qoladi. Toshdan dehqonchilik uchun kerakli bo'lgan mehnat qurollari, taqinchoqlar tayyorlanadi. Toqimachilik keng rivojlangan bo'lgan. Bu davrda bronza, keyinchalik kumush va oltinlar asosida zargarlik san'ati shakllanib, bronza davrining oxirida etilgan hunarmandchilik turiga aylanadi. Zargar ustalar turli taqinchoq, ilohiy buyumlar tayyorlashgan. qisman bronza, mis va koproq toshdan ishlangan muhrlar jamoa yoki umumoilaviy mulkning shakllanishi bilan bogliq hodisadir. Muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Messopotamiya muhrlariga oxshash. Dastlab muhlarda aniq hayvonlar yoki fantastik mavjudotlarning tasviri kam uchragan bo'lsa, keyinchalik ko'payib ularning ramzlari murakkablashadi va guruh tasvirlar ko'payib boradi.

Oltindepa yodgrligining bu davrga oid madaniy qatlamlaridan qadimgi sharq markazlarida (Shumer, Elam, Hindiston) uchraydigan dastlabki yozuvlariga o’xshash belgilar ko'plab uchraydi. Lekin, bunday belgilar hozirda alohida tadqiq etilmagan. Terrakotik haykalchalarning sirtiga chizilgan belgilarni tadqiqotchi olimlar hafta, oy va yillarni ifodalovchi taqvim sifatida foydanilgan, deb hisoblashadi.

Bronza davri haykalchalari uchun yangi shakldagi ayol ma'budalari obrazining paydo bo'lishi xos. Beldan pastki qismi alohida ishlangan, bosh qismini ishlash asosiy e'tiborni qaratishgan. Erkaklarning haykalchalari esa kam uchraydi. Rivojlangan bronza davrida bir necha shakldagi ayol haykalchalari paydo bo'ladi, bu esa janubiy Turkmaniston aholisi yagona hudoga emas, aksincha bir necha ayol ma'budalariga e'tigod qilganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda ham erkaklarning haykalchalari ayollarnikiga nisbatan juda kam uchraydi.

Janubiy Turkmanistoning yirik hajmdagi manzilgohlari qadimgi dehqon jamoasining bronza davri markazi sifatidagi ilk shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bu manzilgohda tabaqalanish jarayoni barcha sohalarda namoyon bo'lishi, goyaviy markaz hisoblangan ibodatxonaning mavjudligi, hususiy mulkdan darak beruvchi muhrlarning paydo bo'lishi, ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, yozuv va boshqa belgilariga ko'ra ilk shahar shaklidagi manzilgohlar sirasiga kiradi. U ma'lum bir vohaning nafaqat ma'muriy, balki sovdo-ishlab chiqarish va madaniy markazlar ham hisoblangan. Bu erda fil suyagi va lazurit toshidan ishlangan turli buyumlar uzoq o'lkalar bilan savdo aloqalari olib borilganligidan dalolat beradi. NMZ 5 bosqichining oxirlariga kelib, Kopetdagning shimoliy hududidagi ilk shahar shaklidagi yirik aholi manzilgohlari inqirozga uchraydi.

Altindepa, Nomozgohdepa va boshqa shu kabi yirik markazlar inqirozga uchrab, tashlandiq holga kelib qoladi. Oltindepaning bir qismida hayot davom etadi. Bu holatni tadqiqotchi mutahassis olimlar bronza davrida vohada qurgoqchil iqlim sharoitining qaror top bilan tavsiflanadi. B.Ya.Kircho Oltindepa yodgorligining yuqori madaniy qatlamlarida qoramol suyaklarining uchramasligi-ni, aksincha kichik tuyoqli hayvonlar suyaklarining ko'p uchrashini aytib o'tgan.

Ikkinchi tomondan esa qadimgi dehqon jamoasi tomonidan bir necha asrlar davomida ekin maydonlaridan muntazam foydalanishi, ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga olib kelgan. Natijada aholining tarqab ketishiga sabab bo'lgan.

Murgob vohasining bronza davri arxeologiyasi. Ilk yozma manbalarda Mouru (Avesto), Margush (qadimgi fors), Margiana (yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan tarixiy-madaniy o'lka hozirgi Turkmaniston Respublikasidagi Murgob vohasi hududlarida joylashgan.

O'lkaning bronza davriga oid yodgorliklari Murgob daryosining quyi oqimi hududlarida tarqalgan. Ularni arxeologik jihatdan o'rganish harakatlari XIX asrning oxirlaridan boshlanib, o'tgan asrning boshlarida R.Pampelli va G.Shmidtlar tomonida vohada amalga oshirgan arxeologik qidiruv ishlari davomida dastlabki otroq dehqonchilik manzilgohlari aniqlangan. Murgob vohasi arxeologiyasiga jiddiy e'tibor o'tgan asrning 70-yillaridan boshlangan bo'lib, hozirga qadar bronza davriga oid juda ko'p arxeologik yodgorliklar topib tekshirilmoqda. Vohaning bronza davri arxeologiyasini o'rganilishi Toshkent arxeologisi maktabi tarbiyalanuvchisi V.I.Sarianidining tinimsiz mehnati samarasining natijasidir.

Vohaning bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar alohida irrigatsiya tarmoqlari (ariqlar) bilan sugoriladigan tor hududlardan iborat mikrovohalar yoki xojalik tumanlarida joylashgan. Butun voha hududida bronza davrining turli bosqichlarida faoliyat yuritgan quyidagi 9 ta xojalik tumanlari arxeologik jihatdan o'rganilgan: Keleli, Gonur, Toqaloq, Tahirboy, Ajiquyi, Toip, Odambosan, Avchin, Egriboqoz, ulardan xojalik tumanlari alohida o'rin tutadi. Ularning har birida asosiy markaziy manzilgoh atrofida joylashgan 30 dan ortiq bo'lgan manzilgohlardan tashkil topgan asosiy markaziy manzilgoh va uning atrofidagi kichik manzilgohlardan iborat.

Murgob vohasining quyi oqimi hududlari qadim aholining sugorma dehqonchilik xojaligini yuritish uchun juda qulay erlar bo'lganligi sababli eneolit davrining oxirlaridan Geoksur vohasi aholisining hududiy kengayishi natijasida u erdan ko'chib kelgan bir guruh aholi tomonidan o'zlashtiriladi. Bronza davriga kelib ushbu o'lkaga kirib kelgan boshqa bir etnik guruh tomonidan yaratilgan madaniyat qaror topadi. Bunday madaniyat egalarining ildizlarini V.M.Masson Janubi-garbiy Turkmaniston hududlari bilan boglaydi. Tadqiqotchi olim navbatdagi ekologik inqiroz sababli bu erdagi yuksak darajada rivojlangan protoshahar turidagi madaniyat markazlarining mil.avv. II ming yillikning boshlarida (mil.avv. 1800) tushkunlikga tushishi natijasida aholi o'zlarining joylarini tashlab Margiyona va Baqtriya hududlariga ko'chib o'tadi, degan ilmiy fakrlari asrimizning boshlariga qadar hukmron edi.

Bu erdadagi arxeologik yodgorliklarda uzoq yillar davomida qazishma ishlarini olib borgan V.I.Sarianidi esa Murgob vohasining bronza davri madaniyati ildizlarini Old Osiyoning chekka shimoli-sharqiy hududlaridagi erlardan izlashga harakat qiladi. Uning fikrlariga ko'ra mil.avv. IV ming yillikning o'rtalaridan Sharqiy O'rta er dengizi hududidan Eron toglariga qadar bo'lgan ulkan hududlar qurgoqchil iqlim sharoiti hukmron bo'lib, yogingarchilik miqdori keskin pasayib ketgan ekologik sharoiti Anatoliya va va Shimoliy Suriya aholisi hayotiga jiddiy ta'sir qilgan. Bunday sharoit Oronto vohasidagi protoshahar madaniyati taraqqiyotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatib, aholisi sharqiy o'lkalarga ko'chishga majbur bo'lishadi. Yangi erlarni ishlash harakatida aholising asosiy qismi Murgob vohasiga, bir qismi esa Surxon va Balhob vohalariga joylashishib, qolgan qismi hatto Sharqiy Turkiston hududlariga qadar borib etishadi.

Umuman, bu turdagi madaniyat egalari moddiy madaniyati va xojalik husuyatlari umumiyligidan kelib chiqqan holda arxeologiya fani sohasida Baqtriya va Margiyona arxeologik kompleksi, ya'ni majmuasi (BMAK), degan atamani ishlatish an'anasi mavjud. BMAKning bronza davri xronologiyasi mil.avv. 1800/1700-1000 yillar doirasida belgilangan. Lekin, keyingi radiokarbon tekshirishlari mazkur xronologik ko'rsatkichni taxminan 500 yilga, ya'ni mil.avv. 2300/2150-mil.avv. 1400 yillikga qadimiylashtirgan.

Vohaning bronza davri arxeologik yodgorliklarining vazifasi va maydoni o'zaro farq qiladigan turlari ajralib turadi. Ular ilk shahar, qal'a qo'rgonlar, dehqonchilik qishloqlari va diniy inshootlardan iborat bo'lib, maydoni 0,02 gektardan 25 gektarga qadar boradi. Ulardan maydoni jihatdan yirik 10-25 gektarni tashkil etgan ilk shahar turidagi manzilgohlar bo'lib, ular sirasiga Gonur, Toqaloq yodgorliklarini kiritish mumkin. Bu manzilgohlar ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan bo'lib, muhofaza tizimiga ega bo'lgan.

Gonur manzilgohi vohadagi manzilgohlarning eng yirigi bo'lib, uning ma'muriy markazi vazifasini o'tagan. Gonurning markazida kvadrat shakldagi ichki qala joylashgan bo'lib, muhofaza devori bilan o'rab olingan. Devorlar tashqi tomonda togri to'rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Qalada markaziy o'rinni saroy egallaydi. Uning atrofida mahalliy hukmdor va saroy amaldorlari uchun xizmat qilgan ibodatxonalar joylashgan. Bu erdagi ibodatxona olov va suvga siginish, qurbonlik keltirish, in'om qilish odatlari uchun xizmat qiluvchi yagona majmuani tashkil etgan.

Boshqa yirik manzilgohlar Keleli, Toqaloq, Toip va boshqalar hisoblangan. Ular alohida mikrovohalarning markazi hisoblangan. Gonur esa butun Murgob vohasining markazi hisoblangan. Bu erdagi markaziy manzilgohlarda asosiy o'rinni ibodatxonalar egallagan. Toqaloq 21, Toqaloq 1 kabi manzilgohlardagi ibodatxonalar markaziy xonalaridan ko'plab haoma tayorlashda foydalanilgan o'simlikni yanchadigan keli toshlar va haoma tayorlanadigan idishlar topilgan. Murgob vohasi aholisi orasida otashparastlik va muqaddas ichimlik kulti keng tarqalgan. Muqaddas ichimlik kulti mitraga siginish odati bilan bogliq. Klassik mitra kelishuv va muzokara hudosi hisoblangan. Hindevropaliklar mitraga quyosh hudosi sifatida siginishgan. Regvida va Avestoda quyosh chiqishning sherigi sifatida maydonga chiqib, yomgirni chaqiradi, o'simliklar o'sishiga va butun hosilga yordam beradi, degan fikrni bildiradi Meri Boys. Uning sheriklari tomonidan olov mitraning vakili sifatida qaraladi. Lingvistlar mitra bilan olov va quyosh o'rtasidagi umumiylikni topishgan.

Qala-qo'rgon turidagi manzilgohlar sirasiga Keleli 3 mansub bo'lib, baland tag kursi ustida barpo etilgan kvadrat shaklidadagi (128x128 ) atrofi muhofaza devori bilan o'ralib, yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan yodgorlikni kiritish mumkin.

Boshqa turdagi manzilgohlari dehqon jamoasining oddiy qishloqlaridan tashkil topgan yodgorliklardan iborat. Har bir xojalik tumanilarida bunday manzilgohlarning bir nechatasi joylashgan. Bu davrda Margiyonada ixtisoslashgan ishlab chiqarish yaxshi rivojlanadi. Gonurtepa yodgorligining shimoliy va garbiy qismidagi kulollar mahallasidan kulolchilik xumdonlari o'rganilgan. Metallarga ishlov berish ishlari yanada takomillashadi. Bronzadan Mehnat qurollari va uy-ro'zgor bumlarini yasash hunarmanchiligi takomillashadi. Shuningdek, hususiy mulk belgisini ifodalovchi muhrlar va yozuv belilari ham keng tarqaladi. Shimoliy Gonur saroyi darvozasida loy tahtachaga tushirilgan sxematik belgilar va qadimgi sxummer, qadimgi hind yozuvlariga oxshash mixxat yozuv belgilari tushirilga muhrlar aniqlangan. Murgob vohasining bronza davri taraqqiy etgan madaniyati bronza davrining oxirlariga kelib, inqirozga yuz tutadi.

Baqtriyaning so'nggi bronza davri arxeologiyasi. Ilk yozma manbalarda Bahdi (Avesto), Baqtrish (qadimgi fors), Baqtriya (yunon-rim) nomlari bilan keltirilgan qadimiy o'lkada, uning hududi so'nggi bronza davrida Surxon vohasi va Shimoliy Afgoniston doirasida chegaralangan. Bu o'lkada ilk otroq dehqonchilik madaniyati so'nggi bronza davrida qaror topadi. Dastlabki topib aniqlangan yodgorliklarga nisbatan Shimoliy Baqtriyada - Sopolli, Janubiy Baqtriyada esa - Dashli madaniyati nomlari bilan yuritiladi.

Sopolli madaniyatiga oid dastlabki otroq dehqon jamoasi qishloqi Kohitangtogning janubi-garbiy etaklarida (hozirgi Muzrobod cho'li) Ulanbuloq-soyning so'l yoqasida joylashgan shu nomdagi yodgorlik o'rnida shakllanib, taraqqiyotining so'nggi bosqichlariga qadar Surxon vohasining Sharqiga tomon yoyilib boradi. Mazkur madaniyatga oid arxeologik yodgorliklari A.A.Asharov, B.Abdullayev, T.Sh.Shirinov, Sh.B.Shaydullayev, N.A.Avanesova kabi mutaxas-sislar tomonidan o'rganilgan va hozirda ham davom ettirilmoqda. Shimoliy Baqtriyaning so'nggi bronza davriga oid o'rganilgan arxeologik yodgorliklar va ulardan aniqlangan ashyoviy manbalarga asosan Sopolli madaniyati shartli ravishda Sopolli, Jarqoton, Ko'zali, Molali, Bo'ston kabi bosqichlarga ajratilgan.

Sopolli bosqichiga oid Ulanbuloqsoy mikrovohasidagi shu nomdagi yodgorlik yaxshi o'rganilgan. 4 ga. maydoni egallagan manzilgohning madaniy qatlami 2,5 metrgacha boradi. Qazish jarayonida 3 ta qurilish davri aniqlangan. Manzilgoh labirint shaklidagi uch qator mudofaa devori bilan o'rab olingan. Manzilgoh ichkarisida janubiy tomondan kiriladigan birgina darvozadan boshlanadigan magistral ko'chaga tutashgan kichik ko'chalar bilan ajratilgan 8 ta mahalla joylashgan. Ularda aholi uy-joy, xojalik imoratlari mudofaa devorlariga to'tashtirib qurilgan. Manzilgoh o'rtasida ochiq joy mavjud. Manzilgohning uch qurilish davri davomida imoratlarni qayta va qoshimcha qurish davomida ochiq maydon biroz qisqaradi.

Har bir mahalladan manzilgohning barcha bosqichlariga oid kulolchilik xumdonlarining o'rni ochib aniqlangan. Ular er osti, ikki kamerali va ikki yarusli xumdonlardan iborat. Mayitlar manzilgoh ichkarisida uylarning poli tagida joylashgan. Murdalar yonbosh, erkaklar chap tomonga, ayollar esa o'ng tomonga qaratib jinsiga harab tegishla kuzatuv buyumlari bilan dafn qilingan. Sopollitepadan jami 138 qabr ochib, 125 tasi yakka, 13 tasi juft jami 157 ta marqum mayiti joylashgan. Shuningdek, hayvonlar dafn qilingan qabrlar va kenotaflar ham mavjud.

Sopol idishlari qisman qolda va asosiy qismi kulolchilik charxida yasalgan. qolda ovqat pishirishga mo'ljallangan yirik va qalin idishlar yasalgan. Ularning loyiga xashak qoshilgan. Kulolchilik charxida yasalgan idishlarning sirtiga angob berilgan va yaxshi pishirilgan. Bundan tashqari bronzada va toshlar yasalgan sopol idishlari sopollarnikiga o'hshatib ishlangan. Bronza buyumlari xanjar, kamon oqlari, pichoq, bolta, tesha va boshqalarning ko'plab uchrashi “bronza metallurgiyasi” alohida hunarmandchilik turi sifatida rivojlanganligidan dalolat beradi. Toshdan ishlangan urchuqboshlar, kamon oqlarining uchlari yasalgan. Bronzadan oyna, bigiz pardoz-andoz buyumlari, xususan, surmadanlar yasalgan. Yodgorlikdagi ikkita qabrdan metaldan ishlangan narvon nusxasi kishilarning kosmogonik qarashlari bilan bogliq hodisa ekanligidan dalolat beradi. Muhrlar loy, tosh va bronzadan yasalgan.

Yodgorlikga yaqin joyda 70-yillarda A.A.Asharov er o'zlashtirilishi davrida tekislanib, o'rnida qisman sopol parchalari, hayvon suyaklari va kul qatlamlari saqlangan Kultepa va Kichiktepa yodgorliklarini ham qayd etgan. O'z davrida ularning soni nisbatan koproq bo'lgan bo'lishi mumkin. Ulonbuloqsoy aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi bilan shugullanishgan. Ular xojaligida ovchilik o'z ahamiyatini toliq yoqotmagan.

Jarqoton bosqichida Sherobod vohasidagi Bo'stonsoyning chap tomonida joylashgan shu nomdagi yodgorlik taraqqiyoti bilan bogliq. Manzilgohda hayot sopollining oxirgi bosqichida shakllanadi. Yodgorlik tarqoq joylashgan kichik tepaliklardan iborat manzilgoh va soyning boshqa qismidagi qabristondan tashkil topgan.

Muhofazalagan qala va unga tutash joylashgan aholi yashash qismlarini tashkil etgan hozirda suvsizlanib qolgan Bo'stonsoy o'zanining qoltiq hosil qilgan qismida joylashgan manzilgohda arxeologik qazishma ishlari 1973-1975 yillarda A.A.Asqarov, B.Abdullayev, U.V.Raxmonovlar tomonidan amalga oshirilib, keyinchalik T.Sh.Shirinov, Sh.Sh.Shaydullayev va nemis arxeolog olimlari hamkorligida davom ettirilmoqda.

Yodgorlik ark va uning atrofidagi joylashgan tepalikliklarda urug jamoalari imoratlari majmuasidan iborat bo'lgan shahriston va manzilgoh tashqarisidagi 3000 yaqin mozorlar o'rin olgan qabriston qismlaridan tashkil topgan. Hozirga qadar nashr qilingan ilmiy nashrlarda yodgorligining umumiy maydoni 100 gektardan iborat bo'lib, uning 20 gektarini mozor tashkil etadi. Jarqotonning asosiy qismidan o'rin olgan tepaliklar balandligi jihatidan bir-biridan unchalik farq qilmaydi, madaniy qatlamlari qalinligi baland joyida 3 metrdan oshiq.

Jarqoton arki yodgorlikning shimoli-garbiy qismida dunyo tomonlariga mos holda joylashgan. Umumiy maydoni 3 gektar, atrofi joylarda sal kam 3 metr qalinlikdagi xom gishtdan barpo qilingan mudofaa devori bilan o'ralgan. Devor ma'lum masofada kvadrat shaklidagi burjlar bilan ta'minlangan. Uning garbiy tomonida 42x42 m. o'lchamdagi imoratning o'rni ochib, uning tashqi devori qalinligi 4 metrdan iborat bo'lib, tashqi tomondan 13 ta kvadrat shaklga ega bo'lgan minora-burjlar bilan kuchaytirilgan. Devorlari oq ganch bilan suvalib, u tadqiqot ishlari olib borgan olimlar hamfiklikda qadimgi saroy bolishi mumkin, degan xulosaga kelishlariga asos bo'lgan.

E'tiborli tomoni shundaki, yodgorlikning arkida bronzaga ishlov berish bilan bogliq hunarmandchilik majmuasi aniqlangan. Topilmalar orasida e'tiborga molik ashyo manba bronzadan ishlangan pichoq dastasi bo'lib, uning bandi temirdan yasalgan. Bu bevosita Sopolli madaniyati aholisining temirni bilganligini ko'rsatuvchi ashyoviy manba bo'lib xizmat qilsada, temir davri o'tish, degan tushunchani keltirib chiqarmaydi. Arkning janubiy qismida olib borilgan tadqiqotlar natijasida katta patriarxal oila yashagan ko'p xonali uy qoldiqlari ochilgan. Ko'p xonali uyning shimol tomonida bir-biriga yaqin qilib qurilgan ikkita xumdon joylashgan. Boshqa bir xumdon arkning shimoliy qismida aniqlangan.

Jarqoton shahristoni arkning shimoli-sharqiy, sharqiy va janub tomonlarida joylashgan. U sakkizta tepaliklar majmuasidan iborat. Tepaliklardan birida bunyod etilgan uylar 1,25 metr qalinlikdagi platforma ustida barpo qilingan.

Ibodatxona tomonlari (44,5x60 m.) dunyo tomonlariga moslab qurilgan. Atrofi 4,5 m qalinlikdagi mudofaa devori bilan himoyalangan. Ibodatxona majmuasi vazifasiga ko'ra toat-ibodat va xojalik ishlab chiqarish qismlaridan tashkil topgan. Ibodatxonada markaziy o'rinni aylana va kvadrat shakllari olov mehrobi egallaydi. Uning aniqlangan. Ularga yaqin joyda suv saqlash uchun mo'ljallangan quduqlar joylashgan. Ibodatxonada vino tayyorlash mavjud bo'lgan. Ibodatxonaning ikkinchi qurilish davrida atrofi 5 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o'rab olinadi. U umumiy majmuadan iborat bo'lib, uch qismni tashkil etgan. Unda doimiy olov yonib turgan mehrob joylashgan asosiy, mubodlar (kohinlar) yashaydigan va xojalik maqsadlarifoydalanilgan qismlaridan tashkil topgan. Ibodatxonada doimiy olov yonib turadigan mehrob, suv saqlanadigan quduq joylashgan. qadimgi xalqlar tasavvurlarida olov yovuz ruhlardan halos etuvchi va suv esa ulardan tozalovchi unsir sifatida haralgan. Bu esa keyinchalik o'lkada shakllangan zardushtiylik dining asosini tashkil etuvchi ilk otashparastlik kabi markazlashgan dining shakllanishi jarayonidan dalolat beradi.

Otashparastlik diniy qarashlari bu davrda Jarqoton aholisi ongiga to'laligicha singib bo'lmagan ko'rinadi. Chunki, sigir, tuya shaklidagi haykalchalar va muhrlarda tasvirlangan ilon, burgut tasvirlari aholining ibtidoiy diniy qarashlari bilan bogliq.

Jarqoton yodgorligidagi sopol buyumlardan ayrim belgilar aniqlangan. Bu belgilar orasida xoch, omoch, arava, narvon, aylana kopchlikni tashkil etadi. Ularni tahlil qilgan tadqiqotchi Sh.B.Shaydullayev piktografik belgi-yozuvlar sifatida e'tirof etishga harakat qiladi.

Shahristonning janubiy va janubi-garbiy tomonida qabriston joylashgan bo'lib, ular oltita tepalikdan iborat. Shahriston va qabristonni tabiiy jarlik ajratib turadi. Murdalar yon tomoni bilan bukilgan sharq tomonga yotqizib ko'milgan. Jarqotonda o'rganilgan qabrlar Jarqoton, Ko'zali, Molali davrlarini alohida ajratib ko'rsatish hamda qadimgi dehqon jamoalarining mulkiy munosabatlari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.

Ko'zali va molali bosqichlariga oid yodgorliklar asosin qabrlardan, qisman manzilgohlardan iborat. A.S.Sagdullayev tomonidan Molalitepa (8-9 ga) va Buyrachi 1 (10 ga) va boshqa kichik manzilgohlar 0,2-2 ga. Bu bosqichlarga kelib kulolchilik o'zining yuqori darajasiga ko'tariladi. Yuqori sifatli nafis kulolchilik buyumlari ishlab chihariladi, ularning ma'lum shaklga ega bo'lganligi seziladi, tez aylanadigan kulolchilik charxlari qollanila boshlandi hamda ularni pishirishda yangi usullardan foydalaniladi.

Hunarmandchilikning ixtisosliklarga ajralishi metall va metallga ishlov berishning yuqori darajada rivojlanishiga imkon berdi. Toshdan mehnat qurollari tayyorlash o'z ahamiyatini yoqotmadi.

Janubiy Baqtriya Davlatabod, Dashli, Farukabad va Nichkin dehqonchilik mikrovohalari so'nggi bronza davriga oid arxeologik yodgorliklar mozorlar aniqlangan. Davlatabod mikrovohasida Tikar 1, 2, 3, Tikar 4 (Girdaytepa) yodgorliklari aniqlangan.Ularning maydoni 0,4-1,0 ga. ni tashkil etadi. Tikar 4 yodgorligi (100x95 m.) mikrorel'efiga ko'ra mudofaa devori va to'rt burchagida burjlari mavjud. Mazkur hududda arxeologik tadqiqot ishlari olib borgan arxeolog olim V.I.Sarianidi janubi-garbiy Afgonistonning so'nggi bronza davrini Tikar va Girday bosqichlarida iborat bo'lganligini e'tirof etgan. Bu erdagi Dashli vohasida joylashgan Dashli 3 aylana shakldagi ibodatxonasi va kvadrat shakldagi saroy-ibodatxonasi muhim o'rin egallaydi.

Dashli 3 doira shaklida ikki qator mudofaa devorlari bilan o'rab olingan ibodatxona majmuasidan tashkil topgan. Uniing mudofaa devori tashqarisidagi imoratlar ham o'ziga xos ikki xalqani tashkil etadi. Dashli 3 saroy-ibodatxonasi esa kvadrat shaklda barpo qilingan. Qadimgi Evropa xalqlari afsonalarida aylana quyosh, kvadrat esa er tamonlarini anglatuv shakllar hisoblangan. Bu mifologiya hind madaniyatidagi mandallarda ham saqlanib qolgan. Ular qadimgi Baqtriyaning koinot togrisidagi tushunchalar bilan bevosita bogliq bo'lib, shahar aholisini tartib solib turuvchi va ularni boshqaruvchi goyaviy markaz sifatida qurilgan. Shunday qilib ular ijtimoiy boshqaruvni aks ettirgan ilk davlatchilik shakllari tuzilishini namoyon qiladi. Qadimgi Baqtriyaning protoshahar hokimiyati diniy-goyaviy shaklga ega bo'lgan. Bunday jamiyatning aholisi o'zlarining tinchliksevarligi bilan farq qilib ularning qabrlarida va manzilgohlari qurol-yaroglar ham kam uchraydi. Shimoliy va Janubiy Baqtriyada moddiy tipilmalarga boy qabrlar ayollarga tegishli. Bunday jamiyat doimiy marosimlarga asoslangan bo'lib, aholi urf odatlari, marosimlari va an'analari asosida tartibga solingan.

Bronza davrining oxirlariga kelib bu turdagi madaniyat to'satdan inqirozga uchraydi. Uning inqirozi sabablarini tadqiqotchi olimlar turlicha talqin qilishga harakat qilishadi. Ayrim guruhdagi olimlar ekalogik vaziyat bilan boglasalar, boshqa bir guruh olimlar shimoliy o'lkalardan ko'chmanchi chorvador qabilalarining shiddat bilan kirib kelishi bilan boglashadi.



Zomonbobo madaniyati. Zarafshonning quyi oqimida hududida mil.avv. III ming yillik oxiri - II ming yillik birinchi yarmiga oid. Zamonbobo madaniyati taraqqiy etadi. Buxoro vohasining shimoli-garbiy qismida joylashgan Zomonbobo ko'li bo'yida 1950 yili Ya.G.Gulomov bronza davri qabristonni, keyinchalik A.A.Asharov esa uning yaqinida Gujaylining qurigan o'zani bo'yida manzilgohni o'rganishgan. Zomonbobo ko'lidan garbroqda soy bo'yida ikkinchi manzilgoh joylashgan.

Qabristonida jami 41 ta mozor aniqlanib, ulardan 8 tasi juft, 28 tasi yakka mayitlar joylashgan. Mayitlar bir tomonga qaratib bukchaytirib ko'milgan. Erkaklarning qabrlarida sopol buyumlari, chaqmoqtoshdan ishlangan kamon oqlari, nayza paykonlari va boshqa turdagi buyumlar, ayollarnikida esa qimmatbaho toshlardan (agat, feruza, lazurit, serdolik) va oltindan yasalgan munchoqlar, mis ko'zgu, ayol haykalchasi topilgan.

Manzilgohda bir necha uylarning o'rni aniqlangan. Ulardan birida arxeologik qazish ishlari amalga oshirilib, 170 kv.m. maydonni egallagan yarim erto'la uy-joy toliq ochilgan. Uylarning sathida yogoch ustunlarining o'rni saqlanib qolgan. Ichkarisida ochoq va ichki tomondan loysuvoq qilingan xojalik o'rasi joylashgan. Manzilgohda ikkita kapaning o'rni va ikki yarusli xumdon (diametri 90 sm.) aniqlangan. Manzilgoh ichkarisidan taxminan 2 m. qalinlikdagi zich tuproq (val) devorning qoldiqlari aniqlangan.

Moddiy topilmalar chaqmoqtoshdan ishlangan oroq qadamalari, yorguchoq parchasi va boshqalardan iborat. Manzilgohdagi topilmalar sopol idishlar parchalari va hayvon suyaklaridan iborat Shuningdek, kesaklar qolgan bugdoy va arpalar donlari izlari saqlangan. Hayvon suyaklarining asosiy qismni xonaki qoy, echki, qora mol va eshak, qisman yovvoyi hayvonlar - toqay bugisi, chochqa va jayronlar suyaklari tashkil etadi. Ikkinchi manzilgoh madaniy qatlami deyarli saqlanmagan. Terma buyumlari birinchi manzilgoh va qabrlarnikidan farq qilmaydi.

Bular O'rta Osiyoning dasht hududida bronza davri xos ibtidoiy dehqon-chorvador qabilalariga tegishli alohida Zomonbobo madaniyati faoliyat yuritganligidan dalolat beradi. Qizilqum cho'llarida neolit va eneolit davrlarida yogingarchilik miqdor ancha yuqori bo'lgan iqlim sharoiti mavjud bo'lib, “Lavlakon plyuviali”, deb yuritiladigan bu davrda fauna va floraga boy bo'lgan. Hozirga qadar aniqlangan arxeologik yodgorliklar va ulardan topib o'rganilgan ashyoviy manbalar mavjud tabiiy sharoit bu erda ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi xojalik - termachilik, ovchilik va baliqcilik shakllarining rivojlanishi uchun ancha qulay sharoit yaratgan.

Mil.avv. III ming yillikning oxiri - II ming yillikning boshlarida qurgoqchil iqlim sharoitining vujudga kelishi qizilqum cho'llari yashovchi qabilalari xojaligiga ham jiddiy ta'sir qiladi. Tabiatda tayyor ozuqa manbai bilan kun kechirib kelayotgan aholi xojalik shakllarini o'zgartirish yo'lini tutishga majbur bo'ladilar.

Mazkur topilmalar zamonboboliklar xojaligining asosini ishlab chiqarish tashkil etganligidan dalolat beradi. Ular tabiiy sharoit mos holda ho'jalining nisbatan sodda bo'lgan ko'rfaz usulida sugorishga asoslangan dehqonchilik shakli va uy chorvachiligi asosiy o'rin tutgan. Shuningdek, zamonboboliklar toqay hayvonlari va ko'llarda baliqlariga ov qilish qoshimcha ozuqa manbaini tashkil etgan. Sopol buyumlari ko'pincha ko'lda, qisman charxda yasalgan. Qabrlarda charxda yasalgan kam sonli sopollar va sirtiga naqshlar solingan sopollar namunalari ham uchraydi. U Janubiy Turkmanistondagi otroq dehqon jamoasining Nomozgoh 4 bosqichi oxirlariga oid sopol buyumlariga oxshash. Moddiy topilmalarning guvohlik berishia zamonboboliklar O'rta Osiyoning janubiy o'lkalari otroq dehqon jamoasi boshqa hududlari aholisi bilan ma'lum aloqada bo'lganliklarining guvohi bo'lish mukin.

Tosh, suyak, mis xojalik buyumlarini tayyorlash, oltin va toshlardan zeb-ziynat yasash kabi hunarlari ixtisoslashmagan qoshimcha mashgulotlar turlari bo'lgan.



Tozabogyob madaniyati. (mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi) Amudaryoning Oqchadaryo ozani hududida yashovchi ovchi va baliqchi qabilalar sodda dehqonchilik va chorvachilik bilan shugullanuvsi jamolarga almashinadi. S.P.Tolstov tamonidan 1953 yili Anka 5, 1954-57 yillarda Ko'kcha 3 qabrlari va yodgorligida olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida Tozobugyob madaniyati togrisida tasavvur hosil qilish imkoniyati vududga keldi.

Hozirga qadar bu madaniyatga oid 50 dan ortiq manzilgohlar aniqlangan. Tozabogyob madaniyatiga oid uy-joylar togri to'rtburchak shakldan iborat bo'lib, er biroz chuqur qazilib, yogoch ustunlar orqali atrofii va tepasi yopilgan yarim erto'la shaklidagi kulbalardan iborat. Kulbaning ortasida markaziy ochoq joylashgan. Uning atrofida moddiy topilmalar aniqlanmagan. Devor yonida xojalik maqsadlarida foydalanilgan o'ralar joylashgan. Asosiy ashyoviy manbalarni qolda tagi tekis qilib yasalgan sopol buyumlari, bronzadan ishlangan kam sonli buyumlar va toshdan qurollari tashkil etadi. Sopol idishlarning loyiga samon va maydalangan chiganoq qoshilgan. Sopol buyumlarining bogzi biroz toraygan, tuvaksimon idishlardan iborat. Ulardan ayrimlarining sirti silliqlangan. Uchburchakli chiziqcha shaklida uyib ishlangan naqshlari yuqoridan pasga tomon bir qator bo'lib joylashgan. Bronzadan yasalgan buyumlarini bir tomonida tigiga ega bo'lgan pichoq va suyak dastaga asoslangan to'rt qirrali iskanalar tashkil etadi. Shuningdek, ayol jinsiga mansub qabrdan bilakuzuk topilgan. Toshlardan yasalgan nayza uchi, yorguchoq va boshqa topilmalar toshdan foydalanish ahamiyatini yoqotmaganligidan dalolat beradi. Hayvon suyaklari Qoramol, qoy va otlarga tegishli. Qavat 3 yodgorligiga yaqin bo'lgan joyda qadimgi jamoa a'zolari tamonidan foydalanilgan ekin maydonlarining o'rni aniqlangan.

Qavat 3 yodgorligidan o'rganilgan qabrlarda yakka va juft mayit o'rin olgan bo'lib, ularning ayrimlari bir davrga ayrimlari esa turli davrlarda dafn qilingan. Erkaklar o'ng, ayollar esa chap tomonga qaratib bukchaygan holda yotqizilgan. Juft mayitlar esa yuzma-yuz joylashtirilgan. Marhumlarning bosh qismiga bir yoki ikkita sopol idish qoyilgan. Ayollarning qabrlarida turli zebu-ziynat buyumlari, koproq bronzadan ishlangan bilakuzuklar, erkaklarnikidan esa sopol idishlardan tashqari bir nushadagi bronza iskana topilgan.

Bu turdagi madaniyat Amudaryoning qadimgi Sariqamish deltasi bo'ylari va O'zboy hududlarida ham mazkur madaniyat sopollariga oxshash buyumlar tarqalganligi bilan izohlash mumkin. Bronza davrida Volga bo'yi hududlarida tarqalgan yogochband va Uraldan Oltoygacha bolgan hududda yoyilgan Andronov madaniyati sopol buyumlari bilan ushbu madaniyatnikida umumiy oxshashlik mavjud. Shunga ko'ra ushbu hududda mil.av II ming yillikning boshlarida mavjud bo'lgan Suyurgan madaniyatiga mansub aholi bilan va vohaga kerib kelgan Yogochband va Andronov madaniyatlariga mansub bir guruh jamoalarning o'zaro aralashishi natijasida Tozabogyob madaniyati shakllanadi, degan ilmiy qarashlar mavjud.

Qayroqum madaniyati (mil.avv. II ming yillikning oxirgi choragi). Fargonaning janubi-garbi, Tojikiston shimoliy va Toshkent vohasining janubi-sharqiy chekka hududlarilarida tarqalgan madaniyat. Kichik hajimdagi manzilgohlar bir necha cho'ziq shaklli uylardan iborat. Aholi chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shugullanganlar. Xojalikda metall quyish ishlari muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Kulolchilik buyumlari yassi taglik bo'lib, o'yiq chiziqli naqshli bezaklar bilan bezatilgan. Bu madaniyatda Tozabogyob va Andronov madaniyatlarining ta'siri ko'rinadi. Ular Chust va janubdagi otroq dehqonchilik madaniyatlari bilan ham aloqada bo'lishganlar.

Chust madaniyati. Fargona vodiysida Qayroqum madaniyati bilan birgalikda Chust madaniyati (mil.avv. II ming yillik oxirlari) rivojlangan. Chust madaniyatiga oid mudofaa tizimi qoldiqlari, uy-joylar, qabrlar va xojalik o'ralari o'rganilgan. Bronza, tosh, suyaklardan yasalgan buyumlar ham mavjud. Chustliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugullanganlar hamda kulolchilik, toqimachilik, bronza quyish ishlari bilan ham yaxshi tanish bo'lganlar. Fargona otroq dehqonchilik manzilgohlardan topib o'rganilgan topilmalar bu madaniyat sohiblarining O'rta Osiyoning janubi-garbiy va shimoli-sharqiy hududlari bilan aloqada bo'lganliklaridan guvohlik beradi.

Janubiy Tojikistonning so'nggi bronza davri Beshkent va Vaxsh madaniyatlari. O'rta Osiyoning so'nggi bronza davri hududlariga xos qabilalarining yodgorliklari Janubiy Tojikistonda ham keng tarkalgan. Bu erdan utgan asrning 50-60-yillarida arxeolog olimlar A.M.Mandelshtam va B.A.Litvinskiylar tomonidan Kofirnahar va Vaxsh vohalaridan chorvador qabilalariga oid bir necha mozor-qorgonlar aniqlanib ularda qazishma ishlari olib borilgan. Ulardan Kofirnahar daryosining quyi oqimidagi togli Bishkent vohasidan Tulxar va Aruktov, Vaxsh vohasidan Tigrovaya Balka, Oyko'l, Jarko'l, Makonimor, Qizilsuv va boshqa shu kabi mozor-qo'rgonlarda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ulardan birinchisi shartli ravishda Bishkent madaniyati, ikkinisi esa Vaxsh madaniyati nomi bilan yuritiadi. Bulardan tashqari Janubiy Tojikistonda Ko'ngirtut va Teguzak manzilgohlari ham o'rganilgan.

Ilk Tulxar mozor-qo'rgonlarining ayrimlarida murdalar dafn etilgan, ayrimlarida esa kuydirib kuli ko'milgan. Katakomba usulidagi qabrlar ham mavjud qabrlarda qolda yasalgan sopol idishlar, bronzadan yasalgan buyumlar qo'shib ko'milgan. Ayrim qabrlarda kulolchilik charxida yasalgan chetdan keltirilgan sopol buyumlari ham mavjud. Beshkentliklar aholisi bir necha etnik guruhni tashkil etgan. Bu erdagi ayrim qabrlardagi marqumlarning tashqi qiyofasi tadqiqotchi antropologlarning xulosalariga ko'ra Andronovo madaniyatiga xos aholi vakillariga juda yaqin. Ularning xojaligida chorvachilik shakli ustunlik qiladi.

Vaxsh vohasi mozor-qorgonlarda murdalarni kuydirish odati kuzatilmaydi. qabrlarning ko'pilligidagi kuzatuv buyumlari oqirlangan. Saqlanib qolganlari moddiy manbalar qolda yasalgan sopol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro'zgor anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari: bilakuzuk, uzuk, munchoqlardan iborat. Shuningdek, charxda yasalgan sopol buyumlari ham mavjud.

Vaxsh mozor-qorgonlari aholisi sohiblari chorvachilik va qisman dehqonilik xojaligi bilan kun kechirishgan. Manzilgohlardan topilgan moddiy topilmalarida Shimoliy Baqtriyaning so'nggi bronza davri Sopolli madaniyatining Molali bosqichi bilan ma'lum bogliqlik kuzatiladi.

Janubiy Tojikistonning so'nggi bronza davriga oid mozor-qorgonlarining o'rganilishi shuni ko'rsatadiki, bu erda mil.avv. II ming yillikning oxirgi choragida bir necha etnik guruhlar toqnashgan davr bo'lgan. Neolit davridan yashab kelayotgan mahalliy Hisor madaniyati chorvador qabilasi sohiblar mazkur davrda otroqlashishi bilan garbdan Sopolli madaniyatining mo'llali bosqichi vakillarining hududiy kengayishi va shuningdek, shimoldan Andronov madaniyatiga xos aholi vakillarining kirib kelishidan iborat.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling