Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Download 0.62 Mb.
bet7/13
Sana06.10.2020
Hajmi0.62 Mb.
#132626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
IBRAGIMOV.R.Z - MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI(1)


Uchinchi bo'lim. TЕMIR ASRI
I.Bob. Ilk temir davri

Ilk temir davri umumiy tavsifi. Taxminan mil.avv. II ming yillikning oxirgi choragida Atlatikadan Tinch okeanigacha bo'lgan hududlardagi bronza davrining deyarli barcha madaniyatlari inqirozga uchrashi yoki shaklini o'zartirish holati kuzatiladi.

O'rta Osiyoning janubiy hududlarida (Baqtriya, Margiyoni) so'nggi bronza davrining oxirida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu erlardagi protoshahar turidagi madaniyatning inqirozi va uning o'rnida yangi turdagi madaniyatning qaror topish jarayonining kechishi bilan tavsiflanadi. Bu turdagi madaniyat ayrim belgilari bilan so'nggi bronza davri an'analaridan farq qiladi. Birinchidan, yirik protoshahar turidagi manzilgohlar inqirozga uchrab, ularning o'rnida kichik dehqonchilik qishloqlari paydo bo'ladi. Ikkinchidan, kulolchilikda sopol idishlarni qolda yasab, sirtiga geometrik naqshlar berish an'anasi qayta jonlanadi. Uchinchidan esa, yuksak darajada rivojlangan koroplastika, torevtika san'atidan foydalanishdan voz kechiladi. To'rtinchidan, diniy qarashlarda ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Olov ibodxonasi va marhumlarni mozorlarda dafn etish an'anasi yo'qoladi.

Bu davr tarixi varvarlar istilosi davri (VBD) natijasi bo'lib, uning ildizlarini O'rta Osiyoning shimolidan chorvador xojalik shakliga ega bo'lgan qabilalari siljishining oqibati ekanligi ilmiy asoslangan bo'lib, ular Andronova madaniyati sohiblari bo'lgan, degan ilmiy-nazariy qarash ustunlik qiladi. Bu turdagi madaniyat sohiblari arxeologiya tili bilan “naqshli sopollar madaniyati” nomi bilan yuritilib, o'lkaning keyingi tarixiy taraqqiyoti, xususan, shaharsozlik madaniyatining shakllanishida asos bo'lib xizmat qilgan. Bu turdagi madaniyatning ilk bosqichi dastlabki o'rganilgan yodgorlikga nisbatan Yaz 1 bosqichi sifatida qabul qilingan.

Yana shuni ta'killash joizki, O'rta Osiyoda so'nggi bronzadan ilk temirga o'tish davriy sanasidagi nomutanosiblik ayrim muammolar echimini hal qilish imkoniyatini chigallashtiradi. Shuning uchun so'nggi bronza va ilk temir davri xronologiyasi bilan bogliq masalalarga oydinlik kiritib olish zarurati tugiladi. O'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab olib borilgan keng qamrovli arxeologik dala tadqiqot ishlarining natijalari O'rta Osiyo hududi doirasida tashkil topgan ushbu tarixiy-madaniy viloyatlardagi yodgorliklarning yuqori sanasini mil.avv. I ming yillikning boshlari doirasida belgilashgan.



Temir asri xronologiyasi muammolari va davrlashtirish masalalari. O'tgan asrning 50-yillarida Murgob vohasida yodgorliklarni o'rgangan arxeolog olim V.M.Masson Yazdepeda amalga oshirilgan qazishma ishlarining natijalariga asoslanib, yodgorlik taraqqiyotining quyidagi xronologik ketma-ketligini ishlab chiqilgan:

1) Yaz 1 - 900-650 yillar,

2) Yaz 2- 650-500 yillar,

3) Yaz 3-500-350 yillar.

Bu uzoq yillar O'rta Osiyoning sinxron yodgorliklari uchun andoza bo'lib xizmat qildi. 70-80- yillarda Baqtriya va Sogd hududlarida tadqiqot ishlarini olib borgan A.S.Sagdullayev (Qiziltepa, Sangirtepa), R.H.Suleymanov (Еrqo'rgon), E.V.Rtveladze (Bandixon 2) keyinchalik O.N.Lushpenko (Sangirtepa), M.H.Isamiddinov (Afrosiyob, Ko'ktepa) lar V.M.Masson xronologik andozasi asosida ularni mil.avv. 1000-350 yillar doirasida belgilashgan. V.I.Sarianidi esa Tillatepa yodgorligini 300 yilga qadimiylashtiradi (Tilla I mil.avv. 1300-1000 yilliklar). Shuningdek, Chust madaniyatiga oid yodgorliklarning naqshli sopollar va er to'la uy-joy imoratlar joylashgan dastlabki madaniy qatlamini Yu.A.Zadneprovskiy so'nggi bronza davri bilan belgilagan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, o'tgan asrning oxirlaridan boshlab mazkur davrga oid joylardagi arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan radiokarbon tekshiruvlari natijalari asosida Yaz 1 qatlamini 400 yilga qadimiylashtirishgan. Bunday holatda Yaz 1 mil.avv. XIV asrga togri keladi. So'nggi bronza va ilk temir davrlari xronologiyasi bilan bogliq masalalar o'z echimini to'laligicha topmagan. Bu bevosita kelajakda hal etilishi mumkin bo'lgan muhim masalalardan biri sanaladi.

Umuman, ilk temir davrining boshlarida O'rta Osiyo hududida yashagan qadimgi dehqon, dehqon-charvodor va chorvador qabilalari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'ladi. Otroq dehqonchilik vohalarida sugorish tizimi yanada takomillashib, dehqonlar tomonidan yangi erlar o'zlashtirildi. Manzilgohlarning soni ortib, ularning maydoni kengayadi, hamda ichki strukturasi murakkablashib, Yaz 2 davrida qadimgi shahar markazlari shakllanib, ular hududiy davlatlar (podsholiklar) larning iqtisodiy, madaniy va ma'muriy markazlari sifatida rivojlanadi.

Bu davrga kelib alohida otroq dehqonchilik o'lkalari ajraladi. O'rta Osiyoning dehqonchilik vohalaridagi atroflarida, hamda uning shimoliy va sharqiy hududlarida xojalikning muhim shakli-ko'chmanchi chorvachilik paydo bo'ldi. Ko'chmanchi-chorvador qabilalarining moddiy madaniyatidan darak beruvchi makonlar Orolbo'yi, Sirdaryoning quyi oqimi, Janubiy Tojikiston hududlaridan topib o'rganilgan. Ular otroq dehqonchilik aholisi bilan doimiy aloqada bo'lganlar.

O'rta Osiyoning bu davrdagi tarixiy-madaniy viloyatlari va ularning chegaralari, ilk davlat birlashmalari, aholining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, diniy qarashlari bilan bogliq bo'lgan qisqacha ma'lumotlar “Avesto”, ahamoniylarning mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o'z aksini topgan.

Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”da O'rta Osiyodagi qadimgi davlat birlashmalari, tarixiy viloyatlar: Ariyonam Vayjo yoki Arieyshayona, Mouru, Suguda, Bahdi, Hvarizam hamda qadimgi ko'chmanchi chovador qabilalari turlar haqidagi qisqacha ma'lumotlar mavjud.

Qadimgi fors yozuvlarida ushbu viloyatlar Margush, Suguda, Baqtrish, Xvarazmish, Parsava hamda yunon-rim mualliflarining asarlarida esa Margiyona, Sogdiyona, Baqtriyona, Xorasmiya, Parfiyona nomlari bilan tilga olinadi. Fors yozuvlarida O'rta Osiyoning shimolida yashovchi ko'chmanchi chorvador qabilalari saklar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar deb atalgan. Shimoli-shaqiy hududdagi dehqonchilik vohalari: Ustrushona, Choch va Fargona vodiysi togrisida ma'lumotlar keyingi davrlarga oid Xitoy manbalarda uchraydi.



Margiyona. Qadimgi yozma manbalarda Mouru, Margush va Margiana nomlari bilan tilga olingan Marv vohasidagi dastlabki yodgorlik (Yazdepa, Aravali depa, Kohnadepa va Uchdepa) lar amerikalik tadqiqotchi R.Pompeli tomonidan ochilgan. Tadqiqot ishlarini esa janubiy Turkmaniston kompleks arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1946 yil boshlanib, 1954-56 yillarda esa keng ko'lamli qazish ishlari olib borilgan. O'rta Osiyoning otroq dehqonchilik hududlarida bo'lgani kabi so'nggi bronza davri protoshahar madaniyatida o'rnida qaror topgan naqshli sopollar madaniyati nomi bilan arxeologiya fani sahifalaridan o'rin olgan madaniyatning qaror topishi bilan tavsiflanadi.

Vohaning bu davr aholisi ham so'nggi bronza davridagi kabi mikrovohalar yoki xojalik tumanlari: Keleli, Ajiquyi, Toip, Odamboskan, Ovchin, Gonur, Toqaloq va Toxirboy kabilardan tashkil topgan. Yaz 1 bosqichida mikrovohalarda otroq dehqon jamoalarining kichik qishloqlari shakllanadi. Vohaning bu bosqichdagi sopollari qolda va charxda yasalgan guruhlardan tashkil topgan. Qolda yasalganlari naqshli va naqshsiz sopollardan iborat. Naqshlilari umumiy sopollarning 4-5 foizini tashkil etgan. Ular odatda sargish angob ustiga qizgish-jigar yoki jigar ranglarda berilgan geometrik naqshlar: uchburchak, shaxmat kataklari, to'rsimon va turli chiziq shakllaridan iborat bo'lgan. Boshqa bir turdagi sopollarining sirtiga naqsh solinmagan. Kulolchilik charxida yasalgan sopollar son jihatdan ustunlik qiladi. Sopollar vazifasiga ko'ra turli o'lchamdagi kosalar, miska (metalldan yasalgan kosaga o'hshagan), turli o'lchamdagi garshoklar, xum, xumcha, qozonlar va qozon yoki garshok shakliga oxshash xojalik idishlaridan iborat bo'lgan. Sopollar shakli jihatdan yarim shar, konus va bankasimon.

Yaz 2 bosqichiga kelib manzilgohlarda aholi sonining ko'payishi bilan ularning maydoni kengayib boradi, strukturasi murakkablashib, tabaqalanish jarayoni kechadi. Bu bosqichga oid manzilgohlar uch guruhdan: muhofaza devorlariga ega bolgan yirik manzilgohlar (Yazdepa Toqaloqdepa, Toxirboy 1), muhofazasiz katta qishloqlar va kichik manzilgohlar yoki uy-qo'rgonlardan iborat. Ular orasida Yazdepa har jihatdan boshqalariga nisbatan ajralib turadi. Maydoni 16 ga. dan iborat manzilgohning bir qismida 8 metr qalinlikdagi tag kursi ustida joylashgan arki 1 ga. maydonni egallagan. Uning atrofida tarqoq holda joylashgan uy-joy imoratlari o'rin olgan bo'lib, atrofi mudafaa devorlari bilan o'ralgan. Imoratlar tomonlari 50x25x10 sm. ham gishtdan bino qilingan.

Marv vohasida bu davrda katta-kichik manzilgohlardan tashkil topgan bir necha kichik vohalar rivojlanadi. Ular Toxirboy, Yazdepa, Togaloq, Toip, Aravalidepalardan iborat. Ulardagi manzilgohlarning uchta shakli ajralib turadi. Ular mudofaa qilingan qismidan iborat yirik manzilgohlar-Yazdepa Tugaloqdepa, Toxirboy 1 aylana shakldagidagi mudofaa qilinmagan manzilgohlar, kichik manzilgohlar yoki uy-qo'rgonlardan iborat. Voha aholisi sugorma dehqonchilik bilan shugullangan. Yazdepa va Aravalidepa vohalarida yirik va kichik kanallarning izlari mavjud bo'lib, qachonlardir ular orqaliy manzilgohlar suv bilan ta'minlangan. Bu davrga oid Yazdepa, Toxirboy, Dashli va boshqa manzilgohlardan ikki kamerali kulolchilik pechlari aniqlangan. Toxirboy 1 va Churnok manzilgohlar esa temir qotishmalari chiqindisi topib o'rganilgan. Bu esa vohada temirga ishlov berish rivojlanganini ko'rsatadi. Igna, bigizlardan tashqari temir, bolta ham topilgan. Kamon oqlari bronzadan ishlangan.

Mil.avv. VII asrda Marvda boshqa bir manzilgoh shakllanib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Erkqala va Gaurqala. Markaziy Erkqala yodgorligida amalga oshirilgan qazishma ishlari davomida xom gishtlardan (52x2610-12, 60x28x10 sm.) barpo etilgan 15 metr qalinlikdagi tagkursi aniqlangan bo'lib, undan tepadagi madaniy qatlam 2,5 m. ni tashkil etadi.

Marvliklarning asosiy xojaligi sugorma dehqonchilikdan iborat bo'lgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra hozirgi Gatiagor eni 5-8 m, chuqurligi 2-3 metr va Guniyob (5-6 m, chuqurligi 1,5-2 metr) kanallari orqali qadimgi aholi dehqonchilik qilishgan. Kanallarning ikki tomonidan kichik ariqlar orqali dalalarga taqsimlangan. Kanallar atrofidagi qadimgi dala maydonlarining izlari aniqlangan. Dehqonchilikda boshoqli va poliz ekinlari ekilgan. Chorvachilik bilan qay darajada shugullangan-liklari togrisida ma'lumotlar kam. Ko'rinishdan ular uy chorvachiligi bilan shugullanganlar.

Bu erdagi Toxirboy 1 va Churnoq manzilgohlaridan temir qotishmalarining chiqindisining topib o'rganilishi vohada temirchilikning paydo bo'lganligidan dalolat beradi.

Kulolchilik ishlab chiqarishi bogliq masalalar yaxshi o'rganilgan. Bu erdagi ko'pgina manzilgohlardan kulolchilik pechlarining izlari topilgan. Ular ichida Churnokdan topilgan ikkita pech diqqatga sazovardir. Ular qo'ngiroq simon shaklga ega bo'lib, olovxona va idishlar joylashtiriladigan qismlardan iborat. Uchdepadan esa kulollar mahallasi o'rganilgan, undagi kulolchilik pechlari mil.avv. V-IV asrlarga oid. Mil.avv. IV asrning o'rtalariga (Yaz 3) kelib vohalarning barcha manzilgohlarda inqirozi kuzatiladi. Sugorish tizimining murakkablashishi natijasida aholi yangi erlarni o'zlashtiradi.



Shimoliy Parfiya. Kopetdog tizmalarining yonbagirlarida ilk temir davriga oid quyidagi tipdagi manzilgohlar o'rganilgan.

1. Yirik hajmdagi arkga ega bo'lgan manzigohlar. (Еlkantepa, Uluqdepa).

2. O'rta hajmdagi sitadelga ega bo'lmagan manzilgohlar( may. 1 ga. dan ortiq), (Yassidepa, Agachlidepa)

3. Kichik manzilgohlar (kichik qishloqlar may. 1ga. gacha), (Krahandepa 1-2-3, Еlandepa, Ovadandepa).

Еlkandepa 1 va Uluq 3, so'ngi bronza davrda shakllangan. Еlkan 2, Uluq 2 lar mil.avv. 650-500, hamda Еlkan 3, Uluq 1 lar mil.avv. 500-350 yillar bilan sanaladi. Еlkantepa sitadeli bronza davrida barpo etilib, atrofida 14,5 ga iborat joyda aholi manzigohi shakllanadi. Mil.avv. X asrlarda mudofaa devorlari (umumiy qalinligi 10, 5 m; o'rtada- 6 m. dan iborat koridor mavjud) bilan o'ralib, imoratlarning asosiy ko'pchilik qismi quriladi. Mudafaa devori atrofida chuqur xandaklar qazilgan. Mil.avv. VII-VI asrlarga kelib esa manzilgoh atrofida imoratlar barpo etiladi. Uning atrofi ham mudofaa devorlari bilan o'rab olinadi. Shunga oxshash Uluqdepa ham bronza davrida shakllanib, mil.avv. X asrda baland sahni ustida qorgon barpo etiladi. Еlkandepadan farqi o'laroq bu erda aholi imoratlari joylashgan qismi mudofaa devorlarining izlari aniqlanmagan. Imoratlar to'rburchak gishtlardan qurilib, devorlari va uylarning sahni loy suvoq qilingan. Ba'zi bir imoratlarning devorlari ganch bilan suvalgan.

Aholining asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik va hunarmandchilik bo'lgan. Dehqonchilikda asosan bugdoy va arpa ekilgan. Sugorish inshootlarining izlari o'rganilmagan bo'lsada, togdan oqib tushadigan kichik daryo suvlari dehqonchilikda asosiy manba bo'lgan. Suvga bo'lgan talabning yuqori bo'lganligini hisobga olib, qadimgi dehqonlar damba va togonlardan foydalangan, degan xulosaga kelish mumkin. Keyingi davrlarda bu erda korizlar paydo bo'ladi.

Bronza va temirdan mehnat qurollari, qurol aslahalar tayorlanganligi arxeologik jihatdan aniqlangan. Bulardan tashqari toshdan qurollar hamda sopol buyumlar o'rganilgan. Sopol buyumlari Margiyonaniqiga oxshash. Mil.avv. X-VII asrlarga oid sopol buyumlarning asosiy qismini qolda yasalgan, hamda naqshli buyumlar tashkil etadi. Naqshlar geometrik shaklda. Uluqtepaning mil.avv. VII-IV asrlarga oid sopol buyumlari Yazdepaning shu davrga oid buyumlari bilan oxshash. Yaz 1 sopollariga oxshash sopol buyumlarining bu erda bronza davridayoq paydo bo'lishi o'ziga xos xususiyatlardan biridir.

Janubiy Turkmanistondagi Tajang daryosi atrofida Seraxs vohasida ham tadqiqot ishlari olib borilgan (Ko'hna Seraxs, Movlekdepa, Beshdepa, Akchadepa manzilgohlari). Bu erda hayot neolit davrida boshlanib, mil.avv. I ming yillikning boshida qaytadan o'zlashtiriladi. Kohna Seraxs o'rnida manzilgoh shakllanib, atrofi mudofaa devori bilan o'ralgan. Sitadeldan tashqarida imoratlarning o'rni saqlangan. Movlikdepada qadimgi kanal izlari o'rganilgan. Vohaning sopol buyumlari Marv sopol buyumlariga oxshash. Tosh qurollari, yorguchoqlar, temir qotishmalarning chiqindilari topilgan.

Qadimgi Daxiston Turkmanistonning janubiy-garbida qadimgi Daxiston vohasi o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Qadimgi Daxiston yodgorliklari Gurgen, Sumbar va Atrek Benguvona kabi kichik daryo o'zanlaridan mikrovohalarida tarqalgan. Qadimgi Daxiston yodgorliklari ham sitadelga ega bo'lgan. Yirik manzilgohlar yoki qadimgi shaharlar (Madov, Izzatquli), yirik hamda kichik hajmdagi qishloqlardan iborat. Imoratlar xom gishtdan qurilgan, tomlari tekis yopilgan. Bu erda Atrek daryosida chiqarilgan qadimgi kanal izlari o'rganilgan. Ularning uzunligi 50-60 km. ni tashkil etadi. Kanallarning suvlari bir necha ariqlar orqali ekin maydonlariga taqsimlangan. Dehqonchilik aholining asosiy mashguloti hisoblanib, bugdoy, arpa va boshqa dukkakli ekinlar ekishgan. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Sopol idishlar kulolchilik charxida ishlanib, naqshlar berilgan. Bu erda temir bo'laklari, temir qotishmasining chiqindilari ham topilgan. Umuman, Daxiston topilmalar Janubiy Turkmanistonning I ming yillik boshlariga doir moddiy manbalardan keskin farq qiladi. Ko'rinishdan qadimgi Eron qabilalari bilan keng aloqada bo'lib, ular ta'sirida rivojlangan.

Shimoliy Baqtriya qadimgi Baqtriya togrisidagi dastlabki ma'lumotlar Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lgan Avestoning Vedevdat qismida Bahdi nomi bilan uchraydi. Qadimgi fors manbalarida Baqtrish va yunon-fors mualliflari asarlarida esa Baqtriya (Baqtriana) nomlari bilan keltirilgan qadimiy o'lka shimolda Sugd bilan Hisor tog tizmalari, janubda esa Hindikush toglari bilan chegaralangan. Garbda chegarasi Amudaryo oqimi bo'ylab Murgob vahasigacha sharqda esa Pomir tog tizimlarigacha bo'lgan erlarni ishgol qilgan. Qadimgi Baqtriya tabiiy-geografik jihatdan Surxon vohasi, Balxob vohasi (Shimoliy Afgoniston) va Janubiy Tojikiston hududlaridan iborat.

Qadimgi Baqtriyada bronza davrining oxiriga kelib Sopolli-Dashli madaniyatlari inqirozga uchragandan so'ng mil.avv. I ming yillikning boshlarida yangi turdagi madaniyatning qaror topish jarayoni kechadi. Bu turdagi madaniyat so'nggi bronza davri Sopolli-Dashli madaniyatidan bronza davri charxda yasalgan sopollar o'rnida qolda sirtiga naqsh berib ishlangan sopollarning qayta jonlanishi, torevtika, haykaltaroshlik san'atining yoqolishi kabi arxeologik belgilari bilan farq qiladi.

Mazkur hududda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlari davomida bir necha o'nlab manzilgohlar o'rganildiki, ular Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati xususiyatlarini o'rganishda muhim o'rin tutadi. Bu davrga oid arxeologik yodgorliklar Surxon vohasi, Shimoliy Afgoniston va keyingi bosqichlarda esa Janubiy Tojikiston hududlaridagi alohida daryo vohalarida joylashgan manzilgohlarda o'z aksini topgan. Shimoliy Baqtriyada to'rtta mikrovoha yoki xojalik tumanlarida Ulanbuloqsoy, Sherobod, Bandixon, Mirshodi va To'polon.

O'rta Osiyoning qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo'lgan Baqtriyanining shimoliy hududlari. Bu o'lka hozirgi Surxon vohasi va Tojikiston Respublikasining janubiy hududlari kiradi. Mazkur mintaqada mil.avv. I ming yillikning boshlariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tub o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ma'lumki II ming yillikning oxiriga kelib Surxon vohasidagi Sopolli madaniyati inqirozga uchragandan so'ng o'ziga xos otroq dehqonchilik madaniyati vujudga keladi. Bu turdagi madaniyat ayrim jihatlariga ko'ra O'rta Osiyoning janubida, xususan, Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan Shimoliy Baqtriyaning ilk temir davriga oid yodgorliklarini o'rganish o'tgan asrning 50-yillaridan, ya'ni Qalai Mir manzigohida olib borilgan tadqiqot ishlaridan so'ng kuchayadi. Shimoliy Baqtriyaning mil.avv. I ming yilliklarning boshlariga oid manzilgohlari Surxon va Sherobod daryolarining irmoqlari atrofida Sopolli madaniyatining inqirozidan so'ng rivojlangan bo'lsa, Surxon va Amudaryolarning o'rta oqimi, Kofirnigon, Vaxsh va Panj daryo vohalari esa qadimgi dehqonlar tomonidan mil.avv. I ming yillikning ikkinchi choragi va o'rtalarida o'zlashtirilgan.

Shimoliy Baqtriyada mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida o'ndan ortiq dehqonchilik vohalari o'zlashtirilib, turli shakllardagi manzilgohlarning rivojlanishi kuzatiladi. Shulardan ettitasi Sargandak - To'palang - (Xolchayonning quyi qatlami), Xalqajar (Mirshodi) - (Qiziltepa, Qizilcha guruhidagi manzilgohlari, Ahatqul), Urgulisoy (Bandixon) - (Bandixon 1-2, Gozimulla), Sherobod - (Jondavlattepa, Talashkantepa 1, Pachmaktepa), Ulonbuloqsoy - (Kuchuktepa, Pshaktepa, Dabilqor-gon), O'rta Surxon - (Hayitobod, Nomsiztepa), O'rta Amudaryo - (Ko'hna Termizning quyi qatlami, Kampirtepa yaqinidagi Nomsiztepa.) kabi kichik daryo vohalari Surxon vohasida va quyi Kofirnigon - (Qalai Mir, Munchoqtepa, Hirmontepa), Vaxsh-Yavon - (Tomoshatepa, Boldoy 1, Sho'rchitepa), Boytudasht - (Boytudasht) kabi vohalar Tojikiston Respublikasining janubida rivojlanadi. Ularning har birining hududi tabiiy chegaralanib, arxeolog olim A.S.Sagdullayevning ilmiy tahlillariga ko'ra ularning har biri alohida dehqonchilik tumani yoki kichik ma'muriy tuzilmani tashkil etgangan. Mazkur ma'muriy bo'linmalarning har birida taxminan 3-5 tadan manzilgoh joylashgan. Ulardan birining maydoni katta va strukturasiga ko'ra murakkab bo'lgan. Ko'rinishdan ular malum tumanning ma'muriy markazi bo'lgan bo'lishi mumkin.

Mil.avv. II ming yillikning oxirgi va mil. av I ming yillikning boshlariga kelib, bu erda o'ziga xos madaniyat shakllanadiki, bu davr tarixi arxeologik jihatdan Kuchuk 1 (mil.avv. 1000-700) Qizil 1 (mil.avv. 1000-700 yillar) Kuchik 2 (mil.avv. 750-600) hamda Qizil 2 (mil.avv. 700-500), belgilangan. Kuchik 3 (mil.avv. 600-500), Kuchuk 4 (mil.avv. 500-350), Qizil 3 (mil. av 600-350) bosqichlari esa ahamoniylar davriga togri keladi.

Vohaning mil.avv. I ming yillikning birinchi choragiga oid tarixini arxeologlar Kuchuk madaniyati, deb yuritish odatlangan. Bu davr yodgorliklari-ning hajmi ancha kichik (3 ga dan oshmaydi). Ulardan mashhuri Kuchiktepa manzilgohi hisoblanib, baland sahni (4 metr qalinlikda) ustiga qurilgan qala-qorgonchadan iborat. Manzilgoh atrofida imoratlar joylashgan hamda ular mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Keyingi bosqichdaa Kuchiktepa madaniyati taraqqiyoti davomida qadimgi Baqtriya madaniyatining vujudga keladi. Bu davr voha ijtimoiy-iqtisodiy muhim jarayonlar kechganligi bilan tavsiflanadi. Otroq dehqonchilik madaniyati hududi kengayib, manzilgohlar soni ko'payadi va ularning hajmi ortib boradi. Shuningdek, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalaridagi kabi qadimgi yirik shahar markazlari shakllanadi.

Bu davrga oid Qiziltepa vohadagi yirik manzilgoh hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 30 ga.ni tashkil etadi. Manzilgoh sitadel (ark), shahar (shahriston) va atrofi hamda shahar atrofi rabod qismlaridan iborat. Manzilgoh Qizil 1 davrida shakllanib, keyingi bosqichda kengayib asosiy qismi shakllanadi. Manzilgoh shimoli-garbida ark (may.2 ga) barpo etilib, ularning atrofi mudofaa devorlari bilan o'rab olinadi. Mil.avv. V-IV asrlarda mudofaa devori atrofi imoratlar barpo etiladi. Shahar ichkarisi alohida yangi imoratlar quriladi. Mudofaa devorlari ikki qatordan iborat bo'lib, ularning o'rtasida koridor mavjud. (Ichki devor 2,5 m, tashqi devor 0,7-1,0 m, koridor esa 1,5 m) devorlar yarim aylana va to'rtburchak minoralar bilan kuchaytirilgan. Ularning har birida jangovar shinaklar bor. Manzilgoh ichkarisida ochiq maydon joylashgan. Qiziltepaning vohadagi boshqa manzilgohdan har tomonlama va alohida ajralib turish madaniy-iqtisodiy hamda ma'muriy markaz vazifasini o'taganligidan dalolat beradi.

Manzilgohlar shakli va hajmiga ko'ra quyidagi tiplarga ajralib turadi. Yirik markaz bo'lgan manzilgohlar ular odatda ikki yoki uch qisimdan iborat muhofaza tizimiga ega bo'lgan manzilgohlar (Qiziltepa) tashqi muhofaza tizimiga ega bo'lgan maydon 5-10 g ms joyni tashkil etuvchi manzilgohlar (Talashgan 1, Bandixon 1) mudofaa tizimiga ega bo'lgan kichik hajmidagi alohida vazifalarni bajaruvchi manzilgohlar (Tillatepa, Kuchuktepa). Bu manzilgohlar Baqtriyaning har ikkala qismida alohida vohalarda taraqqiy etgan.

Qiziltepa va Talashgantepa shimoliy Baqtriyada me'moriy tuzilishi va hajmi jihatdan boshqa manzilgohlardan farq qiladi. Qiziltepa vohadagi yirik manzilgoh hisoblanadi. Muhofaza qilingan sitadel atrofida imoratlar torroq joylashgan. Manzilgohning atrofi qalin muhofaza devori (10 m) bo'lib o'ralgan. Devor bo'lib yarim aylana shakldagi burjlar joylashgan. Tashqi devor tashqarisida mudofaa xonadonlari mavjud. Qiziltepa taraqqiyotining keyingi bosqichida shahar atrof qismi ham o'zlashtiriladi. Bu manzilgoh butun voha uchun ma'muriy markaz vazifasini o'tigan bo'lishi mumkin. Ikkinchi yirik manzilgoh hozirgi Sherobod shahri yaqinidagi Talashgan yodgorligida. U doira shaklida mustahkam mudofaa devori (5 m) bilan o'ralgan. Devor bo'ylab yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan.

Shuningdek tarqoq jaylashgan imoratlardan tashkil topgan Bandixon I qala qorgon o'rganilgan. Manzilgohlarning ierarxiyalashuvi jamiyatning tabaqalash-ganligida dalolat beradi. Ularda murakkab ma'muriy tuzilma mavjud bo'lgan yuqorida keltirilgan manzilgohlar ko'rinishdan alohida vohalarning ma'muriy-iqtisodiy markazi vazifasi o'tab ularni har birining otroq dehqon jamoalariga tegishli bir nechta kichik manzilgohlar joylashgan.

Sherobod vohasidagi Talashkon 1 ham diqqatga sazovordir. U doira shaklidagi istehkom qaladan iborat bo'lib, mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Devorlar togri to'rtburchak shaklidagi minoralar bilan kuchaytirilib, ularda shaxmat shaklidagi ikki qator shinaklar joylashgan. Qala ichidagi uylar mudofaa devorlariga taqab qurilgan. Manzilgoh O'rtasi hovli sifat ochiq joy qoldirilgan. Bandixon voha tumanidagi yirik manzilgoh Bandixon 2 hisoblanadi. Bu manzilgohning umumiy maydoni 14 ga. dan iborat bo'lib, ikki qism sitadel va uning atrofidagi joylangan uy-joy imoratlari joylashgan qismlardan iborat. Janubiy Tojikiston hududidagi manzilgohlardan Boytudasht va Bolday 1 kabi yodgorliklar ajralib turadi. Bu yodgorliklarning shakllangan davri mil avv. I ming yillikning ikkinchi choraklariga togri keladi Bu yodgorliklarda ham shahar alomatlari mavjud bo'lib, Surxon vohasi manzilgohlarinikiga nisbatan sodda va ularda jarayonlar kechroq sodir bo'lganligi bilan ajralib turadi. Kichik vohalaridagi markaziy manzigoh atrofidagi manzilgohlarda ham uy-joy va xojalik imoratlari aniqlangan. Manzilgohlar shakllaridan uy-qorgonlar muhim o'rin tutadi. Qiziltepa yodgorligi atrofida joylashgan Qizilcha guruhidagi manzilgohlar mazkur davr qishloq xojaligi hayotini o'rganishdagi ahamiyati katta. Ulardan Qizilcha 1 va 6 yodgorliklari arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Bu yodgorliklarning maydoni taxminan 0,2 ga. ni tashkil etadi. Manzilgoh qo'ra shaklida barpo qilingan. Umumiy devor bilan o'rab olingan hovlining bir qismida uy-joy imoratlari va uning old tamonida hovli joylashgan. Ko'rinishdan bu manzilgoh mazkur davr davlatmand patriarxal oilasiga tegishli uy-joy kompleksi hisoblangan.

Shimoliy Baqtriya hududida markaziy qismi muhofazalangan manzilgohlar yaxshi o'rganilgan ulardan biri Kuchuktepa hisoblanadi. U muhofazalangan saroy yoki uy qorgon hisoblangan. Manzilgohning markaziy qismi 4 metr balandligi sahna ustiga qurilgan. U erda diniy xususiyatga ega bo'lgan imorat aniqlangan. Imorat o'z taraqqiyoti davomida uch marta ta'mirlanishi natijasida memoriy-rejaviy jihatidan murakkablashib boradi. Bu erdagi ikkita xonada doimiy olov yonib turgan ochoqlar o'rganilib, ular turli bosqichlarga oid bo'lgan.

Shuningdek, topilmalar orasidan kamon oqlarining uchi muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan arqon shaklidagi bargsimon va va uch qirrali va ikki qirrali kamon oqi uchlari ajralib turadi. Keyingi mil. av 6-5 asrlarga kelib skif shaklida deb nomlanuvchi uch qirrali kamon oqi uchlari keng tarqaladi.

Janubiy Baqtriyada bu davrga oid Tillatepa yodgorligi o'rganilgan yodgorlik kvadrat shaklida baland sahna ustiga qurilgan. Atrof mudofaa devori bilan o'ralib yarim aylana minoralar bilan kuchaytirilgan. Bu yodgorlik zardushtiylik dining eng qadimgi manzilgohi hisoblanadi. Imorat 9 qavat ustundan iborat katta xona va boshqa kichik xonalardan tashkil topgan. Bu imorat mil.avv. X-asrlarda shakillangan uning markazida altar joylashgan va atrofida esa toza kul ko'milgan. Altar ko'tarib yurish uchun moljallangan bo'lib, qalin diniy marosimlarida ko'tarilgan. Ko'rinishdan o't yoqish odati Doroning Behustun qoyatoshlarda podsho maxsus tagkursida marosimini ijro etayotganligida tasvirlangan barelfi o'rtasida umumiy yaqinlik mavjud bo'lsada, Behustun barelfi tunboshon va ular o'rtasidagi oraliq davr 500 yilni tashkil etadi.

Dastlab zalga maxsus aylana dahliz orqali kirilgan keyinchalik, so'ngi tamirlash ishlari natijasida yangi dahliz togri shimolga qaratib quriladi. Keyinchalik Tillatepa minora bilan kuchaytirilgan mudofaa devori bilan o'ralib, Baqtriyada mil.avv. VII-VI asrlarda siyosiy vaziyatning o'zgarganligidan dalolat beradi. Assuriyaliklarning Baqtiriya hududiga hujum qilishi togrisidagi yarim afsonaviy manbalar ham ushbu davrga taalluqli.

Mil.avv. I ming yillikning yarmiga oid manzilgohlardagi ko'mish marosimlarga ham alohida to'xtash muhimdir. Bu davrga oid mozorlar yoki qabr inshootlari hali aniq bo'lmasada, bu davrga oid qatlamalarda murdalarning kam uchraydigan alohida bosh suyaklari baqtriyaliklar mil.avv. I ming yillikning I yarmida marhumlarni qabrlarga ko'mganliklaridan dalolat beradi. Bu marosim keyinchalik keng tarqaladi va keltiriladi. Xususan murda suyaklarini maxsus chuqur kulolchilik buyumlari bilan birga Jarqorgoning yuqorigi qatlamida ham aniqlangan. Kamolot yoshidagi erkak kishining murdasi ko'milgan so'nggi davrlarga oid qabr Tillatepa qabrlarining biridan topilgan.

Shunday qilib Tillatepa olov ibodatxonasi, Kuchuktepaning turli davrlarida oid olov ibodatxonasida Baqtriyada mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida keyinchalik “Videvdat”da qayd qilingan Avesto kuloli kamoni shakllanganligini ko'rsatiladi.

Umuman boshqa turdagi manzilgohlarda ham arxeologik tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida o'lkaning qurilish-me'moriy xususiyatlarini o'rganish imkoniyatlari mavjud Barcha turdagi imoratlar xom gisht va paxsadan barpo qilingan. Devorlar loysuvoq qilingan. Ba'zi imoratlarda yogoch ustunlarining o'rni aniqlangan. Imoratlarning tomi tekis yopilgan.

Mazkur davr O'rta Osiyo tarixida chuqur tarixiy-madaniy o'zgarishlar bilan belgilanib, yirik shaharlarning paydo bo'lishi, qadimgi davlatlarning qaror topishi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishlar sodir bo'lgan davr hisoblangan.

Aholining asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik bo'lib kichik daryolardan anhorlar orqali suv chiqarilgan, yoki togridan-togri daryolardan ariqlar orqali suv chiqarilgan. Katta anhorlardan birining izlari Bandixondan topib tekshirilgan. Bu erda boshoqli o'simliklar poliz va bogdorchilik rivojlangan. Chorvachilikning ham yaxshi rivojlanganligi togrisida Kuchuktepa va Bandixondan topilgan hayvon suyaklari etarli ma'lumot beradi. Topilmalarga ko'ra Shimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisi qoy, echki, qoramol, ot, chochqa boqishgan.

Shimoliy Baqtriyaning ilk temir (Kuchuk 1) davri sopol idishlar asosan qolda va qisman kulolchilik charxlarida yasalgan. Qo'lda ishlangan idishlarning sirtiga geometrik shakllarda naqshlar bilan bezatilgan. Ularning shakllari turlicha, ko'pchiligining tagi yassi. Tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollari hamda qurol aslahalari ko'plab topilgan. Keyingi (Kuchuk 2, Qizil 2) bosqichida kulolchilik charxida sopol buyumlarini tayyorlash kuchayadi. Bu bosqichdagi sopol idishlar konsussimon va bankasimon shakllardan iborat. Idishlarning atrofi toq jigar rangda angob berilgan. Bu davrda sopollarni qolda yasash an'anasi ham saqlanib qoladi.

Bu davrga oid topilgan tosh qurollari, xususan yorguchoqlar, temir va bronzadan ishlangan turli mehnat qurollari va qurol-yaroglar boy madaniyat namunalaridir.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling