“Ibrat olish” va “Ibrat bo`lish” kabi tushunchalar tilga olinishi bilanoq yoshlarimiz orasida e`tiborsizlik, o`zini tortish kabi holatlar kuzatiladi. Buning asosiy sababi bu tushunchalarga tor doirada baho berish deb o`ylayman. Chunki hozirgi kunda oilalarimizdagi holatlarga nazar soladigan bo`lsak ham, agar biror qiz uy yumushlarida qiyinchilikka duch kelsa, yoki qandaydir xatoga yo`l qo`ysa onalarimiz tomonidan darhol qo`shnining qizi yoki qandaydir qarindoshi “Ibrat” qilib ko`rsatiladi. Bu esa jamiyatimizga ajoyib uy bekalarini yetishtirib chiqarishi mumkin, ammo hayotda o`z o`rnini topgan olima ayollar-u ilmli qizlarni emas! Shu tufayli ham biz aynan “Ibrat” ruknida jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lgan, dunyo qarashi keng hamda havas qilarlik ilm sohibalari, ya’ni ustozlarimizning hayot yo`llari, yoshlarimizga maslahatlari va o`zlari uchragan qiyinchiliklarga topgan yechimlari bilan qizlarimizni tanishtirib borishga qaror qildik. Albatta bu sizlarga kutganimizdan ko`ra ko`proq manfaat keltiradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |