Ibtidoiy davr san'atiga oid manbalar reja: Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari 2


KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATYURA SAN'ATI


Download 45.41 Kb.
bet5/13
Sana12.11.2023
Hajmi45.41 Kb.
#1767908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATIGA OID MANBALAR 13 mavzu

KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATYURA SAN'ATI
Reja:

  1. Kamoliddin Behzod

  2. Temuriylar saroyida Uygʻonish davrida

Kamoliddin Behzod yoki Kamoluddin Bihzod (1450-yil, Hirot, hozirgi Afg‘oniston — 1535-yil, Tabriz, hozirgi Eron) — fors miniatyurasining taniqli musavviri, temuriy hukmdor Husayn Boyqaro va keyinchalik safaviy shohi Taxmasp (875-912—hijriy[1] / 1460-1415—milodiy yillar) saroylarining rassomi boʻlgan.


Temuriylar saroyida Uygʻonish davrida faoliyat yuritgan.
Keyinchalik Tabrizdagi shoh ustaxonalarida Safaviylar xizmatiga kiradi.
Taxminan 1450-yilda Hirotda tugʻilgan va 1535-yilda Tabrizda vafot etgan. Behzodga oid deb aytilgan koʻplab asarlardan faqat bir nechtasi uning qoʻli bilan yaratilgani tan olingan. U fors miniatyurasi uslubini takomillashtirib, butun dunyoga tanilishiga sababchi boʻlgan.
Hirotdagi musavvirlar ustaxonasi bosh musavviri boʻlgan. Kamoliddin Behzodning shoh kutubxonasidagi mavqei baland edi. Uning sanʼati oʻziga xos boʻlib, fors miniatyurasining umumlashgan geometrik atributlarini oʻz ichiga oladi. Rassomchilikda oʻz uslubini yaratgan. Uning ishlarida qadriyat va xarakter individualligidan mohirona foydalanilgan. Behzodning eng mashhur asarlaridan biri — Saʼdiy Sheroziyning 1488-yildagi „Boʻston“ asari uchun tayyorlangan „Yusuf va Zulayho“ miniatyurasidir.
Tarjimai holi
Kamoliddin Behzod hayoti haqidagi eng ishonchli manbalar Hirot saroyi yoki Safaviylar saroyi bilan bevosita aloqador shaxslardan olingan. Zahiriddin Muhammad Bobur, Xondamir, Mirzo Haydar, Doʻst Muhammad ibn Sulaymon, Qozi Ahmad Qomiy va Iskandarbek Munshiy kabi tarixiy shaxslardan ishonchli maʼlumotlar bizgacha yetib kelgan. Usmoniy tarixchilari tomonidan berilgan maʼlumotlar Behzod va uning asarlari atrofida mavjud boʻlgan har xil afsonalar bilan buzib koʻrsatilgan.
Husayn Boyqaro saroyidagi faoliyati
Behzod musavvirlikni Pir Sayd Ahmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Halil Mirzo Shohruxiyning uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan. Yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan. Qozi Ahmad Qomiyning taʼkidlashicha, Behzod yetim qolganidan keyin Mirak tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Baʼzi olimlarning fikricha, uning aka-ukalari boʻlgan. Ularning farzandlari esa, Behzodning shogirlari boʻlishgan. Behzod ijodi 1470-yillarda boshlangan va unga nisbat berilgan asarlarning aksariyati 1480—1495-yillarga to‘g‘ri keladi. Sheila Canbyning taʼkidlashicha, Behzod oʻsha davrdagi hukmron siyosatga qarshi boʻlgan. Basil Grayning aytishicha, 1496-yilda Sulton Husaynning rassomlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan[5].
Keyinchalik Husayn Boyqaroning vaziri Mir Alisher Navoiy xizmatida bo‘lgan rassom va xattot Mirak Naqqosh tarbiyalagani aytiladi. Behzod haqidagi birinchi tarixiy manba „Xulosat ul-akbar“ asarida uchraydi. Asarda Xondamir tomonidan 1499—1500-yillarda yozilgan temuriylar sulolasi tarixi, 1471-yilgacha boʻlgan voqealarni hikoya qiladi. Asarda Behzod tarixiy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan juda mohir rassom sifatida tasvirlangan[6].
Hirotda buyuk temuriylar amiri Husayn Boyqaro xizmatiga kirib, fors tilidagi „Shohnoma“ dostoni uchun miniatyuralar chizdi va merosi bardavom bo‘lgan maktab yaratdi. 1507-yilda Temuriylar davlati qulashi bilan, Tabrizda Eron Safaviylari xizmatiga kirdi[7].
Behzodning 1506-yilda Husayn Boyqaro vafotidan keyingi hayoti haqida maʼlumotlar juda kam. „Boburnoma“da Behzod 1507—1510-yillarda Muhammad Shayboniyxonning xizmatiga kirgani aniqlangan. Bu haqda bir latifa ham bor: „Muhammad Shayboniyxon Behzoddan oʻzining suratini chizib berishni soʻraydi. Natijadan qoniqmagan Shayboniyxon rasmni oʻzi chizib tugatadi“.
Safaviylar saroyidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aʼyonlar kengashi, "Muraqqoyi Gulshan"
Behzodning Safaviylar xizmatiga qanday kirgani nomaʼlum, ammo yosh shahzoda Tahmasp Hirotda hokim boʻlib turgan paytda uning xizmatida boʻlganligi tasdiqlangan. Uni Safaviylar saroyiga bog‘lovchi birinchi hujjat Shoh Ismoilning 1522-yilda shoh ustaxonasiga boshliq etib tayinlanishi haqidagi farmondir. Ushbu hujjat baʼzi olimlar tomonidan bahsga sabab boʻlgan.



Download 45.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling