Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar qudratli xudolarga sig‘inish shaklida vujudga kelmagan. Odamlar ruhlarga, tabiat hodisalari (suv, olov, oy, quyosh singari)ga va mavjudotlar (ot, bug‘u, mushuk kabilar)ga sig‘inganlar


Download 201.5 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi201.5 Kb.
#1472491
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-mavzu (2)




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

____________ fakulteti ________yo'nalishi ___-guruh talabasi ____________________ning ______________________fanidan tayyorlagan


Mavzu: O'zbekistonning Qo'qon xonligi davri me'morchiligi


Urganch 2023


Mundarija
Kirish
I bob.Ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi
1.1. Ilk diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishi
1.2. Ilk diniy e’tiqodlar va inson
II bob. Tosh davrida insonlarning e’tiqodi va ularning diniy tasavvurlari
2.1 Tosh davrida insonlarning diniy e’tiqodi
2.2 Qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar qudratli xudolarga sig‘inish shaklida vujudga kelmagan. Odamlar ruhlarga, tabiat hodisalari (suv, olov, oy, quyosh singari)ga va mavjudotlar (ot, bug‘u, mushuk kabilar)ga sig‘inganlar. Shu bois ibtidoiy din shakllari umumiy nom bilan diniy kompleks (lotincha complexus– aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi) deb ataladi. Diniy kompleks – predmetlar va mavjudotlarda g‘ayritabiiy kuchlarining mavjud ekanligiga ishonuvchi kishilarning qarashlari va maxsus harakatlari tizimi. Ibtidoiy din shakllari xilma-xil ko‘rinishga ega. Eng qadimgi diniy e’tiqod turlaridan biri totemizmdir (Shimoliy Amerika hindulari tilida ototem – uning urug‘i degan ma’noni anglatadi). Totemizm – odamlar jamoasi (urug‘, qabila)ning hayvon, o‘simlik yoki predmetlar bilan qonqardoshlik aloqasi mavjud ekanligiga ishonishlari. Totemizmning asosiy xususiyati shundaki, totem sifatida qabul qilingan hayvon, o‘simlik yoki predmetlar urug‘ yoki qabilaning ajdodi deb tan olinadi va uni tan olgan jamoa a’zolari qarindosh hisoblanadilar. Totem hayvon, o‘simlik yoki boshqa predmetlar juda ko‘p talablarga javob berishi kerak bo‘lgan. Masalan, totem hayvon birinchi navbatda xo‘jalik uchun zarurligi va foydaliligiga qarab aniqlangan.Totemizm odamlarning birlikni anglashlaridan paydo bo‘lgan. Bu birlikning tashqi belgisi sifatida tabiat voqeliklari qabul qilingan. Chunki odam ibtidoiy jamiyatning ilk bosqichlarida o‘zini tabiatdan ajratmagan, undagi mavjudotlar bilan o‘zini qiyoslagan. Shu asosda, odamlarda totemistik qon-qardoshlik tuyg‘usi ularning fiziologik qonqardoshliklaridan oldin paydo bo‘lgan.


Download 201.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling