Ibtidoiy jamiyatga oid ijod shakllari va musiqa ijodiyotining kelib chiqishi


Download 23.15 Kb.
bet5/5
Sana19.11.2021
Hajmi23.15 Kb.
#175616
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 va 2-(mavzular)

Urug‘ va elatlarning birlashishi

Urug‘ va elatlarning birlashishi va tobora o‘sishi natijasida o‘lkamiz hududida Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmda dastlabki davlatlar paydo bo‘lishi, Axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Iskandar Zulqarnaynning yurishlari ostida Yunon-Baqtriya boshqaruvining vujudga kelishi. Bu davr eramizdan oldingi VII asrdan to milodning IV asrigacha bo‘lgan juda katta tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi.

DEHQON – CHORVADORLARNING URUG’CHILIK TUZUMIDA MUSIQA SANA’TI

1-javob. Dehqonchilik-yuksak uyushtirilgan termachilikdan kelib chiqdi. Dunyoda eng dastlabki dehqonchilik vujudga kelgan yurtlar Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari hisoblanadi. Iroq, Falastin, O’rta Osiyoning janubiy rayonlari hisoblanadi.

Ilk o’troq hayot ko’plab yovvoyi hayvonlar – cho’chqa, qo’y, echki va hatto yirik shoxli mollarni ham xonakilashtirishga imkon bergan. Bu jarayonni qanday davom etganligini andamanlardan bilsa bo’ladi. Ov paytida tutib olingan cho’chqa bolalarini ular o’ldirishmagan va maxsus qo’ralarda boqishgan.

2-javob. Neolit davri madaniyati juda katta tezlik bilan Yaqin Sharq mamlakatlarida rivojlandi, qaysiki, bu yerda dehqonchilik va uy chorvachiligini ko’paytirish imkoniyati tug’ildi.

Eng qadimgi yodgorliklardan biri natufiya madaniyati bo’lib, yuqori mezolit davridayoq ayrim o’simliklarni madaniy holda ko’paytirishgan. Miloddan il. VI ming yillikda Shimoliy Iroq hududida ham ayrim o’simliklar xonakilashtirilgan. Bu yerdagi Tog’li Kurdistondagi Karim Shaxr yodgorligida qo’y va echki suyaklari topilgan.

3-javob. Omochli dehqonlar va chorvadorlarning xo’jaligi va moddiy madaniyati

Urug’chilik jamiyatining dehqonchilik-chorvachilik xo’jaliklari bir qator arxeologik yodgorliklarda berilgan. Taraqqiyotning bir xil emasligi paleolit davrida sezilgan bo’lsa ham bu neolit davrida yanada kuchaydi. Neolit davri arxeologik yodgorliklari o’nlab sanaladi.

4-javob. Jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston xalqlari dunyodagi eng qadimiy dehqonchilik an’analari, tarixi olis asrlarga borib taqaladigan shaharsozlik madaniyati, badiiy tafakkurning mislsiz rivojiga zamin bo‘lgan bebaho ma’naviy qadriyatlar ijodkoridir. Binobarin, Ipak yo‘li mintaqasi xalqlarining og‘zaki badiiyi jodining tarixiy asoslari qadim zamonlarda yashagan ajdodlarning arxaik tasavvurlari asosida yuzaga kelgan mifologik eposga borib taqaladi. Bu hudud xalqlari badiiy dahosining benihoya ulkan salohiyati tufayli yaratilib, asrlar davomida bevosita jonli ijro orqali ommalashgan va bugungi kunga qadar o‘zining qadrini yo‘qotmay kelayotgan muhtasham eposlar – o‘zbek xalqining benazir qahramonlik eposi “Alpomish”, xalq romantik eposining qariyib yuzdan ortiq epik syujetlarini o‘z ichiga qamrab olgan “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari, qirg‘iz xalqining og‘zaki badiiy ijodi durdonasi “Manas”, xitoy xalqining orzu-umidlari va ezgu an’analarini tarannum etgan “Sango Yani” dostoni, “Mahobhorat”, “Ramayana”, “Upanishad” singari qadimgi hind monumental eposlari, Tibet va Mo‘g‘uliston hududida g‘oyat keng ko‘lamda tarqalgan Geseriada epik an’anasi, koreys xalqining vatanparvarlik va yurtsevarlik g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan yirik epik asari “Jumo‘ng” singari xalq dostonlari insoniyat nomoddiy madaniy merosining nodir durdonalari sifatida Sharq xalqlari ma’naviyatining rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

5-javob. Chorvadorlik va dehqonchilik qo‘shiqlari.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalaridan birini tashkil etgan mehnat qo‘shiqlari inson faoliyatining turli jabhalari (masalan, yer haydash, tegirmon yanchish, ip yigirish va h.k)da ijod etilgan. Bajarilayotgan mehnat turiga ko‘ra bu aytimlarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

1. chorvadorlik qo‘shiqlari.

2. dehqonchilik qo‘shiqlari.

3. hunarmandchilik qo‘shiqlari.



Chorvadorlik qo‘shiqlari aholining chorvachilik bilan bog‘liq turmush tarzi va mehnat jarayonida shakllangan. Ularning bizgacha yetib kelgan namunalari asosan «sog‘im qo‘shiqlaridan» iborat, ya’ni bu aytimlar sigir, biya, tuya, echki kabi uy hayvonlarini sog‘ish paytida kuylanadi. Sog‘im qo‘shiqlarining turli xillari va shunga muvofiq nomlari mavjud. Masalan, qora molni sog‘ishda «Xo‘sh-xo‘sh», qo‘y- echkilarni sog‘ishda «Turey-turey», «Churey-churey» kabi maxsus qo‘shiqlar aytiladi. Mazkur nomlar esa shu aytimlarda naqarot singari takror bo‘luvchi so‘zlardan olingan bo‘lib, sog‘ilayotgan jonivorni tinchlantirish, erkalatish, iydirish kabi maqsadlarda qo‘llaniladi.
Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling