Ibtidoiy jamoa davri tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi


Download 145 Kb.
bet10/10
Sana08.11.2023
Hajmi145 Kb.
#1757696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IBTIDOIY JAMOA DAVRI TARIXINING MANBASHUNOSLIGI VA TARIXSHUNOSLIGI

Xulosa


Ibtidoiy jamoa tarixining umumiy davrlashtirishi dastlab 1870 yilda buyuk amerikalik etnograf Lyuis Genri Morgan tomonidan tuzilgan. XVSH asrda mavjud bo’lgan tarixiy jarayonni yovvoyilik, varvarlik va tsivilizatsiya zamonalariga bo’linishidan foydalangan holda hamda asosan ishlab chiqaruvchi (hayot uchun muhim bo’lgan vositalarning ishlab chiqilishi) kuchlarning taraqqiyot darajasida asoslangan holda, u yovvoyilik va varvarlik zamonalarini pastki, o’rta va yuqori bosqichlarga ajratdi. Evvoyilikning pastki bosqichi odamning paydo bo’lishidan va nutqning paydo bo’lishidan boshlanadi, o’rta bosqich baliqchilikning paydo bo’lishi va olovdan foydalanishdan boshlanadi, yuqori bosqich o’q-yoyning kashf etilishidan boshlanadi. Varvarlikning pastki bosqichiga o’tish kulolchilikning yoyilishi bilan boshlanadi, dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi varvarlikning o’rta bosqichida bo’ladi, temirni o’zlashtirish bilan esa varvarlikning yuqori bosqichi boshlanadi. Yozuvning-alfavitning paydo bo’lishi bilanoq tsivilizatsiya zamonasi boshlanadi.
F.Engels ushbu Morgan davrlashtirishiga yuqori baho berib, uni umumlashtirib, yovvoyilik zamonasini - tabiatdan oluvchi, varvarlik zamonasini esa - ishlab chiqaruvchi xo’jalik deb belgilaydi. O’zining "Oila, shaxsiy mulk va davlatning paydo bo’lishi" (Marks K., Engels F. Soch. t.20.-s. 486-499) va boshqa asarlarida Engels ibtidoiy jamoa tarixining dastlabki bosqichini ibtidoiy to’da davri deb belgilaydi.
YAngi davrlashtirish 1940 yillarda Tolstov S.P. tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Unda ibtidoiy tarixning uchta asosiy bosqichi: 1) ibtidoiy odamlar to’dasi (ibtidoiy jamiyatning shakllanishi, qurollardan foydalanishdan boshlanadi), 2) ibtidoiy jamoa (ibtidoiy jamiyatning gullab-yashnashi, qurollarni ishlab chiqarish uchun qurollardan foydalanishdan boshlanadi) va 3)harbiy demokratiya (ibtidoiy jamiyatning sinfiy jamiyatga aylanishi, metallni o’zlashtirishdan boshlanadi) ajratib ko’rsatilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. T.K.Xo’jayov. K paleoantropologii drevnego O’zbekistan T., 1980.
2. Qosimov M.R. Mnogosloynaya paleoliticheskaya stoya
3. Ko’lbuloq. /Problemm arxeologii Sredney Azii.-L, 1968
4. Pershits A.I. i dr. Istoriya pervobitnogo obshestva
Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling