Ibtidoiy ma’naviy madaniyat
Download 1.07 Mb.
|
Slide2
Ibtidoiy ma’naviy madaniyat Madaniy antropologiya va dinni qiyosiy o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar olimlarni insoniyat jamiyatlaridagi diniy hodisalarning kelib chiqishi va universalligini tushuntirish uchun ko'plab va xilma-xil nazariyalarni ilgari surishga olib keldi. Ushbu maqolada ushbu nazariyalarning rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalarning qisqacha sharhi va ibtidoiy jamiyatlarda mavjud bo'lgan ba'zi asosiy diniy g'oyalar va amaliyotlar ko'rib chiqiladi. O ’zbekiston hududidagi ibtidoiy tasviriy san’at namunalarini eng qadimgisi mezolit-neolit davrlariga oid bo'lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismidir. Shuningdck, bu tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko‘rinish, o‘ziga xoslik va farqlik jihatlarga ega bo'lib quyidagi bosqichlardan iborat: 1. G’orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalarda saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar yaratilgan davr. 2. Loy, ganch, tosh va yog‘ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli hunarmandchilik buyumlaridagi tasvirlar yaratilgan davrlar. Mamlakatimiz tog’lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil: bir xillari bo‘yoq (ohra) bilan, ikkinchi xillari esa o'yibishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar). O ’zbekistondagi qoyatosh tasvirlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Beronsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabi yuzdan ziyodi topilgan. Bu qoyatosh tasvirlarda O ’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami turlarini kuzatish mumkin. Bular ibtidoiy sher va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo'rilar, bug‘u va jayronlardir.O’zbekistondagi qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatidan xilma-xil. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to‘qnashuvi manzaralari tasvirlangan. Bu tasvirlar orqali o'sha davr odamlarining ov, mehnat qurollarini bilib olish mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadiragi ajdodlarimizning g'oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Negaki, ibtidoiy odamlar bir-birlariga fikrlarini, munosabatlarini istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, sodda tasvirlar orqali yetkazishga intilganlar. Masalan, ular ov qurollarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi ekanliklarini ifodalasalar, yowoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari orqali, o‘sha hayvonlami ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar. Ko‘hitang tog'ining yuqorisida joylashgan g‘omi «Oltin olov qoyasi» yoki «Oltin olov darasi» deb atashgan. Chunki zar-oltin, o‘t-olov ma’nosida bu yodgorlik «Zarautsoy» deb atalgan. Zarautsoy ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi odamlami hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilish bilan birga ibtidoiy badiiy madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini anglashga yordam beradi. Ibtidoiy odamlaming tirikchilik manbai bo‘lgan ov manzarasini kuzatish orqali ovchilik ilmining ayrim qirralarini o‘rganamiz Tasviriy san’atning ibtidoiy davrga mansub namunalaridan biri Jizzax viloyatidagi Taqatosh nomli toshdagi tasvir yozuvlardir. Bu tasvirlarda fikr, sezgi, amaliy ehtiyoj kabi tuyg'ular aks ettirilgan. Qadimiy tasvirlardan yana biri Zarafshon etaklaridagi «Sarmishsoy» tasvirlarida esa ibtidoiy rassomlar ijodi o‘z aksini topgan. Bu ibtidoiy tasviriy san’at asarlari Sarmishsoy darasining ikki yuzida qad ko‘targan qoyatoshlaming silliq yuzasiga solingan. Sarmishsoy qoyalarida yowoyi buqalar, shoxdor bug‘i va qulonlar, elib borayotgan tog‘ takasi, ohu, to‘ng‘iz, bo‘ri, qoplon, itlar hamda bir-biri bilan olishayotgan yow oyi va honaki hayvonlar, shuningdek, ovchilar va ov manzaralari ham tasvirlangan. Qadimgi rassomlar faoliyatida ham kuzatuvchanlik, shakl va chiziqlar orqali bo‘layotgan voqealaming xarakterini, mazmunini yoritib bera olish qobiliyatlari ko‘zga tashlanadi. Qoyatosh, daralar va g‘orlardagi rasmlar mazmunan boy bo‘lishi bilan birga xilma-xildir. Ularda turli manzaralar o‘z aksini topganUmuman bu tasvirlar orqali odamlaming mushtarak tuyg‘ulari yuzaga chiqqanligini ko‘ramiz. Bu rasmlarda har bir belgi, qoralama yoki shakl o‘ziga xos fikrni, hatto sehru jodulami ifodalab berishi bilan qiziqarlidir. Shulardan ko'rinadiki. ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy faoliyat alohida o'rin tutgan.Ma’lumki, inson o‘z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash uchun kurash jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan. Kurash va mehnatda erishilgan muvaffaqiyatlar urfodat, udum, marosim, an’ana va bayram- xursandchilikni vujudga keltirgan. Madanivatshunoslar fikricha bayram va marosimlar eng qadimgi davrdayoq mavjud bo'lgan va ibtidoiy odamlar hayotida muhim rol o‘ynagan. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling