Agar o‘quvchilar to‘g‘ri javob sifatida “C Qum va boshqa qattiq zarrachalar suv tubiga cho‘kadi” variantini belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Boshqa javoblar belgilangan bo‘lsa yoki javob yo‘q bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball). Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan. 3-savol - 3-savol
Suvni tozalash jarayonining to‘rtinchi bosqichida suvga xlor qo‘shiladi. Nima sababdan suvga xlor qo‘shiladi? ______________________________________________________________________________ Baholash mezoni Baholash mezoni - Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar kimyo fanidan xlorning xossalari va
- ishlatilishi haqidagi bilimlarni yodga olishlari kerak: xlor – zaharli gaz, kuchli oksidlovchi; xlorlash – suvdagi organik qoldiqlarni oksidlash va dezinfeksiya qilish
- usuli.
Agar o‘quvchilarning javoblarida bakteriya (mikrob yoki virus)larning yo‘q qilinishi haqida qayd etilgan bo‘lsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball).0
Do'stlaringiz bilan baham: |