Ichimlik suvini xlorsiz zararsizlantirish


Download 9.75 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi9.75 Kb.
#1835707
Bog'liq
ICHIMLIK SUVINI XLORSIZ ZARARSIZLANTIRISH


ICHIMLIK SUVINI XLORSIZ ZARARSIZLANTIRISH
A.A. Abdullayev, T.A. Xamrayev
Termiz davlat universiteti, Termiz sh.
Suvga yaqin xudoga yaqin

Suv alloh tomonidan yaratilgan aloxida, xech narsaga o’xshamas ne’matdir. Qadimdan bizga ma’lumki suv yetti marta yumalasa toza bo’ladi degan naql mavjuddir.Butun jaxonda suv xlor vositasi yordamida elektroliz qilib toza suv olinadi. Xlor bilan tozalangan suvni bir necha nuqsoni bo’ladi. Bulardan tozalangan xlorlangan suvdan ko’pincha xlor xidi anqib turadi. Xlorlashning shu tomonlari qiyinchlik tug’diradi.Boshqa tomondan qimmatga tushadi.Ishlatilganda xam ruxsat etilgan me’yor (PDK) ga amal qilinmaydi. Ortiqcha xlorlangan suvni boshqa tomonlari xam mavjud. Xozirda suyuq xlor o’rniga natriy gipoxlariddan foydalanilmoqda (NaClO). Bu vaziyatda natriy metali eritmning xolatini buzadi. Ichimlik suvini xlorsiz tozalash, zararsizlantirish uchun biz kumush vositasidan foydalanishni taklif qilmoqchimiz. Kumush vositasi quyidagicha tayyorlanadi.Toza kumushdan Plastinka tayyorlanadi.Uning ko’rinishi quyidagicha.



Qurilma kichik elektr toki yordamida ishlaydi. Tok kuchi esa 10 milliamper tok yordamida ishga tushiriladi.10 min davomida 10 tonna suvni tozalash imkoniyati mavjud. Kiyev davlat Universitetining Virusalogiya kafedrasida kumush nitrat qo’shib kumushli suv olingan. Bu usulning xam biroz zararli tomonlari mavjud. Viloyatimizning Qiziriq, Angor, Bandixon, Muzrabot tumanlarida ichimlik suvini istemol qilishda biroz qiyinchiliklari mavjud. Istemol qilinadigan suv asbestdan yasalgan trubalar yerga ko’milib, suv saqlanmoqda.Trubalarda xaftalab suvni turib qolishi natijasida ko’plab mikroorganizmlar soni ortib ketadi. Bunda o’rtacha 1-litr suvda 70-80 dan ortiq mikroorganizmlar mavjudligi suvni analiz qilish natijasida aniqlandi.Tumanlardan olib kelingan suv kumush vositasida 10 min davomida ishlov berildi.Natijada olingan suv analiz qilinganda mikroorganizmlar soni 3-5 ta qolganligi aniqlandi. Bunda eng muximi suvning mazasi, rangi va boshqa fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari mutlaqo 1%ga xam o’zgarmaydi. Kumush vositasi yordamida ishlov berilgan suvning zichligi A20 =0.9998g/sm2 bo’lib chiqdi. Bu esa ishlov berilmagan suvning zichligi bilan bir xil ekanligi isbotlandi. Kumushlangan suv o’zini 7-8 kun davomida o’zini to’liq saqlaydi. Toshkent viloyatining Angren shaxridagi buloqqa 1-kg chamasida kumush tashlangan. Bunda necha yillar davomida xalq kumushli suvni istemol qilib kelgan. Kumush metali xam, kumush ioni xam mutlaqo odam organizmiga zarari yo’qligini Kiyev Davlat Universitetining Virusalogiya kafedrasi tomonidan isbotlangan va tasdiqlangan.Viloyatimizning Denov tumanidagi Xazarbog’ kanali 4-5 oy davomida loyqalanib oqar ekan. Shu suv Maxsus taklif qilingan qurilma yordamida ishlov berilsa toza kumushli suv olinadi.
Taklif qilinayotgan qurilma quyidagi ko’rinishda

Qurilmadagi aktivlangan ko’mir kationit bilan almashtirilsa nordon va qattiq suvnixam tozalash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Download 9.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling