Ички аудит хизматини ташкил этиш ва юритиш


Ichki auditning o’ziga xos xususiyatlari


Download 144.5 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1581052
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ички аудит хизматини ташкил этиш ва юритиш

2. Ichki auditning o’ziga xos xususiyatlari

Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.


Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim yo’riqnomalariga amal qilishi lozim.
Tashqi va ichki nazorat o’rtasidagi bog’liqlik korxonaning qanday faoliyat ko’rsatishiga bog’liq. Ya’ni bazi korxonalar umuman tashqi nazoratdan o’tmasligi mumkin, masalan agar ular majburiy tashqi nazorat o’tkazilishi shart bo’lmasa va moliyaviy - sanoat guruxi qatnashchisi hisoblanmasa.
Tashqi va ichki nazorat bir - biriga bog’liqligi nazoratni yagona tizim ekanligini bildiradi. Shu bilan birga tashqi va ichki nazorat o’rtasida quyidagi farqlar mavjud.
1. Nazoratni majburiyligi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga asosan tashkilotlar yillik buxgalteriya hisoboti bilan auditorlik xulosasi topshirilishi kerak.
Qolgan holatlarda auditorlik tekshiruvlari tashqi nazorat bo’lganligi uchun ixtiyoriydir. Buni korxona rahbarining qaroriga asosan o’tkaziladi.
Ichki nazorat har bir korxona uchun uni tashkiliy - xuquqiy formasiga, mulkchiligidan qat’iy nazar, hajmiga va tarmoqqa bo’ysinishidan qat’iy nazar majburiy.
2. Nazoratni tashkil kilish maksadi. Tashqi auditni maqsadi - tashkilotning buxgalteriya hisobini, xisobot ko’rsatkichlarini tashqi foydalanuvchilar uchun ishonchliligini tasdiqlash. Auditor tekshirishni yakunlab auditorlik xulosasini bersa maqsadga erishilgan bo’ladi. Ichki nazoratni maqsadi - korxonaning barcha xodimlarini o’zlariga birkitilgan vazifalariga amal qilishlarini ta’minlash. Ichki nazoratni maqsadiga erishishi doimiy.
1- jadval

Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling