Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet120/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





  1. Kengash deb nimaga aytiladi?

  2. Kengashning qanday turlari mavjud?

  3. Kengashga qanday tayyorgarlik ko‘riladi?

  4. Kengash vaqtida qanday axloqiy talablarni bajarish kerak?

  5. Ekstremal sharoit deb nimalarga aytiladi?

  6. Ekstremal sharoitlarda qanday axloqiy normalar ustunlik qiladi?

  7. Muzokara olib borish deganda nimalarni tushunasiz?

  8. Muzokara olib boruvchi xodim qanday axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?

  9. Prezident Islom Karimov rahbar xodimlarning axloqiy-ma’naviy fazilatlari va ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida nimalar degan?

  1. bob


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING XIZMAT FAOLIYATIDA YUZ BERADIGAN AXLOQIY NIZOLAR. AXLOQIY TANLOV VA KASBIY TAVAKKALCHILIK

    1. §. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA YUZ BERADIGAN AXLOQIY NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI



Axloqiy nizo, uning tur va shakllari. O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat bunyod etish borasidagi sa’y-harakatlari muayyan qiyinchiliklar bilan kechishi tabiiy. Ayniqsa, davlat mulkining yakka hukmronligiga asoslangan ijtimoiy tuzumdan mulk shakllari xilma-xilligiga asoslangan milliy demokratik tuzumga o‘tish davri fuqarolarimiz ongida ham muayyan o‘zgarishlar hosil qilishi, jumladan, ularning axloqiy qadriyatlarga doir qarashlarida, o‘zaro munosabatlarida ayrim ziddiyatlar – axloqiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin.
Nizo – o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat natijasida tug‘ilgan holat, munosabat, ixtilof, nifoqdir.
Axloqiy nizolar deb jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy hayotidagi ziddiyatlar tufayli kishilar o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchilik, tushunmovchilik, toqatsizlik, mas’uliyatsizlik kabi illatlarga aytiladi.
Axloqiy nizolarning kelib chiqish sabablarini bilish va bartaraf etish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri va ichki ishlar idoralari xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida va umuman, hozirgi kunda uning iqtisodiyot, axloq, huquq, siyosat va madaniyat sohalarida bo‘layotgan ziddiyatlarni va ularning natijasida kelib chiquvchi nizoli axloqiy holatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish vaqtida davlat va xususiy mulk tarafdorlari o‘rtasida kelib chiqadigan ziddiyatlar hamda shu ziddiyatlar tufayli davlat mulk egasi bilan xususiy mulk egasi o‘rtasida yuz beradigan nizoli axloqiy holatlar;
mulkdorlarning bozordagi o‘zaro raqobatlari natijasida hosil bo‘ladigan ziddiyatlar va shu tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar;
ishlab chiqaruvchi, vositachi hamda iste’molchilar o‘rtasida yuz beradigan ziddiyatlar va ular tufayli kelib chiqadigan nizoli axloqiy holatlar;
biron shaxsning ruhiy-ma’naviy dunyosida, axloqiy holatlarida, oilasida, ichki kechinmalarida, ish joyida, do‘stlariga bo‘lgan munosabatlarida yuz beradigan ziddiyatlar va shular tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar.
Mazkur ziddiyatlar va ular tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolarning oldini olish ishlari bevosita ichki ishlar idoralari xodimlarining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ularni bartaraf etish shu soha xodimlarining xalq oldidagi burchi hisoblanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling