Ichki ishlar idoralari xodimlarining


IV. Xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyati


Download 0.5 Mb.
bet156/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Bog'liq
Respublikasi

IV. Xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyati


  1. Xodimlar xizmat jarayonida va xizmatdan tashqari paytda so‘zlashish odobiga, muomala madaniyatiga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish insonning mavqeini yuksaltiradi, uning jamoadagi va jamiyatdagi o‘rni hamda obro‘yini belgilab beradi.

  2. Har bir xodim fuqarolar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, ularning murojaatini diqqat bilan eshitishi, vakolati doirasida ko‘rib chiqishi va masalasini hal qilishga intilishi zarur. Fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning qonunga zidligini tushuntiradi hamda qonunda belgilangan chorani qo‘llash masalasini hal etadi.

  3. Ichki ishlar idoralari xodimlari el-yurt osoyishtaligi posboni sifatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan muloqotga kirishishda qaddi-qomatini tik tutgan holda, ochiq chehra bilan ularning bergan savollariga aniq va lo‘nda javob berishga intiladi. Ularni qabul qilganda tarjimon taklif etadi.

  4. Xodim fuqarolar bilan suhbatlashishidan oldin o‘zini tanishtirishi,xizmat guvohnomasini ko‘rsatish talab etilgan hollarda o‘sha zahoti talabi qondirilishi lozim. Suhbat davomida xodim tamaki mahsulotlarini chekishi, biror narsani iste’mol qilishi yoki ularga nisbatan hurmatsizlik deb qabul qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya xatti- harakatlarni sodir etishi mumkin emas.

  5. Xodim ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan, ushlangan va qamoqqa olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini, shaxsiyatini poymol qilmaydi. O‘z navbatida, ularga tibbiy va huquqiy yordam beradi, ularning ushlanganliklari haqida yaqin qarindoshlari yoki ish joyiga o‘rnatilgan tartibda xabar beradi.

  6. Ichki ishlar idoralari xodimlari gumon qilinuvchi shaxslar, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilar bilan muloqotga kirishayotganida doimo hushyorlikni yo‘qotmasdan, o‘zini og‘ir-vazmin tutib, har qanday kutilmagan harakatga qarshi tayyor turishi lozim.

  7. Huquqbuzar taqdim etgan hujjatlarni ehtiyotkorlik bilan ko‘zdan kechiradi, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lmaydi. Hujjatlarni tekshirayotganda uning ichida ishga taalluqli bo‘lmagan buyumlar (pul, yozuvli qog‘oz parchasi, tashrif qog‘ozi va h.k.) bo‘lsa, ularni egasiga qaytaradi. Huquqbuzarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlar qilmaydi.

  8. Ichki ishlar idoralari xodimi aholi bilan aloqani mustahkamlab, takomillashtirib boradi. Ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak nomni yodda saqlagan holda, xizmat vazifasiga doir ish yurituvi davomida hamda insoniylik burchini bajarish vaqtida fuqarolardan turli ko‘rinishdagi hadya va sovg‘alarni olmaydi va xizmat aytmaydi.

  9. Spirtli ichimlik ichgan, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgan shaxslar bilan muloqotga kirishganda, ular o‘zlarini to‘g‘ri tutsalar ham, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlagan holda ehtiyotkor bo‘lishi xamda tegishli qonuniy choralar ko‘rilishini ta’minlashi zarur.

  10. Xodim jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lib, keksalarga, ayollarga joy berishi, yoshlarni yoshi kattalarga joy berishga undashi, jamoat transportida yoki bekatda huquqbuzarlik sodir etilsa, darhol uni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rishi, jabrlanuvchiga yordam berishi hamda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashni xizmat va fuqarolik burchi deb hisoblashi shart.

( O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 4 iyuldagi 96-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling