Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu xususda donolarimiz shunday deganlar
Sobitqadamlik, sabr-qanoat, kamtarlik.Sobitqadamlik –niyat qi- lingan ishga jiddiy kirishish va oxiriga yetmaguncha undan chekinmas- lik, boshlangan ishni oxiriga yetkazishdir. Ichki ishlar idoralari xodim- ining sobitqadamligi bu uning o‘tkinchi narsalarga, ya’ni bir lahzalik kayfiyatga, «oshna-og‘aynigarchilikka» berilmasdan boshlagan ishini qat’iyat bilan oxirigacha yetkazishidir.
Sabr-qanoat boshga tushgan qiyinchiliklarni chidam bilan yengishdir. Ichki ishlar idoralari xodimlarining sabr-qanoati ularning xizmat o‘tashida uchraydigan barcha uqubat, xavf-xatarlarga bardosh berishi xizmat burchini sabr-toqat va matonat bilan bajarishi demakdir. Bu xususda donolarimiz shunday deganlar:– Sabr deb musibat yetgan vaqtda darhol o‘zini to‘xtatishga aytiladi. (Hadis) Sabr shodliklar kalitidir. Sabr – achchiq, ammo foyda beruvchidir. Qanoat – ekin, urug‘i – boylik; daraxtdir – mevasi muhtojsizlik. (Alisher Navoiy) Sabrning avvali achchiq, oxiri esa shirindir. (Muhammad Zehniy) Sabr bilan ishlar bitar, shoshqaloqlik boshga yetar. (Husayn Voiz Koshifiy) Qanoat kishini qudratli qilur. (Sa’diy Sheroziy) Sabr – shikoyatlarni tark etishlikdir.(Ruvaym ibn Ahmad) Sabr shunday kuchli narsadirki, shahvatni iffatga, g‘azabni shijo- atga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozuga, yomonlikni yaxshilikka aylan- tirmakka quvvati yetadi. (Abdulla Avloniy) Kamtarlik deb kishining o‘zini tabiiy holda, qanday bo‘lsa shunday- ligicha, hamma bilan teng, bab-barobar tutishiga aytiladi. Ichki ishlar ido- ralari xodimlarining kamtarligi bu ularning xizmat burchini yasamachilik, dabdabavozlik, izzattalablik, maqtanchoqlik, shuhratparastlik, xo‘jako‘r- sinlik, hashamdorliklarga yo‘l qo‘ymasdan, sodda tabiatlik bilan bajarish- laridir. Kamtarlik haqida donolar shunday deganlar: Kuchli odamlar hamisha oddiydirlar. (L.N.Tolstoy) Kamtarlik saxovat ko‘rkigina bo‘lib qolmay, balki uning soqchisi hamdir. (J.Addison) Kamtarlikning yetishmasligi aqlning yetishmasligidandir. (A.Pop) Hamma narsada, hatto kamtarlikda ham me’yorni bilish kerak. (A.Frans) Kamtarlikni pesh qiladigan kamtarlik – kamtarlik emas, kamtarlik jandasiga o‘rangan takabburlikning o‘zginasi, xolos. (I.Bexer) Xo‘jako‘rsinga kamtarlik pardali munofiqlikdir. (F. Laroshfuko) Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sen tuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon ko‘rinmay desang, donolar oldida takabbur bo‘lma. (Majid Havofiy) Xalqimizning insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan ishlarida ichki ishlar idoralari xodim- larining o‘z xizmat vazifalarini kasb axloqi prinsip va normalari asosida bajarishlari katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Chunki, halol, rostgo‘y, sobitqadam, sabr-qanoatli, kamtar, shijoatli ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarimizning tinch-osuda yashashlarini ta’min- lash borasida yaratilayotgan shart-sharoitlar kelajagi buyuk davlatimiz- ning, mehnatkash o‘zbek xalqining kamolotini ta’minlaydi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling