Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Axloqiy ong darajalari. Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy ongi kundalik-hissiy va aqliy-nazariy darajalarga ega.
Kundalik-hissiy darajadagi axloqiy ongga axloqiy tuyg‘ular, hissi- yotlar kiradi. Ma’lumki, hissiyot insonning mavjud voqelikka munosabati uning ehtiyoji va manfaatlariga muvofiq kelishi yoki kelmasligini aks ettiruvchi ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari bo‘lsa, ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyoti ularning o‘zi va boshqa odamlar tomo- nidan bajarilgan xatti-harakat, ish, muomala, qiliqlarga nisbatan paydo bo‘lgan ichki, subyektiv ruhiy kechinmalari hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyoti – ularning o‘zi va boshqalar sodir etgan xatti-harakatlarni, muomalalarni ma’qullashlari yoki qoralashlari, ularga nisbatan axloqiy mamnuniyat yoki axloqiy norozilik izhor qilishlariga qarab ijobiy va salbiy turlarga bo‘linadi. Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyotlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli vujudga keladigan vatanpar- varlik, kasbiy burchga sadoqat, jamiyat oldida mas’ullik, milliy iftixor, adolatparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari; xodimlarning shaxsiy xislatlarini namoyon qilishda paydo bo‘ladigan vijdon, or-nomus, qadr-qimmat, g‘urur, o‘z xatti-harakatlaridan qoniqish, qilmishidan xijolat tortish hissiyoti; odamlarga yordam berish, ularning hojatini chiqarib, ko‘nglini olish hamda boshqa xayrli ishlar qilish jarayonida yuzaga keladigan yaxshilik qilish, ezgulikka intilish fazilatlari; o‘zaro munosabat vaqtida paydo bo‘ladigan g‘amxo‘rlik, ishonch, hurmat, samimiyat, rahmdillik hissiyotlari. Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyotlari jamiyat rivojida quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: birinchidan, ular kishilar tomonidan sodir etilgan axloqiy xatti- harakatlarga jamoat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan axloqiy norma, prinsip va qonun-qoidalar nuqtai nazaridan baho beradi, ulardagi ijobiy va salbiy axloqiy qadriyatlarni, insonning ularga munosabatini ko‘rsatib beradi; ikkinchidan, axloqiy hissiyotlar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaruvchi hamda shaxsiylik bilan ijtimoiylikni uyg‘unlashtiruvchi vosita vazifasini o‘taydi; uchinchidan, axloqiy his-tuyg‘ular tufayli qoida, norma va prinsiplar insonning ishonch-e’tiqodiga aylana boradi, bu esa, o‘z navbatida, insonning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi; to‘rtinchidan, axloqiy hissiyot nafaqat boshqarish, uyg‘unlashtirish vazifalarini, balki shaxsning o‘zligini anglash, ichki imkoniyatlarini har tomonlama rivojlantirib, voqelikka aylantirish vositasi vazifasini ham bajaradi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, axloqiy hissiyotlar bo‘lmasa, shaxslar o‘rtasida chinakam axloqiy munosabatlar ham bo‘lmaydi. Chunonchi, axloqiy hissiyotlar insondagi ijtimoiylikning ichki ko‘rinishi bo‘lib, ularni to‘laqonli shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Nazariy-aqliy darajadagi axloqiy ong norma, prinsip, qoida va g‘oyalar shaklida bo‘ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling