Ichki kasalliklar ma’r


-Laborotoriya tekshirishlari


Download 484 Kb.
bet51/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

-Laborotoriya tekshirishlari. Surunkali pankreatit bilan kasallangan bemorlarda ko’pincha qonda gimoxromli anemiya, og’ir holatida esa neytrofilli leykositoz va EchT yuqoriligi, globulinlar miqdorining ko’payishi hisobga diproteinemiya, aminotranferazalar, aldolazalar, lipazalar faolligining oshishi, qon va siydikda amilaza (diastaza), qand miqdorining ko’payishi kuzatiladi.
-O’n ikki barmoq ichak rentgentda tekshirilganda bez boshchasi kattalashib qolgani tufayli qovuzlog’ining kengaygani va shakli buzilgani aniqlanadi.
-Ultratovush bilan tekshirishda me’da osti bezida o’zgarishlar borligi ma’lum bo’ladi.
Surunkali pankreatit turlari.

  1. Surunkali qaytalanadigan pankreatit-taxminan 60 foizi holatlarda uchraydi, to’lqinsimon kechishi (remissiya va zo’rayish davrlarining almashinib turishi) va kriz xarakterida bo’lishi bilan ifodalanadi, xolestaz va nekroz orti krist va oqma yara hosil bo’lishi bilan kuzatiladi. Zo’rayish davrida qorinning ustki yarmida kuchli og’riq xuruji vujudga keladi, og’riq qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, badan uvishishi, harorat ko’tarilishi, ko’ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo’lishi, qonda leykositoz va siydikda me’da osti bezi fermentlari miqdorining ko’tarilishi bilan kuzatiladi. Og’riqlash kaxeksiyasiga rivojlanadi. Remissiya davrida pankreatit belgilari so’nadi.

  2. Surunkali og’riqli pankreatit-deyarli doimiy, bir necha oyga cho’zildigan og’riq bilan kuzatiladi; og’riq, odatda, kuchsiz, ko’ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, ich ketishi, leykositoz bilan ifodalanadi, lekin kriz xarakterida bo’lmaydi.

v. Surunkali “og’riqsiz” yoki “yashirin” pankreatit-ko’pincha surunkali alkogolizmga duchor bo’lgan shaxslarda, o’t yo’llari, me’da, ichak kasalliklarida uchraydi. Ovqatlanish tartibi buzilgandan keyin, ko’ngil aynishi, yog’simon yopishqoq najas paydo bo’ladi. ishtaha saqlangan holda tana vazni kamayishi, terining trofik o’zgarishlari, giperglikemiya, tashqi yoki ichki sekretsiyalarining buzilish belgilari aniqlanadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling