Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

 Profilaktikasi.  

a. 

Surunkali  pankreatitning  vujudga  kelishida  etiologik  rol  o’ynaydigan 

kasalliklarni (oshqozon, ichak, o’t yo’llari kasalliklari) o’z vaqtida to’la-to’kis 

davolash. 



b. 

Surunkli zaharlanishga (alkogolizm, saturnizm) barham berish. 



v. Tartibli ovqatlanish 

g. Semirishni oldini olish 

 

Surunkali  gastrit-me’daning  surunkali  distrofik  yallig’lanishi  bo’lib, 



unda  me’daning  shira  ajratish  va  marom  bilan  harakat  qilishi  buziladi.  

Surunkali  gastrit  ovqat  hazm  qilish  organlari  kasalliklari  orasida  yetakchi 

o’rin egallaydi.  

 

Etiologiyasi.  Rivojlanish  sabablari  ko’p,  aksariyat  hollarda  bir  necha 

sabablardan rivojlanishi mumkin.  

1.  Egzogen sabablar. 

2.  Endogen sabablar 

 

Egzogen  sabablarga:  surunkali  gastritning  kelib  chiqishida  1982  yilda 



Avstraliyalik  olimlar  Varren,  Matchel,  spiralga  o’xshagagan  bakteriyaning 

rolini  ta’kidlaydilar.  Uning  nomini  Kampil  piloriy  bakteriyasi  deb  atagan. 

Oshqozon  shililq  qavati  biopsiya  qilib  tekshirilganda  shu  mikrob  100% 

hollarda  topilgan.  Ovqatlanishning  buzilishi.  (ovqatlanish  me’yorining 

buzilishi, o’ta to’yib ovqatlanish, to’liq chaynamasdan yutish, qattiq, achchiq, 

issiq  ovqatlar  iste’mol  qilish).  Chekish  va  spirtli  ichimliklar  ichish.  Asabiy 

zo’riqish.  Kasbga  oid  zararli  moddalar.  (metal,  paxta  changlari,  kislota  va 

ishqorlar). Dorivor moddalarni uzoq vaqt iste’mol qilish. 

 

Endogen  sabablarga:  surunkali  yallig’lanish  (og’iz  bo’shlig’i  va 



xalqumning,  nafas  olish  organlarning  yallig’lanish  kasalliklari,  o’pka  sili, 

surunkali xolesistit, enteropolit) kiradi. Endokrin bezlar kasalliklari (Addisson 

kasalligi,  gipotireoz,  bo’qoq,  Isenko  Kushing    kasalligi,  qandli  diabet). 



Kasallangan  organlardan  reflektor  ta’sir  etishi  (xoletsistit,  gipotet).  Modda 

almashinuvining  buzilishi  (o’ta  semizlik  organizmda  temir  moddasining 

yetishmasligi,  podagra).  To’qima  gepoksiyasiga  olib  keluvchi  kasalliklar 

(yurak  tomir  yetishmovchiligi,  jigar  va  buyrak  yetishmovchiligi).  Allergiya 

natijasidagi surunkali gastrit. O’tkir gastrit o’z vaqtida davolanmasligi.   

 

Patogenezi.  Gastrit  rivojlanishida  ekzogen  va  endogen  sabablarning 

uzoq vaqt ta’sir etib turishi kuzatiladi. 

 

Gastrit  rivojlanishida  qatnashadigan  muhim  omil  me’daning  harakat 



vazifasining  buzilishi  hisoblanadi.  U  me’da  mushak  pardasini  tonusining  yo 

kuchayishi, yoki keskin pasayishi  bilan o’tadi.  Har ikkala holda ham ovqat  

hazm qilish jarayoni o’zgaradi va me’da shilliq pardasi yallig’lanib, o’zgarib, 

vaqt o’tishi bilan surunkali xarakter oladi.  

I. Me’da devori hujayralarida xlorid kislota ishlab chiqarishning  buzilishi, 

harakat  va  evakuator  vazifasining,  me’da  devorida  qon  aylanishining 

buzilishi me’dada o’zgarishlarga olib keladi.  

1.  Ko’p ishlanishi natijasida vodorod, ioni ko’payib, sulfatazaning aktivligini 

susaytiradi, sulfataza me’da shirasi tarkibining buzilishiga olib keladi.  

2.  Harakat va evakuator vazifasining buzilishi: a) og’riq paydo bo’lishiga; b) 

me’da  va  ichak  dispepsiyasi    simptomlariga;  v)  me’da  shirasining 

buzilishiga olib keladi. 

 

Shunday  qilib,  me’daning  harakati  va  evakuator  vazifasining  buzilishi, 



o’n ikki barmoq ichak ishirasining me’daga otilishi kuzatilib, unda oshqozon 

osti bezining shirasi va o’t  kislotasi me’dada sof vodorod ioni hosil bo’lishini 

kuchaytiradi.  Bu  esa  me’da  shirasi  ajralishini  susaytiradi,  uning  vazifasini 

pasaytiradi, natijada me’da shilliq pardasini tubdan o’zgartiradi. Me’da shilliq 

osti qavatida arteriya  va vena tomirlar orasida qo’shimcha yo’l ochilib, bu esa 

me’da  devorining  kamqonligiga  olib  kelib,  uning  regenator  vazifasini 

buzilishiga olib keladi.  

 

II.  Epitelial  bezlar  regeneratsiyasining  buzilishi  surunkali  gastritning 



rivojlanihida asosiy rol o’ynaydi. Boshqa hamma hollar egzogen  va endogen 

sabablarning,  me’da  shilliq  pardasining    jarohatlanishi  natijasidir.  Kasallik 

rivojlanishida  shilliq  parda  ostida  shish  va  yallig’lanish  vujudga  keladi. 

Surunkali  gastritda  me’da  shilliq  qavatining  tarkibi  o’zgaradi,  plazmatik 

to’qimalar kuchayib, qalin to’qimalar kamayadi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling