Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Klinik manzarasi.   Bemorlarning qorinda to’sh osti sohasidagi doimiy 

o’rtacha  og’riqdan,  ishtaha  pasaygani,  og’izdan  yoqimsimsiz  maza  bo’lib 

turishi,  yeyilgan  ovqat  ba’zan  palag’ag’da  tuxum,  achchiq  suyuqlik  bilan 

kekirish,  zarda  qaynashi,  ba’zan  qusishdan  noliydilar.  Og’riq  me’da 

muskullarining  cho’zilib  ketganligi  yoki,  tortishib  qisqarishi  sababli  paydo 




bo’ladi.  yallig’langan  shilliq  parda  har  qanday  mexanik  ta’surotda  og’riq 

manbai bo’lib qoladi.  

 

Siqilishdan  kelib  chiqadigan  og’riqqa  me’da  shirasi  kislotaligining 



oshganligi  sabab  bo’lishi  mumkin.  Agar  o’nikki  barmoqli  ichakka  me’da 

shirasi  bilan  konsentrlangan  xlorid  kislota  tushsa  va  u  o’nikki  barmoqli 

ichakning  ishqoriy  eritmasi  bilan  neytrallanmasa,  bu  hollatda  shilliq  parda 

uzoq  vaqtgacha  ta’sirlanib  qoladi.  Bu  o’z  navbatida  pilorusning  ko’p 

vaqtgacha reflettor siqilishh holatida bo’lishiga olib keladi, bu og’riqqa sabab 

bo’ladi.  

 

Nordon  me’da  shirasi  ajralishi  me’daga  ovqat  tushganda  ro’y  beradi, 



shuning  uchun  og’riq  ovqat  yeyish  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Me’da  nordon 

suyuqlikdan  ozod  bo’lganda  pilorusning  reflektor  spazmi  to’xtaydi,  shuning 

uchun  me’dadagi  og’riq  pasayadi  yoki  qusishdan,  me’da  shirasining  xlorid 

kislotani  neytrallashga  yordam  beradigan  natriy  gidrokarbonat  ichilgandan 

keyin  batamom  to’xtaydi.  Agar  og’riq  shira  haydaydigan  ovqat  yeyilgandan 

keyin  paydo  bo’lsa,  og’riqqa  me’da  shirasining  ortiqcha  ajralishi  sabab 

bo’lganligi haqida fikr yuritish mumkin.  

 

Me’da va qo’shni a’zolar (jigar, o’t qopchasi, me’da osti bezi, yo’g’on 



ichak,  qorinning oldingi devori) o’rtasida hosil bo’lgan bitishmalar  bemor u 

yonboshidan,  bu  yonboshiga  ag’darilganda,  kuchanganida,  gavdasini  orqaga 

engashtirganida,  balan  joydan  biron  narsani  olishga  urinib  cho’zilganida  

og’riq paydo bo’lishiga olib keladi.  

 

Kasallikning  ko’p  uchraydigan  belgilaridan  biri  zarda  qaynash 



hisoblanadi.  Zarda  qaynashiga  me’da  muskullarining  keskin  qisqarishi  sabab 

bo’ladi,  uning  suyuqligi,  xususan  xlorid  kislota,  qizilo’ngachning  pastki 

qismiga  otilib  chiqadi  va  uning  shilliq  pardasini  ta’sirlantiradi.  Zarda 

qaynashidan  tashqari,  achchiq  kekirish  va  qayt  qilish  kuzatiladi.  Sekretor 

yetishmovchiligi  bilan  o’tadigan  gastritda  to’sh  osti  sohasida  oz-moz  og’riq, 

og’riqlik  sezgisi,  yeyilgan  ovqat,  palag’gda  tuxum  hidi,  yoki  havo  bilan 

kekirish qayt etiladi.  Bemorning umumiy ahvoli unchalik yaxshi bo’lmaydi, 

ishtahasi yomonlashadi, mehnat qobiliyati pasayadi, ichi suyuq ketadi.  

 

Gastrit  monoton  (bir  xil)    kechadi,  bemorlarni  kuzatish  bemor 



ahvolining  yomonlashganini ko’rsatmasa-da, ayni vaqtda “tinch” davrlar ham 

bo’lmaydi. Sekretsiyasi pasaygan gastriit aksariyat  shunday kechadi. Oshgan 

yoki  normal  sekretsiyada  kasallik  to’lqinsimon  rivojlanadi:  qo’zish  davrlari 

jarayonining  so’nish davrlari bilan almashinib turadi. 

 

Qusish-gastritda  doimiy  belgidir,  aksariyat  u  pasaygan  sekretsiyali 



gastritda  me’dada  ovqat  moddasi  yoki  suyuqlik  tutilib  qoladigan  me’daning 

harakat vazifasi susayganda ko’riladi. Me’da anchagina to’lib ketganda uning 




muskulaturasi  reflektor  siqilishiga  uchraydi.  Ovqat  qizilo’ngachning  pastki 

qismiga  o’tib,  qusuq  massalari  ko’rinishida  tashqariga  otiladi.  Surunkali 

gastritning  abyektiv  belgilari  ko’p  emas.  Til  oqimtir  karash  bilan  qoplanishi 

mumkin. Qorinni palpatsiya qilib ko’rilganda to’sh osti sohasida  og’riq qayt 

qilinadi, biroq ayrim hollarda og’riq bo’lmaydi. 

 

Aksariyat  surunkali  gatrit  qorin  bo’shlig’idagi    boshqa  a’zolarning 



potologik  buzilishi  bilan  o’tadi  va  bu  holda  yangi  klinik  belgilar  paydo 

bo’ladi.  Kasallikka  o’t  ajratuv  tizimi  jalb  etganda  o’ng  qovurg’alar  ostida 

og’riq  va  o’t  yo’llari    kasalliklariga  aloqador  belgilar  aniqlanadi.  Kolit 

rivojlanganda yo’g’on ichak yo’li bilan og’riq bo’ladi. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling