Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davosi.  Davoni  mehnat  va  turmush  tartibini  me’yorga  keltirishdan 

boshlanadi.  Har  bir  bemor  uchun  shaxsiy  davo  tadbirlarini  davolovchi  vrach 

belgilaydi. Davolashning ayrim umumiy prinsiplariga to’xtalib o’tamiz.  

 

Bemor  ovqatni  o’z-o’zdan  nisbatan  qisqa  vaqt  oraliqdagi  (kuniga  56 



marta) ma’lum soatlardagina yeyishi kerak.  Jismoniy va ruhiy zo’riqishlardan 

saqlanish  zarur.  Bemor  uyda  ovqatdan  keyin  o’rinda  qorniga  iliq  isitqich 

qo’yib  yotib  dam  olishi  kerak.  Gastrit  qo’zimagan  davrlarda    bemor 

ambulatoriyada davo oladi. Tibbiyot hamshirasi ayrim davo muolajalarini ado 

qila olishi, masalan, me’dani yuvishni bilishi kerak.  Me’dani yuvish ayniqsa 

me’da zondi yordamida  qatiyan vrach ko’rsatmasi bo’yicha bajariladi.  

 

Ayrim  hollarda  vrach  ma’dani  “xonaki  usul”  da-zondsiz  yuvishni 



tavsiya qiladi. Bu davo chorasi shunga asoslanganki, qator kasallik sezgilarini 

(to’sh  ostida  og’irlik  sezgisi,  ko’ngil  aynishi,  so’lak  oqishi)  paydo  qiladigsn 

ko’p  miqdordagi    shilimshiqni  me’dadan  suniy  qustirish  yordamida 

chiqariladi.  Buning  uchun  ozroq  natriy  korbinatni  (har  bir  stakan  ichimlik 

suvga  ½  choy  qoshiqda)  4-5  stakan  iliq  suvda    eritiladi.    Bemor  4-5  stakan 

eritmaning  hammasini  ichadi,  shundan  so’ng  barmoqlari  bilan  til  ildiziga 




ta’sirlantirib  qayt  qiladi.  Ba’zan  me’da  mineral  suv  bilan  yuviladi.  Me’dani 

necha  marta  yuvish  kerakligini  vrach  belgilaydi.  Bu  jarayonning  og’ir-

yengilligiga bog’liq.  

 

Zaharlanish  bilan  bog’liq  o’tkir  gastrit  da  va  diagnozni  aniqlash  talab 



etiladigan hollarda yuvindi suvni laboratoriya tekshirishlari  uchun qoldiriladi. 

ularni  toza  idishga  yig’iladi  va  og’zini  mahkam  berkitib  salqin  joyda 

saqlanadi.  

 

 Me’dasi  yuvilgan  bemor  512  minutgacha  qorniga  iliq  isitgich  qo’yib 



yotishi kerak. Isitgich og’irlashib ketmasligi uchun ko’p suv quymaslik lozim, 

isitgichdagi  suv  juda  ham  qaynoq  bo’lmaligi  kerak.  Uni  qoringa  to’g’ridan-

to’g’ri  qo’ymay,  masalan  ikki  qavat  qilib  buklangan  sochiq  ustidan  qo’yish 

kerak.  


 

Parhez  ovqatlarning  ahamiyati  katta.  Surunkali  gastriti  qo’zigan 

bemorga  dastlabki  kunlarda  ovqat  yeyishga  ruxsat  etilmaydi,  surunkali 

gastritning  o’rtacha  ifodalangan    hollarida,  ayniqsa  remissiya  bosqichida 

parhez  ovqatlar  birmuncha  xilma-xil  bo’ladi.  Parhez  tayinlashda  ko’pgina 

omillar: yosh xususiyatlari, bemorning odatlarini hisobga olish kerak. 

 

Surunkali  gastritli  bemorning  taxminiy  menyusi  organizmning  hayot 



faoliyati  uchun  zarur  barcha  ovqatlanish  kopmonentlari  (oqsillar,  yog’lar, 

uglevodlar,  mineral  tuzlar)ni  o’z  ichiga  oladi.  Ertalabki  birinchi  marta 

yeyiladigan  ovqat  hajmi  jihatidan  katta  bo’lmasligi  kerak,  chunki  uyqudan 

keyin hazm shiralari birmuncha sekinlashgan bo’ladi. Ovqat mahsulotlarining 

bir qismi ichakni ta’sirlantirishi va uning ishini buzilishi (masalan, ich ketishi) 

mumkin. Nonushtaga yaxshisi manniy bo’tqasi  yoki guruchli bo’tqa, bug’da 

pishgan  kotlet  yeyish,  bir  stakan  qaynoq  bo’lmagan  suyuqroq  choy  ichish 

kerak, shuningdek kartoshka yoki sabzi pyuresi, bug’da pishgan oqsilli amlet, 

qaynatilgan  yog’siz  baliq,  qaynatilgan  gulkaram,  qaynatilgan  lavlagi  tavsiya 

etilishi mumkin.  

 

Kofe,  kakao  ichmaslik  kerak,  chunki  bu  ichimliklar  me’da  shilliq 



pardasiga  yomon  ta’sir  qiladigan  moddalar  saqlaydi.  Qalampir,  xantal,  yer 

qalampir,  sirka  ratsiondan  chiqariladi.  Hazm  shirasi  sekretsiyasi  buzilganda 

ovqat  yaxshi  hazm  bo’lmaydi,  shuning  uchun  ko’p  ovqat  yeyish  bemorning 

hazm apparatiga yomon ta’sir qiladi.  

 

Nonushtadan  keyin  2-3  soat  o’tgach  ikkinchi  marta  ovqat  yeyish 



mumkin. Olma, olcha, olxo’ri,  malina yoki qora smorodinadan tayyorlangan 

kompot  yoki  suyuq  kompotdan  bir  stakan,  shuningdek  sut,  bir  kunlik  qatiq 

yoki  yangi  kefirdan  bir  stakan  ichish  mumkin.  Yong’oqdan  tayyorlangan 

kofeni  sut  bilan  ichishga  ruxsat  etiladi.  Ko’rsatib  o’tilgan  ichimliklarni  biri 




blan  buterbrot  (bir  kunlik  oq  non  burdasini  ozgina  yangi  sariyog’,  qora 

smorodina yoki olma shinnisi bilan) yeyish mumkin.  

 

2-nonshtadan keyin 2-3 soat o’tgach uchinchi marta ovqat yeyish kerak. 



Yaxna  ovqat-vinegret  (ozgina  kungaboqar  moyi  qo’shilgan  qaynatilgan 

kartoshka, lavlagi, sabzi). Birinchi ovqatga taxminan yarim likopcha sho’rvo 

beriladi.  Go’sht,  tovuq,  baliq  bulyonlari  shira  haydovchi  ta’siriga  ega  va 

sekretsiyasi  pasaygan  gastritda    berilishi  lozim.  Sabzavotli  sho’rvalar, 

shuningdek  yangi  karamdan  tayyorlangan  sho’rvadan  tashqari,  tushlik  ovqat 

menyusiga suli  vermishel yoki guruchli sho’rvalar, ikkinchi ovqatga go’sht, 

baliq, tovuqdan bug’da pishgan kotlet, qaynatilgan tovuq go’shti, qaynatilgan 

yog’siz  baliq,  garniriga  kartoshka  yoki  olma,  pishmagan  nok,  qizil  va  oq 

smorodina,  ryabinadan  tayyorlanmaslik  kerak.  Qand  sharbatida  pishirilgan 

olmalar, meva va danakli meva mussi; qand kukuni bilan ko’pchitilgan oqsil, 

shakar  bilan  ko’pchitilgan  qaymoq,  ozroq  muzqaymoq,  vitaminlarga  boy 

meva suvlari va sharbatlari tavsiya qilinadi.  

 

Tushlikdan 2-3 soat o’tgach tushlikdan keyin ovqat (poldnik) bir stakan 



choy bilan bulochka yoki buterbrod bilan ozroq yangi sariyog’ yoki kefir, bir 

kunlik prostokvasham sut, kompot, kisel beriladi.  

 

Beshinchi  marta  kechki  ovqat  yeyiladi:  qaynatilgan  kartoshka,  do’lma, 



meva  sharbati,    qo’shilgan  guruchli  yoki  mannaya  bo’tqa,    tvorog  bilan  sut,  

jigar pashtet, ilitilgan tuxum, suyuqroq qilib damlangan choy, qandli iliq sut. 

 

Agar  gastritli  bemor  kech  soat  7-8  da  ovqatlansa,  shundan  keyin  yana 



bedor  bo’lib,  ishtaha  qo’zg’aydigan  biror  ishni  bajara  oladigan  bo’lsa, 

uyqudan  oldin  yana  ozroq  ovqat  yeyishi  mumkin.    O’z-o’zidan  ravshanki, 

bemorning  o’ziga  xos    odatlarini  hisobga  olish  kerak.    Agar  biz  gastritli 

bemorga  5-6  marta  ovqatlanishni  tavsiya    etar  ekanmiz,  har  gal  ovqatning 

miqdori  ko’p bo’lmasligiga ahamiyat berish kerak.  

 

Me’da  shirasi  seketsiyasi  oshgan  bo’lsa,  ichi  bo’sh  me’da  shilliq 



pardasiga  xlorid  kislotaning  ta’sir  qilishi,    ko’ngildagidek  bo’ladi.  Bunday 

hollarda  kuniga    5-6  marta  ovqat  yeyish  o’zini,  to’la-to’kis  oqlaydi.    Bemor 

tunda  ichi  achishib  ketayotganidan  uyg’onib  ketsa,    tayyorlab  qo’yilgan  bir 

stakan sut, kompot yoki suyuq kisel ichib yotishi kerak.  

 

Gastritga  davo  qilishga  to’g’ri  tayinlangan  parhez  ovqatlarining  katta 



ahamiyati borligini unutmaslik kerak. 

1. 


me’daning  yallig’langan  shilliq pardasiga  parhezdan  tashqari  qo’yidagi 

dori moddalari ishlatiladi. 

A) 

pirimidin  asosli,  metilurasil  0,5  g  dan  kuniga  3  marta  3-4  hafta, 



pentoksil 0,1 g dan kuniga 3 marta, 2-3 hafta.  


B) 

anabolik  garmonlar;    nerobol  0,005  g  kuniga  3  marta,  retabolil  50  mg 

mushak orasiga  har 10-14 kunda bir marta.  

V)  vitaminlar;  B

1

,  B


6

  5%  -1,0  mushak  orasiga  askorbin  kislota  5%-2,0 

mushak orasiga 2-3 hafta mobaynida. 

G)  me’da  devorning  qon  aylanishini  yaxshilash  uchun  2ml  mushak  orasiga 

kuniga 1 marta bir oy mobaynida qo’llaniladi.  

2. 


Me’da  shirasi  ishlab  chiqarishni  yaxshilash,  me’da  ichidagi 

kimyoviy  o’zgarishlarni  yo’lga  solish  uchun,  a)  sof  me’da  shirasi  1  osh 

qoshiqdan 3 marta ovqat bilan birga beriladi. 

3. 


Me’daning  harakat  vazifasiga  ta’sir  etish  a)  silliq  muskulatura 

tonusiga ta’sir etish: papaverin, no-shpa 0,08 g 3-4 marta yoki 2%-2,0 mushak 

orasiga,    serukal  10  mg  dan  kuniga  2-3  marta  ovqatdan  oldin;  b) 

xolinoblokatorlar: atropon sulfat 0,1% eritmadan 6-8 tomcho ovqatdan 30-40 

min  oldin,  platifillin  1ml  0,2%  li  eritma  teri  ostiga;  v)  fizioterapevtik  usul, 

issiqlik  bilan  davolash  usullari  (induktotermiya,  parafin  applikatsiyasi, 

ozokerit). Kalsiyni novokain bilan elektroforez qilish. 

4. 


Ichakdan ovqat hazm bo’lish jarayonini yo’lga solish: a) fermentli 

dori  moddalari  buyurish:  panzinorm  1  tabletkadan  3  marta  ovqat  bilan, 

pankreatit 1 g dan 3 marta ovqatdan oldin.  

b) enteroseptol, meksaform, intestopan ichak mikroflorasiga ta’sir etadi.  

 

Sanatoriy-kurortda 



davolanish 

ham 


g’oyat 

muhim. 


Bizning 

mamlakatimizda  bunday  davo  Chinobod,  Toshkent  mineral  suvlari  kabi 

mashhur kurortlarda va boshqa mahalliy kurortlarda olib boriladi. Mineral suv 

(boshqa davolash tadbirlari bilan birga) kasallik qo’ziganda ambulatoriya va 

shifoxonada davolash  davrida ham qo’llaniladi. Mineral suvlardan karbonatli 

yoki  xlorid–gidrokarbonat-natriyli  suvlar  juda  yaxshi  foyda  beradi.  Ularni 

kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin ½ stakandan ilitilgan holda tayinlandi.  

Surunkali gastritda ular hazm bezlari faoliyatini yaxshilaydi, me’daning 

sekretor  va  mator  faoliyatini  ketishiga  va  haydaishiga  yordam  beradi. 

Davolashni  odatda  kam  minerallangan  suvlardan  boshlanadi,  asta-sekin 

ko’proq  munerallangan  suvlardan  o’tiladi.  Sekretsiya  ajralishi  va  me’da 

suyuqligi  kislotaliligi  oshgan gastritda odatda borjom, sekretsiyasi pasaygan 

gastritda Essintuki № 17 tayinlanadi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling