Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Profilaktikasi.   Avvalo o’tkir gastrit profilaktikasidan iborat bo’lib, bu 

ovqatdan  zaharlanish,  sanoat  va  maishiy  zaharlardan    zaharlanishning  oldini 

olishni o’z ichiga oladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga yaxshi pazandalik ishlovi 

berishga, ayniqsa yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash jarayoni 

ustidan sanitariya nazorati olib borish ovqatdan zaharlanishdan saqlab qoladi. 

Surunkali  gastritning  oldini  olish  uchun  qorin  bo’shlig’i  a’zolarining  ham 



o’tkir,  ham  surunkali  yallig’lanish  kasalliklari:  kolit  (yo’g’on  ichak 

yallig’lanishi),  xolesistet  (o’t  qopchasi  yallig’lanishi),  appendiset 

(chuvalchangsimon o’siq yallig’lanishi) ga qunt bilan o’z vaqtida davo qilish 

zarur.  Bundan  tahqari,  otit,  gaymorit,  kabilarni  o’z  vaqtida  davolashning 

ahamiyati ham katta.  

 

Spirtli  ichimlikni,  ayniqsa  qo’lda  tayyorlangan  alkogolli  ichimliklarni 



suiste’mol qilishga qarshi uzil-kesil kurash olib borish zarur. Samogonda juda 

ko’p  zararli  birikmalar  (sivush  moyi)  bo’ladi,  ular  me’da  shilliq  pardasi 

avvaliga birmuncha qalin tortadi, so’ngra atrofiyaga uchraydi. Buzilib qolgan 

oziq-ovqat  mahsulotlarini,  pazandalik  jihatidan  yetarlicha  ishlov  berilmagan  

ovqatni yeyish mumkin emas,  o’tkir ziravorlarga ruju ruju qilmaslik kerak.  

 

Birlamchi  va  ikkilamchi  profilaktika  degan  tushuncha  mavjud.    Agar 



gastrit kasalligi (o’tkir va surunkali)  profilaktikasi birlamchi bo’lsa, surunkali 

gastrit  asoratlarining  profilaktikasi  ikkilamchi  hisoblanadi.    Surunkali  gastrit 

profilaktikasining  uning    zo’rayishining  oldini  olishdir.  Agar  davo  tadbirlari  

bilan  potologik  jarayonni  to’xtatishga  va  hatto  me’daning  normal 

faoliyatlarini    amalga  tiklashga  muvaffaq  bo’linsa,    remissiya  bosqichi  

(baqaror  yaxshilanish)    yuz  beradi.    Bu  davrda  gastrit zo’rayishining    oldini 

olish  uchun,    bemor  kuntartibiga  ayniqsa    qattiq  rioya  qilishi  kerak.    Bu 

avvalo  me’yorli  ovqatlanish  tartibi,  mehnat  va  dam  olish  davrlarini  to’g’ri 

alishtirib turishdan iborat.  

 

Surunkali gastritli bemorning ovqatlanish ritmi buzilishi va ichakni o’z 



vaqtida bo’shatib,  bo’lmasligi bilan bog’liq ishni bajarishi tavsiya etilmaydi, 

bu  ham  hazm  apparatining    har  qanday  kasalligida  ayniqsa  zararli.  Bundan 

tashqari,  bemor  juda  issiq  ovqat,  o’tkir  taomlar,    sho’r  va  dudlangan 

mahsulotlar  yeyish  mumkin  emas.  Gastritda  ovqat  hazm  qilish  jarayoni 

buzilgan,  shuning  uchun  ovqat  me’daga  mexanik  jihatdan  yaxshi  ishlov 

berilib  turilishi  kerak.  Buning  uchun  go’sht  qiyma  qilinadi,    sabzavotlar 

qirg’ichda maydalanadi va hokazo. Biroq og’iz bo’shlig’ida ovqatga mexanik 

ishlov berishda to’la qimmatli chaynov apparati muhim rol o’ynaydi, shuning 

uchun  tishlarni  o’z  vaqtida  davolatish  va  kerak  bo’lsa  suniy  tish  qo’ydirish 

me’da kasalliklari, shu jumladan gastrit profilaktikasining chorasi hisoblanadi.       

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling