Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

NEVROZLAR 

 

 

(Isteriya,  nevrasteniya,  bir  xayollik)  eson-omon  o’tib  ketadigan  kasalliklar 



gruppasi bo’lib, oliy nerv faoliyatining vaqtincha (qaytar tartibda) buzilib turishidan kelib 

chiqadi.  Nevrozlar  psixikaga  zarar  yetkazuvchi  vaj  sabablar  (psixogeniyalar)  oqibati 

o’laroq  paydo    bo’ladi.  Nevrozlar  jumlasiga  isteriya,  nevrasteniya  va  bir  xayollik 

holatlaridan bo’ladigan nevroz kiradi. 

 

NEVRASTENIYA- uzoq vaqt zo’r his-hayajonlar ta’sirida bo’lish yoki jismonan 

zo’riqib yurish natijasidir. Nevrasteniya ko’pincha ichki yoki yuqumli kasalliklar vaqtida  

yoki  intoksikasiyalar  mahalida    paydo  bo`ladi.  Odamning  serzarda    va    besaranjomligi 

bilanbir  qatorda salga chrchab, darmoni  qurib qoladigan  bo`lishi  nevrosteniya uchun  

xarakterlidir.  Bemorlar  uyqusi    yomonligidan    ortiqcha    qo`zg`aluvchan,salga  

yig`layveradigan  bo`lib  qolganidan  boshida odatda  ambulatoriyada  davo  qilinadi. 

                                            Bir  xayollik. 

  Bu  shunday  bir  holatki,  bunda  bemorda  uning  o’z  istagidan  tashqari  g’ayri  ixtiyoriy 

su’ratda  potologik  o’y  fikrlar,  mayl  va  harakatlar  paydo  bo’ladi,  ayni  vaqtda  bemor 

ularning  be’mani  harakatlar  ekanligini  yaxshi  bilib  turadi.  Masalan,  bemorda  hech 

xayoldan  ketmaydigan  poyezd  tagiga  tashlanish  istagi  paydo  bo’ladi,  baland  joydan 

yiqilib  tushaman,  tanosil  kasalliklarini  yuqtirib  olaman,  to’satdan  o’lib  qolaman  degan 

vahima ko’ngliga tugilib qoladi. Ko’ngilga tugilib qolgan vahimalar ko’pincha “Himoya 

”  xarakteriga  ega  bo’lgan  ish  harakatlar  bilan  birga  davom  etib  boradi,  masalan  bemor 

o’ziga  kasal  yuqtirib  olmasligi  uchun,  hadeb  kuniga  bir  necha  o’n  marotalab  qo’llarini 

yuvaveradi,  shuningdek  bemorlar  o’zlari  istamagan  holda  har  xil  xatti-harakatlarni 

qilaveradi. Masalan, qo’llarini bir-biriga ishqalab, boshini uyoq- buyoqqa buraveradi.  

ISTERIYA 

 

Isteriya  psixikada,  sezgi  va  harakat  sferalarida  ro’y  beradigan  qaytar  o’zgarishlar 



bo’lib, odatda ruhiy shikastlanish natijasida yuzaga keladi. Isteriyaning ko’rinishlaridan 

biri  isteriya  tutqanog’idir,  buni  ipilipsiya  tutqanog’idan  farq  qilish  muhim.  Isteriya 

tutqanog’i  psixikaga  ozor  berib,  uni  shikastlaydigan  biror  vaj  natijasida  to’satdan  tutib 

qoladi.  Tutqanoq  tutishi,  shiddatli  harakat  reaksiyasi  boshlanishi  bilan  xarakterlanadi-




bemorlar  yerga  yotib  olib, gir-gir  aylanadi, sochlarini  yuladi, kamalakdek  bukilib  oladi, 

dod solib baqiradi, harakatlari tabiatan suniy yasama bo’ladi.  

 

Ipelipsiyadan  farq  qilib,  isteriyada  kasallar  o’zini  yerga  tashlaganida  badani  lat 



yemaydi, tonik va klonik talvasalar fazasida ixtiyordan tashqari siyib qo’yish, tilni tishlab 

olish hodisalari bo’lmaydi. 

 Isteriya    tutib  qolganida  bemorni  boshqalardan  ajratib  qo’yish  zarur  toki  xonada 

bir-ikki kishi  qoladigan  bo’lsin. Bemor  atrofidagi  sharoit  tinch  bo’lishi, odamlar  yugur-

yugur  qilmasligi,  xavotirlikka  tushmasligi  va  bemorga  qo’shilib  hamdardlik  qilmasligi 

kerak.  Tutqanoq  hozir  bosilib  qoladi  deb  qattiq  ovoz  bilan  bir  necha  marta  takrorlash 

mumkin.  Odam  to’plaganida  tutqanoq,  odatda  kuchayadi  va  cho’zlib  ketadi.  Kuchli 

tashqi ta’surot-og’riq, sovuq ta’suroti (sovuq suv), qattiq ovoz tufayli tutqanoq to’satdan 

bosilib qolishi mumkin. Tutqanoq bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. 

Tutqanoq cho’zilib ketaganida 1 ml 2,5% li aminazin eritmasini unga 1 ml kordiamin  va 

1  ml  demedrol  qo’shib  yoki  2  ml  (10  ml)  diazepan  (seduksen)  ni  muskullar  orasiga 

yuborish mumkin.  



EPILEPSIYA 

 

Epilepsiya –har xil tutqanoqlar va shaxsning o’ziga xos bir tarzda  o’zgarib qolishi 



(odamning  bachkana,  shilqim,  yovuz  bo’lib  qolishi)  bilan  o’tadigan  kasallik. 

Epilepsiyaning  hammadan  ko’p  uchraydigan  ko’rinishi  katta  talvasa  tutqanog’idir. 

Tutqanoq  tonik  fazadan  boshlanadi-bemor  o’zidan  ketib,  tonik  talvasa  holatiga  yiqilib 

tushadi- muskullar tonusi keskin kuchyagan, boshi orqasiga tortib ketgan, jag’lari qisilib 

qolgan bo’ladi. Bu faza 20-30 sekund davom etadi, so’ngra klonik fazaga o’tadi. Ustma-

ust tutib turadigan ana shunday  tutqanoqlar paytida odatdagi epileptik tutqanoqga qarshi 

o’laroq  darrov  tutqanoqlarni  bartaraf  etish  kerak  bo’ladi.  buning  uchun  venaga  yoki 

muskullar orasiga 2-6 ml 0,5% li diazepam (seduksen) eritmasi yuboriladi, yo bo’lmasa 

50-100 ml 3-6% li xlor-gidrat eritmasi klizma qilinadi.  


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling