Ichki kasalliklar
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ichki kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 86-136,171-187 betlar.
- Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.
Mavzu: №1 O’z-o’ziga yordam berish va o’zaro yordam berish. Reja: 1. Kasallikning klinik usullari haqida umumiy ma`lumot. 2. Suvga cho’kkanda b irinchi tibbiy yordam ko’rsatish. 3. Ofrob urganda b irinchi tibbiy yordam ko’rsatish. 4. Ilon chaqqanda, quturganda, hayvonlar tishlaganda b irinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Adabiyotlar: 1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 86-136,171-187 betlar. 2. Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1991 yil 3-40 betlar. 3. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar. Ba'zi hollarda bir kasallikning o'zi turli organizmda turlicha alomatlar (simptomlar, belgilar) bilan o'tadi. Masalan zotiljam, bir bemorda yo'talish, balg'am ko'chishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo'lmasligi, bemor faqat bosh og'rig'i bilan, ishtahasi yo'qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bir bemor jotiljamdan halok bo'lishi, boshqasi esa uni oyoqda yurib, yengil-yelpi o'tkazib yuborishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog'liq. Kasallikning avj olishi esa, uni keltirib chiqargan sabab (etiologiya)ga bog'liq. Kasallik sababini aniqlash uni oldini olish, to'g'ri diagnoz qo'yish va davolashda katta ahamiyatga ega.
uchun kasallikning rivojlanish protsessi (patogeniz) aniqlash katta ahamiyatga ega. Har qanday kasallik etiologiyasi bir xil, ammo patogenezi turlicha bo'lishi mumkin. Patogenez yordamida kasallik oqimidan tashqari, ayrim organlarning zararlanish protsessini ham aniqlash mumkin.
Kasallikka to'g'ri diagnoz qo'yishda patogenezdan tashqari, kasallik belgilarini aniqlash kerak. Chunki har xil kasallikning o'ziga xos belgilari bor. Bular subyektiv va abyektiv belgilardir. Subyektiv belgilar anamnez to'plash protsessida bemorning shikoyatlari (bosh, qorin og'rishi, darmonsizlik, bosh aylanishi, ko'z tinishi va hokazolar)ga qarab aniqlanadi. Subyektiv belgilar tasvirida оbyektiv belgilarni ko'ramiz, bunda kasallik belgilari ko'zga yaqqol tashlanadi. Masalan, badanga
toshma toshishi, ko'z qizarishi, elektrokardiogramma, organlarni rengen apparat yordamida tekshirish va boshqalar. Har qanday kasallik asosan ikki xil o'tadi. Ba'zi kasalliklar to'satdan boshlanib, uzoqqa cho'zilmaydi. Bular o'tkir formadagi kasalliklar deb ataladi. Ba'zi kasalliklar esa uzoq davom etib vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadi. Bu xildagi kasalliklar xronik (surunkali) kasalliklar deyiladi.
rol o'ynaydi. Diagnoz qo'yishda bemorning shikoyatlari, ayni kasallikning tarixi, kasal bo'lguncha qanday kasalliklarning og'riganligi, turmush sharoiti va abyektiv tekshirish natijasida to'plangan ma'lumotlarga asoslanadi. Diagnoz qo'yishning qiyinligi shundan iboratki, aksari kasalliklarda bir xil abyektiv va subyektiv xarakterdagi belgilar uchraydi. Masalan oshqozon (me'da) yoki ichakdan qon ketishi, oshqozon va ichak yarasi, rak, ichak yoki oshqozon poliplari, jigar sirrozlari va boshqa kasalliklarda. Kasallikka diagnoz qo'yishda yuqoridagilardan tashqari, asosiy kasallikni qo'shimcha kasallikdan ajrata bilish lozim. Bunga solishtirma diagnoz (diffirensial diagnoz) deyiladi. Kasallikni aniqlash maqsadida bemordan so’rash (anamnez yig’ish) va laboratoriya usullaridan foydalanish tog’ri diagnoz qo’yishda muhim rol o’ynaydi.
Bemordan kasallik haqidagi ma’lumotlar qo’yidagi tartibda so’raladi: 1.bemor haqida umumiy ma'lumot (pasport qism). 2.bemorning shikoyati. 3.mazkur kasallikning kelib chiqish tarixi. 4. Bemorning hayotiy anamnezi. Birinchi navbatda bemorni bezovta qilgan kasallik va uning shikoyati tinglanadi. Undan kasallikni rivojlanish tarixini qisqacha bayon qilib berish so'raladi. Bunda kasallik qanday paydo bo'lganligi, tibbiyot yordami ko'rsatilguncha kasallik qanday rivojlanganligi, qanday ehtiyot choralari ko'rilganligi va hokazolar haqida ma'lumot to'planadi. Kasallik haqida to'plangan ma'lumotlarga kasallik anamnezi (anamnesis morbi) deyiladi.
Bemorning kasallik haqidagi belgilarini eshitgandan so'ng undan turmush va ish sharoiti haqida so'raladi. Ulug' rus olimlari I.M.Sechinov, I.P Pavlov, kliniklardan M. Ya Mudrov, S.P.Botkin, G.A. Zaxarin va boshqalar kasallikning rivojlanishida bemorni turmush sharoiti qanday rol o'ynaganligi masalasiga katta ahamiyat berganlar. Ba'zi kasalliklar ancha yil ilgari, hatto bolalikda boshdan kechirilgan bo'lib, bemorni hozirgi kasalligiga ba'zan bevosita bog'liq bo'ladi.
Bemorni ish va turmush, atrof-muhit sharoiti, oila a'zolari o'rtasida ro'y bergan kasalliklar, yomon odatlar haqida yig'ilgan ma'lumotlar turmush yoki hayot anamnezi (anamnesis vitae) deyiladi. (vita-hayot). Turmush anamnezini to'plash quyidagi tartibda olib boriladi: bemorni tarjimaiy holiga oid ma'lumot to'planadi. So'ngra bemorning ilgari boshidan kechirga va nasldan- naslga o'tgan kasalliklari aniqlanadi. Naslni aniqlashning muhim ahamiyati shundaki, bunda bemorni u yoki bu kasallikka nisbatan moyilligi bilib olinadi. Suhbat oxirida jinsiy va oilaviy turmushi, ish va yashash sharoiti va nihoyat, zararli odatlar (tamaki, nosvoy chekish, spirtli ichimliklar ichish, ba'zan narkotik moddalar iste'mol qilish va hokazolar) aniqlanadi. Bemorni yuqoridagi tartibda savol javob qilib tekshirish sub'yektiv tekshirish usuliga kiradi. Bu usulda tekshirish tugallangach, tekshirishning ob'yektiv usuliga o'tiladi: bemor ko'zdan kechiriladi, ichki organlar holatini aniqlash maqsadida paypaslash, urib ko'rish va eshitish, ko'rish usullari qo'llaniladi. Bundan tashqari bemorning tana temperaturasi, vazni, ko'krak qafasining aylanasini o'lchash, balg'am, siydigining sutkalik miqdorini aniqlash kabi qo'shimcha tekshirish usullari ham bor. Bemorning qoni, siydigi, axlati, balg'ami, yiringini, laboratoriya-bakteriologik analiz qilish, arterial bosimini o'lchash,
organlarini rentgenda tekshirish, elektrokardiogramma qilish, rektoromanoskopiya, sistoskopiya, urografiya va boshqalar-instrumental tekshirish usuliga kiradi.
emas, balki limfa tugunlari (bo'yin, qo'ltiq va chov sohasidagi limfa tugunlari) ning holati ya'ni katta-kichikligi, shakli, konsistensiyasi, og'rish-og'rimasligi, harakatchanligi ham aniqlanadi. Bundan tashqari terining tarangligi (turgor), namligi yoki quruqligi, bo'g'imlar, muskullar holatini aniqlashda ham shu usul qo'llaniladi.
Palpatsiya usulini mukammal bilish kasalliklarga aniq diagnoz qo'yishda yordam beradi. Masalan yurak sohasini palpatsiya qilish bilan yurak faoliyati va yurak muskullaridagi o'zgarishlar haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'linadi. Qorinni palpatsiya qilishdan asosiy maqsad qorin bo'shlig'idagi organlarning joylashgan o'rni va holatini aniqlashdir.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling