Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

6. 

Klinik  ko’rinishi.  Kasallik  vaqti-vaqtida  qo’zib  turib,  uzoq  davom 

etishi bilan ifodalanadi. 



(1)  O’ng  qovurg’a  ostida,  ba’zan  to’sh  osti  sohasida  simillovchi,  bosuvchi 

og’riqlar yog’li va qovurilgan  taom iste’molidan 1-3 soat keyin paydo bo’ladi 




va o’ng kurak, o’mrov suyagi, ensa, o’ng yelkaga tarqaladi. Bemor jismonan 

zo’riqqanida,  sovqotganida,  asabiy-ruhiy  istiroblarni  boshdan  kechirganida 

og’riqlar  zo’rayadi,  xuruj  holatini  oladi.  O’g’riqning    jadalligi  yallig’lanish 

jarayonining  ifodalanish  darajasiga    va  davomliligiga  bog’liq.  Kasallik 

ba’zida  og’riqsiz  ham  kechishi  mumkin.  Bunda  bemor  ovqatlangandan  1-3 

soat o’tgach o’ng qovurg’a  ostida yoki epigastral sohada bosim sezadi. 



(2)  Ko’pincha  dispepsiya  o’zgarishlari  kuzatiladi:  ishtaha  pasayadi,  og’iz 

bemaza  yoki  taxir  bo’ladi,  ko’ngli  aynib  qusadi,  kekiradi,  qayt  qilganda 

bemorning ahvoli yengillashmaydi, qorin dimlanadi, qabziyat ich ketishi bilan  

almashinib turadi, asta-sekin bemorning umumiy ahvoli o’zgaradi. 




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling