Ichki kasalliklar


-Surunkali  xolesistit,  diskineziyasi,  o’t  tosh  kasalligida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

-Surunkali  xolesistit,  diskineziyasi,  o’t  tosh  kasalligida  anamnez 

ma’lumotlari  ahamiyatli.  Mazkur  kasalliklarda  og’riq  odatda  o’ng  qovurg’a  

ostida  joylashadi,  o’ng  kurakka  va  yelkaga  tarqaladi,  surunkali  pankreatitda 

esa og’riq ko’pincha epigatriya sohasida yoki chap qovurg’a ostida aniqlanadi 

va o’rab oluvchi xarakterda bo’ladi. Duodenum suyuqligida xolesistetda-ko’p 

miqdorda  leykositlar,  epiteley  hujayralari,  xolesestein  kristallari    aniqlanadi; 

o’t pufagi bitib yoki burishib qolishi natijasida o’tning “V” ulushi ajralmaydi;  

surunkali pankreatitda  esa-asosiy o’zgarishlar oshqozon osti bezi fermentlari  

miqdorida  kuzatiladi.    Rentgent  va  ultratovush  tekshirishlari  surunkali 

xolesistetda  o’t  pufagi  shakli  va qisqarish  qobiliyatining  buzilganligi,  devori 

holatini va unda ko’p  krementlar borligini, surunkali pankreatitda  esa-me’da 

osti      bezi  ohaklanishini,  hajmining  kattalashganligini  aniqlaydi.  Lekin  o’t 

yo’llari    va  me’da  osti  bezi  yallig’lanish  holatlarini  birlikda  uchrashishini  

ham doimo yodda saqlash lozim. 



 Kechishi.–uzoq  cho’zladigan  bo’lib,  vaqti-vaqti  bilan  bosilib  va  zo’rayib 

turadi. Me’da osti bezi faoliyati sezilarli darajada o’zgarmasa, xastalik oqibati 

yaxshi, agar qandli diabet rivojlansa, oqibati yomonlashadi.  

 Davosi.  Konservativ  (terapevtik)  va  jarrohlik  usllari  bilan  bajariladi. 

Surunkali pankreatitning asoratsiz turida konservativ davolash qo’llaniladi.  

a.  Xastalikning  zo’rayish  davrida  bezning  tashqi  sekretor  faoliyatini 

pasytiruvchi muolajalar buyuriladi. 

-Och qolish, ma’danli suvlarni iste’mol qilish. 

-Infuzion  terapiya-venaga  tomchilab  reopoliglyukin,  gemodez,  fiziologik 

eritma, agar qandli diabet bo’lmasa 5 foizli glyokoza eritmasi yuboriladi. 

-Antiferment  moddalar-gordoks,  kontrikal  yoki  trasilol,  selol  yoki  pantripin 

venaga tomchilab yuboriladi. 

-Xolinolitiklar  (metasin,  atroppon,  platifillin),  spazmolitiklar  (papaverin, 

noshpa),  ganglioblokatorlar  (benzogeksoniy,  kvateron,  serukal,  baralgin) 

yallig’lanish  jarayonni  rivojlanishida  bakteriyalar  ishtiroki  aniqlansa, 

antibiotiklar (levamitsitin, tetrasiklin, morfosiklin, siparin), lepotrop moddalar 

(lipokain, metionin) qo’llaniladi.  

-Pankreatit  fermentlar-(pankreatit,  panzinorm,  festal)  o’rinbosar  davo 

maqsadida steatoriyani davolash  va og’riqni kamaytirish uchun beriladi. 

-Paranefral  yoki  paravertebral    novokainli  blokada-og’riqni  bosish  uchun 

tavsiya qilinadi. 




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling