Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Mavzu: №1 O’z-o’ziga yordam berish va o’zaro yordam berish. 

Reja: 

1.

 Kasallikning klinik usullari haqida  umumiy  ma`lumot.

 

2.

 Suvga cho’kkanda b



irinchi tibbiy yordam   ko’rsatish.

 

3.

 Ofrob urganda b



irinchi tibbiy yordam   ko’rsatish.

 

4.

 Ilon  chaqqanda, quturganda, hayvonlar   tishlaganda 

b

irinchi tibbiy yordam   

ko’rsatish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Adabiyotlar: 

1.  Ichki  kasalliklar  F.I.Kamarov,  V.G.Kukes.,  A.S.  Smetnyov.,  Tibbiyot 

nashriyoti, Moskva 1981 yil 86-136,171-187 betlar. 

2.  Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 

1991 yil 3-40 betlar. 

 

3. 

Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi  Ramazonova R.A. Syomina 

Yu. G. Toshkent  O’qituvchi  nashriyoti  224-232 betlar.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

Ba'zi  hollarda  bir  kasallikning  o'zi  turli  organizmda  turlicha  alomatlar 

(simptomlar,  belgilar)  bilan  o'tadi.  Masalan  zotiljam,  bir  bemorda  yo'talish, 

balg'am  ko'chishi,  nafas  olishning  qiyinlashuvi  bilan  kechsa,  boshqasida  bu 

belgilar  bo'lmasligi,  bemor  faqat  bosh  og'rig'i  bilan,  ishtahasi  yo'qligidan 

shikoyat  qilishi  mumkin.  Bir  bemor  jotiljamdan  halok  bo'lishi,  boshqasi  esa 

uni  oyoqda  yurib,  yengil-yelpi    o'tkazib  yuborishi  mumkin.  Bu  hodisa 

organizmning  kasallikka  qarshi  kurashish  qobiliyatiga  va  kasallikdan 

himoyalanish  kuchiga  bog'liq.  Kasallikning  avj  olishi  esa,  uni  keltirib 

chiqargan  sabab  (etiologiya)ga  bog'liq.  Kasallik  sababini  aniqlash  uni  oldini 

olish, to'g'ri diagnoz qo'yish va davolashda katta ahamiyatga ega.

 

Patogenez  (organizmda kasallikning rivojlanishi).  Bemorning ahvolini bilish 

uchun kasallikning rivojlanish protsessi (patogeniz) aniqlash katta ahamiyatga 

ega.  Har  qanday  kasallik  etiologiyasi  bir  xil,  ammo  patogenezi  turlicha 

bo'lishi  mumkin.  Patogenez  yordamida  kasallik  oqimidan  tashqari,  ayrim 

organlarning zararlanish protsessini ham aniqlash mumkin. 

 

Kasallikka  to'g'ri  diagnoz  qo'yishda  patogenezdan  tashqari,  kasallik 



belgilarini aniqlash kerak. Chunki har xil kasallikning o'ziga xos belgilari bor. 

Bular  subyektiv  va  abyektiv  belgilardir.  Subyektiv  belgilar  anamnez  to'plash 

protsessida  bemorning  shikoyatlari  (bosh,  qorin  og'rishi,  darmonsizlik,  bosh 

aylanishi,  ko'z  tinishi  va  hokazolar)ga  qarab  aniqlanadi.  Subyektiv  belgilar 

tasvirida  оbyektiv  belgilarni  ko'ramiz,  bunda  kasallik  belgilari  ko'zga  yaqqol 

tashlanadi. 

Masalan, 

badanga 


toshma 

toshishi, 

ko'z 

qizarishi, 



elektrokardiogramma,  organlarni  rengen  apparat  yordamida  tekshirish  va 

boshqalar.  Har  qanday  kasallik  asosan  ikki  xil  o'tadi.  Ba'zi  kasalliklar 

to'satdan  boshlanib,  uzoqqa  cho'zilmaydi.  Bular  o'tkir  formadagi  kasalliklar 

deb ataladi. Ba'zi kasalliklar esa uzoq davom etib vaqti-vaqti bilan qaytalanib 

turadi. Bu xildagi kasalliklar xronik (surunkali) kasalliklar deyiladi. 

 

Diagnoz. Bemorga to'g'ri diagnoz qo'yish kasallikni davolashda muhim 

rol  o'ynaydi.  Diagnoz  qo'yishda  bemorning  shikoyatlari,  ayni  kasallikning 

tarixi,  kasal  bo'lguncha  qanday  kasalliklarning  og'riganligi,  turmush  sharoiti 

va  abyektiv  tekshirish  natijasida  to'plangan  ma'lumotlarga  asoslanadi. 

Diagnoz  qo'yishning  qiyinligi  shundan  iboratki,  aksari  kasalliklarda  bir  xil 

abyektiv  va  subyektiv  xarakterdagi  belgilar  uchraydi.  Masalan  oshqozon 

(me'da) yoki ichakdan qon ketishi, oshqozon va ichak yarasi, rak, ichak yoki 

oshqozon  poliplari,  jigar  sirrozlari  va  boshqa  kasalliklarda.  Kasallikka 

diagnoz  qo'yishda  yuqoridagilardan  tashqari,  asosiy  kasallikni  qo'shimcha 

kasallikdan  ajrata  bilish  lozim.  Bunga  solishtirma  diagnoz  (diffirensial 

diagnoz) deyiladi.



 


 

Kasallikni  aniqlash  maqsadida  bemordan  so’rash  (anamnez  yig’ish)  va 

laboratoriya  usullaridan  foydalanish  tog’ri  diagnoz  qo’yishda  muhim  rol 

o’ynaydi. 

 

Bemordan kasallik haqidagi ma’lumotlar qo’yidagi tartibda so’raladi: 



1.bemor haqida umumiy ma'lumot (pasport qism). 

2.bemorning shikoyati. 

3.mazkur kasallikning kelib chiqish tarixi. 

4. Bemorning hayotiy anamnezi. 

Birinchi  navbatda  bemorni  bezovta  qilgan  kasallik  va  uning  shikoyati 

tinglanadi.  Undan  kasallikni  rivojlanish  tarixini  qisqacha  bayon  qilib  berish 

so'raladi.  Bunda  kasallik  qanday  paydo  bo'lganligi,  tibbiyot  yordami 

ko'rsatilguncha  kasallik  qanday  rivojlanganligi,  qanday  ehtiyot  choralari 

ko'rilganligi  va  hokazolar  haqida  ma'lumot  to'planadi.  Kasallik  haqida 

to'plangan ma'lumotlarga kasallik anamnezi (anamnesis morbi) deyiladi. 

 

Bemorning  kasallik  haqidagi  belgilarini  eshitgandan  so'ng  undan 



turmush va ish sharoiti haqida so'raladi. Ulug' rus olimlari I.M.Sechinov, I.P 

Pavlov,  kliniklardan  M.  Ya  Mudrov,  S.P.Botkin,  G.A.  Zaxarin  va  boshqalar 

kasallikning  rivojlanishida bemorni turmush sharoiti qanday rol o'ynaganligi 

masalasiga  katta  ahamiyat  berganlar.  Ba'zi  kasalliklar  ancha  yil  ilgari,    hatto 

bolalikda  boshdan  kechirilgan  bo'lib,  bemorni  hozirgi  kasalligiga  ba'zan 

bevosita bog'liq bo'ladi. 

 

Bemorni ish va turmush, atrof-muhit sharoiti, oila a'zolari o'rtasida ro'y 



bergan  kasalliklar,  yomon  odatlar  haqida  yig'ilgan  ma'lumotlar  turmush  yoki  

hayot anamnezi (anamnesis vitae) deyiladi. (vita-hayot). Turmush anamnezini 

to'plash    quyidagi  tartibda  olib  boriladi:  bemorni  tarjimaiy  holiga    oid 

ma'lumot to'planadi. So'ngra bemorning ilgari boshidan kechirga va nasldan-

naslga  o'tgan  kasalliklari  aniqlanadi.    Naslni  aniqlashning  muhim  ahamiyati 

shundaki, bunda bemorni u yoki bu kasallikka nisbatan moyilligi bilib olinadi.  

Suhbat oxirida jinsiy va oilaviy turmushi, ish va yashash sharoiti va nihoyat, 

zararli  odatlar  (tamaki,  nosvoy  chekish,  spirtli  ichimliklar  ichish,  ba'zan 

narkotik  moddalar  iste'mol  qilish  va  hokazolar)  aniqlanadi.  Bemorni 

yuqoridagi  tartibda  savol  javob  qilib  tekshirish  sub'yektiv  tekshirish  usuliga 

kiradi.  Bu  usulda  tekshirish  tugallangach,  tekshirishning  ob'yektiv  usuliga 

o'tiladi: bemor ko'zdan kechiriladi, ichki organlar holatini aniqlash maqsadida 

paypaslash,  urib  ko'rish  va  eshitish,  ko'rish  usullari  qo'llaniladi.  Bundan 

tashqari  bemorning  tana  temperaturasi,  vazni,  ko'krak  qafasining  aylanasini 

o'lchash,  balg'am,  siydigining  sutkalik  miqdorini  aniqlash  kabi  qo'shimcha 

tekshirish  usullari  ham  bor.  Bemorning  qoni,  siydigi,  axlati,  balg'ami, 

yiringini,  laboratoriya-bakteriologik  analiz  qilish,  arterial  bosimini  o'lchash, 



organlarini 

rentgenda 

tekshirish, 

elektrokardiogramma 

qilish, 

rektoromanoskopiya,  sistoskopiya,  urografiya  va  boshqalar-instrumental 

tekshirish usuliga kiradi. 

 

Pal'patsiya. Bu usul bilan faqat qorin bo'shlig'idagi organlar kasalliklari 

emas, balki limfa tugunlari (bo'yin, qo'ltiq va chov sohasidagi limfa tugunlari) 

ning  holati  ya'ni  katta-kichikligi,  shakli,  konsistensiyasi,  og'rish-og'rimasligi, 

harakatchanligi  ham  aniqlanadi.  Bundan  tashqari  terining  tarangligi  (turgor), 

namligi yoki quruqligi, bo'g'imlar, muskullar holatini aniqlashda ham shu usul 

qo'llaniladi. 

 

Palpatsiya usulini mukammal bilish kasalliklarga aniq diagnoz qo'yishda 



yordam beradi. Masalan yurak sohasini palpatsiya qilish bilan yurak faoliyati 

va  yurak    muskullaridagi  o'zgarishlar  haqida  muhim  ma'lumotlarga  ega 

bo'linadi.  Qorinni  palpatsiya  qilishdan  asosiy  maqsad  qorin  bo'shlig'idagi 

organlarning  joylashgan o'rni va holatini aniqlashdir. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling