Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Perkussiya.  Tanani  ustidan  barmoq  uchlarida  urib  ko'rish  perkussiya 

deyiladi.  Perkussiya  yordamida  ayrim  ichki  organlar  chegarasi  aniqlanadi, 

shuningdek  ularda  sodir  bo'lgan  o'zgarishlar  bilinadi.  Perkussiya  qilinganda 

ma'lum  tovush  chiqadi.  Shu  tovushga  qarab  perkussiya  qilingan  joydagi 

organlar  ahvoli  haqida    ma'lumot  olish  mumkin.    Bevosita  va  bilvosita 

perkussiya  farq  qilinadi.  Bevosita  perkussiyada  bemor  badaniga  bir  yoki 

juftlangan  bir  necha  barmoq  uchlari  bilan  urib  ko'riladi.  Bilvosita 

perkussiyada  badanga  qo'yilgan  biror  predmet  (plessimetr)  orqali  urib 

ko'riladi. Asosan bevosita perkussiya usuli qo’llaniladi. 

 

Perkussiya qilganda uch asosiy tovushga e’tibor beriladi. 



 

1) O’pka tovushi (ravshan, aniq, kuchli va davomli). 

 

2) O’tmas tovush sekin va qisqa. 



 

3) Timpanik tovush (jarangli, davomli va ma’lum balandlikka ega). 

 

Perkussiya qilingan joyda to’qima  va organizmlar tebranadi. Tebranish 



tevarak-atrofdagi  havoga  o’tadi.  Natijada  tovush  tarzida  eshitiladi.  


Perkussiyada qilishda hosil bo’lgan tovush xossasi , asosan organlardagi havo 

miqdoriga va organning elastikligiga hamda tarangligiga bog’liq.  

 

Birinchi  tibbiy  yordamni  o’rganishdan  maqsad,  biz  kim  bo’lishimizdan 



qatiy  nazar  birinchi  tibbiy  yordam  ko’rsatishni  bilishimiz  zarur.  Chunki 

baxtsiz  hodisalar  har  qadamda  uchrashi  mumkin,  ya’ni  vrach  bor-yoki  yo’q 

joyda, kasalxonaga yaqin yoki kasalxonaga uzoq joyda, shuning uchun har bir 

inson  tibbiyot  xodimlari  yetib  kelguncha,  birinchi  yordam,  elektr  tokidan 

shikastlanganda. 

 

Shikastlangan  odamning  umumiy  holatiga  qarab,  hushdan  ketganligi 



yoki  ketmaganligini  hisobga  olib,  nafas  olish  to’xtatishini  yoki 

to’xtamaganligini,  yurak  faoliyatining  juda  pasayib  ishlayotganligini  yoki  

to’xtab qolishi mumkinligini hisobga olgan holda, yordam ko’rsatishni tashkil 

qilish  lozim.  Bunda  qo’yidagi  choralar  ko’riladi:  elektr  toki  ta’sirini  zudlik 

bilan  to’xtatish,  o’chirish,  (  quruq  tayoq  bilan  olish,  rezina  qo’lqop  bilan 

olish,)  zarurat  bo’lganda  suniy  nafas  berish  (og’izdan-og’izga,  og’izdan  –

burunga  yoki  maxsus  apparat  yordamida),  yurakning  tashqiy  massaji 

belgilangan  usullar  asosida  hamda  yurakka  ta’sir  etuvchi  dori  vositalarining 

(kordiamin, adrenalin, prednizolon).  

 

Suvga cho’kkanda 



 

Suvga cho’kkanda odam hushdan ketishi, nafas to’xtashi, yurak faoliyati 

juda  pasayib  ketishi,  kuzatilishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  shikaslangan 

odam suvdan chiqarib olinadi, suvdan chiqarish vaqtida uzun tayoq, arqon va 

boshqa  vositalardan  foydalanish  mumkin.  Agar  qutqaruvchi  suvda  yaxshi 

suza  oladigan  bo’lsa,  cho’kkan  odamning  kiyimlaridan  sochidan,  tortib 

suvdan chiqarishi mumkin. Shikastlangan odam suvdan chiqarilgandan so’ng, 

qorni  bilan  yotqiziladi,  oyoqlari  yuqoriga  ko’tarilib,  traxeya  va  bronxlardan 

suv  haydab  chiqariladi,  so’ngra  shikastlangan  odamni  yordam  ko’rsatuvchi 

tizzasiga  qorni  va  ko’kragi    bilan  yotqizib,    ko’krak  qafasi  orqa  sohasidan 

bosiladi. Bunda traxeya va bronxlardagi suvlar chiqib ketishi kerak. Shundan 

keyin  bemorga  jonlantirish  tadbirlari  o’tkaziladi:  suniy  nafas  berish,  agar 

yurak to’xtagan bo’lsa, yurakni tashqiy tomonidan massaj qilinadi.  

 

Ofrob urish 



 

Odamni  oftob  urganda  yoki  issiq  xonada  o’tirganda  umumiy  lohaslik, 

nafas  qisishi,  tez-tez  yurak  urushi,  ko’z  oldi  qorong’ulashishi  kuzatiladi. 

Bunday bemorlar salqin joyga olib chiqilib qisib turgan kiyimlari tugmalarini 

bo’shatish, boshini baland qilib yotqizish kerak, nashatir spirti hidlatiladi, agar 



bemor  hushida  bo’lsa  sovuq  ichimliklar  ichkizish  kerak,  yuzlarini  sovuq  suv 

bilan yuvish buyuriladi.  




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling