Ichki kasalliklar


Etiologiyasi  va  patogenezi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Etiologiyasi  va  patogenezi.  Kasallikka  bronxlar  funksiyasi  nerv 

regulyatsiyasining buzilishi sabab bo’ladi. Astma xuruji  o’pkani innervatsiya 

qiluvchi adashgan nerv uchlarining ta’sirlanishi natijasida boshlanadi. Bunda 

bronxlarning  silliq  mushaklarida  spazma  paydo  bo’lib,  bronxlar  kovagining 

torayishi  natijasida  nafas  olish  qiyinlashadi  va  natijada  bo’g’ilishga  olib 

keladi.  Allergentlar-tuxum  kabi  oziq-ovqat  mahsulotlari  pichan,  beda  ,gul  va 

uy  hayvonlarining  yungining  hidi,  shuningdek  zax    uyda  joylashgan 

hasharotlar  bakteriyalarning  parchalanish  mahsulotlariga  nisbatan  organizm 

sezuvchanligining oshishi bo’g’ilish xurujiga sabab bo’ladi. Ba’zan  bronxial 

astma  xuruji  allergenlar,  masalan  burun  to’sig’ining  qiyshayishi,  burundagi 

poliplar, o’t pufagi va xotin-qizlar jinsiy a’zolarining  yallig’lanishi (reflektor 

ta’sirlanish), nasldan o’tishi va hokazolar ta’sirida ham ro’y berishi mumkin. 

Bundan  tashqari  organizmning  sovishi,  tamaki  chekish,  tamaki  chekilgan 

xonada ko’p bo’lish, zax xonalar, nam havo, fasl o’zgarishi, atrof-muhitning 

bosimi  o’zgarishi  va  boshqalar  ham  astma  xurujiga  sabab  bo’ladi.  demak 

tashqi  sabablar  tana  kurashishligini  o’zgartira  oladi.  Bronxial  astmaning 

rivojlanishida markaziy nerv tizimining faoliyati benihoyat katta. Nerv tizimi 

bo’sh kishilar astma bilan ko’proq og’riydi. Ba’zan to’satdan qo’rqish, ruhiy 




kayfiyatlarga  berilish,  yuqumli  kasaliklar  oqibatida  ham  bu  kasallik  ro’y 

berishi mumkin.  

 

Belgilari.  Bronxial  astma  xuruji  ko’pincha  to’satdan  boshlanadi.  Ba’zan 

xurujdan  ko’krak  qisilib,  umumiy  darmonsizlik  seziladi.    Kasallik  xuruj 

qilganda  bemor  nafas  olishni  yengillashtirish  maqsadida  o’tiradi  va  karavot 

qirrasi yoki biron-bir qattiq narsaga tayanib, mahkam ushlab oladi. Ko’pincha 

o’tirgan  joyidan  sakrab  turib,  deraza  oldiga  yuguradi.    Nafas  qisqarish 

qiyinlashgani uchun bemor rangi o’chib, ko’zlarida qo’rquv alomati ko’rinadi, 

halloslashi  kuchaygani  sayin  yuzi  ko’karadi.  Bemorga  sinchiklab  qaralsa, 

ko’krak  qafasi  kattalashganligi  bilinadi.  Perkussiyada  o’pka  ustiga 

auskultatsiyada  o’pkadagi  nafas  tovushlari  sustlashib,    xushtak  ovozini 

eslatuvchi xirillashni eshitish mumkin.  Kasallik xuruji vaqtida gavda harorati 

o’zgarmaydi. Ba’zan qisqa vaqt isitma ko’tarilishi mumkin. Xuruj davri yarim 

soatdan 2-3 soatgacha davom etsa (bir necha kun, hatto haftagacha) cho’zilib 

ketishi  mumkin.  Xuruj  uzoq  vaqt  davom  etsa,  bemorning  yuzi  kerkib,  ter 

bosadi, qo’l oyoqlari sovuydi. Xuruj oxirida yo’tal tutadi, ko’karadi, so’ngra 

bemor yopishqoq shishasimon balg’am tashlaydi.  Xuruj o’tib ketgach, bemor 

o’zini yaxshi his  qila boshlaydi. Odatda astma xuruji  dastlab kamroq bo’lib, 

keyinchalik tez-tez tutib turadi.  

 

Bronxial  astmaga  tashxis  qo’yish  qiyin  emas:  tirik  ko’rinishdagi  xuruj  



nafas  chiqarish  qiyinlashib,  bo’g’ilish,  balg’amda  Krushman  spirallari, 

Sharko-Leyden  kristallari  bo’lishi,  qonda  eozinofillar  ko’payishi  kuzatiladi, 

allergenlar  bilan  muloqotda  bo’lish  kasallikka  aniq  tashxis  qo’yishga  asos 

bo’ladigan belgilardir.   

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling