Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, tarkibi va ko‘rsatkichlari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
6.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, tarkibi va ko‘rsatkichlari
6.2.1. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati 6.2.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tarkibi 6.2.3. Aylanma fondlar (mablag‘lar)ning ko‘rsatkichlari 6.2.1. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar ham kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo‘llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma www.sies.uz Page 118 of 356 119 mablag‘lar» termenlari o‘rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo‘lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag‘lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik. Aylanma mablag‘lar o‘z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo‘lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul ta’minotidir. Aylanma mablag‘lar natural-jismoniy ko‘rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlaydigan va bir yilgacha bo‘lgan davrida iste’mol qilinadigan moddiy boyliklarni o‘zida mujassamlashtiradi. Aylanma mablag‘larning manbalari bo‘lib korxonaning o‘z mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lar va jalb etilgan mablag‘lar hisoblanadi. Korxonani tashkil topishda aylanma mablag‘lar uning tasischilari mablag‘i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to‘ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag‘lar (passivlar) hisobidan to‘ldiriladi. Aylanma mablag‘lar asosiy fondlardan farqli bo‘lib, ular muomala jarayoni bir siklida to‘la iste’mol qilinadi va o‘z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to‘la o‘tkazadi. Aylanma mablag‘larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini likvidligi qariyb «1»ga teng bo‘ladi. Savdo jarayonida aylanma mablag‘lar bir turdan ikkinchi turga aylanib turishi mumkin. Aylanma mablag‘lar doimiy harakatda bo‘ladi. Ular savdo jarayonining bir siklida takror ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag‘lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag‘iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo‘lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni ishlab www.sies.uz Page 119 of 356 120 chiqarishdan tovarlarni iste’molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta’minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste’molchilarni talabini qondirishga yo‘l ochib beradi. Ikkinchi jarayonda aylanma mablag‘lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste’mol jarayoniga o‘tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o‘tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo‘naltiriladi va jarayon takrorlanadi. Ushbu jarayonda aylanma mablag‘lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste’molchilar talabini qondiradi. Aylanma mablag‘larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog‘liqdir. Shu sababli aylanma mablag‘larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir. Aylanma mablag‘larni miqdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag‘larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin. Umuman aylanma mablag‘larga ta’sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga. Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o‘zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne’matlar bilan ta’minlovchilarni dislokatsiyasi, ya’ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin. Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo‘llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo- vositachilik bo‘g‘inlarini qisqartirish kabilar kiradi. Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo‘jaligi kabilar) kiradi. Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag‘larni miqdorini oshirishga olib www.sies.uz Page 120 of 356 121 keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog‘liq tadbirlar savdo shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida (assortimentida) aylanma mablag‘larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi. Aylanma mablag‘larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag‘larni takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko‘payishi kabilar kiradi. Yuqoridagi omillarni ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ham ajratish mumkin. Ob’ektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta’minlovchilarni xo‘jalik yuritish tartibi, savdo korxonalari faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan omillar kiradi. Sub’ektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to‘g‘ri ratsional tashkil qilish borasida qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Sub’ektiv omillar inson omili bilan bog‘liqdir. O‘tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to‘g‘risida suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar hamda moliyaviy resurslar to‘g‘risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan tig‘iz bog‘liqligi, xo‘jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga o‘zgarishi, ya’ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o‘tganda asosiy fondlar, amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag‘ shaklidan asosiy fondlarga aylanishini kuzatamiz. Xuddi shunday o‘zgarishlar aylanma mablag‘lar va moliyaviy resurslar o‘rtasida ham ro‘y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor bo‘lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo‘lib qolishi, ya’ni ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta’minotchilardan qarzdor bo‘lib qolishi kabilar. Tovarlarga qo‘yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, www.sies.uz Page 121 of 356 122 foydasini shakllanishi. Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e’tibor berilmaydi va bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. 6.2.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tarkibi Aylanma mablag‘lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan natural-moddiy shakllari va qiymat ko‘rsatkichi sifatida tasniflash zarur. Savdo korxonalarining aylanma mablag‘lari natural-moddiy shakllari bo‘yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo‘ladi: 1. Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, yo‘lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida). 2. Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida). 3. Taralar, yoqilg‘i, qodoqlash materiallari. 4. Xo‘jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter kraskalari kabi). 5. Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan tez eskiradigan mehnat qurollari. 6. Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar. Aylanma mablag‘lar qiymati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi. 1. Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag‘ tarkibida tovar zahiralarini summasi 60-70 % tashkil qiladi. 2. Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez eskiradigan mehnat qurollari summasi. 3. Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo‘yicha qarzlari summasi. 4. Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag‘lari. www.sies.uz Page 122 of 356 123 5. Єisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar. Savdo korxonalarini har xil qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘lari, bankdagi depozit hisob raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat ichida bo‘sh pul mablag‘laridan foydalanishni ifoda qiladi. 6. Aylanma mablag‘larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan harajatlar kiradi. Ushbu harajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo‘lib, lekin hisobot davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to‘langan ijara haqlari; oldindan to‘langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan bo‘nak (avans) sifatidagi to‘lovlar kiradi. Ushbu harajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning muomala (davr) harajatlarida o‘z aksini topadi. Aylanma mablag‘lar ularni rejalashtirilishi nuqtai nazardan normalashtiriladigan aylanma mablag‘lar va normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘larga bo‘linadi. Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo‘lgan aylanma mablag‘lar normalashtiriladigan aylanma mablag‘lar tarkibiga kiradi. Normalashtirilishi mumkin bo‘lgan aylanma mablag‘lar tarkibiga quyidagilarni kiritish zarur: • tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish shoxobchalarida, yo‘ldagi); • kassadagi va yo‘ldagi pul mablag‘lari; • tovarlar bilar turgan va bo‘sh taralar; • kelgusi davr uchun qilinadigan harajatalr; • moddiy-texnik ta’minot materiallari, yoqilg‘i, qadoqlash va xo‘jalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan materiallar; • belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi; • ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar. Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo‘lmagan aylanma www.sies.uz Page 123 of 356 124 mablag‘lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: • bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari; • belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi; • har xil debitorlar; • saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish inkor qilingan holdagi); • qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar. 6.2.3. Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlari Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlarini quyidagi guruhlarga taqsimlab o‘rganishni tavsiya qilamiz. 1. Aylanma mablag‘lar holatini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar, bular absolyut miqdorlarda (natural va qiymat o‘lchov birliklarida) va o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichida hisobotga olinadi. 2. Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko‘rsatkichlari. 3. Aylanma mablag‘lar tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlar. 4. Aylanma mablag‘lar bilan korxonani ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari. 5. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling