Ichki sekresiya bezlari reja: Ichki sekresiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
5-МАВЗУ. ЭНДОКРИН БЕЗЛАР
Mag’iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag’iz moddasidan
adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo’ladi. Adrenalinning ta’siri simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta’siriga o’xshashdir. Uning ta’siridan ko’z qorachig’i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o’tkazuvchanligi va qo’zg’aluvchanligi kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi, bronxalarni kengaytiradi, ichak peristalikasini tormozlab, muskullarini bo’shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo’zg’atib, sfinkterlarning epilishiga olib keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Adrenalin uglevodlar almashinuvida ishtirok etib, glikogenning parchalanib, glyukozaga aylanishini va qonda qand miqdorini bir me’yorda turishini ta’minlaydi, markaziy asab tizimi qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin qon tomirlari devorining muskullariga ta’sir etib, ularning qisqarishi, natijasida tomirlar yo’lining torayishi va qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Me’da - ichak devorlari, o’t pufagi muskullariga juda zaif ta’sir ko’rsatadi. Uglevodlar almashinuviga, organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta’sir ko’rsatadi. Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli fermentlar - aminooksidaza va firozinoza juda qisqa vaqt ichida parchalab yuboradi, shunga ko’ra bu gormonlarning ta’siri ko’p cho’zilmaydi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling