Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari

Download 0.58 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1503046
1   2   3   4   5
Bog'liq
Roʻzimurodova E\'zoza 6

Epifiz – bezi bosh miyada asosini, ya’ni orqa miya sohasida joylashgan bo’lib, uning massasi 0,2 g. undan melatopin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon gipofizning oraliq bo’lagidan ajaraladigan intermedin gormon singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.

Bundan tashqari epifizdan ajraladigan gormon gipofizning gonodotrop funktsiyasini tormozlab, bolalarda vaqtidan ilgari balog’atga yetish jarayonini susaytiradi. Epiofizning funktsiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayish balog’atga yetish davri oldidan butunlay tuxtaydi. Agar bu bezning funktsiyasi oldinroq pasaysa gipofizning gonodatrop funktsiyasi pasayib bolaning vaqtidan oldin balog’atga yetish belgilari paydo bo’ladi.

Qalqonsimon bez. Bu bez haqildoq bilan kekirtakning ikki tomonida joylashgan. Uning chap va o’ng bo’lagi va shu bo’laklar orasidagi bo’yincha qismi tafavvut qilinadi. Bu bez qon tomirlarga boy juda ko’p simpatik va parasimpatik nerv tolalariga ega. 7-8 yashar bolalarda bez og’irligi 6,5 g, 11-15 yashar bolalarda 13,2 g keladi. Qalqonsimon bezda tiroksin gormoni ishlab chiqariladi. Gormon chiqarish bola tug’ilgan zahotiyoq boshlanadi. Bu bez organizmda moddalar almashinuvini boshqarib boradi. Markaziy nerv sistemasini qo’zg’alganligini boshqarib turad. Simpatik nerv sistema qo’zg’alganligini ortiradi, gipofiz faoliyatiga ta’sir etadi.

Qalqonsimon bez gormoni – tiroksin tarkibida 65,3 % gacha yod bo’ladi. Katta odam organizmida 25 mg yod bo’ladi, shundan 15 mg qalqonsimon bezda saqlanadi. Tiroksinning qonga ko’p yoki kam tushishi nerv sistemasining normal funktsiyasi bilan bog’liq.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling