Ichki tartib-qoidalari (ichki mehnat tartibi qoidalari)


- bob. Ta'limni tashkil etish tartibi, mehnat va o'quv intizomi


Download 61.51 Kb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi61.51 Kb.
#1308770
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ichki tartib узбекский вариант

4- bob. Ta'limni tashkil etish tartibi, mehnat va o'quv intizomi

4.1. Universitetda o'quv yili o'quv grafigida belgilangan sanadan boshlanadi. O'quv mashg'ulotlari o'quv reja va o'quv dasturlariga mos ravishda tuzilgan dars jadvallariga asosan olib boriladi.


4.2. O'quv mashg'ulotlari, dars jadvali elektron Universitet ta'lim platformasida semestr uchun tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlanadi va semestr boshlanishidan oldin talabalar, professor-o'qituvchilar, fakultet dekanatlari va boshqa tuzilmalarga yuboriladi. Fakultativ mashg'ulotlar alohida jadval asosida o' quv jarayoniga kiritilishi mumkin.
4.3. Dars jadvali semestr uchun tuziladi va semestr boshlanishidan 10 kundan kechiktirmay osib qo'yiladi. Fakultativ mashg'ulotlar o'tkazish uchun alohida jadval tuziladi.
4.4. Akademik soatning davomiyligi 40 minut (tanaffussiz qo'shma dars 80 minut). O'quv mashg'uloti boshlanishi va tugashi haqida o'qituvchi va talabalar qo'ng'iroq bilan ogohlantiriladi. Har juftlik mashg'ulot o'rtasida 10 minut tanaffus belgilanadi.
4.5. O'quv kuni davomida tushlik tanaffus 40 minutdan oshmasligi kerak. Dars boshlangandan keyin barcha o'quv xonalarida tinchlik va tartib ta'minlanishi lozim. O'quv mashg'ulotlarini bo'lish, dars paytida auditoriyaga sababsiz kirish va chiqib ketishga yo'l qo'yilmaydi.
4.6. Har bir o'quv mashg'uloti boshlangunga qadar (mashg'ulotlar orasidagi tanaffus paytida) auditoriya, laboratoriya, o'quv ustaxonalari va kabinetlarida laborantlar zarur o'quv qo'llanmalar va uskunalarni darsga tayyorlaydilar.
4.7. Amaliy va seminar mashg'ulotlari bir akademik guruh uchun bir o'quv auditoriyasida o'tkaziladi, laboratoriya mashg'ulotlari har bir akademik guruh 15 talabadan ko'p bo’lmagan guruhchalarga bo'lingan holda o'tkaziladi. Talabalar guruhchalarining tarkibi mashg'ulotlar xarakteridan kelib chiqib semestr boshida fan o'qituvchisi tomonidan belgilanadi.
4.8. O'quv yili ikki semestrga bo'linadi va har o'quv semestri yakuniy nazoratlar sessiyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy nazoratlar sessiyasida ahamiyati baland bo'lgan 5 tagacha fandan yakuniy nazorat topshiriladi. Semestrda o'tilgan fanlardan semestr oxirigacha joriy nazoratlar topshiriladi. Yakuniy nazoratlar sessiyasiga o'quv rejasida semestr uchun nazarda tutilgan joriy nazoratlarning hammasini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar qo'yiladi.
4.9. O'quv rejasidagi fanlardan joriy va yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli toshirgan va talab qilingan GPA ko'rsatgichiga erishgan talabalar rektor buyrug’i bilan keyingi kursga o'tkaziladi. Bir yoki bir necha fandan qarzdorligi bo'lgan talabalar ularni kuzgi semestr oxiridan, yoki bahorgi semestr boshlanishidan keyin 30 kun davomida bartaraf qilishlari zarur. Talab qilingan GPA ko'rsatgichiga erisha olmagan talabalar Universitet rektori buyrug’i bilan kursidan qoldiriladi.
4.10. Universitet jamoat, tashkiliy va ma'muriy ishlarni bajarishda ko'maklashish, talabalarning o'zini o'zi boshqarish tizimini samarali yo'lga qo'yish uchun fakultet dekanati tomonidan guruh sardorlari ular saylangunga qadar vaqtinchalik vazifasini bajarish uchun tayinlanadi.
Guruh sardorlari o'zining ish faoliyatini Universitet Ustavi, mazkur Qoidalar, Universitetning boshqa ichki lokal hujjatlari asosida olib boradi. Guruh sardorlari guruh murabbiyi (tyutori)ning tavsiyasiga ko'ra guruhning umumiy yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi. Birinchi kursda guruh sardorlari fakultet dekani tomonidan vaqtinchalik vazifasini bajarishga tayinlanadi, keyinchalik bir oy ichida guruhning umumiy yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan saylanadi.
4.11. Guruh sardori o'z arizasiga muvofiq yoki zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarmaganligi, guruh sardori obro'siga putur etkazadigan xatti-harakatlami sodir etganligi uchun fakultet dekanining taqdimiga ko'ra muddatidan oldin vazifasidan ozod etilishi mumkin.
4.12. Guruh sardorining vazifasiga quyidagilar kiradi:
a) o'quv mashg'ulotlarining hamma turlari bo'yicha talabalarni shaxsan hisobga olish;
b) har kuni fakultet dekaniga darsga kelmagan va kechikkan talabalar to'g'risida, ularning sabablarini ko'rsatgan holda ma'lumot berish;
v) ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslarida guruhda o'quv fanining borishini kuzatish, shuningdek, o'quv uskunalari va jihozlarning saqlanishi haqida javobgarlik;
g) guruh talabalari o'rtasida darslik, o'quv qo'llanmalarini o'z vaqtida olish va tarqatishni tashkil qilish;
d) fakultet dekani tomonidan mashg'ulotlar jadvaliga kiritilgan o'zgarishlarni talabalarga etkazish;
e) har kuni tartib bo'yicha guruh navbatchisini belgilash;
yo) o'quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan fakultet dekanatiga takliflar kiritish;
j) professor-o'qituvchilar tomonidan o'tkazilayotgan o'quv mashg'ulotlari sifati va talabalarning bilimini ob'ektiv baholash yuzasidan talabalarning fikr­ mulohazalarini fakultet dekanatiga yetkazish.
Hamma guruh talabalari uchun guruh sardoming yuqorida ko'rsatilgan vazifalari dekanning buyrug'i asosida yetkaziladi.
4.13. Har bir akademik guruh uchun belgilangan shakldagi guruh jurnali shakllantirilib, unda barcha darslar bo'yicha darsga kelmagan talabalar guruh sardori tomonidan belgilab boriladi. Mazkur jurnal dekanatda saqlanadi. Har kunlik darslar boshlanishi oldidan guruh sardori dekanatdan jurnalni olib, shu kuni darslar tugagach, dekanatga topshiradi.
Auditoriya, laboratoriya va o'quv xonalaridagi jihozlar va boshqa ashyolar butligi, mavjudligi va yaroqli holdaligi uchun guruhning barcha talabalari moddiy javobgardirlar.
4.14. Universitetda o'quv jarayoni sifati va samaradorligini oshirish, davlat ta'lim standartlari, malaka talablari, o'quv rejalar, fan dasturlari, ishchi o'quv rejalar va ishchi fan dasturlarining to'laqonli bajarilishi, shuningdek, talabalarning chuqur bilim olishlari uchun ularga qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida quyidagicha tartib joriy etiladi:
- dars boshlanganidan to yakunlanguniga qadar auditoriyaga turli shaxslar - Universitet rektori, prorektorlar, rektor maslahatchisi, bo'lim boshliqlari, dekanlar va ularning o'rinbosarlari, uslubchi yoki boshqa xodimlar, nazorat inspeksiyalari inspektorlari, shuningdek vazirlik va idoralar hamda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar har qanday darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari yoki hokimliklar vakillaridan iborat o'rganuvchilar (keyingi o'rinlarda matnda - o'rganuvchilar)ning kirishiga yo'l qo'yilmaydi;
- o'rganuvchilar Universitetga tegishli buyruq yoki ko'rsatmalar asosida, rektor ruxsati bilangina kirishlari mumkin va bunda rektor o'rganuvchilarning shaxsi va lavozimini tasdiqlovchi hujjatini so'rashi, shaxsning kimligi va kelishdan maqsadi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lib, qat'iy ishonch hosil qilganidan so'nggina ruxsat berishi lozim;
- vazirlik va idoralar hamda har qanday darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan tashkil etiladigan barcha turdagi o'rganishlar darsdan tashqari vaqtlarda - guruhlardagi kunlik mashg'ulotlar boshlanishidan avval yoki yakunlanganidan keyin amalga oshirilishi mumkin;
- turli mavzulardagi ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarni dars mashg'ulotlari vaqtida o'tkazilishiga hamda talabalarni darsdan tadbirga olib chiqib ketilishiga yo'l qo'yilmaydi va shu munosabat bilan barcha turdagi tadbirlarni darsdan avval yoki keyin o'tkazish qat'iy belgilab qo'yiladi (boshqa turdagi yuqori darajali tadbirlarga jalb etilgan talabalarga dekanat ruxsat berishi va fan o'qituvchilari ogohlantirilishi lozim);
- professor-o'qituvchilar o'zaro dars kuzatish uchun, o'rganuvchilar darslarning sifati va professor-o'qituvchining faolligini o'rganish uchun darslarda ishtirok etishlari avvaldan belgilangan reja asosida, mashg'ulot o'tkazayotgan professor-o'qituvchini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Ular auditoriyaga dars boshlanishidan avval kirgan bo'lishlari, dars jarayonida fikr bildirib, darsga halaqit bermasliklari hamda darsdan mashg'ulot tamomlanganidan so'ng chiqishlari lozim;
- mashg'ulot davomida zarur bo'ladigan barcha jihoz va vositalar auditoriyaga dars boshlanguniga qadar olib kirilgan bo'lishi shart;
- dars kuzatish yoki professor-o'qituvchining faoliyatini o'rganishga kirgan shaxs tomonidan professor-o'qituvchining ruxsatisiz talabalarga savollar berish, ular bilan suhbatlashish, mashg'ulotga aralashish, professor-o'qituvchining metodik materiallarini ko'rib chiqish yoki tekshirish, mashg'ulotni video va audio tasmalarga yozib olish, suratga olish hamda mobil aloqa vositalardan foydalanish, mashg'ulot turi va shaklini o'zgartirishga urinish kabi hollatlarga yo'l qo'yilmaydi;
- dars mashg'ulotlarida akademik guruh talabalari tarkibiga kirmaydigan shaxslarning ishtirok etishi faqat fakultet dekanining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi;
- dars mashg'ulotlaridan uzrsiz sabablarga ko'ra chiqib ketgan talabalar darsga kelmagan deb hisoblansin;
- dars mashg'uloti ketayotgan vaqtda professor-o' qituvchi yoki talabani darsdan chaqirib olish qat'iyan man etiladi (favqulodda vaziyatlar bundan mustasno).
4.15. Universitet rahbari xodimlari, professor-o'qituvchilari va boshqa xodimlari va talabalari mazkur Qoidalar, Universitet Ustavi, Universitetning Odob­ axloq kodeksi, Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), Universitet xodim, talaba, o'quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og'dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to'g'risidagi nizom, Universitet Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari, lavozim yo'riqnomasi, tarkibiy bo'linmalar to'g'risidagi nizomlar va boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilangan talablarga qat'iy rioya etishlari shart.
4.16. Mazkur Qoidalarning 62-bandida ko'rsatilgan talablardan tashqari:
a) xodimlar va talabalar:
talaba o'quv mashg'ulotlariga uzrli sabablarga ko'ra qatnasha olmagan holda bu haqida darhol fakultet dekanini xabardor qilib, asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish;
Universitet faoliyat samaradorligiga daxldor bo'lish hamda uning rahbariyati
(rektor, rektor maslahatchisi, prorektor, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo'linma rahbarlari) haqida ma'lumotga ega bo'lish;
uzrli sabablarga ko'ra ish (o'qish)ga kelmagan xodim (talaba) tarkibiy bo'linma rahbari (fakultet dekani) yoki Kadrlar bo'limini ogohlantirish hamda ish (o'qish)ga chiqqan kuni asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish;
texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong'indan saqlash qoidalari va me'yorlariga rioya etish;
Universitet rahbariyatining roziligisiz o'quv binosi va auditoriyalarga turli jihozlarni, begona shaxslarni olib kirmaslik va olib chiqmaslik;
b) doktorant (mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilar):
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 22 - maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi nizom qoidalariga qat'iy rioya qilish;
doktorlik dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejasiga ega bo'lish va uni to'liq hamda o'z vaqtida bajarish;
doktorlik dissertatsiyasini muddatida tayyorlash va Ilmiy kengashga himoya uchun taqdim etish;
biriktirilgan tarkibiy bo'linma bilan doimiy aloqada bo'lish, tarkibiy bo'linmaning faoliyati yo'nalishi bilan bog'liq ishlarda ishtirok etish;
Universitetda haftasiga 20 soat bo'lish (xizmat safari hamda ruxsat etilgan xorij safarlarida bo'lish, aloqa xatlariga asosan boshqa tashkilotlarda tadqiqot olib borish bundan mustasno);
Universitet va boshqa muassasalarda o'tkaziladigan anjumanlarda ishtirok etish, shuningdek, boshqa mutasaddi tashkilotlardan kelgan ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hujjatlar ijrosini ta'minlash va qonun loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Universitet rektori, rektor maslahatchisi, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tegishli tarkibiy bo'linmalarning rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish;
davlat, jamiyat va jamoat manfaatlariga doir harakatlar qilganda, vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo'lganda, akademik ta'til olish uchun asoslar vujudga kelganda hamda boshqa uzrli sabablar mavjudligida bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi rahbarni xabardor qilishga majbur.
4.17. To'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
4.18. Universitetga xorijdan hamda respublikaning uzoq shahri va viloyatlaridan kelib ta'lim olayotgan talabalar belgilangan mezonlar asosida komissiya xulosasiga ko'ra hamda Universitet rektorining tegishli buyrug'iga asosan Talabalar turar joylariga joylashtiriladi.
4.19. Talabalar turar joylariga joylashish uchun talaba ariza bilan murojaat qiladi hamda tegishli hujjatlarni ilova qiladi. Mazkur murojaat o'rnatilgan tartibda Universitet rektorining buyrug'i bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan hamda belgilangan mezonlar asosida ko'rib chiqiladi.
4.20. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar, qoida tariqasida, belgilangan tartibda vaqtincha hisobga olinadi.
4.21. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar Talabalar turar joylari to'g'risidagi nizom, mazkur Qoidalar hamda Talabalar turar joylari xona va jihozlaridan foydalanish bo'yicha lokal hujjat va shartnomalarda belgilangan huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni bajaradi.



Download 61.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling