Ichki yonuv dvigatellarining issiqlik balansi va dvigatelni issiqlikdan zo’riqishi tayanch so’z va iboralar
Download 21.09 Kb.
|
ICHKI YONUV DVIGATELLARINING ISSIQLIK BALANSI VA DVIGATELNI ISSIQLIKDAN ZO’RIQISHI
ICHKI YONUV DVIGATELLARINING ISSIQLIK BALANSI VA DVIGATELNI ISSIQLIKDAN ZO’RIQISHI Tayanch so’z va iboralar Issiqlik balansi, issiqlik balans ulushi, dvigatel ko’rsatkichlarini yaxshilash imkonlari, atrof-muhitning ta’siri, zo’riqishni baholash, zo’riqishni kamaytirish. Reja 1. Tashqi issiqlik balansini tashkil etuvchilari. 2. Sovitish tizimi qabul qiladigan issiqlikning miqdori va ulushi. 3. Sovitish tizimi qabul qiladigan issiqlikning miqdorini kamaytirish bilan dvigatelning ko’rsatkichlarini yaxshilash imkoni. 4. Ishlatilgan gazlar bilan chiqib ketadigan issiqlik miqdori, undan foydalanish imkoni. 5. Dvigatelning asosiy detallarini issiqlikdan zo’riqishi to’g’risida qisqacha ma’lumot. 6. Issiqlikdan zo’riqishni baholovchi parametrlar, unga ta’sir etuvchi omillar va uni kamaytirish usullari. 7. Bosim ostida kiritish usuli qo’llanilganda detallarining issiqlikdan zo’riqish. Issiqlik balansi. Issiqlik balansi yonilg’i bilan kiradigan va quyi yonish issiqligi bo’yicha hisoblanadigan issiqlikning IYoD dan chiqishidagi taqsimlanishini ko’rsatadi. QyoqQeQQsovQQgazQQch.yo.QQmQQqol bu yerda: Qyo- yonilg’i bilan kiritilgan issiqlik QyoqGyoHu- suyuq yonilg’ida ishlaydigan IYoD uchun QyoqVrHur- gazda ishlaydigan IYoD uchun Qe- IYoD ning samarali ishlashiga ekvivalent bo’lgan issiqlik: QeqNe×3600 Qsov- sovitish sistemasi olib ketgan issiqlik. Qsovq½Gsov× Ssov× Dtsov½ Gsov, Ssov, Dtsov- mos ravishda sovitish suyuqligining 1 soatlik sarfi, issiqlik sig’imi va isishi. Qm- moylash sistemasiga sarflangan issiqlik. QmqGsov× Ssov× Dtsov- Qsov Qgaz- gazlar bilan atmosferaga beriladigan issiqlik, termodinamik munosabatga ko’ra QgazqGyo[M2(mS²r)t4-M1(mSr)t0] bu yerda Gyo M2 (mS²r)t1 - ishlatilgan gazlar bilan chiqib ketadigan issiqlik miqdori. Gyo M1 (mSr) t0 - IYoD ga yangi zaryad bilan birga kiritiladigan issiqlik miqdori. Qch.ye- yonilg’ini kimyoviy va fizik jixatdan chala yonishi oqibatida yo’qoladigan issiqlik a<1 bo’lganda Qch.yeqDNu xim Gyo DNu xim- yonilg’ining quyi yonish issiqligi DNuq114×103(1-a)L0 kJG’kg a³1 bo’lganda Qch.yo alohida hisoblab topilmaydi va qoldiq had Qqol bilan hisobga olinadi. Qqol - qoldiq had bo’lib, u issiqlik balansining barcha hisobga olinmagan tashkil etuvchilarini, shuningdek o’lchashdagi xatolarni o’z ichiga oladi. Aylanishlar chastotasi oshganda ish jismini harorati ko’tariladi qgaz ortadi. Benzinda ishlaydigan dvigatellarni kichik va katta yuklanishlarda ishlatishda quyuqlashgan aralashmalardan foydalaniladi. Shuning uchun yonish jarayoni yomonlashadi. Dizellarda haroratni ko’tarilishi oqibatida a kichiklashadi, bu esa issiqlikdan foydalanish yomonlashuviga va qe kamayishiga olib keladi. Dvigatellarning issiqlikdan zo’riqishi. Dvigatel ishlayotganda yonish kamerasida ajralib chiqayotgan issiqlikning bir qismi issiqlik almashinuvi hisobga detallarga o’tib ularni qizdiradi. Bunda ishqalanish ishining issiqlikka aylanishi va atrof muhitni ta’sirida IYoD qismlarning harorat ko’tariladi. IYoDning litraviy quvvatini oshirish, solishtirma massasini kamaytirish va tashqi o’lchamlarni kichraytirish detallarni qizishini kuchayishiga olib keladi. Bu esa detallarni ishini buzilishiga, xizmat muddatini kamayishiga olib keladi. Issiqlik yuklanishlari issiqlik oqimining zichligi qqQG’F bilan ifodalanadi. Q - issiqlik oqimining quvvati, Vt(kVt); F - issiqlik oqimi uzatiladigan sirtning yuzi, m2. 2 detalni bir biriga tegib turgan qismida t0 ko’tarilganda mexanik zo’riqishlar paydo bo’ladi. Juft detallar tirqishida moy qatlami bo’lsa, u holda haroratni ko’tarilishi moy pardasining qovushqoqligi va moylash xususiyati pasayishiga olib keladi. Detalni sirtqi qatlashining harorati eng ko’p darajada o’zgaradi. Ichki qatlamlariga kirib borgan sari haroratning davriy o’zgarishi tobora kamayib boradi. Issiqlik berishning vaqt bo’yicha bu tarzda o’zgarishi detallarda issiqlikdan zo’riqishni keltirib chiqaradi, chunki detalning xar bir qatlami o’ziga xos ravishda kengayishga intiladi, xolbuki qo’shni qatlamlar bilan ichki struktura bog’lanishlari qatlamlarining o’lchamlari o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Siqish jarayonida jami issiqlikning 1-2% (benzinli dvigatellarda) va 5-8% dizellarda devorga o’tadi. Issiqlik oqimining kattaligi gazning harorati, bosimi, tarkibi va kamerada harakatlanish tezligiga bog’liq. Yonish va kengayish davrida issiqlikning 65-79%, dizellarda esa 70-90% qismi devorlarga o’tadi. Issiqlik oqimlarining sirtlarda notekis taqsimlanishi natijasida issiqlikdan zo’riqish yuzaga keladi. Bu detallarni konstrukg’iyasiga, yonish kamerasining shakli va joylashuviga bog’liq. Yonish kamerasi porshenda, ayniqsa chuqur va silindr o’qiga nisbatan nosimmetrik joylashgan dizellarda (M - jarayon, D - jarayon, ҒNIDI kamerasi) yuqori harorat yuzaga keladi. Cho’yan silindr ustyopmasi 3500S alyuminiy qotishmasidan tayyorlanganda 2500S, cho’yan porshen uchun 5500S, alyuminiy qotishmali porshen uchun 350-3700S. Dizelni chiqarish klapani tarelkasi uchun 6000S, benzinda ishlaydigan IYoD da 8500S ni tashkil etadi. IYoD uzellari ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlovchi choralar: 1. Gazning haroratini pasaytirish. Bu nominal yuklanishda a ni ko’paytirishdan, klapanlar ochiq turganda yonish kamerasini yangi zaryad bilan shamollatishdan, yangi zaryadni kompressordan keyin oraliq sovitishdan, suv purkashdan, ishlatilgan gazlarni reg’irkulyag’iyalashdan, yonilg’i berishni ilgarilatish burchagini sozlashdan iborat. 2. Detallarni sovitish. Porshenni moy bilan majburiy sovitish. Bunda moy porshen tubining karteriga qaragan devoriga yoki porshen kallagida ishlangan va yonish kamerasini qurshab turuvchi aylana kanalga maxsus forsunka yordamida uzatiladi. Bunda porshen t0si 45-800 pasayadi. 3. Detallarni qoplamalar va to’siqlar yordamida himoyalash. Porshen tubining olov tegadigan yuzasi va yonish kamerasining yuzasi issiqlikni yomon o’tkazadigan sopol yoki oksidli qoplama bilan himoyalanadi. 4. Konstruktiv va texnologik usular. Yassi sirtli zichlovchi xalqalar o’rniga konussimon tayanch yuzali zichlovchi halqalardan foydalaniladi. Shu usul bilan porshen qadalib qolishini oldi olinadi. Lekin t0 500 ga oshadi. Shuning uchun alyumin qotishmali porshenlar po’lat yoki cho’yan quymalar bilan mustaxkamlanadi. Porshen ariqchalari ana shu quymalarga o’yiladi.1> Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling