Ichki yonuv dvigatellarining tasnifi silindrli taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi
Download 1.3 Mb.
|
1 2
Bog'liqIchki yonuv dvigatellari
Ichki yonuv dvigatellari Reja:
1.Ichki yonuv dvigatellarining tasnifi. 2.1 silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 3.1 silindrli 2 taktli karbyuratorli dvigatelining ishlash prinsipi. 4.Ko’p silindrli dvigatellarni ishlashi. I. Ichki yonuv dvigatellari ko'pchilik_taktorlarda_avtomobillarga o”rnatilgan bo’lib. quyidagi asosiy belgilarga ko’ra bo’ilinadi: 1.Yonuvchi aralashma tayyorlash usuliga ko’ra: Aralashma silindr tashqarisida tayyorlanadigan-karbyuratorli dvigatellar va Araiashma silindr ichida tayyodanadigan-dizel dvigatellar. 2.Yonuvchi aralashmaning alanga olish usuliga ko’ra: Siqilganda alanga oladigan dvigatel va elektr uchquni bilan yondiriladigan dvigatel. 3.Ish siklining bajarilshiiga ko 'ra: 4 taktli dvigatellar va 2 taktlk dvigatellar. 4.Ishlatiladigan yoqilgi turiga ko'ra: Suyuq yoqilg’ida ishlaydigan dyigatellar va gazsimon yoqilg’ida ishlaydigan dvigatellar. 5. Silindrlar soniga ko 'ra: 1 silindrli dvigatellar va ko 'p silshdrli dvigatellar (2, 4, 6 va 8 silindr). 6. Silindrni joylashishi bo’yicha: Bir qatorli va Ikki qatorli yoki yotiq joylashgan. 7. Sovutish sistemasining xiliga ko’ra: Suyuqlik bilan sovutiladigan va havo bilan sovutiladigan. 2. Ichki yonuv dvigateliarining tuzilishi. Sanoatimiz ishlab chiqarayotgan ko’pchilik traktorlar, ko’p yuk ko’taradigan avtomobillarda va g’alla kombaynlarida ko’p silindrli dizel dvigatellari qo’llanilmoqda. Bu dvigatellarda ish aralashma silindr ichida hosil bo’ladi va siiindrda siqilgan havoning haroratida yondiriladi. Engil, kam va o’rta yuk ko’taradigan avtomobillarda ko’p silindrli karbyuratorli dvigatellar qo’llaniladi. Bu dvigatellarda aralashma siliindr tashqarisida (karbyuratorda) hosil etiladi va elektr uchquni bilan yondiriladi. Ish sikli porshenning nechta yo’lida bajarilishiga qarab to’rt taktli va ikki taktli dvigatellarga bo’linadi, Dvigatellarda tirsakli val aylantirilsa, porshen silindr ichida ilgarilanib qaytib to’g’ri chiziqli harakat qiladi. Porshenning tirsakli val o’qidan eng uzoqlashgan nuqtasi yuqorigi chekka nuqta (Yu. Ch. N) deb ataladi. Porshenning val o’qiga eng yaqinlashgan nuqtasi pastgi chekka nuqta (P, Ch. N) deb ataiadi. Chekka nuqtalar orasidagi masofa porshen yo’li (S) deb ataladi. Porshenning har yulida ichida bajariladigan jarayon takt deb ataladi. Yu. Ch. N da turgan porshenning tepasida hosil bo’ladigan hajm siqish kamerasining hajmi (Vs) deyiladi. Porshen Yu. Ch. N dan P. Ch. N gacha harakat etib bo’shatadigan hajmi silindrning ish hajmi (\'h) deyiladi. (1) bunda: D- silindr diametri (mm); S- porshen yo’li imm), Dvigatel silindrlari ish hajmini silindrlar soniga ko’paytmasi dvigatelning litraji (V1) deb . ataladi. V^qCjt-DV^MS/lOOQ)*! q Vh- i (I) P. Ch. N da turgan porshen tubining tepasidagi hajmi silindrning to’la hajmi deb ataladi. Vaq V^ Q Vs Silindr to’la hajmining siqish kamerasining hajmiga nisbati dvigatelning siqish darajasi (E) deyiladi, EqVa/Vs q (VhQVs)/Vs q Vh/VsQl ; Ekarq6.,.10; Edizql3 .20 Dvigatellar ishlayotgart vaqtda uriing silindrlarida doimiy takrorlanadigan kompleks ketma-ket jarayonlar (kiritish, siqish, ish bajarish, chiqarish) sodir bo’ladi. Shu- jarayonlar ma'ium tartibda takrorlana beradi. Silindrlar takrorlanadigan barcha jarayonlar dvigatelning ish jarayoni yoki ish sikli deb ataladi. I. Kiritish takti. Silindrga toza havo to’ldiriladi. Porshen Yu. Ch. N dan P. Ch. N ga harakatlanib, silindrlarda siyraklanish hosil bo’ladi. Kiritish taktida bosim 0,08-0,09 mPa (0,8-0,9 kg/kv. sm), harorat 300-340 K (50-80'S) bo’ladi. II. Siqish takti. Ikkala klapan yopiq bo’lganligi sababli silindrlarda havo siqiladi, Bosim 3,5 . 4,0 MPa (35-40 kg/kv. sro) harorat 780-900 K (500-700°S) gacha ko’tariladi. Siqish Taktining oxirida forsunkadan yuqori bosim bilan yonilg’i purkaladi. Aralashma hosil bo’lib, qizigan havo haroratidan alangalanadi. Gaz bosimi 5,5. . . 9,0 MPa (55-90 kg/kv. sm) gacha harorat 1900. . . 2400 K (1600. . . 2100°S) gacha ko’tariladi. III. Ish yo’li takti. Dizellarda siqish taktida aralashma yonib tugamasdan ish yo’li taktida ham, yonishda bir oz davoni etadi. Ish yo’li taktining oxirida silindrlardagi bosim 0,2. , . 0,3 MPa (2,0-3,0 kg/kv. sm) harorat esa 900. . . 1200 K (600-900'S) gacha pasayadi. IV. Chiqish takti. Bu taktda yonib bo’lgan ish aralashma silindrdan chiqarib yuboriladi. Chiqarilgan gazlarning bosimi takt oxirida 0,11-0,12 MPa (1,1-1,2 kg/ kv. sm), harorat 650... 900 K (500-750°S) atrofida bo’ladi. Karbyuratorli va dizel dvigatellarning ish jarayonida porshen ish yo’li taktida gazlar bosimi ta'siridan siljib tirsakli valni aylantiradi. Kiritish, siqish va chiqarish taktlarida esa porshenrii maxoviknlng kirietik energiyasi hisobiga aylanuvchi tirsakli val harakatlantiradi, 3.Ikki taktli dvigatelda kiritish va chiqarish klapanlari yo’q. Yonuvchi aralashmani kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchta teshik orqali porshen yordamida bajariladi. Porshen silindr ichida yuqoriga harakatlanganda krivoshipii kamerada siyraklik hosil bo’ladi. Porshen karbyuratorga tutashtirilgan kiritish tuynugini ochganda krivoshipli kameraga yonuvchi aralashma kiradi. Porshen pastga harakatlanganda yonuvchi aralashma dastiab qisiladi. Porshen pastgi qo’zg’almas nuqtaga yaqinlashganda puflash kanaliniog tuynugini ochib, krivoship kamerani krivoship ichidagi (porshen ustidagi) bo’shliqga tutashtiradi. Oldindan siqilgan yonuvchi aralashma krivoship kamerasidan puflash kanali orqali silindrga kiradi va porshen yuqoriga qo’zg’almas nuqtaga harakatlanganda siqiladi. Porshen yuqoriga qo’zg’almas nuqtaga yaqinlashganda o’t oldirish svechasining yordamida ish aralashmasi alangalanadi. Porshen kengayuvchi gazlar bosimi ta'sirida pastga harakatlanib, ish yo’lini bajaradi va ayni vaqtda krivoship kameradagi yonuvchl aralashmani siqadi. Bu vaqtda ishlatilgan gazlar bosim ostida chiqarish trubasi orqaii tashqariga chiqariladi. Krivoship kamerada siqilgan aralashmaning bosimi silindrdagi gazlar bosimidan ortiq bo’lgani uchun ishlatilgan gazlar puflab chiqariladi va silindr aralashina bilan to’ldiriladi so’ngra porshen Yu. Ch. N ga harakat etib jarayon takrorlanadi. 4. Bir silindrli dvigatel katta quvvat hosil qilmaydi. Bunda katta quvvat hosil etish uchun siiindr diametrini oshirish, muvozanatlashtirish mexanizmi o’rnatilishi zarur. Yuqorida qayd qilingan kamchiliklari tufayli 1 silindrli dvigatellar juda kam qo’llaniladi. Silindrlar sooi ko’payishi bilan dvigatei barqaror va puxta ishlaydi. Shu sababli zamonaviy traktor va avtomobillarga 4, 6, 8 va 12 silindrli dvigatellar o’rnatiladi. Ko’p silindrli dvigatelning ravon ishlashi uchun bir turli takt uning bir necha silindrlarida bir vaqtda takrorlanmasligi va ish yo'!i takti ma'lum vaqtdan keyin muntazam takrorlanishi kerak. Dvigatelning turli silindrlarida bir xil taktning takrorianish tartibi dvigatelning ish tartibi deb ataladi. Bir silindrli dvigatelda (DT-20) tirsakli val yarim oborot aylanganda ish yo’li hosii bo’lsa, qolgan 1,5 marta aylanganda dvigatei maxovik energiyasi hisobiga va muvozanatiovchi mexanizmlar yordamida aylanadi. Dvigatelning ishlash tartibi 1-0-0-0 bo’ladi. 2 silindrli dvigatellar T-25A va T-16M traktorlariga o’rnatilgan. Ular 1-2-0-0 yoki 1-0-0-2 tartibida ishlaydilar. Bunda tirsakli val bir marta aylanganda ish yo’li takti ketma-ket 2 silindrda bo’lib, ikkinchi aylanish maxovik inersiyasi hisobiga bajariiadi. Ko’pchilik traktor va engi! avtomobillarda 4 silindrli qilinadi. Bu dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3. Demak dvigatel ishlaganda tirsakli valning har yarim aylanishida bir silindrda ish yo’li takti hosil bo’lib, boshqa silindrlardagi tayyorlov taktlari asosan shu ish yo’li hisobiga bajariladi. T-4A traktor va GAZ-52-04 avtomobillariga 6 silindrli. dvigatellar o’rnatilgan. Bu dvigatellar 1-5-3-6-2-4 tartibda ishlaydi. Demak tirsakli val 2 marta aylanganida 6 silindrda ish yo’li hosil bo’dadi. Bu dvigatei ravon ishlaydi," ko’p quvvat beradi. Ammo dvigatelning bo’yi uzun .bo’ladi. GAZ 53A, ZIL-130 avtomobillariga 8 silindrli "V" nusxada joylashtiriigan dvigatellar • o’rnatilgan. Bu dvigatelni silindrSarini ishlash tartibi 1-5-4-2-6-3-7-8. Bu dvigatelda tirsakli val har yarim marta aylanganida 2 ta silindrda ish yo’li hosil bo’ladi. Dvigatei ko’p quvvat beradi, ravon ishlaydi va silindrlar joylashtirilishi dvigatel bo’yini uzun bo’lib ketishiga yo'1 qo’ymaydi, avtomobillar ramasi sathidan rasional foydalanish imkoniyati tugiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling