Id karta berish xizmatdan foydalanishni takomillashtirish va navbatlar sonini kamaytirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar
Download 9.01 Kb.
|
3-ilova
ID karta berish xizmatdan foydalanishni takomillashtirish va navbatlar sonini kamaytirish yuzasidan ishlab chiqilgan TAVSIYALAR Mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda: 4,5 daqaqagacha koʻrsatilgan xizmat yaxshi; 4,5-6,5 daqiqa oraligʻida koʻrsatilgan xizmat oʻrtacha; 6,5 daqiqadan ortiq vaqtda koʻrsatilgan xizmat qoniqarsiz hisoblansin. 2. Mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda “Q-matic” dasturidan doimiy ravishda foydalanilsin. 3. Xizmat uchun fuqarolar murojaatlariga qarab alohida bitta xodim biriktirilsin va murojaat koʻpayganda boshqa ishlardan ozod qilinsin. 4. Markaz xodimlari tomonidan navbat olib qoʻyish holatlariga chek qoʻyilsin. 5. Fuqarolar murojaatlari kamayib ketgan taqdirda fuqarolarni mazkur xizmatdan foydalanish uchun jalb qilish boʻyicha choralar koʻrilsin. 6. Fuqarolar koʻp tashrif buyurgan taqdirda Toshkent shahridagi tuman DXM direktoriga boshqa yaqin boʻlgan markazlardagi navbatlarni bilib turish imkoniyatini yaratgan holda, fuqarolarga tushuntirish berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. 7. DXMlar ish faoliyati toʻxtab qolishini oldini olish maqsadida kamida ikki hafta oldin ularni zaruriy moddiy va texnik vositalar bilan taʼminlash choralari koʻrilsin. 8. Ish sifati va ishlash tezligi pastroq xodimlarni oʻqitish yoki boshqa xodim bilan almashtirish choralari koʻrilsin. 9. Hududiy adliya boshqarmalari tomonidan “Qmatic” dasturi va ichki ishlar axborot tizimida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda rad etilgan murojaatlar boʻyicha Vazirlikning Raqamlashtirish boshqarmasiga har oyda kamida bir marta taklif kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin. 10. ID-karta yoʻqotib qoʻyilganda yoki yaroqsiz holatga kelganda qaysi organga murojaat qilish va qanday hujjatlar taqdim etilishi toʻgʻrisida kutish joylarida eʼlon joylashtirish choralari koʻrilsin. 11. ID-karta olish davlat xizmati boʻyicha rad etish tartibi kutish joylariga joylashtirilsin. 12. Fuqarolarning tayyor boʻlgan ID-kartalarini DXM ish vaqtining istalgan vaqtida taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. Download 9.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling