Ideal-ishonich service


Download 18.35 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.35 Kb.
#1582600
Bog'liq
IDEAL-ISHONICH SERVIS MCHJ


"IDEAL-ISHONICH SERVICE" MCHJ


Amalyot tasnifi
1.
Toshkent shahar,
Namuna mahallasi
Bo'lim: 1-brigada
Muddati: 2 kun
Raxbar: Salimjonov R.R.
Bajarilgan ishlar hajmi.
Namuna mahallasiga ichimlik suvini tortib kelish uchun jami uzunligi 2800 metr bo’lgan truba tortib kelinishi kerak. Berilgan chizma bo'yicha biz otmetka olishni boshladik. Birinchi berilgan nuqtadan nol otmetka oldik birinchi piketni qoqdik. Katta magistral yo'l bo'ylab trubamiz tortilishini xisobga olib trassaning profilga chizib chiqdik. Barcha ishlar reja asosida bajarilishini hisobga olgan holda geologik qidiruv ishlarini olib bordik. Suvni 150 metr chuqurlikda va uning minerallariga boy joydan qazish uchun start berdik. Katlavan tayyor bo'lganidan so'ng trubalarni yotqizdik va kolodeslarni turish joyini otmetkalarini berdik.

2.
Ish joyi: Toshkent shahar, Yangilanish mahallasi.
Bo'lim: 4-brigada, 2-bo'lim Muddati: 2 kun
Raxbar: Salimjonov R.R.

Bajarilgan ishlar hajmi.


Bizga berilgan loyiha bo'yicha gaz quvurini tortib olib kelish va aholi yashash punktlariga olib kirilishi gaz trubasining diametrik kattaligni hisobga olib qo'yilishi kerak bo'lgan arkalar va ustunlarni yerning tagrog'iga kiritilishi va betonning markazini yuqoriroq qilinishi kerakligni hisobga oldik. Gaz trubasining boshlanish nuqtasidan otmetkalar olindi, mahallaning har bir ko'chasiga qo'yilishi kerak bo'lgan arkalarning ham otmetkalari olindi. Jami uzunligi 4000 metr bo'lgan gaz liniyamizga 2144 ta ustunlar qoyiladigan bo'ldi. Ulardan arkalarimiz soni 72 ta va 6 ta ximoyalangan gaz bosimini ko'taradigan kompressorlar o'rnatiladi.

3.
Ish joyi: Toshkent shahar, Ozodlik MFY
Bo'lim: 2-brigada
Muddati: 3 kun
Raxbar: Salimjonov R.R.

Bajarilgan ishlar hajmi.


Uzunligi jami 1200 metr bo’lgan sog'lomlashtirish yo'lagi qurilish jarayoni bilan tanishdik. Bizgacha yerning katlavanlarini kovlab plonirofkasini bajarishgan. Yo'lni yoritish chiroqlarini montaj qilinishi uchun biz yerga tumbalar o'rnatilishi kerak bo'lgan joylar va otmetkalarini berdik. Beton kechasi kelishi mumkinligini hisobga olib barcha otmetkalar olindi va piketlar qoqildi. Ertasi kuni korxona bosh binosida qilingan ishlar yuzasidan hisobot ishi yozdik va tegishli joyga taqdim etdik.

4.
Ish joyi: Angren shaxar, Qamchiq avtoyo'l
Bo' lim: 4-brigada, 8-bo'lim Muddati: 4 kun
Raxbar: Salimjonov R.R.

Bajarilgan ishlar hajmi.


Qamchiq avtoyo'lida o'rnatilishi va montaj qilinishi kerak bo'lgan biton chegar ustunlar va yo'l to'sinlarini o'rnatish va hisob kitob qilish uchun bordik. 6x1,2 m o'lchamdagi biton chegara ustunlarining soni 420 dona. Ularni qanday ko'rinishda va qaysi joyga montaj qilinishi kerakligni otmetkalarini yordamida o'lchab joylariga piketlar va qoziqlarni belgilab berdik. Korxona binosiga kelgach barcha qilgan ishlarimizni AutoCAD 2023 dasturiga kiritib barchasini loyiha va SHMK bo'yicha chizmasini hosil qildik.

5.
Ish joyi: O' zbekiston temir yo'llari, Sharq bekati.
Bo' lim: 8-brigada, 6-bo'lim Muddati: 5 kun
Raxbar: Salimjonov R.R.

Bajarilgan ishlar hajmi.


Temiryo’l transportini yanada yaxshilash va xavfsizligini oshirish yuzasidan yangi dastur joriy qilingan. Aholi yashash joylarida temiryo'lni temir panjaralar bilan o'rab chiqish va trassa tutash joylarini o'tkazish uchun bordik. Berilgan loyiha bo'yicha barcha kerakli choralarni ko'rdik va otmetkalarini oldik. Ishni tashkillashtirgan so'ng xatolikga yo'l qo'ymaslik maqsadida ishni doimiy nazorat qilib bordik. Ob-havoning keskin isishi natijasida taxiometrdagi xatolik kuzatilishi mumkinligini inobatga olib xavoning yaxshi vaqtlarida o'lchash ishlarini olib bordik.

6.
Ish joyi: Olmazor tumani, Obodonlashtirish boshqarmasi Bo' lim: 9-brigada, 6-bo'lim Muddati: 2 kun
Raxbar: Salimjonov R.R.

Bajarilgan ishlar hajmi.


Shaharning yangi qazilinayotgan konalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish maqsadida katlavan kovlanib truba yotqizish va ularni sametyok usulida oqizib yuborish masalasini ko'rdik.
Ekskavator kovlashi uchun niveller yordamida barcha otmetkalarni oldik va ekskavatorlar kunning yarmigacha barcha hududlarni qazib yakunladi. Trubalarni montaj qilish qilish deyarli qolgan ikki kunni oldi va barcha qilingan ishlarimizni AutoCAD dasturida loyihalab barchasini proekt va chizma asosida chizib tegishli joylarga taqdim etildi.

7.
Ish joyi: Angren shahar, Sayyoq soy to'g'oni.
Bo'lim: 2-brigada, 8-bo'lim Muddati: 2 kun
Raxbar: Salimjonov R.R

Bajarilgan ishlar hajmi.


Sayyoq soy to'g'onida yangi ko'prik qurilishi kerakligi uchun poydevorlar quyilib tayyorlangan ekan. Biz o'sha qurilgan ko'prikni 1 yil mobaynida qancha siljiganini hisoblash maqsadida ko'prikning turli joylaridan o'lchash ishlarini olib bordik. Biz kutgan natijalarni berdi. Barcha hisoblash natijalari avvalgisidan farq qilmadi. Bizning guruh birgalikda axillik bilan ishlashimiz eng yaxshi xislatimiz deb bilaman.
Download 18.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling