Ideologizatsiya mafkuralashtirish. Deideologizatsiya
Download 158.5 Kb.
|
G‘oyalar xilma-xilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuntarizm
- Vayronkor g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri.
- Aqida
- «Fikrgaqarshifikr, g‘oyagaqarshig‘oya, jaholatgaqarshima’rifatbilankurashish» tamoyillari . Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi - ma’rifat tamoyili.
- YOt g‘oyaga qarshi biz o‘z olijanob g‘oyamizdan
- Ma’rifat vositasida kurashish
- «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida Oltinchi ustuvor yo‘nalish
- Inson h ayotidaham , jamiyattaraqqiyotidahamg ‘ oyalarmu h im o‘ rintutadi .
- Mafkuraning falsafiy ildizlari
- Mafkuraning dunyoviy ildizlari
- Mafkuraning diniy ildizlari
- Dunyoviy va diniy g‘oyalar
- Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda
- Xo‘sh, korrupsiya darajasini keskin tushirish uchun nimalarni qilish kerak
G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI G’oya - ideya, fikr, qarash va h.k. Mafkura - «mufakkir», «mufakkiratun», muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat maqsad, intilishi. Ideologizatsiya - mafkuralashtirish. Deideologizatsiya - mafkurasiz. Reideologizatsiya - qayta tiklash, milliy g‘oya va mafkuraga e’tibor. Regressiv - reaksion, antidemokratik. Valyuntarizm - ob’ektiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim. Fatalizm - taqdirga tan berish. Fundamentalizm - «sof» islomni tiklash. Pragmatizm - voqelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etuvchi. Ekzistensializm - mavjudlik, erkinlikka erishish. Bunyodkor g‘oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta’siri. Foya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya’ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan. Bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi. Bunyodkor g‘oya deb,insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga sag‘arbar etadigan, o‘zida mehnat, taraqqiyot, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g‘oyaga aytiladi. Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda. Islom Karimovning «O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir» degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma’no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, payg‘ambar Zardo‘sht yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar mavjud: «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishlar bilan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishni alqayman. O‘zimni bori ezgu fikrga, ezgu so‘zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon fikrlardan, yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman». Bu yuksak g‘oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o‘tgan vatandoshimiz Zardushtning o‘lmas mafkurasi edi.
«Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq» (I.A.Karimov). Demak, vayronkor g‘oya deb, turli ta’sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg‘unchilik va jinoyatga yo‘naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‘oyaga aytiladi. SHu bilan birga vayronkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Bu fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun buzg‘unchi g‘oyalar xavfini anglash, o‘zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam beradi. Vayronkor g‘oyalar odamzot boshiga ko‘pdan ko‘p fojialar keltirgan. O‘rta asrlarda Farbda amalga oshirilgan salib yurishlari SHarqdagi muqaddas erlarni xristian bo‘lmagan xalqlardan tozalash bahonasida qanchadan-qancha urushlar sabab bo‘lgan. Vayronkor mafkuralar, vayronkor xatti-harakatlar asosida g‘ayriinsoniy g‘oyalar yotadi. Ular insonga, insoniyat erishgan yutuqlarga nafrat bilan qarashni, buzg‘unchilikni rag‘batlantiradi. Vayronkor mafkuralarning ko‘rinishlari:
Fashistik davlat tuzilmalari XX asr 70-yillariga kelib Evropa mamlakatlarida hukm surgan fashistik tartiblar barbod bo‘ldi. CHunonchi, Salazar hukmronligi davrida Portugaliyada, Franko hukmronligi davrida Ispaniyada, Mussolina hukmronligi davrida Italiyada, Gitler hukmronligi davrida Germaniyada va Gretsiyada fashistik tartiblar tugatildi. SHuningdek, fashizm deganda, o‘n yillar mobaynida Evropada faoliyat olib borgan o‘ng ekstremistik harakatning mafkurasi, nazariyasi va amaliyoti tushuniladi. Bugungi kunda ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va boshq.) Fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. YAngi fashizm g‘oyasi insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson anglamog‘i lozim. 3. Bolshevizm - XX asrda Rossiyada faoliyat olib borgan ekstremistik yo‘nalishdagi siyosiy kuchning mafkurasi, nazariyasi va amaliyotini ifodalaydi. Bolshevizm va fashizm mafkuralari o‘rtasida ko‘plab o‘xshash jihatlar mavjud. Ayni paytda jiddiy tafovutlar ham ko‘zga tashlanadi. Asosiy farqlardan biri, bu millat omilining turlicha baholanishidir. Bolshevizm mafkurasi kommunistik ta’limot, xalqlarning milliy-etnik o‘ziga xosliklarini yo‘qotish, «proletar baynalminaligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bor hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi»ni mutlaqlashtirishni targ‘ib-tashviq etadi. U irqchilikning homiysi hisoblanadi. 4. «Rasizm» so‘zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan boshlab Evropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq», «qora» va «sariq» irqqa ajratish uchun qo‘llana boshladi. Irqchilik - odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g‘ayrimilliy ta’limot. Irqchilik ta’limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani, boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha taraqqiyotning quyi pog‘onalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy g‘oyasi o‘zining «ilohiy» tabiatiga ko‘ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron qilishga da’vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining rangiga ko‘ra ajralib turuvchi kishilarga tazyiq o‘tkazish, ularni haqoratlash, urish va o‘ldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy hukmronlik shakllaridan birining mafkurasi bo‘lar ekan, u buyuk davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. 5. Irqchilik - ko‘p qiyofali. Masalan, o‘zini oliy irq hisoblagan ingliz, ispan, fransuz bosqinchilari o‘rta asrlar va ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda Amerika, Avstriya, Afrika va Osiyoda erli xalqlarni ko‘plab qirib tashladilar. Janubiy Afrika Respublikasi tomonidan XX asrda uzoq yillar mobaynida o‘tkazib kelingan irqiy ayirmachilik siyosati - shafqatsiz irqiy tahqirlash va kamsitishda o‘z ifodasini topdi. 1865 yilda AQSHda tuzilgan «Ku-kluks-klan» terroristik tashkiloti ham o‘zining oshkora irqchilik yo‘nalishidagi faoliyati bilan ajralib turadi. Negrlarning fuqarolik huquqlariga qarshi kurash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish uning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. 6. Terrorizm (lot. Terror - qo‘rquv, dahshat) - ma’lum yovuz maqsad yo‘lida kuch ishlatib, odatlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli. Terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid solmoqda. Jamiyatga doimiy qo‘rquv, fitna-g‘alamislik muhitini vujudga keltirish, zo‘ravonlik yo‘li bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok bo‘lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o‘ldirish va portlashlar bu mudhish g‘oyaning asl mohiyatini tashkil etadi. Siyosiy terrorizm XIX asrdayoq vujudga kelgan edi. Lekin u XX yuz yillikda keng quloch yozdi. Farbiy Germaniyadagi «qizil armiya» yoki «Paoder-mayn xor» va Italiyadagi «Qizil brigadalar» guruhlari, Ispaniyadagi basklar tashkiloti, Olsterdagi «Inqilobiy-xaloskorlik armiyasi», Perudagi «Porloq hayot» kabi birlashmalar zamonaviy siyosiy terroristlarning birinchi avlodi edi. Keyingi yillarda dunyoning o‘nlab mamlakatlarida, jumladan, bizning yosh davlatimiz chegarasiga yaqin davlatlar hududlarida ham terrorizm o‘choqlari paydo bo‘ldi. Ular mustaqil O‘zbekistonga qarshi kuch ishlatishga urinib ko‘rdilar. CHunonchi, 1999 yilda Toshkentda, YAngiobodda, 2000 yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga, Burchimullaga bostirib kirib, mamlakatimiz tinchligini buzishga urindilar. 2004 yil 28 mart - 1 aprel kunlari Toshkent shahri, Buxoroning Romitan tumani va Toshkent viloyatlarida, 2005 yil 12-13 mayda Andijon shahrida takroran terrorchilik harakatlari sodir etildi. YOvuz kuchlar harakati bostirildi. «Fikrgaqarshifikr, g‘oyagaqarshig‘oya, jaholatgaqarshima’rifatbilankurashish» tamoyillari. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi - ma’rifat tamoyili. Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bergan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda bu masalaga diqqat bilan e’tibor berib, «g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan shior o‘rtaga tashlandi. Bu masala g‘oya va mafkura tushunchasida ham muhim o‘rinda turadi. YOt g‘oyaga qarshi biz o‘z olijanob g‘oyamizdan maktablarimizda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo‘lgan zaharli intilishlarga, huruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o‘z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‘rganishi kerak. YA’ni fikrga qarshi fikr bo‘lishi zarur. SHu bois yoshlarimizni maktab va oliy o‘quv yurtlarida erkin fikrlashga, baxslashishga o‘rgatishimiz kerak. Uchinchi masala - jaholatga qarshi ma’rifat. Bu o‘rinda asrimiz boshida xalqni ma’rifat va milliy uyg‘onishga chorlagan jadidchilik harakati namoyandalari hayotini, ijodini, intilishlarini o‘rganish, ularning bugungi kundagi mohiyati va ahamiyati haqida ham gapirishimiz zarur. Ularning merosi bugungi kunda qanday o‘qitilmoqda? Umuman aytganda, ma’rifiy ozuqa qanday bo‘lishi kerak? Bolalarimiz o‘qiyotgan kitoblarda ma’rifat ziyosi bormi. Biz istayotgan milliy g‘urur, milliy mafkura, milliy g‘oya ularda etarli darajada aks etganmi? (Karimov I.A. Asarlar. T.8., 468-469-betlar). Mazkur tamoyilga ko‘ra g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashga intilish xissi inson qalbidagi e’tiqod, odam ongidagi dunyoqarash o‘z-o‘zini himoya qila olish qobiliyatidan dalolat beradi. Bunday kurash usuli, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki eng kuchli qirg‘in qurollari ishlab chiqilgan, sayyoramizni bir necha marta yo‘q qilib yuborishga qodir bo‘lgan yadroviy bombalar zahirasi to‘planib qolgan paytda o‘zaro zo‘ravonlik va jaholatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. SHu boisdan ham mafkuraviy immunitetni shakllantirish xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish ko‘nikmalaridir. Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur». (Karimov I.A. T.8. 494-bet). Ushbu vazifani milliy istiqlol g‘oyasi bajaradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Millatni asrash kerak» degan g‘oyani ilgari surgan edi. Millatni asrash - o‘zligimizni, odob-axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish degan ma’noni anglatadi. Mafkuraviy immunitetni hosil qilish uchun sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. Milliy g‘oyaning asosiy vazifasi esa xalqimizda milliy e’tiqod va dunyoqarash asoslarini shakllantirishdan iborat.
Jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi, uning maqsad-muddaosi bo‘lishi kerak. Modomiki, maqsad, g‘oya haqida mulohaza yuritar ekanmiz, oldin bayon etganimizdek, «Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin». Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali Bosh muharririning savollariga javoblari «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» asarida jamiyat mafkurasiga quyidagicha ta’rif beradi. «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman». Vijdon erkinligi bizda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasi va 1998 yilgi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun bilan kafolatlanib kelinmoqda. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini aslo inkor qilmaydi. Biz yuqorida mafkuraning dunyoviy va diniy ildizlari haqida fikr yuritganimizda bu masalaga to‘xtalgan edik. Haqiqatandunyoviyvadiniyg‘oyalarbir-biribilanmushtaraklikdarivojlanadi. Ularinsoniyattaraqqiyotigakattata’sirko‘rsatibkelgan. Milliy davlatchilik g‘oyasi va uning xalqlar taraqqiyotiga bevosita katta ta’sir ko‘rsatgan. Hozirgi davrda milliy mafkuraning tarkibiy qismi hisoblangan davlatchilik g‘oyasining asosiy tamoyillari Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardan iborat: SHu tamoyillar jamiyatimiz hayotiga tatbiq qilinishi, ularni ro‘yobg achiqarish mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davrdagi muhim vazifalari bo‘lib qolmoqda. Bunyodkor g‘oyalarning yuzaga kelishida ijtimoiy barqarorlik muhim ahamiyatga ega. SHu boisdan ham Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida Oltinchi ustuvor yo‘nalish - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat qilib ko‘rsatgan. 6. Biroq, g‘oyaviy kurash tobora yangi-yangi qiyofaga kirmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haqqoniy ravishda ta’kidlaganidek: «Ko‘psinovlar, azobu uqubatlar, xatolar, fojealar, qatag‘onlarni boshdan kechirgan, asrimiz poyoniga etayotgan, insoniyat yangi asr bo‘sag‘asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba’zan bir-biriga zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qonli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda». Insonhayotidaham, jamiyattaraqqiyotidahamg‘oyalarmuhimo‘rintutadi. Xo‘sh, g‘oyanima, negaungabuqadarkattae’tiborvaahamiyatberiladi? Ma’lumki, harqandaymillatvaxalq, harkandayijtimoiytuzumvadavlatmuayyanbirtamoyillarvaqadriyatlarasosidahayotkechiradihamdao‘zmanfaatlari, maqsad- muddaolari, orzu-intilishlariniko‘zlabharakatqiladi. binobarin, ularhayotdagima’lumbirmafkuragatayanadi. Xo‘sh, mafkuranima, u qanday g‘oyalar asosidashakllanadivaqaytarzdajamiyatniharakatgakeltiradi? Negaayrimmafkuralarba’zimillatlarningyuksalishigasababbo‘lsa, ayrimlaributun-butunxalqlarniinqirozvatanazzulgaduchoretadi? «Milliyistiqlolg‘oyasi» buyichamazkurmashg‘ulotimizaynanshuvashukabimasalalartalqinigabag‘ishlangan. Ma’lumki, inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq kiladi. Inson ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruxiy olami; ikkinchisi – fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruxiy olam (bu soxani ruxshunoslik ilmi – psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, kechinma, xis-xayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, xukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya’ni mantiq fani o‘rganadi). Falsafaning oltin qoidalari dan biri – til va tafakkur birligidir. Tilnin teng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki bir necha so‘zlar bilan ifodalanadi, ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bilganmiz. Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g‘oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda g‘oya, mafkura, ideya va ideologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq garb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib xisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea - g‘oya, tushuncha, logos - ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi: • g‘oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib xisoblanadi; • muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bo‘lar garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruxiy-aqliy kuchga aylanadi. G‘oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda aloxida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam quyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi. Har bir narsaning o‘z ibtidosi va intixosi bo‘ladi. G‘oyalar ham o‘z «umri»ga ega. Ular ham ma’lum makonda va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan xissa qo‘shishi, kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. G‘oyaga ta’rif berish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tish lozim bo‘ladi. G‘oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, sag‘arbar etadigan kuch ekanidadir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, g‘oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruxiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‘vor fikrga aytiladi. G‘oyalarning turlari. Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari , ilm-fan, din, falsafa, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq, muayyan bir g‘oyalarini yaratadi, ularga tayanadi va ularnii rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi. Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan: • diniy g‘oyalar; • ilmiy g‘oyalar; • falsafiy g‘oyalar; • badiiy g‘oyalar; • ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar; • milliy g‘oyalar; • umuminsoniy g‘oyalar va xokazo. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini, diniy iymon- e’tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va xodisalarning iloxiy quvvatga egaligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga ko‘ra, jon ko‘chib yuradi, bu hayotda u insonda bo‘lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga o‘tishi mumkin. Iloxlarning ko‘pligi haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik - yakkaxudolik g‘oyasi asosidagi dinlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan. YAkkaxudolik g‘oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jaxon dinlari - xristianlik va islomda o‘z ifodasini yaqqol topgan. Xususan,islomdinida Alloxning yagonaligi g‘oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan. Ilmiy g‘oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. G‘oyalarning «hayoti», ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, boshqa g‘oyalar bilan o‘zaro munosabati, kurashi va nixoyat, eskirgan g‘oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g‘oyalar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo‘linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-aristoteldan tortib, o‘rta asr Ulug‘bek astronomiyasigacha dunyoning markazi Er deb xisoblab kelganlar; Evklid geometriyasi, N’yuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o‘z davrining eng ilg‘or ilmiy g‘oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo‘linishini, koinot markazi Er emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko‘plab kashfiyotlar qilindi. Dunyoga A. Eynshteyn, Xobor, F. Rezerford, M.S. Kyuri va boshqalarning nomlarini tanish qilgan yadro fizikasi soxasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g‘oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nixoyatda ko‘p ilmiy g‘oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televidenie va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorkin misol bo‘ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g‘oyalar bilan o‘rin almashaveradi. Falsafiy g‘oyalar har bir falsafiy ta’limotning asosini tashkil etadigan, olam va odam to‘g‘risidagi eng umumiy tushuncha va qarashlardir. Ular bizni o‘rab turgan dunyoni bilish jarayonida, kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to‘plangan bilimlarni umumlashtirish, inson hayotining ma’no-mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi. Insoniyat tarixida turli xalqlarning aql-zakovat sohiblari, dono faylasuf va iloxiyotchilari turfa xil g‘oyalar yaratganlar. (Siz bo‘lar bilan falsafa tarixini o‘rganish paytida batafsil tanishgansiz.) ammo falsafiy g‘oyalar haqida gap ketganda, jahon falsafiy fikri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan o‘zbek mutafakkirlari yaratgan merosni yodga olmaslik mumkin emas. Forobiyning fozil shahar to‘g‘risidagi, tasavvuf daxolarining komil inson haqidagi, Ibn Sinoning tana va rux munosabatiga oid, Alisher Navoiyning adolat vainsoniylik borasidagi teran fikrlari falsafiy g‘oyalarning yorqin namunasidir. Badiiy g‘oyalar - adabiyot va san’at asarining asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadigan, undan ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir. Ular hayotdan olinadi, badiiy talqinlar asosida bayon etiladi, o‘quvchida muayyan taassurot uyg‘otadi. Adabiy qaxramonlarni sevish, ularga ergashish hollari ham ana shu asosda ruy beradi. Badiiy ta’sir vositalari juda katta kuchga ega. Inson va jamiyat ongini o‘zgartirishda, shaxs ruxiyatiga ta’sir o‘tkazishda, odamlarni harakat vajunbushga keltirishda badiiy adabiyot va san’atning ahamiyati beqiyosdir. Milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etish, xalqning ongi va qalbiga singdirishda ham ular muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ozodlik g‘oyasi - mazlumlarni o‘z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday kurinishini inkor etadigan g‘oyadir. Mustakillik g‘oyasi - eng ulug‘ va ezgu g‘oya. Har bir xalq istiqlol tufayli o‘ziga yot vabegona tuzumdan, ijtimoiy tazyiqlardan xalos bo‘ladi, o‘z salohiyatini to‘la tukis ishga solish, o‘zi istagan va o‘zi tanlagan yo‘ldan borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Adolat va haqqoniyat g‘oyalari - insonning tabiati va ijtimoiy tuzumning mohiyatini belgilaydigan, qudratli kuchga ega bo‘lgan g‘oyalardir. Odamlar asrlar mobaynida odil jamiyatni orzu qilib, haqiqat tantanasi uchun kurashib kelgan. Adolat bo‘zilgan erda umidsizlik va tushkunlik xukm suradi. Adolat tantana qilgan jamiyat yuksaklikka kutariladi. Har bir tarixiy davrda uning ruxini aks ettiradigan, xalqning qadriyatlari va orzu-istaklariga mos keladigan g‘oyalar kishilarning ongi va qalbidan joy olgan. Ta’kidlash joizki, bashariyatning ziddiyatli tarixi mobaynida hayotbaxsh g‘oyalarbilan bir qatorda, soxta va tuban niyatlar, tajovo‘zkor va g‘arazli fikrlar ham ko‘p bo‘lgan. Binobarin, xalqlar vadavlatlar taqdiriga ta’siri, o‘zining sifatlariga ko‘ra g‘oyalar yuksak yo tuban, bunyodkor yoki vayronkor, bo‘zg‘unchi yoxud ekstremistik, tajovo‘zkor bo‘lishi ham mumkin. Islom Karimov ta’kidlaganidek, millat taraqqiyotiga, uning yuksalishiga xizmat qiladigan, xalqlarni jipslashtirib, oliy maqsadlarga sag‘arbar etadigan g‘oyalar yuksak g‘oyalardir. Odamlar orasiga nifoq, xalqlar o‘rtasiga nizo soladigan, kishilarni turli taraflarga ajratib, adovat qo‘zg‘aydigan tuban fikrlar bo‘zgunchi g‘oyalarga misol bo‘ladi. Aslida bunday qabih niyat va soxta shiorlamrni g‘oya deb atash ham shartlidir. Qaysi ijtimoiy birlik yoki qatlam orasida tarqagani, qanday aholi guruxlari yoki elat-millatlarni xarakatga keltirayotganiga qarab ham g‘oyalarni turlarga ajratish mumkin. Sohiblari, ya’ni g‘oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umu’minsoniy g‘oyalar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum bir tarixiy sharoitda harakatga undayotgan g‘oya mazmunan umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya jamiyat vainson manfaatlariga zid bo‘lishi ham mumkin. Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o‘zgaradi. Mafkura tushunchasi: Jamiyat mafkurasiz bo‘lmaydi. CHunki har bir davlat mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo‘lini tanlab olar ekan, o‘z taraqqiyot dasturi, qarashi, amalga oshirish tamoyillari, konsepsiyasiga ega bo‘lmasdan o‘z istiqbolini aniq qo‘ra olmaydi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g‘oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘llar va vositalar bilan erishmoqchi bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi. Mafkura (arab. - fikrlar majmui) - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo‘lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o‘ta siyosiylashadi, aholini o‘zaro qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko‘zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi. O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo‘lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga sag‘arbar etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bO‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman». Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq-ravshan charog‘on etadigan mayoqdir. Insoniyat tarixi mobaynida turli shakldagi juda ko‘plab mafkuralar yaratilgan, bahisob ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z g‘oyalari va ta’limotlari bilan maydonga chiqqan, maqsad va niyatlariga etishmoq uchun harakat qilgan. Biz har qanday mafkurani g‘oyalar tizimi sifatida talqin qilar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, biror bir mafkuraning mohiyatini anglab etish uchun faqat uning tarkibidagi g‘oyalarni tahlil qilishning o‘zi etarli emas. O‘tmishda turli kuchlar va guruhlar o‘z g‘arazli niyatlariga erishish, asl maqsadlarini yashirish uchun yuksak va jozibali g‘oyalardan foydalangan. Eng yovuz bosqinchi va eng razil guruhlar ham o‘z kirdikorlarini ezgu g‘oyalar bilan niqoblashga uringan. Demak, mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g‘oyalari vositasida emas, shu g‘oyalarga erishish usullari va vositalari, umume’tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bO‘ladi. O‘zining mudhish talab-ehtiyojlari va yovuz niyatlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni ko‘zlab harakat etuvchi mafkuralar halokatga mahkumdir. Mafkuralar, ma’no-mohiyatiga ko‘ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga g‘arbdagi Uyg‘onish davrini hamda o‘rta asrlarda o‘z milliy davlatchiligini tiklay boshlagan evropa xalqlarining har biri o‘ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalanganidan keyin o‘z davlatchiligiga ega bo‘lgan xalqlarning o‘ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalari asosida shakllandi. SHu bois o‘sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz falsafasi o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. SHu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Kant, Gegel, Feyerbax kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bO‘lgan Gegel falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo‘lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan edi. Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo‘li bilan kafolatlanadi. Ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi. Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liq ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta’limotlarga borib taqalishi tushuniladi. YA’ni, ko‘pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g‘oyalar muayyan darajada o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. Xitoy xalqining taraqqiyot yo‘lini asoslab bergan Konfutsiy va Laotszining ta’limotlari ham diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta’limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo‘lib kelgan. Dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko‘tariladi. Bunga bashariyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom Fazzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko‘rsatgan davr yorqin misol bo‘la oladi. Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm, hayot falsafasi bo‘lgan ekzistensializm kabi dunyoviy va diniy g‘oyalardan oziqlangan ta’limotlar misolida ham ko‘zga tashlanmokda. Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta’sir o‘tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o‘zgartirmoqda. Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, CHernobil fojialari, ommaviy qirg‘in qurollari, ekologik halokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. SHunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkura kerak. Mafkura: Mustaqildunyoqarash, erkinfikrlash, siyosiyfaollik; Milliyo‘zliknianglash. Manbalargaqaragandao‘zbeklar 3 mingyillikdanfaqat 300 yildanoshiqroqdavrdamustaqilyashagan. Tarixiy xotiraga sadoqat. Milliy qadriyatlarni rivojlantirish. Milliymentalitetgaegabo‘lganxususiyatlarningrivojlanishidaijobiyvasalbiyillatlarbor. Umuman, davlatvajamiyatqurilishiishlariniamalgaoshirishvaboshqarishdatamoyillarmuhimrolo‘ynaydi. «Jamiyatnitamoyillarboshqaradi» deganfikrdakattama’nobor. Ammojamiyatningqandaytamoyillarasosidaboshqarilishimuhimahamiyatgaega. Davlat kuch-qudratining ma’naviy poydevori insonlar aql-zakovati va salohiyati bilan belgilanadi. Jahon tarixiy tajribasining ko‘rsatishicha, dunyodagi bironta xalq, millat mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi. O‘tmishda har qanday jamiyatning, davlatning o‘ziga xos, o‘ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, uning tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bo‘lgan.
Milliy g‘oya- bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omili sifatida o‘z milliy va harakat dasturlari bilan yaqindan yordam berib kelmoqda. Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmokda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri SHarl Monteske esa bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan fikrlarni bildirgan. G‘arbiy Evropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, SHekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan. Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”. Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” so‘zi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. SHundan kelib chiqib bu so‘z ijtimoiy ko‘rinishi “hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma’noni beradi. Milliy qonunchiligimizda mazkur atamaning aniq huquqiy ta’rifi mavjud emas, biroq xalqaro huquqning ayrim manbalarida xususan, Korrupsiya muammolari bo‘yicha Evropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24 fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish (o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”. Mansabdor yoki mansabdor bo‘lmagan shaxslar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan xatti-harakatlar sodir etilishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon etkaziladi. SHuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki harakatsizlik sodir etish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini ko‘zlab mansab vazifasini buzgan yozi buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rishi.” (BMT mansabdor shaxslarining obod-axloq Kodeksi 17.12.1979 y). “Korrupsiya – shaxsiy manfaati yo‘lida davlat hokimiyati vazifalarini suiiste’mol qilishi (BMTning Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash bo‘yicha axborot hujjati). Korrupsiya – bu shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiiste’mol qilish (Butunjahon banki hisoboti, 1997 y.) Bundan tashqari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham mazkur turdagi jinoyat uchun shunday ta’rif berilgan: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu – korrupsiya va poraxo‘rlik. Jinoyatning bu turi boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin” “Korrupsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishdir”. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. BMT Rivojlanish Dasturining (“UN Development Program”) nazariy tahliliga ko‘ra korrupsiyani vujudga kelishida quyidagi omillar katta rol o‘ynaydi: vakolat yoki xokimiyatga, shaxsiy manfaat va o‘zboshimchalik, hisobdorsizlik va oshkorasizlik. Jahon miqyosida quyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir: a) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”; b) Evropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi; v) Evropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni; d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”; Umuman olganda, korrupsiyani vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - o‘tish davridagi qiyinchilik; - ijro etish tizimining yomonlashuvi; - huquqiy nigilizm; - jamiyatda insonlarning huquqiy madaniyati; - iqtisodiy aspektlar; Dunyodagi mamlakatlarda korrupsiyaning mamlakat boshqaruvi, iqtisodiyoti va boshqa sohalariga ta’sirini xalqaro nodavlat-notijorat “Transparency International” - “Transperensi interneshnl” tadqiqotlariga asosan baholab kelinadi. SHuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 31 oktyabr kungi Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi (2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjat muqaddima hamda 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat)gaO‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi 2008 yil 07 iyul kungi O‘RQ-158-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: Amaldagi qonunchiligimizda “mansabdor shaxs”, “davlat xizmatchisi” va “davlat boshqaruv organlari” tushunchalarini o‘zida mujassamlashtirgan qonunning mavjud emasligi, mazkur muammoni O‘zbekistondagi davlat boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlarda, mansabdor shaxslarning statusini belgilashda, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshirishda, tezkor-qidiruv faoliyati, tergov va sud jarayonlarida ular tomonidan sodir etilgan qilmishlarni protsessual baholashda ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Afsuski amaldagi jinoyat qonunchiligida ko‘pgina bugun mavjud bo‘lgan korrupsion qilmishlar uchun javobgarlik belgilanmagan. Masalan, ma’lum bir siyosiy maqsadni amalga oshirish uchun yashirin mablag‘lar yig‘ish, biror bir yuqori lavozimga ishga o‘tish uchun mablag‘ yoki boshqa haq to‘lashni amalga oshirish, tashkilotlarning aksiyalarini taqsimlashda yoki auksionlar o‘tkazishda “tanish-bilishchilik” qilish, ma’lum haq evaziga soliq yoki bojxona to‘lovlarida imtiyozlar yaratib berish, manfaatdor mansabdor shaxslar tomonidan o‘z ta’sir doirasidagi turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni himoyasi ostiga olish shular jumlasiga kiradi. Korrupsiya murrakab ijtimoiy hodisa bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash samarali hisoblanmaydi. Ushbu faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘ladi. Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda?Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga sharoit yaratmoqda?Bu jarayonda milliy g‘oyaning o‘rni qanday bo‘ladi? Degan savollar tug‘ilishi tabiiy hol albatta. Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Bu erda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. YA’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda? Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar etishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas. Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar. Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «ob’ektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy etukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l mujassam. SHuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutiladi. Korrupsiya, ko‘pgina ko‘rinishlarga ega va turli ijtimoiy va iqtisodiy sektorlarda yuzaga kelishi mumkin. Korrupsiyani mutlaqo yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qanday qilib korrupsiya darajasini keskin tushirish mumkin? Korrupsiya odatiy hol emas, balki jamiyat qabul qilmaydigan, o‘ta kam uchraydigan holat bo‘lib, korrupsioner qonun bo‘yicha javob bersin. Jahon yangiliklarini kuzatib borsangiz, goh u davlatda, goh bu davlatda korrupsioner qo‘lga tushganini ko‘rasiz. Ularga turli davlatlarda jazolar ham har xil belgilanadi.
1) Korrupsiyaga qarshi tizimli yondashish. Bu erda nafaqat korrupsionerlarga jazo muqarrarligini ta’minlash, balki korrupsiyaga sabab bo‘layotgan tizimni isloh qilish nazarda tutiladi. Masalan, agar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiya kuzatilsa, demak ushbu xizmatlarni soddalashtirish, elektron tartibda taqdim etish, ularning transparentligini ta’minlash, bir insonga (xoh boshliq, xoh oddiy xizmatchi bo‘lsin) qaror chiqarish yoki chiqarmaslik huquqini bermaslik va hokazo. 2) Sudlarni mustaqil, oshkora, qonun doirasida ishlashini ta’minlash. Agar oddiy fuqaro sudda adolat topmasa, uning huquqlari poymol qilinadigan bo‘lsa, tizimli xato yuzaga keladi. Umuman olganda, huquq-tartibot organlari, prokuratura va boshqalar adolat va qonun doirasida ish ko‘rishlari darkor. 3) Bularni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun yana bitta omil - bu erkin va kuchli fuqarolik jamiyati. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini, majburiyatlarini bilmasalar, ular talab qilish mexanizmlariga ega bo‘lmasalar davlat va nodavlat institutlarni korrupsiyaga qarshi ruhda ishlatish qiyin. SHu bilan birga, mustaqil OAV roli ham juda muhim. 4) Muvozanatni saqlaydigan tizim yaratilishi va muvaffaqiyatli ishlashi kerak. O‘z-o‘zidan ma’lumki, hokimiyatning uch bo‘g‘ini (Ijro, Sud va Qonunchilik) muvozanatni saqlasalar va fuqarolarning institutlar ustidan nazorati bo‘lsa, korrupsiyaga imkoniyatlar keskin kamayishi mumkin. Bu erda nepotizm, taniish-bilish, mahalliychilik va boshqa illatlar yo‘q bo‘lishi asta-sekin boshlanadi. 5) Iqtisodiy rag‘batlar albatta, mavjud bo‘lishlari shart. Ushbu stimullar korrupsiya orqali qo‘shimcha daromad olish istagini mutlaq yo‘qotadi. Masalan: AQSHda sizni tezlikni oshirganingiz uchun politsiya xodimi to‘xtatsa, jarimadan qutilish uchun unga pora berib qocha olasizmi? Albatta! Faqat pora 1 yoki 2 million dollar bo‘lishi kerak. Nima uchun? CHunki politsiyachi yaxshi xizmati uchun qator preferensiyalarga ega. Masalan, kreditga uy, avtomashina, maishiy texnika va boshqalarni olishi mumkin, nafaqasi yuqori bo‘lishi mumkin. Demak, u sidqidildan xizmat qilishga harakat qiladi. Bunday misollar ko‘p. Bolalarni chaqaloqligidan korrupsiyaga qarshi ruhda tarbiyalash darkor. Bir tomondan korrupsiyaga yo‘l ochmasdan tizimli ish yuritilsa, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ishlar tadbiq etilishi darkor.Bu erda milliy g‘oyaning insoniylik, vatanparvarlik prinsiplari, masalan, birovning haqini olmaslik, o‘g‘rilik qilmaslik, aldamaslik va boshqa xalqimizga xos amallardir. Endi tanish-bilishchilik, mahalliychilik va boshqa illatlardan voz kechish kerak.SHuni tushunish kerakki, agar inson hozir korrupsiyaga aralashib o‘z ishini bitirib olsa, juda qisqa fursat ichida o‘zi uchun «ijobiy natija»ga erishishi mumkin, lekin bu natija jamiyat va aslida o‘zi uchun ham uzoq muddatgacha salbiy oqibatlarni olib keladi. CHunki «bumerang effekti», albatta, ishlaydi. Qilmish-qidirmish. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida tegishli tashkilotlar ishtirokida ko‘plab harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Milliy g‘oya targ‘iboti bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni xalqga etkazib berishda Senat a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, YUristlar malakasini oshirish markazi, tegishli idora va muassasalar rahbarlari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita yaqindan ko‘maklashmoqdalar. Bugungi kunda korrupsiyani oldini olish borasida qilinayotgan sayi-harakatlar, uning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalar muhokama markazida bo‘lib qolmoqda.Jumladan: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish bugungi kunning dolzar vazifalaridan biridir. 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish jarayonini tezlashtirishda muhim huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda. Jumladan, bu borada “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni amaliyotga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, jamiyatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun bugun qabul qilinayotgan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarning sifatini oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish, yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi omillarni o‘rganish asnosida unga qarshi kurashishning aniq chora va mexanizmlarini qo‘llash davr talabiga aylanmoqda. Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, bunda iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy choralarning ahamiyati haqida ko‘plab masalalar hal etilishi nazarda tutilib kelinmoqda. Tegishli vazirlik va mutasaddi idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalar berilishi lozimdir. Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat. Download 158.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling