Idora va tashkilot nomi Mahsulot, xizmat va ishlanma nomi (rasm)


Download 54.39 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi54.39 Kb.
#1025676
Bog'liq
Ярмарка 111


T/r

Idora va tashkilot nomi

Mahsulot, xizmat va ishlanma nomi (rasm)

O’lchami

Qisqacha mazmuni va qo’llanilish tavsifi

Asosiy ijrochi ismi, familiyasi hamda bog’lanish ma’lumotlari



1

Urganch davlat universiteti

Glinozemli sement va issiqqa chidamli beton.
Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida glinozemli sement va issiqga chidamli beton olish texnologiyasi.


1 kg sement. 5 ta beton namunasi

Glinozemli sement- tez qotuvchi, yuqori xarorat va mexanik kuchlanishlarga chidamlilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan bog‘lovchi. U asosidagi issiqqa chidamli betonlar yuqori “sulfatli” sharoitlarda ishlovchi er osti va gidrotexnik ob’ektlarni qurishda, bino va ko‘prik kesishmalari remontida, neft va gaz quduqlarini tamponlashda va yana ko‘pgina organik kislotalar, oltin gugurt, kraxmal, xloridli eritmalar bilan kontakt qiluvchi sig‘imlarni qurishda ishlatiladi



Ruzmetova Aida SHonazarovna
Tel: 909793290

2

Urganch davlat universiteti

Q uyiamudaryo mintaqasi xom-ashyolari asosida keramik kislotabardosh hamda klinker g‘isht olishning energiya tejamkor texnologiyasi



65x120x250 mm
Mahsulotlarni laboratoriya va sanoat namunalari mavjud



Yaratilgan texnologiya Respublikamizda kislotabardosh va klinker g‘isht materiallariga bo‘lgan importni qisqartirishga, shuningdek Respublikamizda sanoat past darajada rivojlangan. Quyiamudaryo mintaqasida sanoatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Sanoat miqyosida sifatli hamda importga va mahalliy analoglarga nisbatan arzon kislotabardosh va klinker g‘isht ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu mahsulotlarni energiya tejamkor texnologiya asosida bitta kompleksda ishlab chiqarilishi mahsulot tannarxini yanada arzonlashishiga olib keladi.

Boyjanov Islom Rajabboevich

+99893 9222757



3

Urganch davlat universiteti

Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida raqobatbardosh o’rama materiallar olish texnologiyasi


1 o’ram (12m2)

Gossipol smolasi va boshqa texnogen resurslar asosidagi bitumsimon kompazisoya tarkibida mahsus kimyoviy birikmalar asosida sintez qilingan. Yangi tarkibdagi kompozitsiyaning elastikligi yuqori. Shu bilan birga tashqi muhit tasiriga barqaror. Olingan kompozitsiyaning igna botish chuqurligi -8,3mm yumshash harorati halqa va shar bo`yicha-90S0, cho`ziluvchanligi -83mm, alangalanish harorati-305S0



Aitova Shaxlo +998942300500

4

Urganch davlat universiteti

Gossipol smolasidan neftsiz qurilish bitumi olish texnologiyasi


    1. m

Gossipol smolasi asosida fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari standart talablarga to‘la javob beradigan, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan neftsiz qurilish bitumlarining eng ilg‘or, eng iqtisodiy samarali texnologiyalarini yaratilgan va keng ishlab chiqarishga tadbiq qilishgan. Respublika yog‘-moy kombinatlaridan chiqayotgan barcha gossipol smolalarining fizik-kimyoviy xossalarini zamonaviy uslublarda qiyosiy o‘rganilib, umumiy va farq qiluvchi tomonlarini mukkammal aniqlaniladi. Gossipol smolasiga turli mahalliy komponentlar ta’sirlashtirib yumshash harorati, cho‘ziluvchanligi, igna botish chuqurligi, adgeziyasi, penetratsiyasi, o‘z-o‘zidan yonish harorati, suv yutuvchanligi va boshqa hamma fizik-mexanik xossalari jahon standartlariga to‘la javob beradigan yangi turdagi bitumlar olish texnologiyasini yaratiladi va to‘liq ilmiy asoslanadi.



Jabbiyev Rasulbek Maxsudovich
+998937454091

5

Urganch davlat universiteti

Import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan metallar zanglashiga qarshi izolyasion qoplamalar


1 l

Gossipol smolasining termik oksidlanish jarayonida fenol, gidroksil, karbonil, karboksil kabi faol holatda bo‘lmagan funksional guruhlar termik oksidlanganda qayta trpasformatsiyalanishi va polimerlanish xossalarining kuchayishi aniqlangan. Gossipol smolasi xossalariga SaO, rux oksidi, alyuminiy oksidi, natriy perofosfat, kaliy bixromat, natriy sulfat, rux sulfat, fosfat kislotasi, lignin va geksametilentetraminlarning kimyoviy ta’sirlashishi va bu ta’sirlashishlar 120-200oS da yuqori samara bilan borishi va ushbu mahalliy reagentlar gossipol smolasi bilan muqobil birikmalar hosil bo‘lgan. Gossipol smolasi asosidagi sintez qilingan birikmalarning kislotabardosh korroziyaga qarshi xossalari H2SO4, HNO3,HCl li agressiv korrozion muhitlarda St3 navli po‘lat namunalarini va ushbu muhitlarda sinalgan po‘latlarni yuqori haroratlarda ham samarali himoyalashi o‘rganildi.



Jumaniyazov Maxsud Jabbiyevich
+998941133004

6

Urganch davlat universiteti

Metallar zangini bir zumda tozalovchi vositalar


1l

Mahalliy xom ashyolar asosida ekstraksion fosfat kislotasi va boshqa reaktivlar asosida yangi birikmalar H3PO4,(CH2)6N4, C5H6O2, Na(PO3)n*N2O va texnogen resurslar - gidroliz lignini, kapralaktam ishlab chiqarish chiqindisi soda-sulfatli aralashmalar asosida zang modifikatorlarining raqobatbardosh yangi avlodini sintez qilish, uning tarkibidagi komponentlarning zang mahsulotlari bilan barqaror erimaydigan yupqa qatlam hosil qilish mexanizmlarini o‘rganish va bu qatlamning agressiv muhitlarning metallar yuzasiga diffuziyasini keskin kamaytirishiga erishildi.



Kurambayev Sherzod
+998941133004

7

Urganch davlat universiteti

Zinelbulak koni talk xom ashyosidan yuqori sifatli mahsulotlar olish texnologiyasi




1kg

Yaratilgan texnologiya Respublikamizda parfyumeriya, qurilish materiallariga bo‘lgan importni qisqartirishga, shuningdek Quyiamudaryo mintaqasida sanoatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Sanoat miqyosida sifatli hamda importga va mahalliy analoglarga nisbatan arzon parfyumeriya, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu mahsulotlarni energiya tejamkor texnologiya asosida bitta kompleksda ishlab chiqarilishi va chiqindilarni qo’llanilishi mahsulot tannarxini yanada arzonlashishiga olib keladi.

Haytimmetova Ilmira
+998975286909

8

Urganch davlat universiteti

CHilpiq kaolinidan eksportbob kaolin va kvars qumi olish texnologiyasi


1kg

Chilpiq kaolinidan eksportbob kaolin va kvars qumi boyitish usuli bilan hom-ashyo tarkibidagi foydali birikmalar konsetratsiyasini oshiriladi.. Boyitish protsesi mexanikaviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarda olib boriladi. Ushbu olingan mahsulotlarni energiya tejamkor texnologiya asosida ishlab chiqarilishi mahsulot tannarxini yanada arzonlashishiga olib keladi.

Yaqubov Yusupboy
+998905798347

9

Urganch davlat universiteti

M ahalliy xomashyolar asosida magniyli azosuperfosfatlar olish texnologiyasi.


1kg

Markaziy Qizilqum past navli fosforiti (minerallashgan massa) va Zinelbuloq talk-magnezitini flotatsiyalab boyitish jarayonida hosil bo‘ladigan magnizitli cho‘kmalarini yuqori konsentratsiyali sulfat kislota bilan qayta ishlab, ozuqa komponentlariga boy bo‘lgan magniyli azosuperfosfatlar ishlab chiqarish. Magniyli azosuperfosfat o‘g‘itlarining asosiy ozuqa komponentlari: P2O5um 10,12-10,66% (shundan P2O5o‘z 8,81 - 9,02%); MgOsuv.er 8,13 - 9,45%; SaO 19,60 - 22,20%. Ushbu o’g’itlarni ishalb chiqarilishi Respublikamizdagi fosforli va magniyli o’g’itlarga bo’lgan talabni kamaytirishga xizmat qiladi.

Atashev Elyor
+998 93 742 70 99

10

Urganch davlat universiteti

Organik bog’lovchilar asosida raqobatbardosh mastikalar olish texnologiyasi


200-1000 grgacha

Yog‘-moy sanoati chiqindisi- paxta gudroni va mahalliy resurslar asosida standart talablalarga mos keluvchi neftsiz mastikalarning raqobatbardosh turlari yaratilgan. Mastikalar ishlab chiqarishning optimal sharoitlari aniqlangan va prinsipial texnologik sxema taklif qilingin. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: dastlabki xom ashyolar va yaratilgan neftsiz mastikalarni identifikatsiyalashda analitik kimyo va zamonaviy fizik-kimyoviy usullaridan (IQ spektroskopik va differensial termik tahlil usullari) va kimyoviy tadqiqotlardan foydalanilgan.



Yo’ldasheva Habiba
+998937589727

11

Urganch davlat universiteti

Magistral quvurlarni agressiv muhitlardan saqlovchi kampozitsion qoplamalar olish


200-1000 grgacha

Neft gaz quvurlarni kislotali, ishqorli va tuzli muhitlardan saqlovchi gossipol smolasi asosida va boshqa mineral to‘ldiruvchilar tutgan kompozitsion qoplamalar sintez qilish borasida tadqiqotlar olib borildi. Gossipol smolasining antikorrozion xususiyatlarni kuchaytirish, uning funksional guruhlarini faol xolatga o‘tkazish, yangi tur antikorrozion qoplamaning dielektrik qarshiligi oshirish, standart talablari asosidagi qattiqligini me’yorlash, suv shimuvchanligini, 50°Cda yoriqlar tushishini, mo‘rtligini kamaytirish maqsadida gossipol smolasiga to‘ldiruvchi va plastifikatorlar o‘rganish borasida tadqiqotlar olib borildi.

Bekberganova Durdona
+998937550496

12

Urganch davlat universiteti

Konstruktiv jihozlarni yemirilishdan saqlovchi ingibitorlar oilsh texnologiyasi


1l

Zangni tez yuvuvchi va ingibitorlarning yangi raqobatbardosh turlarini yaratish bo`yicha mahalliy xom ashyolar asosida limon kislota, fosfat kislota va noorganik birikmalar asosida metallar zangini tozalash bilan birga tozalangan yuzada zanglashdan himoya qiluvchi mustahkam qoplamalar hosil bo`lish mexanizmini o`rganish bo`yicha tadqiqoylar olib borildi. Yangi avlod zang ingibitorlari va modifikatorlari olishning maqbul tarkiblari, komponentlar nisbati hamda jarayon texnologik tizimi ishlab chiqilgan.

Sapayeva Surayyo
+998914355112

Download 54.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling